Bilimni baholash agentligi
144K subscribers
3.06K photos
507 videos
139 files
3.69K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
#savollarga_javoblar

SAVOL: Joriy yilda maktabning 11-sinfini tamomladim, lekin haligacha attestat berilmadi. Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda attestatni kutishim kerakmi yoki ro‘yxatdan o‘tsam bo‘ladimi?

💡 JAVOB: my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritish lozim.

Lekin joriy yil bitiruvchilari (umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari) mazkur ma’lumotni to‘ldirmaydi.

Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari tegishli vazirliklarning axborot tizimidan integratsiya orqali olinadi.

Bunda joriy yil bitiruvchilari attestat berilishini kutmasdan, my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Abituriyent2024
Oliy va professional ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Abituriyent2024
Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Abituriyent2024
Видеопособие по онлайн-регистрации для поступления в высшие и профессиональные образовательные учреждения (на русском языке)

Просмотр на YouTube (в формате HD)

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Abituriyent2024
Произведение оплаты за участие в тестовых испытаниях (на русском языке)

Просмотр на YouTube (в формате HD)

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan apellatsiya natijalari

📣 2024-yil 28-aprel kuni matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 2024-yil 24-may kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi.

📥 Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida test natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellatsiya arizalari qabul qilindi.

📱 Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Apellatsiya komissiyasining qarori talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizasi bergan talabgorlar my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan Apellatsiya komissiyasining qarori bilan tanishishi mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

2024-yil 31-may kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.uzbmb.uz sayti orqali bilishlari va o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

👨🏻‍💻 Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Abituriyentlarga eslatma!

2024-yil 12-iyun kuni joriy yil 26-may kuni o‘tkazilgan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni natijalari e'lon qilindi.

‼️ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni natijalari e'lon qilingunga qadar oliy va professional ta'lim muassasalariga qabul uchun my.uzbmb.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlardan mazkur imtihonda ishtirok etgan va tegishli darajadagi sertikatga ega bo‘lgan bo‘lsalar my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali sertifikatdan foydalanishni yoki foydalanmasliklari(rad etish)ni tasdiqlashlari so‘raladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20242025_o‘quv_yili_bakalavriat_ta’lim_yo‘nalishlari_uchun_qayta.pdf
259 KB
2024/2025-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun qayta tasdiqlangan fanlar majmuasi abituriyentlarga qulay shaklda taqdim etilmoqda.
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2024-yil 11-12, 18-19-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 13-maydan va 12-iyunga qadar(dam olish kunlaridan tashqari) gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda 69 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq bir haftada e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Abituriyent2024 #Statistika

⚡️2024 – 2025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot

🖥 2024-yil 13-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 129 111 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:

🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 5 251 nafar
👉 Andijon viloyati -- 11 050 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 7 033 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 11 327 nafar

👉 So‘x tumani -- 194 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 5 719 nafar
👉 Namangan viloyati -- 7 074 nafar
👉 Navoiy viloyati -- 9 254 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 10 435 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 13 057 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 4 786 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 4 398 nafar

👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 2 068 nafar
👉 Toshkent shahri -- 28 675 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 8 790 nafar


🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:

👨‍🏫
joriy yil bitiruvchilari -- 56 412 nafar
💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 72 699 nafar

👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🤵‍♂️ erkaklar -- 66 377 nafar
👩🏻‍🔧 ayollar -- 62 734 nafar

📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 o‘zbek tili -- 109 824 nafar
🇷🇺 rus tili -- 16 591 nafar
🔘 qoraqalpoq tili -- 2 250 nafar
🔘 boshqa tillar -- 446 nafar


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savollarga_javoblar

SAVOL: 2024-yil 12-iyun kuni yakunlangan chet tilidan milliy sertifikat imtihonining natijalari qachon e’lon qilinadi? Qabul yakunlangunga qadar e’lon qilinadimi?

💡 JAVOB: 2024-yil 11-maydan 12-iyungacha bo‘lib o‘tgan chet tilidan milliy sertifikat imtihonining natijalarini 20-iyunga qadar hisoblab, 20-21-iyun kunlari e’lon qilish rejalashtirilmoqda.





✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat

📆
Bugun 14:30 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.

Iltimos, oldingi ovozli chatlarda javob berilgan yoki mavzuga aloqador boʻlmagan savollar berilmasin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
#savollarga_javoblar

SAVOL: Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilinganda sertifikat oladigan bo‘lsam, sertifikatim shaxsiy kabinetimda avtomatik tarzda chiqadimi yoki o‘zim kiritishim kerakmi?

💡 JAVOB: Chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat olgan abituriyentlarning sertifikat ma’lumotlari ularning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda chiqadi. Milliy sertifikat ma’lumotlarini alohida kiritish talab etilmaydi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OTMga qabul
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat   #Qabul2024   #Abituriyent

2024-yil 14-iyun kuni oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi