Bilimni baholash agentligi
137K subscribers
3.06K photos
507 videos
139 files
3.68K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
⚡️ Bugun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

2023-yil 13-noyabr kuni fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📱 Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 19-noyabr (to‘lov qilish 20-noyabr) ga qadar davom etadi.

❗️ Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun bugun roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni ekanligini eslatib o‘tamiz.

📆 Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 2023-yil 3-dekabr (yakshanba) kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 29-oktabr kuni o‘tkazilgan o‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 25-26-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 27-30-noyabr va 1-, 4-7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin pasport yoki ID-karta bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Test sinovi natijalari imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ DXX akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi

2023-yil 18-noyabr kuni o‘tkazilgan Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etgan nomzodlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytining “Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi” bo‘limidan bilishlari mumkin.

📌 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq eng yuqori ballning kamida 30 % ini to‘plagan nomzodlar saralab olish tadbirlarining keyingi bosqichlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

▶️ Ya’ni, test sinovi natijalariga ko‘ra 74,7 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar saralashning keyingi bosqichlarida ishtirok etishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislari uchun test sinovlari

🔰 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarorida shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish belgilangan.

📆 Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 23-noyabr kuni shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislari uchun test sinovlari o‘tkazildi.

Test sinovlari Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida tashkil etilib, unda 100 nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi.

📋 Test topshiruvchilarga 50 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat vaqt berildi.

🔖 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan elektron sertifikat taqdim etiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiya tanloviga nomzodlarni saralash test sinovlari o‘tkazildi

2023-yil 24-noyabr kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2023-yilgi 2-stipendiya tanloviga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

👨🏻‍🎓 Unda xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish maqsadida hujjat topshirgan 251 nafar talabgor ishtirok etdi.

📚 Test sinovida talabgorlarga 30 ta test topshirig‘i (tahliliy fikrlash - 15 ta, IQ yoki ilmiy tadqiqot kompetensiyasi - 15 ta) va ularni ishlash uchun 60 daqiqa vaqt berildi.

🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 25-26-noyabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

👨🏻‍🎓 Unda jami 14,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 25 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 27-noyabr – 7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek_tili_va_adabiyot_fanidan_adabiyotlar_ro‘yxati_2024.pdf
148.6 KB
⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan, jumladan, o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda.

📱 O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mustaqil o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi.

📚 Unda 40 ta badiiy adabiyot ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ushbu adabiyotlar 2024-yilda o‘tkaziladigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

✍️ Mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari

🔰 Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarorining ikkinchi va uchinchi ilovalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar test sinovi topshirishi belgilangan.

📆 Shu maqsadda 2023-yil 29-noyabr kuni Bilimni baholash agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar uchun test sinovi tashkil etildi.

🎓 Test sinovida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan 233 nafar talabgorning 230 nafari ishtirok etdi.

Unda talabgorlarning chet tillari (ingliz, nemis, fransuz), axborot texnologiyalari va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha bilimi sinovdan o‘tkazildi.

📤 Test natijalari hisoblanishi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

📆
2023-yil 3-dekabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 08:30 dan boshlab (test sinovi 10:00 da) kiritiladi.

❗️ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nostrifikatsiya BBA
Nostrifikatsiya - 4-5-dekabr 2023-yil - talabgorlar.pdf
922.7 KB
⚡️ Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 4-5-dekabr kunlari o‘tkaziladi

📆 2023-yil 4-5-dekabr kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 4 ta hududida tashkil etiladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-12-01

❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

👉 @NostrifikatsiyaBBA 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM