Bilimni baholash agentligi
106K subscribers
3.05K photos
492 videos
124 files
3.6K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Chet tilidan 4 ta ko‘nikmani baholashga qaratilgan ijodiy imtihonlar o‘tkazildi

📆 2023-yil 17-23-iyul kunlari 8 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan 4 ta ko‘nikmani baholashga qaratilgan ijodiy imtihon o‘tkazildi.

📍 Imtihonlar abituriyentlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) da tashkil etildi.

Imtihonlar 2 bosqichda tashkil etilib:

🔹 17-20-iyul kunlari — suhbat qismi;
🔹 21-23-iyul kunlari — yozma qismi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur imtihonlarda abituriyentlarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

📚 Imtihonlar 12 ta chet tili — ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, koreys, yapon, hindiy, turk, arab, fors va uyg‘ur tillari bo‘yicha tashkil etildi va chet tillarni bilishning B1 darajasi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

📆 Imtihon natijalarini hisoblash oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga qadar yakunlanadi va natijalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi

📆 2023-yil 24-iyul kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan 2023-2024-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazildi.

Test sinovlari respublikadagi 29 ta katta sig‘imli binoda 2 smenada tashkil etilib, unda 28 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

📚 Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkazildi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 50 daqiqa vaqt berildi.

📤 Test sinovi natijalari 5 kun ichida hisoblanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Statistika   #Qabul2023   #Abituriyent2023

⚡️ Joriy yilda 948 486 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi

2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili  — 828 699 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 88 830 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 28 718 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 2 239 nafar.

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 545 616 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 22 867 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 373 169 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 6 834 nafar.

🏢 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔸 O‘zbekiston milliy universiteti — 33 721 nafar;
🔸 Toshkent davlat transport universiteti — 28 474 nafar;
🔸 Farg‘ona davlat universiteti — 28 188 nafar;
🔸 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 26 827 nafar;
🔸 Qarshi davlat universiteti — 26 640 nafar.

📍 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 112 242 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 105 805 nafar.
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 89 022 nafar.
4️⃣ Toshkent viloyati — 82 173 nafar.
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 79 004 nafar.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

⚡️ Test sinovlari 1-avgustdan boshlanadi

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2023-yil 1-avgust kunidan boshlanadi.

📌 Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📆 Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi va 13-avgust kuni to‘liq yakunlanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi pinned «#Qabul2023 #Abituriyent2023 ⚡️ Test sinovlari 1-avgustdan boshlanadi 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2023-yil 1-avgust kunidan boshlanadi. 📌 Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib: 1️⃣-smenada 08:00…»
#Qabul2023 #Abituriyent2023

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2023-2024-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlar diqqatiga!

Ertaga, 29-iyul kuni soat 09:30 dan 12:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:30 ga qadar barcha abituriyentlar o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
5️⃣0️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣

“Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olgan abituriyentlar soni 500 000 nafardan oshdi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Test sinovlari 72 ta binoda o‘tkaziladi

2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari respublika bo‘yicha 72 ta binoda bo‘lib o‘tadi. Bunda:

🔹 bir smenada 1 274 ta guruhda 38 220 nafar;

🔹 bir kunda (ikki smenada) 2 548 ta guruhda 76 440 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi.

📆 Test sinovlari barcha hududlarda 1-avgust kuni boshlanib, hududlardagi abituriyentlar soni va binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tilidan ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi

2023-yil 17-23-iyul kunlari 8 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan chet tilidan ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Imtihon natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, imtihonda ishtirok etgan abituriyentlar shaxsiy kabinetidan (abituriyent qayd varaqasining yuqori qismida) o‘z natijalarini bilishlari mumkin.

🖥 Bunda abituriyentning har bir bo‘lim bo‘yicha to‘plagan ballari, jami ball, maksimal (120) ballga nisbatan foiz ko‘rsatkichi va OTMlarga kirishda chet tili fanidan beriladigan ball aks etgan.

🔰 Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 3 kun ichida (30-31-iyul va 1-avgust kunlari) my.uzbmb.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

📆 Apellatsiya shikoyati Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va talabgor Apellatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida my.uzbmb.uz sayti orqali xabardor qilinadi.

❗️ Belgilangan muddatdan so‘ng apellatsiya shikoyatlari qabul qilinmaydi va apellatsiya shikoyatlari qayta ko‘rib chiqilmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube