Bilimni baholash agentligi
127K subscribers
3.06K photos
503 videos
124 files
3.64K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi

2023-yil 6-iyul kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

👨🏻‍🎓 Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 6 ta hududida tashkil etildi.

📚 Test sinovida talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi.

🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

📌 Test natijalariga ko‘ra 55 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat qanday qo‘llanadi?

Eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga milliy sertifikat taqdim etiladi. Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fanidan quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 foizdan 86 foizgacha — proporsional ball;
🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

👨🏻‍💻 Bunda abituriyent sertifikatdan mutaxassislik fani uchun foydalanish yoki foydalanmaslikni o‘zi tanlaydi:

👉 foydalanaman deb tanlansa — abituriyent ushbu fandan test sinovida ishtirok etmaydi va unga tegishli (maksimal yoki proporsional) ball beriladi;

👉 sertifikatdan foydalanish rad etilsa — sertifikatdagi ball inobatga olinmaydi va abituriyent ushbu fandan test sinovida ishtirok etadi.

📌 Sertifikatdan foydalanishni tasdiqlash yoki rad etish faqatgina mutaxassislik fanlari uchun tegishli. Buni majburiy fanga hech qanday ta’siri yo‘q.

❇️ Abituriyentda majburiy fanlardan biri bo‘yicha sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikatdagi foizidan va undan foydalanishni tasdiqlagani yoki rad etganidan qat’iy nazar unga ushbu majburiy fandan maksimal ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ovozli_chat
Chet tilidan ijodiy imtihonlar bo‘yicha ovozli chat

📆
2023-yil 7-iyul kuni (bugun) 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da navbatdagi ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan chet tilidan ijodiy imtihonlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ul xodimlari ishtirok etadi va ishtirokchilarning savollariga batafsil javob beradi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar.pdf
307 KB
⚡️Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari

📌 Joriy yilda 8 ta oliy ta’lim muassasasining chet tili birinchi mutaxassislik fani bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladi.

▶️ Chet tilidan ijodiy imtihon tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan bo‘lib, B1 darajasi formati asosida bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishda chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishini tanlagan abituriyent shu toifadagi 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.

Chet tilidan ijodiy imtihon topshirgan abituriyentlarga OTMlarga kirish test sinovlarida chet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.

🖥 Chet tilidan ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi bilan quyidagi videoda batafsil tanishish mumkin: youtu.be/YdpDonXQdQc

❗️ Diqqat! Ushbu yo‘nalishlarga abituriyentlarni ro‘yxatga olish 10-iyul kuni yakunlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️ Personallashtirish agentligida texnik ishlar olib borilmoqda

Bilimni baholash agentligining abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi Personallashtirish agentligi bilan integratsiya qilingan bo‘lib, abituriyentlarning pasport ma’lumotlari Personallashtirish agentligidan olinadi.

🔄 Buning uchun abituriyent ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini dasturga kiritganda, mazkur ma’lumotlar asosida Personallashtirish agentligiga so‘rov yuborilib, abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, rasmi kabi ma’lumotlar Personallashtirish agentligining bazasidan real vaqtda olinadi.

🖥 Hozirda Personallashtirish agentligi bazasi ishlamayotganligi sababli, my.uzbmb.uz saytida uzilishlar yuzaga kelmoqda.

▶️ Ayni vaqtda Personallashtirish agentligi tomonidan mazkur muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Live stream scheduled for
Live stream started
#Ovozli_chat #Live
Chet tilidan ijodiy imtihonlar bo‘yicha ovozli chat boshlandi

🎙
Ovozli chatda Bilimni baholash agentligining mas’ul xodimlari ishtirok etmoqda.

Unda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan chet tilidan ijodiy imtihonlar bo‘yicha savollarga javob beriladi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

🔗 Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.me/BaholashUz?livestream

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023
Chet tilidan ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Live stream finished (1 hour)
Chet tilidan ijodiy imtihonlar
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat #Qabul2023 #Abituriyent2023
2023-yil 7-iyul kuni o‘tkazilgan chet tilidan ijodiy imtihonlar bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi

Ovozli chat davomida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan chet tilidan ijodiy imtihonlar, chet tilidan sertifikatlarni inobatga olish va ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq ko‘plab savollarga javob berilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023 #Abituriyent2023 #Statistika
2023-2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2023-yil 7-iyul 18:00 holatiga)

🖥 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 255 254 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili — 219 529 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 29 873 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 4 815 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 037 nafar.

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 171 505 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 6 368 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 75 299 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 2 082 nafar.

🏢 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

👉 O‘zbekiston milliy universiteti9 770 nafar;
👉 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti8 373 nafar;
👉 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti8 042 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti8 011 nafar;
👉 Farg‘ona davlat universiteti7 639 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha top 5 talik:

1️⃣ Samarqand viloyati — 26 200 nafar;
2️⃣ Qashqadaryo viloyati — 24 373 nafar;
3️⃣ Toshkent viloyati — 23 663 nafar;
4️⃣ Andijon viloyati — 22 916 nafar;
5️⃣ Farg‘ona viloyati — 20 436 nafar.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlar.pdf
640 KB
#Qabul2023 #Abituriyent2023
⚡️Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari

📌 Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon, Bilimni baholash agentligi tomonidan 3 ta majburiy fan bo‘yicha test sinovi o‘tkaziladi.

Bunda majburiy fanlardan test sinovi abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan hududda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar esa oliy ta’lim muassasasi joylashgan hududda bo‘lib o‘tadi.

❗️ Ro‘yxatdan o‘tishda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishini yoki fanlar majmuasida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud ta’lim yo‘nalishini tanlagan abituriyentlar qo‘shimcha yo‘nalish tanlay olmaydi. Ular faqat bitta ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023 #Abituriyent2023 #Statistika
2023-2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2023-yil 8-iyul 18:00 holatiga)

🖥 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 289 266 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili — 249 190 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 33 365 nafar;
🇺🇿 Qoraqalpoq tili — 5 596 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 115 nafar;

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 194 148 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 7 214 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 85 607 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 2 297 nafar.

🏢 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

👉 O‘zbekiston milliy universiteti — 11 125 nafar;
👉 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 9 221 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 9 091 nafar;
👉 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 8 903 nafar;
👉 Farg‘ona davlat universiteti — 8 654 nafar;

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha top 5 talik:

1️⃣ Samarqand viloyati — 30 053 nafar;
2️⃣ Qashqadaryo viloyati — 27 463 nafar;
3️⃣ Toshkent viloyati — 27 091 nafar;
4️⃣ Andijon viloyati — 25 998 nafar;
5️⃣ Farg‘ona viloyati — 23 232 nafar.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 10-iyundan 1-iyulga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023   #Abituriyent2023

❗️ Ertaga chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni

📆 Ertaga, 10-iyul kuni 8 ta oliy ta’lim muassasasining chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga roʻyxatdan o‘tish yakunlanadi.

▶️ Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar roʻyxati: t.me/BaholashUz/5932

🖥 Chet tilidan ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi: youtu.be/YdpDonXQdQc

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilimni baholash agentligi pinned «#Qabul2023   #Abituriyent2023 ❗️ Ertaga chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni 📆 Ertaga, 10-iyul kuni 8 ta oliy ta’lim muassasasining chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga…»
#Qabul2023   #Abituriyent2023   #Statistika

2023-2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2023-yil 9-iyul 18:00 holatiga)

🖥 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 316 976 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili  — 273 385 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 36 216 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 6 213 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 162 nafar.

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 212 917 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 8 128 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 93 437 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 2 494 nafar.

🏢 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

👉 O‘zbekiston milliy universiteti — 12 287 nafar;
👉 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 10 098 nafar;
👉 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — 10 046 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 9 864 nafar;
👉 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 9 719 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha top 5 talik:

1️⃣ Samarqand viloyati — 32 852 nafar;
2️⃣ Qashqadaryo viloyati — 30 169 nafar;
3️⃣ Toshkent viloyati — 29 328 nafar;
4️⃣ Andijon viloyati — 28 463 nafar;
5️⃣ Farg‘ona viloyati — 25 313 nafar.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023   #Abituriyent2023

❗️ Bugun chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni

📆 Bugun, 10-iyul kuni 8 ta oliy ta’lim muassasasining chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga roʻyxatdan o‘tish yakunlanadi.

▶️ Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar roʻyxati: t.me/BaholashUz/5932

🖥 Chet tilidan ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi: youtu.be/YdpDonXQdQc

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM