Bilimni baholash agentligi
111K subscribers
3.17K photos
515 videos
142 files
3.79K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
​​O‘qishni ko‘chirish, magistraturaga qabul va ikkinchi ta’lim

Hozirgi kunda fuqarolar tomonidan Davlat test markaziga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash, magistraturaga hujjatlarni qabul qilish va kirish imtihonlarini o‘tkazish hamda ikkinchi ta’limga qabul bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Prezident qaroriga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish, shuningdek, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti (www.edu.uz) orqali amalga oshiriladi.

👨🏻‍💻 O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha hujjatlar 2020-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha transfer.edu.uz sayti orqali, magistraturaga hujjatlar esa 2020-yil 1-iyuldan 30-iyulgacha magistr.edu.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Magistraturaga qabul Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitidan kelib chiqib, onlayn test o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Shuni ma’lum qilamizki, o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash, magistraturaga hujjatlarni qabul qilish va kirish imtihonlarini o‘tkazish hamda ikkinchi ta’limga qabul Davlat test markazi vakolatiga kirmaydi.

Agar sizda mazkur masalalar bo‘yicha savollar bo‘lsa, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
HAR BIR TIBBIYOT FIDOYISINING MEHNATI BEBAHO!

Tibbiyot muassasalarida koronavirus infeksiyasini davolash bilan kurashib, lekin belgilangan ish haqi va maxsus ustamalarini o‘z vaqtida ola olmagan tibbiyot xodimlarining ish haqi bo‘yicha murojaatlari zudlik bilan hal qilinadi.

☎️ Agar Sizda ushbu sohada e’tiroz bo‘lsa, tashkil etilgan tezkor Shtabning +998 71 207-99-84 ishonch telefon raqamiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishingiz mumkin.

🕘 Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
HAR BIR TIBBIYOT FIDOYISINING MEHNATI BEBAHO!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
TIBBIYOT SOHASINING FIDOYILARIGA!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
САМООТВЕРЖЕННЫМ МЕДРАБОТНИКАМ!
​​HAR BIR TIBBIYOT FIDOYISINING MEHNATI BEBAHO!

Tibbiyot muassasalarida koronavirus infeksiyasini davolash bilan kurashib, lekin belgilangan ish haqi va maxsus ustamalarini o‘z vaqtida ola olmagan tibbiyot xodimlarining ish haqi bo‘yicha murojaatlari zudlik bilan hal qilinadi.

❇️ Shuningdek, agar tibbiyot xodimlarini ovqatlantirish masalasida (nonushta, tushlik, kechki ovqat) ham muammolar vujudga kelayotan bo‘lsa, ushbu masalalar ham operativ tarzda hal qilinadi.

☎️ Agar Sizda ushbu masalalarda e’tirozlar bo‘lsa, tashkil etilgan tezkor Shtabning +998 71 207-99-84 ishonch telefon raqami orqali O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga murojaat qilishingiz mumkin.

Har bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi.

🕘 Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tibbiyot xodimlari ishga qabul qilinadi

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident qarori loyihasi

2020-yil 24-iyul kuni “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish va yagona imtihonni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra:

👉 umumta’lim muassasalarining joriy yil bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasi imtihoni sifatida uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi (keyingi o‘rinlarda – majburiy fanlar) fanlaridan test sinovlarini topshiradi;

👉 majburiy fanlar bo‘yicha test sinovi natijalari umumta’lim muassasasi bitiruvchilarining umumiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjati (shahodatnoma, diplomi)ga qo‘yiladi;

👉 oliy ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan umumta’lim muassasalari bitiruvchilari shaxsiy tanloviga ko‘ra, ixtiyoriylik asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlardan test sinovlarini topshiradi;

👉 2022-yildan boshlab, avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatganlar belgilangan muddatlarda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar va majburiy fanlardan test sinovlarini topshiradi;

👉 test sinovlari natijalari (fan bo‘yicha to‘g‘ri javoblar soni) o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;

👉 test sinovlari natijalari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan tanlovda baholash mezonlariga muvofiq inobatga olinadi;

👉 abituriyentga test sinovi topshirilgan fani bo‘yicha 3 yil muddatda amal qiladigan abituriyent elektron sertifikati beriladi. Abituriyentga elektron sertifikatining amal qilish muddati tugamasdan ushbu fan bo‘yicha test sinovini belgilangan tartibda qayta topshirish huquqi beriladi;

👉 fanni bilish darajasi bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan berilgan milliy sertifikatga, shuningdek, chet tili fani bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abiturentlarga mazkur fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball berish huquqi saqlanadi.

Loyiha bilan to‘liq tanishish uchun:
https://regulation.gov.uz/uz/document/20241

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kun.uz da bosilgan «DTM o‘zgarmasa, foydasi yo‘q» maqolasi bo‘yicha

Kun.uz saytida 26-iyul kuni I.Safarovning K. Jalilov bilan o‘tkazilgan suhbati e’lon qilindi. U yaqinda umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish va yagona imtihonni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasiga bag‘ishlangan.

Batafsil: https://dtm.uz/post/view/kun-uz-da-maqola-bo-yicha

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Abituriyent ruxsatnomasi

Hozirgi kunda abituriyentlar tomonidan Davlat test markaziga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni olish bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Ma’lumki, abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi” taqdim etiladi.

🔖 Unda abituriyentning shaxsiy ma’lumotlari bilan birga, test topshirish hududi, test topshiriladigan sana va vaqt, test o‘tkaziladigan bino, test topshirish smenasi va guruh raqami kabi bir qator ma’lumotlar aks etgan bo‘ladi.

Ruxsatnomani shakllantirish va abituriyentlarga yetkazish uchun test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilangan bo‘lishi kerak.

📅 Eslatish joizki, yurtimizda karantin cheklovlari davom etayotganligi sababli, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari hali belgilanmadi.

Test sinovlarini o‘tkazish muddatlari yurtimizdagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

👨🏻‍💻 Test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilangach, “Abituriyent ruxsatnomasi” shakllantiriladi va abituriyentlar Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (abitur.dtm.uz) orqali ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

📣 Test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilanganda, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Qurbon hayiti muborak!

Assalomu alaykum, muhtaram yurtdoshlar!

Bugungi sinov davrida vatandoshlarimizning ruhiyati va kayfiyati mehr-muruvvat, shafqat va saxovat tuyg‘ularida yaqqol namoyon bo‘lib bormoqda.

Azaldan hayotining har bir daqiqasi bunyodkorlik, yaratuvchanlik, ehtiyojmandlarni qo‘llab-quvvatlash, erk va obodlikka intiluvchanlik bilan o‘tayotgan xalqimizni arafa va ezgu g‘oyalarni o‘zida ifoda etuvchi mo‘tabar ayyom – Qurbon hayiti bilan qizg‘in muborakbod etamiz!

Baxtu saodat, sihat-salomatlik, ishlaringizda muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

O‘z navbatida, butun islom dunyosi xalqlarini mazkur ulug‘ ayyom bilan tabriklagan holda, hammamiz uchun bugungi sinovdan sog‘-salomat o‘tib, hayotimizning osoyishtaligi, rizqu-barakotliligi, ilmu fan ziyodaligida bardavomlik nasib aylashini tilaymiz!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​Rasmiy bayonot

Mamlakatimizda pandemiya sharoiti murakkab kechayotganligi, karantin cheklovlari bekor qilinmayotganligi yoki yumshatilmaganligi bois, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish muddatlari test topshiruvchilar salomatligiga zarar yetmaydigan vaziyat kelgunga qadar keyinga surilmoqda va bu haqda jamoatchilik muntazam xabardor qilib borilmoqda.

Keyingi kunlarda turli internet nashrlarida kirish imtihonlari usti ochiq katta maydonlarda, ertalab va kechki smenada o‘tkazilishi, shuningdek, aniq sanalar belgilanganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

Bu borada rasman shuni ma’lumi qilamizki, ayni kunlarda Davlat test markazi tomonidan jarayonlarni eng avvalo test topshiruvchilar salomatligi xavfsizligini ta’minlagan holda tashkil etish borasida turli variantlar o‘rganib chiqilmoqda.

Qayd etish kerakki, ushbu harakatlar hali o‘rganish bosqichida bo‘lganligi sababli, hozirdan “shunday bo‘ladi” qabilida xabarlar tarqatish abituriyentlarni chalg‘itishi, testga tayyorgarlik jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shularni hisobga olib, Davlat komissiyasi ko‘rsatmasi asosida sog‘liqni saqlash tashkilotlari bilan birgalikda, joriy yil qabul test sinovlarini o‘tkazish uchun maqbul va xavfsiz joylar tanlanib, aniq sanalar belgilangach, Davlat test markazi tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali ishonchli xabar beriladi.

Bunga qadar abituriyentlardan turli xabarlarga e’tibor qilmasdan vaqtdan unumli foydalanishlarini, test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishni davom ettirishlarini so‘rab qolamiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
e-Sinov bilan bilimingizni tekshiring

👨🏻‍💻 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tdingizmi?!

📖 Test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘ryapsizmi?!

Sizda bizning telegram botimiz – @dtmxizmatbot dan foydalanib, bilimingizni sinab ko‘rish imkoniyati mavjud.

💻 https://dtm.uz/page/dtmxizmatbot – havolasi orqali botdan qanday foydalanish bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalar bilan tanishishingiz mumkin.

📚 Test variantiga 3 xil tilda – o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida buyurtma berish mumkin.

Natijalarni esa qisqa vaqt ichida bilib olasiz!

❇️ e-Sinov xizmatidan foydalanish mutlaqo bepul.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev: abituriyentlar va nazoratchilar uchun epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida imtihonlarni markaziy stadionlarda o‘tkazish maqsadga muvofiq

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-avgust kuni joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020-2021-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda test sinovlarini abituriyentlar va nazoratchilar uchun epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash imkonini beradigan joyda o‘tkazish kerakligi qayd etildi.

Test sinovlarini Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi stadionlarda tashkil etishga topshiriq berildi.

Test sinovlari kuniga 2 marta (havo salqin paytda) o‘tkazilib, taxminan 12-14 kunda yakunlash mumkinligi qayd etildi.

Mutasaddi vazirlik va idoralarga stadionlarni test sinovlariga puxta tayyorlash, ularning dislokatsiyasi bo‘yicha abituriyentlarni to‘liq xabardor qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari imtihonlarning sanasini Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologiya xizmatining epidemiologik vaziyat borasidagi xulosasidan kelib chiqqan holda belgilash, aholi salomatligiga xavfsizligini ta’minlash lozimligini ta’kidladi.

Test sinovlarini shaffof holda o‘tkazish uchun, yoshlarni ortiqcha sarson qilmaslik maqsadida Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi, hokimliklar, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2020 #MatbuotAnjumani
Oliy ta’lim muassasalariga qabulni tashkil qilish masalalari yuzasidan matbuot anjumani

Bugun, 2020-yil 7-avgust kuni soat 16:00 da AOKA huzuridagi shtabda Davlat test markazi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📣 Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 6-avgust kuni joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020-2021-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo'yicha bo'lib o'tgan yig'ilish yuzasidan.

Matbuot anjumani O‘zbekiston 24 va Mahalla telekanallari orqali jonli efirga uzatiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2020 #MatbuotAnjumani #Live
Respublika bo‘yicha jami 91 ta oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun 1 484 085 nafar abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tkazildi (2019-yilda –
1 066 926 nafar)
.

O‘tgan yilga nisbatan 417 159 ta yoki 39,1 foiz ko‘p ro‘yxatdan o‘tgan.
Tanlov ko‘rsatkichi – o‘rtacha bir o‘ringa 10,6 ta.

🙍‍♂️ Erkak – 761 474 nafar;
🙍‍♀️ Ayol – 722 611 nafar.

Ro‘yxatdan o‘tishda joriy yil bitiruvchilari – 536 144 nafar (36,13 %)ni tashkil etdi.
Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha taqsimoti:

👉 Umumta’lim maktablari – 384 435 nafar;
👉 Akademik litseylar – 16 108 nafar;
👉 Kasb-hunar kollejlari – 132 023 nafar;
👉 Boshqa o‘quv yurtlari – 3 578 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2020 #MatbuotAnjumani #Live
2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy harbiy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlari

👨🏻‍💻 Oliy harbiy ta’lim muassasalariga nomzodlarni ro‘yxatga olish oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bilan birga amalga oshirildi.

Ro‘yxatdan o‘tkazishda nomzodlarga test topshiriladigan fanlari majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining 5 tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi berildi.

📌 Respublika bo‘yicha jami 7 ta oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun 8 119 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tkazildi.

📚 Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda nomzodlar o‘zlari tanlagan hududlarda o‘tkaziladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2020 #MatbuotAnjumani #Live
2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy harbiy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlari

👨🏻‍💻 Respublika bo‘yicha jami 7 ta oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun 8 119 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tkazildi (2019-yilda – 6 008 nafar). O‘tgan yilga nisbatan 2 111 ta yoki 35,14 foiz ko‘p ro‘yxatdan o‘tgan. Shundan:

👉 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi – 477 nafar;
👉 Milliy gvardiya harbiy-texnik instituti – 1 728 nafar;
👉 Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona instituti – 964 nafar (788 nafar erkak, 176 nafar ayol);
👉 Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti – 355 nafar;
👉 Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti – 2 090 nafar;
👉 Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi – 1 080 nafar;
👉 Qurolli Kuchlar akademiyasi – 1 425 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube