BaholashUz
328K subscribers
342 photos
187 videos
64 files
653 links
🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari

🌐 Manba: www.uzbmb.uz
Download Telegram
"Siz talabalikka tavsiya etildingiz"

"Siz talabalikka tavsiya etilmadingiz"

Birgina -ma qo'shimchasi seni talabalardan ajratib turadi.

Yuqoridagi ovozli xabarni ( 00:00 ) qayta-qayta eshit va amal qil yoki qilma!

1 oydan so'ng senga qanday xabar kelishini, o'zing tanla!

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
⚡️ Bugun — test bo'ladigan binolar bilan tanishish uchun so'nggi imkon

Bugun soat 13:00 dan 15:00 gacha barcha abituriyentlar test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

Ertaga 1-avgustdan barcha hududlarda test sinovlari boshlanadi. Shuning uchun binolar bilan tanishib ketish uchun bugun so‘nggi imkoniyat.

📍 @imtihon_qayerda_bot orqali imtihon topshiradigan manzilingizni aniqlab oling.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyent imtihonga formada borishi kerakmi? Roʻmol mumkinmi ?

Imtihon uchun aniq belgilangan forma mavjud emas. Abituriyent imtihon kuni o'ziga qulay istalgan kiyimda borishi mumkin.

🧕 Masalan, imtihonga qizlar ro'molda borishiga ham hech qanday to'sqinlik yoki cheklovlar mavjud emas! Oldingi yillardagi imtihonlarda ham qizlar ro'mol bilan imtihonda qatnashishgan.

Eslatma, video 2021-yilga tegishli.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imtihon oldidan stressni yengish uchun TOP maslahatlar!

Imtihon shunday jarayonki, bunda har bir kishi “O'zing o'zinga yordam ber" qabilida ish ko'rishi lozim. Imtihonga har kim turlicha munosabat bildiradi.

Demak, bu vaqtda yuzaga keladigan stressga qarshi kurashish yo'llarini ham o'zi o'ylab topadi. Biz quyida sizga taqdim etmoqchi bo'lganimiz – amalda qo'llangan va ishonchli usullardir.

Imtihonga tayyorlanishni 17-18 soat qolganda yakunlash tavsiya etiladi. Oxirgi soatlarda katta bosim bilan kitob o'qishning mahsuldorligi ancha past bo'ladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, bilimlar sinoviga juda yaqin qolganda qancha ko'p o'qilsa, shuncha kam esda qoladi.

Hayot-mamot hal bo'lishi arafasida o'quv materiallariga betartib ravishda ko'z yugurtirish tavsiya etilmaydi, bu jarayonda dengizdan tomchi esiningizda qoladi, xolos. Natijada imtihon paytida faqatgina omadga tayanishga to'g'ri keladi.

Qolgan vaqtni aqliy mehnatdan charchagan organizmni oldindagi sinovga tayyorlashga bag'ishlash foydaliroqdir.

Imtihonlardan oldin kechqurun sayrga chiqish, dush qabul qilish kabi har qanday chalg'itadigan va tinchlantiradigan ish bilan shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. “Miyani yukdan xalos etish" uchun biror komediya yoki yumoristik ruhdagi ko'rsatuvni tomosha qilish juda foydali.

Kulgu stressni yengishga yordam berishdan tashqari ishtahani ochadi, ish qobiliyatini oshiradi, uyquni normallashtiradi va g'ayritabiiy usul bilan fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Bu narsa ilmiy jihatdan isbotlangan.

Imtihondan oldin albatta organizmning talabini qondiradigan darajada to'yib uxlash kerak! Qiyinchiliksiz uxlash uchun esa kunning ikkinchi yarmidagi ratsiondan kofe, shokolad, kola, choy kabi mahsulotlarni chiqarib tashlash kifoya.

Tasavvurni ishga soling. Psixologik texnika yordamida imtihon jarayonini ko'z oldingizga keltiring:

Siz imtihon o'tkazilayotgan auditoriyaga kirdingiz, biletni tanladingiz, o'z joyingizga o'tirib xotirjam, hech qanday qiyinchiliklarsiz topshiriqlarni bajarib boshladingiz;
Iloji boricha imtihon nazoratchilarini ham ko'z oldindizga keltiring: ular o'z qarashlari bilan javobingizdan qoniqish hosil qilganliklarini ko'rsatib turishibdi, imtihon yakunida esa o'zingiz xohlagan bahoni qo'yib berishdi.


⚠️Shu sahnalarni xotirangizda ko'p marotaba tiklashga harakat qiling va real hayotda ham shunday bo'lishiga ishoning.

❗️Imtihondan oldin uyqu yaxshi bo'lishi uchun kechki ovqatni to'g'ri tashkil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Bu paytda iloji boricha uglevodli taomlar iste'mol qilish lozim, tarkibida ko'p miqdorda oqsil saqlagan mahsulotlardan esa o'zni tiygan ma'qul. Uxlashga yotishdan 30-40 minut avval bir stakan issiq suvga bir choy qoshiq asal solib ichsangiz, asab tizmi mustahkamlanadi.

Abituriyentlarga tarqating!
↗️

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing!

Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

5️⃣ “Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

6️⃣ “Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

7️⃣ Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz va yaqinlarizga ham ulashing.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barcha abituriyentlarga "MEN TALABA BOʻLDIM" deb bor ovozida baqirish nasib qilsin😅

Videoni boʻlajak talabalarga yuboring😉

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
⚡️Qizlarga mazza, ularga FOIZSIZ kredit beriladi!

🇺🇿 Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga 2022-yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Kredit kimlarga beriladi?

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

✔️Kunduzgi;
✔️Sirtqi;
Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

1️⃣ bankka ariza;
2️⃣ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
3️⃣ taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
4️⃣ talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

12 ta bankdan ta’lim krediti olsa bo'ladi.

Kontraktda o'qiydigan qizlarga yuboring!

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​​​​​Talaba boʻlmoqchimisiz, unda, albatta, oʻqing!

Abituriyent - bu hayotini oʻzgartirish uchun yoʻlga chiqqan shaxs. Hamma ham odam boʻlib tugʻiladi, ammo kimdir inson boʻlib, kimdir odamligicha vafot etadi. Dunyoda birovga yomonlik qilmasdan yashaganing sening yaxshi inson ekanligingdan dalolat emas.

Agar hamma narsaga loqayd boʻlsang, faqat oʻzingni oʻylasang, dangasa, tanbal boʻlsang va hech boʻlmasa, bir marta hayotingni oʻzgartirishga urunib koʻrmasang, insonlikka daʼvo qilma.

Inson uchun doimo harakatda boʻlmoq - tiriklikning belgisi.

☝️Sen bugundan abituriyentsan, bu degani talabalik tomon yoʻl olding. Demak, sen hayotingni oʻzgartirishni xohlaysan. Shunday ekan, quyidagilarni yodda tut:

Hech qachon vaqtim yoʻq dema!
– Hohish boʻlsa, vaqt topiladi. Dunyoni boshqarayotgan mashhurlarning sutkasi senikidan ortiq emas.

Hech qachon eslab qololmayman dema!
— Inson istasa, hammasini yodda saqlaydi, Alloh senga bergan xotiraga shubha qilma. Xotirangni boʻysundir.

Hech qachon tushunmayman dema!
— Dunyoda tushunish qobilyati va ong berilgan yagona tirik jon sensan.

...Davomi audioda 👇

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Birinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2023-yil 1-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

1-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
👉 @e_dtm_mandat5bot

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
UXLAMA ABITURIYENT!

Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.

Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.

Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.

O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".

Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?

Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!

Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.

Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!

To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.

Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas,
Bilmaydi g'amingizni.

Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.

Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.

Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!

🎧 Ovozli xabar koʻrinishida eshitish.

Abituriyentlarga yuboring!↗️

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Savollar qiyinmi yoki oson?

Testning 1-kunida qatnashgan abituriyentlar javob berdi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
❗️BUGUN onlayn test!

Imtihonda shunga oʻxshash testlar tushadi

Malakali testologlarni jalb qilgan holda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan eʼlon qilingan mezonlar asosida mavzulari, qiyinlik darajasi va boshqa jihatlari kirish imtihonlari testlariga oʻxshash yangi testlar tayyorlandi.

❗️Albatta qatnashish SHART!

🏆YUTUQ: 1.000.000 so'm!

📆Bugun payshanba, 3-avgust kuni Oliygoh.uz va “Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti (TIFT universiteti)” hamkorligida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 60-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.

📆Test vaqti: 3-avgust
(09:00 dan 23:59 gacha)
💳Ishtirok etish narxi: BEPUL
👉Ro'yxatdan o'tish shart!

Kirish
imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun!

Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!
👉 Rus tili
👉 Nemis tili
👉 Fransuz tili
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH

TIFT universitetida - 18 ta bakalavriat yoʻnalishi, 3 ta magistratura mutaxassisligi mavjud bo'lgan Toshkent shahridagi nufuzli oliygoh. 210 ta grant o‘rinlari mavjud!

👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish

🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
Testga nimalar olib kirish mumkin?

shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
abituriyent ruxsatnomasi;
oddiy qo‘l soati (elektron smart-soat mumkin emas);
optik ko‘zoynak (boshqa ko‘zoynaklar mumkin emas);
pul;
dastro‘mol;
kalit;
sog'lik uchun zarur dorilar.

❗️ Quyidagilar mumkin emas

telefon yoki boshqa elektron qurilmalar;
shpargalka, kalkulyator; va h.k.
ruchka (ichkarida beriladi);
suv (ichkarida beriladi);
qoralama qog‘oz (ichkarida beriladi);

Estalma: bu audio 2022-yilga tegishli bo‘lgani uchun kepka va tibbiy niqob haqida aytilgan. Bu yilgi imtihon yopiq binolarda bo‘layotgani uchun ularga ehtiyoj yo‘q.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Tarqating

⚡️TEST NATIJALAR E'LON QILINDI!

Abituriyentlar oʻz ballarini quyidagi botlar orqali hoziroq bilib olishlari mumkin:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
👉 @e_dtm_mandat5bot

Botga Abituriyent ruxsatnomasini .pdf shaklda tashlang yoki abituriyent ruxsatnomasidagi ID raqamni botga yuboring!

Barchaga yuqori natijalar yor bo'lsin!
Adolat emas, adolatsizlik timsoli — imtiyozli Temurbeklar

👥 Imtihonning 1-kun javoblari e’lon qilingach, eng maksimal 189 balldan ham yuqori to‘plaganlar chiqib keldi. Bular — Temurbeklar maktabi bitiruvchilari.

Ularga to‘plagan balliga 15 foiz qo‘shib berilgan. Shu sabab o‘z kuchi bilan eng maksimal ball to‘plagan abituriyentlardan ham oshib ketishdi.

🔥 X.Xudoyberdiyev bu imtiyozni bekor qilish kerakligini, imtiyoz olganlar imtihonlardagi adolatsizlik timsoliga aylanib qolayotganini yozdi.

#imtiyozkerakmas #adolatkerak

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Qoidabuzar abituriyent jazolanishi kerakmi?

Imtihonning
dastlabki 2 kunidayoq 2 nafar abituriyent savollarni olib chiqib ketgani uchun imtihondan chetlatildi. Bo‘ldi, savol tarqatgan abituriyentga boshqa biror jazo yo‘q.

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev qoidabuzar abituriyentlar uchun jazo yo‘qligini, aslida ular jazolanishi kerakligini yozdi.

"Masalan, kirish paytida kimdadir berkitilgan telefon yoki shpargalka chiqsa, shunchaki ularni olib qo‘yib (yana telefonni testdan keyin qaytarib ham berishadi), testga kirishga ruxsat berilaveradi. Lekin u qoida buzgan. Biz esa ko‘ngilchanlik qilamiz.

‼️ Qoidabuzarliklar og‘ir-yengilligiga qarab, abituriyentlarni bir necha yil davomida test sinovlaridan chetlatish amaliyotiga o‘tish kerak. Masalan:

testga kirayotganda yoki ichkarida telefon, shpargalka yoxud shu kabi yordamchi vositalar bilan qo‘lga tushsa — 2 yil muddatga (ya’ni o‘sha yilning o‘zida + yana 1 yilga);

savollar kitobini yirtib chiqqani aniqlansa — 2 yil muddatga;

qalbaki til sertifikati taqdim etsa — 3 yil muddatga;

qalbaki hujjatlar orqali birovlarning o‘rniga kirgani yoki kirishga uringani aniqlansa — jinoiy javobgarlikka tortgan holda 3 yil muddatga test sinovlaridan chetlatish kerak.

🎓 Bundan tashqari xuddi shu amaliyotni faqat bakalavriat uchun emas, balki magistratura uchun ham qo‘llash kerak.

📌 Ma’lumot uchun: o‘tgan yili DTM imtihonda qoidabuzarlik qilgan abituriyentlarni 5-7 yilga imtihondan chetlatish taklifi bilan chiqqan, biroq taklif rad qilingandi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇

https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda qaysi OTMlar eng ko‘p daromad ko‘rdi?

Antikorrupsiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, eng ko'p daromad ko'rgan OTMlar:
1️⃣ O‘zbekiston milliy universiteti — 245 mlrd so‘m;
2️⃣ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — 165 mlrd so‘m;
3️⃣ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 151 mlrd so‘m;
4️⃣ Toshkent davlat texnika universiteti — 145 mlrd so‘m;
5️⃣ Toshkent moliya instituti — 102 mlrd so‘m daromad ko‘rgan.

Xarajatlari daromadlaridan yuqori bo‘lgan OTMlar:
Namangan davlat universiteti 230 mlrd so‘m;
Chirchiq davlat pedagogika universiteti 128 mlrd so‘m;
Urganch davlat universitetining daromadidan zarari 85 mlrd so‘m yuqori bo'lgan.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌚 Bugun imtihonda shunaqa test ishlagan abituriyentlarni ko'rmadingizmi?

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇

https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Tarqating

⚡️3-AVGUSTDA TESTGA KIRGANLARNING NATIJALARI E'LON QILINDI!

Abituriyentlar oʻz ballarini quyidagi botlar orqali hoziroq bilib olishlari mumkin:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
👉 @e_dtm_mandat5bot

Botga Abituriyent ruxsatnomasini .pdf shaklda tashlang yoki abituriyent ruxsatnomasidagi ID raqamni botga yuboring!

Barchaga yuqori natijalar yor bo'lsin!
🌚 Hozirgi abituriyentlar: "Nima bo‘lsa-bo‘lsin baribir bittasiga kiraman!"

🤓 Oldingi abituriyentlar: "O‘zi bittagina bo‘lsa, kirolmasam-chi?"

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM