BaholashUz
373K subscribers
342 photos
187 videos
64 files
653 links
🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari

🌐 Manba: www.uzbmb.uz
Download Telegram
❗️ Imtihon oldidan stressni yengish uchun maslahatlar ❗️

Imtihon shunday jarayonki, bunda har bir kishi “O'zing o'zinga yordam ber" qabilida ish ko'rishi lozim. Imtihonga har kim turlicha munosabat bildiradi.

Demak, bu vaqtda yuzaga keladigan stressga qarshi kurashish yo'llarini ham o'zi o'ylab topadi. Biz quyida sizga taqdim etmoqchi bo'lganimiz – amalda qo'llangan va ishonchli usullardir.

Imtihonga tayyorlanishni 17-18 soat qolganda yakunlash tavsiya etiladi. Oxirgi soatlarda katta bosim bilan kitob o'qishning mahsuldorligi ancha past bo'ladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, bilimlar sinoviga juda yaqin qolganda qancha ko'p o'qilsa, shuncha kam esda qoladi.

Hayot-mamot hal bo'lishi arafasida o'quv materiallariga betartib ravishda ko'z yugurtirish tavsiya etilmaydi, bu jarayonda dengizdan tomchi esihingizda qoladi, xolos. Natijada imtihon paytida faqatgina omadga tayanishga to'g'ri keladi.

Qolgan vaqtni aqliy mehnatdan charchagan organizmni oldindagi sinovga tayyorlashga bag'ishlash foydaliroqdir.

Imtihonlardan oldin kechqurun sayrga chiqish, dush qabul qilish kabi har qanday chalg'itadigan va tinchlantiradigan ish bilan shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. “Miyani yukdan xalos etish" uchun biror komediya yoki yumoristik ruhdagi ko'rsatuvni tomosha qilish juda foydali.

Kulgu stressni yengishga yordam berishdan tashqari ishtahani ochadi, ish qobiliyatini oshiradi, uyquni normallashtiradi va g'ayritabiiy usul bilan fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Bu narsa ilmiy jihatdan isbotlangan.

Imtihondan oldin albatta organizmning talabini qondiradigan darajada to'yib uxlash kerak! Qiyinchiliksiz uxlash uchun esa kunning ikkinchi yarmidagi ratsiondan kofe, shokolad, kola, choy kabi mahsulotlarni chiqarib tashlash kifoya.

Tasavvurni ishga soling. Psixologik texnika yordamida imtihon jarayonini ko'z oldingizga keltiring:

Siz imtihon o'tkazilayotgan auditoriyaga kirdingiz, biletni tanladingiz, o'z joyingizga o'tirib xotirjam, hech qanday qiyinchiliklarsiz topshiriqlarni bajarib boshladingiz;
Iloji boricha imtihon nazoratchilarini ham ko'z oldindizga keltiring: ular o'z qarashlari bilan javobingizdan qoniqish hosil qilganliklarini ko'rsatib turishibdi, imtihon yakunida esa o'zingiz xohlagan bahoni qo'yib berishdi.

⚠️ Shu sahnalarni xotirangizda ko'p marotaba tiklashga harakat qiling va real hayotda ham shunday bo'lishiga ishoning.

❗️ Imtihondan oldin uyqu yaxshi bo'lishi uchun kechki ovqatni to'g'ri tashkil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Bu paytda iloji boricha uglevodli taomlar iste'mol qilish lozim, tarkibida ko'p miqdorda oqsil saqlagan mahsulotlardan esa o'zni teggan ma'qul. Uxlashga yotishdan 30-40 minut avval bir stakan issiq suvga bir choy qoshiq asal solib ichsangiz, asab tizmi mustahkamlanadi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Imtihon oldi oʻqiladigan duolar🤲

"Robbi yassir va la tuʼassir. Robbi tammim bil-xoyri". Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin.

«Robbi zidni ilman va fahman».
Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir.

© Manba

📄Yo‘qotib qo‘ymaslik uchun saqlab qo‘ying!

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream started
Live stream finished (4 minutes)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤯 Imtihonda shunaqa uzun savol tushib qolsa bormi?

Odamning qayerda ekani ham esidan chiqib qolsa kerak.

Nima deb oʻylaysiz? Qiyin savol tushib qolsa, oʻzingizni qanday tutasiz?

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😴 Darsterapiya

🤓
Uxlasam, hammasi miyamga o'rnashib qoladi deb o'ylaydigan bilimdonlarga yuboramiz.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Javob esga kelmay qolsa nima qilasiz ?😂

😎Ayrim tavakkalchi abituriyentlar
haqida video

Ruchka otib, qayerga tushsa, shuni belgilaydiganlar ham bor-a?

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bir abituriyentga nechta qiyin savol tushadi?

Mutaxassislik blokida 2 ta fan bor va bu fan doirasida 3 ta darajadagi savollar tushadi. 30 ta savolning:

15-25 foizi — oson;
50-70 foizi — o‘rtacha;
15-25 foizi — qiyin savollar bo‘ladi.

❗️ Ya’ni eng ko‘p o‘rtacha darajadagi savollar tushadi. Oson va qiyin savollar o‘rtacha 7 tadan tushishi mumkin, qolgani o‘rtacha testlar bo‘ladi.

Majburiy blokdan tushadigan savollar esa faqat oson darajali bo‘ladi.

Ma’lumotni abituriyent do‘stlaringizga yuborib, ko‘nglini xotirjam qiling.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“VALLEY INNOVATIVE UNIVERSITY” litsenziyasi bekor qilindi

Xususiy oliygohlarni elakdan o'tkazish boshlandi. Bu haqda oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda.

Fargʻona tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 17-iyuldagi hal qiluv qarori bilan “VALLEY INNOVATIVE UNIVERSITY” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2022-yil 13-dekabrda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 053546-sonli litsenziya bekor qilindi.

Nodavlat taʼlim sohasida umumiy va alohida litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etishda qator qoʻpol qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyganligi aniqlandi. Jumladan,

mazkur oliy taʼlim tashkilotining litsenziyada koʻrsatilgan foydalanish uchun ajratilgan bino-inshootlari muassislarga mulk huquqi yoki ijara shartnomasi asosida tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emas;

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining HEMIS axborot tizimiga taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisida toʻgʻri va toʻliq maʼlumotlar kiritilmagan;

vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bilan shugʻullanadigan rektor maslahatchisi shtat birligi joriy etilmagan;

taʼlim tashkilotining bankdagi hisob varagʻida 150 ming AQSH dollari yoki shu miqdor ekvivalentdagi mablagʻ mavjud emas;

60 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan elektron kutubxona va 20 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi tashkil etilmagan;

taʼlim oluvchilar har bir fandan oʻquv adabiyotlari (darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari) bilan taʼminlanmaganligi aniqlandi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nodavlat oliy ta’lim tashkiloti tugatilganda talabalarining taqdiri nima bo‘ladi?

🎙 Ushbu savolga sobiq Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Shavkat Xo‘jaqulov javob beradi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
⚡️YILNING ENG YAXSHI NODAVLAT OLIYGOHI!

Ma'lumki, PQ-200-sonli qarorga ko'ra, 2024-yil 1-yanvardan nodavlat oliygohlar reytingi tuziladi. “@nodavlattalim” tomonidan 2022/2023 o'quv yili yakuni bo'yicha Respublikamizda litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan Nodavlat oliy ta'lim muassasalarining milliy reytingi aniqlanmoqda!

🥇G‘olib OTMlar “Eng yaxshi oliygoh” statuetkasi hamda jami qiymati 15 mln. so’m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

❗️Reytingga kirgan oliygohlarning natijalari doimiy tarzda hisoblab borilib, keng jamoatchilikka e’lon qilib boriladi.

🏆 YILNING ENG YAXSHI NODAVLAT OLIYGOHI - 2023 tanlovida faol ishtirok eting!

👉 NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️2023-YIL JAVOBLAR VARAQASI (TITUL)ni saqlab qo'ying

🖨 Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to'g'ri to'ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang!

Esingizda bo'lsin, bo'yaganda doiradan tashqariga chiqmang;

Doira ichini to'liq bo'yalmasligi ham xato;

Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas;

Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi

Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani bo'yash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi.

Eng yomoni, xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi!

Boshqalarga ham tarqating!↗️

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abituriyent ruxsatnomasiga buyurtma qabul qilish boshlandi!

🎚️ Endilikda DTM (Bilim va malakalarni baholash agentligi) tomonidan test sinovlariga ruxsatnoma berish boshlanmagan bo'lsada telegram-bot orqali oldindan buyurtma berishingiz mumkin. Ruxsatnoma berish boshlanishi bilan bot avtomatik ravishda ruxsatnomangizni sizga yuboradi.

Eslatma: Joriy yilda 1 mln nafardan ortiq abituriyentlar ro'yxatdan o'tganini hisobga olsak, ruxsatnoma berish boshlansa rasmiy sayt qotib qolishi mumkin. Oldindan berilgan buyurtma asosida siz bu muammoni chetlab o'tishingiz mumkin.

Ruxsatnomaga buyurtma berish va yuklab olish uchun quyidagi botlardan foydalaning:

👉 @ruxsatnoma2023bot
👉 @ruxsatnoma2023_bot
👉 @ruxsatnoma_2023bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: 2023-yilda testda qatnashadigan abituriyentlar 1 mln lik dovondan osholmadi

2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish testida ishtirok etadigan abituriyentlar 948 486 nafarni tashkil etdi.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 545 616 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 22 867 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 373 169 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 6 834 nafar.

❗️Joriy yilda testga kiradigan abituriyentlar soni 1 mlnga ham yetmadi

Avvalroq, 1 mlndan oshiq abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgani aytilgan edi. Demak, salkam 70 ming abituriyent testga kirish uchun to‘lovni amalga oshirmagan va ular ro‘yxatdan o‘tmagan deb topilgan.

Maʼlumot uchun, o‘tgan yili 1 mln 146 ming 744 nafar abituriyent testga kirishi belgilangan edi. Demak, joriy yilda testga kiradigan abituriyentlar soni o‘tgan yilgiga qaraganda deyarli 200 mingdan kamroq bo‘ladi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Valley innovative university talabalari ko'chada qolmaydi!

"Talabalar ko‘chada qolmaydi" – Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqov "Valley innovative university" bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Shu oy oxirida barcha abituriyentlarning ruxsatnomasi chiqadi

Iyul oxirida deyarli barcha abituriyentning ruxsatnomasi shakllantiriladi. Bilim va malakalarni baholash agentligi qancha abituriyent ruxsatnoma yuklab olgan-olmaganini tekshirib boradi.

Ruxsatnomani olmagan abituriyentlarga qo‘shimcha sms-xabarlari yuborilishi mumkin.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ TOP-10: Hamma ko'rishi shart bo'lgan filmlar!

Bular qaysi filmlar? Mazkur filmlar nima haqida? Nega ularni koʻrishimiz kerak? Ushbu videoda mazkur savollarga javob topasiz.

📹Filimlar roʻyxati:
10-oʻrin. Interstellar - 02:02
9-oʻrin. Neft - 03:53
8-oʻrin. E'tibor markazida - 5:09
7-oʻrin. Shoushenkdan qochish 06:15
6-oʻrin. Bryuggeda - 07:52
5-oʻrin. Forrest Gamp - 09:21
4-oʻrin. Cho'qintirgan ota - 10:14
3-oʻrin. O'zgalar hayoti - 11:57
2-oʻrin. Jinoiy cho'pchak - 14:01
1-oʻrin. Shindler ro'yxati - 15:23

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁 Bo'lajak talabalar eshiting: ​​​​​​​Talaba kim?

Talabalar – Asosan bilim yurti hududlarida vaqt o‘tkazadi. Kabinetdan - kabinetga guruh-guruh bo‘lib harakatlanishadi. Vaziyatga tez moslashuvchan, kezi kelganda ayyor va asosan dangasa bo‘lishadi. Tunda uxlashni, tongda uyg‘onishni yomon ko‘radi. Kunning birinchi yarmida asosan uyqusirab, ko‘zlari qizarib yuradi. Kech kirishi bilan yana aktivlashadi.

Tashqi ko‘rinishi – Topganini kiyadi (lekin did bilan). Bizning muhitda asosan oq-qora tusli liboslarda bo‘lishadi. Qo‘lida papka yoki hamma fan uchun tutilgan bir donagina daftari bo‘ladi (ba’zan shuyam bo‘lmaydi).

Yashash tarzi – Deyarli hamma qatori. Stipendiya chiqsa 3 kun mazza qilib yashaydi, so‘ng, yana keyingi stipendiyani kuta boshlaydi. Talabalik davrini surib yuradi. Ba’zida esa talabalik davri o‘zini suriiib-survoradi.

Ijtimoiy tabaqalanishi – Asosan 3 tabaqaga bo‘linadi:
1. Oddiy tabaqa – grantda o‘qiydi.
2. Sal mindeyeyeroq tabaqa – kontraktda o‘qiydi.
3. Krutoy tabaqa – “super-muper” kontraktda o‘qiydi (bu tabaqadagilarni ko‘rganda hamma O‘-o‘-o‘ deydi).

Uxlash tarzi – Shaxsiy yoki ijara uyi. Yotoqxona. Leksiyalar zali...

Oziqlanish tarzi – Oy boshida kafema-kafe yurib, keyin gumma, rollton va topgan-tutgani bilan oziqlanadi

Shiori – Talabalik oltin davrim! (ayrim manbalarda keltirilishicha, ushbu davr otning kallasidek kontrakti sababli oltinga tenglashtiriladi).

Yomon ko‘radi – Hech “kelishib bo‘lmaydigan” domlalarni.

Yoqtiradi – Darsda uxlashni.

Qo‘rqadi – Sessiyadan.

Ustunlik tomoni – 3 oy yallo qilib yurib, imtihonga uch kun qolganda o‘sha fanni “qalpoq” qilib tashlaydi.

Zaif tomoni – Dars tugashi bilan mavzuni esdan chiqarvoradi.

Orzusi – O‘qishni bitirgach o‘z mutaxassisligi bo‘yicha katta oylikli ishga joylashish. (tuya hommomni... e nimalar deyapman o‘zimdan-o‘zim?!). Orzuga ayb yo‘q.

Kelajagi – Agar yaxshi o‘qisa, qobiliyatli bo‘lsa, fanlarni yaxshi o‘zlashtirsa, bilimi kuchli bo‘lsa - kelajakda yo taksist yoki sotuvchi bo‘ladi. Mabodo mindeyeyeroq joyda ishlaydigan tanishi bo‘lsa – unda boshqa gap. Masalan-da...

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilmning qadri!

Ilm o'rganish yo'lida tinimsiz harakat qilayotganlardan Alloh rozi bo'lsin!

Yaqinlaringizga yuborib qo'ying!

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇

https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM