BaholashUz
381K subscribers
340 photos
187 videos
64 files
651 links
🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari

🌐 Manba: www.uzbmb.uz
Download Telegram
❗️ To‘lov qilishga ulgurmagan abituriyentlarda yana bir kun bor

Bugun soat 23:59 gacha
kirish imtihonida qatnashish uchun to‘lov qilish kerak.

📌 Kimning qayd varag‘ida mana shu suratdagi kabi yozuv bo‘lsa, u to‘lovdan ozod abituriyent toifasiga kiradi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat #Tezkor

Toshkent shahrida Prezident maktablari shaklidagi bepul sinov imtihonlari oʻtkaziladi

Endi Toshkent shahrida yashovchi ota-onalar farzandlarini Prezident maktabiga tayyorlik darajasini oʻlchab koʻrishlari mumkin boʻladi.

Imtihondan soʻng, har bir ota-ona farzandi bilimi darajasiga koʻra mutaxassis maslahatiga ham ega boʻlishadi.

Imtihon 5-15 yoshli bolalar uchun

Katnashish bepul

Imtihon faqat Toshkent shahri uchun

Imtihonga 23 ta boʻsh joy qoldi.

❗️Joylar cheklangan! Roʻyhatdan oʻtish uchun quyidagi havoladan foydalaning👇

👉 https://newtonacademy.uz/telegrampr?utm_source=telegram&utm_medium=cpl&utm_campaign=baholash
Oldingi yillarda qancha abituriyent hujjat topshirgan?

Bu yil 1 mln 18 ming abituriyent OTMga hujjat topshirdi. Bundan oldingi yillarda:

2022-yilda – 1 214 232 nafar;
2021-yilda – 948 ming nafar;
2020-yilda – 1 484 085 nafar;
2019-yilda – 1 066 925 nafar;
2018-yilda – 675 049 nafar;
2017-yilda – 729 950 nafar;
2016-yilda – 663 304 nafar abituriyent OTMga hujjat topshirgan.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Xususiy universitetda ham davlat granti bilan o‘qish mumkin

Sababi davlat har yili xorijiy OTM filiallari va xususiy universitetlarga mingta grant ajratadi.

2023-yilgi qabul uchun ham mingta grant ajratilgan. Faqat bu grant davlat ta’lim muassasalarida ko‘pincha berilgani kabi ehtiyojmand qatlamga emas, eng bilimlilarga beriladi.

👀 Grantni qanday qilib yutib olish mumkin?

Xususiy universitetlar imtihonlari tugagach, eng yuqori ball to‘plab talaba bo‘lganlar orasidan grant olishni istagan shaxslar OTM va vazirlik bilan birgalikda 3 tomonlama shartnoma imzolaydi.

Berganni qaytarish ham kerak

Shu sababdan ham grantda o‘qigan talaba o‘qishni tugatgach davlat uchun ishlab berishi kerak.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Testlar qaysi mavzular boʻyicha tuziladi ?

Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida qoʻllaniladigan test topshiriqlarining boʻlimlar boʻyicha oʻrtacha taqsimoti (2021-yilgi maʼlumot)

Majburiy fanlar:

1⃣ Ona tili (oʻzbek):
— Orfografiya va punktuatsiya — 40 %;
— Leksikologiya, uslubiyat — 40 %;
— Grammatika — 20 %.

2⃣ Ona tili (rus):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 10%;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 40 %.

3⃣ Ona tili (qoraqalpoq):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 20 %;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 30 %.

4⃣ Matematika:
— Sonlar va ular ustida amallar — 40 %;
— Foiz, proporsiya va tenglama — 30 %;
— Geometriya — 30 %.

5⃣ Oʻzbekiston tarixi:
— Qadimgi va oʻrta asrlar tarixi —35-45 %;
— XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr — 35-45 %;
— Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi — 20-25 %.

Mutaxassislik fanlari boʻyicha rasmda maʼlumot olishingiz mumkin👆

Barcha abituriyentlarga tarqating!

P.S: masʼullar 2023-yilgi yangilangan maʼlumotlarni bergani yoʻq.
Yangilangan maʼlumot berishini soʻrab qolamiz!

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyent ruxsatnomasi iyul oyi oxirigacha beriladi

Imtihon avgust oyida
boshlanishi ehtimoli yuqori.

🟢 Iyul oxirida deyarli barcha abituriyentning ruxsatnomasi shakllantiriladi. Bilim va malakalarni baholash agentligi qancha abituriyent ruxsatnoma yuklab olgan-olmaganini tekshirib boradi. Ruxsatnomani olmagan abituriyentlarga qo‘shimcha sms-xabarlari yuborilishi mumkin.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida qabul jarayonlari davom etmoqda!

🗓 Hujjatlar 29-iyul kirish imtihoni uchun online ariza orqali qabul qilinadi.

TMIIda o'qish davomida siz:
- 1.5 mlrd grant dasturida qatnashish
- Nufuzli institutda bilim va tajriba olish
- Malakali o'qituvchilar tomonidan beriladigan bilimga ega bo'lishingiz mumkin.

📲Shoshiling. Imtihonlarga yozilish uchun bot orqali ro’yxatdan o’ting👇
@timeedubot
+998712009005

(Litsenziya №043969-son, 19.10.2022y)

Rasmiy telegram: Bu yerda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤭 Hammangizga ushbu she'rni baralla aytib yurish nasib qilsin:

Oʻqishga ham kirib olding, 
Qaddingni tut talaba, 
Talabalik oltin davring, 
Davringni sur talaba. 

Garchi vatan farzandisan, 
Fakultetda arzandaasan. 
Shunday ekan qadringni ham, 
Sal bilib yur talaba. 

Talabasan noming ulugʻ, 
Boʻlsa hamki chontak quruq, 
Dilda gʻurur, dilda surur, 
Handon erur talaba. 

Dada, oyi assalom deb, 
Hamyon boʻm boʻsh pul tamom deb, 
Baʼzan ota-onanga ham, 
Xat yozib tur talaba. 

Yetmay qolsa stipendiya, 
Gʻamga botmay ishlat miya, 
Mardikorlik bozoriga , 
Yoʻlingni bur talaba. 

Boʻlmoq kerak gapga usta, 
Bir gap aytsa starsta. 
Oʻz bilganingdan qolmasang ham, 
Xop-xop deb tur talaba. 

Togʻlar boshi qorsiz boʻlmas, 
Talaba degan semiz boʻlmas. 
Chunki hech vaqt qorni toʻymas 
Rost gap shudir talaba.
 
Jonga tegsa leksiyalar, 
Boshlanganda sessiyalar, 
Ahvolinga maymun yiglar, 
Shoʻring qurur talaba. 

Zachyot dardi bir balodir, 
Imtixon ham bir balo. 
Senga qolsa ikkovi ham, 
Asli bir goʻr talaba. 

Oʻynashmagin domla bilan, 
U seni yenga bir hamla bilan. 
Semestrning oxirida, 
Oʻzingdan koʻr T A L A B A!

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Testlarni to‘g‘ri ishlashni 7 usul orqali o‘rganing!

Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

5️⃣Chiqarib tashlash usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

6️⃣ “Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

7️⃣ Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz va yaqinlarizga ham ulashing.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Saqlab oling! Imtihondan oldin aytib kiring 🤲

Bismillahir rohmanir rohim. La havla vala quvvata illa billaxil aliyil aziym.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Saqlab qoʻying kerak boʻladi!

Majburiy blok savollarida tushadi.

1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
2021-yilYoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yilInsonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
❗️ Imtihon oldidan stressni yengish uchun maslahatlar ❗️

Imtihon shunday jarayonki, bunda har bir kishi “O'zing o'zinga yordam ber" qabilida ish ko'rishi lozim. Imtihonga har kim turlicha munosabat bildiradi.

Demak, bu vaqtda yuzaga keladigan stressga qarshi kurashish yo'llarini ham o'zi o'ylab topadi. Biz quyida sizga taqdim etmoqchi bo'lganimiz – amalda qo'llangan va ishonchli usullardir.

Imtihonga tayyorlanishni 17-18 soat qolganda yakunlash tavsiya etiladi. Oxirgi soatlarda katta bosim bilan kitob o'qishning mahsuldorligi ancha past bo'ladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, bilimlar sinoviga juda yaqin qolganda qancha ko'p o'qilsa, shuncha kam esda qoladi.

Hayot-mamot hal bo'lishi arafasida o'quv materiallariga betartib ravishda ko'z yugurtirish tavsiya etilmaydi, bu jarayonda dengizdan tomchi esihingizda qoladi, xolos. Natijada imtihon paytida faqatgina omadga tayanishga to'g'ri keladi.

Qolgan vaqtni aqliy mehnatdan charchagan organizmni oldindagi sinovga tayyorlashga bag'ishlash foydaliroqdir.

Imtihonlardan oldin kechqurun sayrga chiqish, dush qabul qilish kabi har qanday chalg'itadigan va tinchlantiradigan ish bilan shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. “Miyani yukdan xalos etish" uchun biror komediya yoki yumoristik ruhdagi ko'rsatuvni tomosha qilish juda foydali.

Kulgu stressni yengishga yordam berishdan tashqari ishtahani ochadi, ish qobiliyatini oshiradi, uyquni normallashtiradi va g'ayritabiiy usul bilan fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Bu narsa ilmiy jihatdan isbotlangan.

Imtihondan oldin albatta organizmning talabini qondiradigan darajada to'yib uxlash kerak! Qiyinchiliksiz uxlash uchun esa kunning ikkinchi yarmidagi ratsiondan kofe, shokolad, kola, choy kabi mahsulotlarni chiqarib tashlash kifoya.

Tasavvurni ishga soling. Psixologik texnika yordamida imtihon jarayonini ko'z oldingizga keltiring:

Siz imtihon o'tkazilayotgan auditoriyaga kirdingiz, biletni tanladingiz, o'z joyingizga o'tirib xotirjam, hech qanday qiyinchiliklarsiz topshiriqlarni bajarib boshladingiz;
Iloji boricha imtihon nazoratchilarini ham ko'z oldindizga keltiring: ular o'z qarashlari bilan javobingizdan qoniqish hosil qilganliklarini ko'rsatib turishibdi, imtihon yakunida esa o'zingiz xohlagan bahoni qo'yib berishdi.

⚠️ Shu sahnalarni xotirangizda ko'p marotaba tiklashga harakat qiling va real hayotda ham shunday bo'lishiga ishoning.

❗️ Imtihondan oldin uyqu yaxshi bo'lishi uchun kechki ovqatni to'g'ri tashkil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Bu paytda iloji boricha uglevodli taomlar iste'mol qilish lozim, tarkibida ko'p miqdorda oqsil saqlagan mahsulotlardan esa o'zni teggan ma'qul. Uxlashga yotishdan 30-40 minut avval bir stakan issiq suvga bir choy qoshiq asal solib ichsangiz, asab tizmi mustahkamlanadi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Imtihon oldi oʻqiladigan duolar🤲

"Robbi yassir va la tuʼassir. Robbi tammim bil-xoyri". Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin.

«Robbi zidni ilman va fahman».
Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir.

© Manba

📄Yo‘qotib qo‘ymaslik uchun saqlab qo‘ying!

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream started
Live stream finished (4 minutes)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤯 Imtihonda shunaqa uzun savol tushib qolsa bormi?

Odamning qayerda ekani ham esidan chiqib qolsa kerak.

Nima deb oʻylaysiz? Qiyin savol tushib qolsa, oʻzingizni qanday tutasiz?

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😴 Darsterapiya

🤓
Uxlasam, hammasi miyamga o'rnashib qoladi deb o'ylaydigan bilimdonlarga yuboramiz.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Javob esga kelmay qolsa nima qilasiz ?😂

😎Ayrim tavakkalchi abituriyentlar
haqida video

Ruchka otib, qayerga tushsa, shuni belgilaydiganlar ham bor-a?

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bir abituriyentga nechta qiyin savol tushadi?

Mutaxassislik blokida 2 ta fan bor va bu fan doirasida 3 ta darajadagi savollar tushadi. 30 ta savolning:

15-25 foizi — oson;
50-70 foizi — o‘rtacha;
15-25 foizi — qiyin savollar bo‘ladi.

❗️ Ya’ni eng ko‘p o‘rtacha darajadagi savollar tushadi. Oson va qiyin savollar o‘rtacha 7 tadan tushishi mumkin, qolgani o‘rtacha testlar bo‘ladi.

Majburiy blokdan tushadigan savollar esa faqat oson darajali bo‘ladi.

Ma’lumotni abituriyent do‘stlaringizga yuborib, ko‘nglini xotirjam qiling.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM