BSMI.UZ | Rasmiy kanali
6.34K subscribers
17.9K photos
1.86K videos
191 files
4.5K links
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rasmiy kanali.

Institutimiz yangiliklaridan birinchi bo`lib xabardor bo'ling!

🌐 Rasmiy sayt: bsmi.uz
📞 Ishonch telefoni: 65-223-00-50
📞 Call-center: 65-223-00-50
Download Telegram
🏛Bahor faslining ilk kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi uchun quvonchli yangilik bilan boshlandi. Prezident qaroriga binoan Pediatriya fakulteti 6-kurs talabasi Dilshoda Bahronova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Bu yutuq nafaqat institut, balki butun Buxoro ilm-fan jamoasi uchun g'ururli voqea bo'ldi.

🔗Bugun institut rektori Shuhrat Teshayev boshchiligida professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Dilshoda Bahronovaning yutuqlari e’tirof etildi. Uchrashuv davomida talabaning bilimga chanqoqligi, izlanuvchanligi, ilmiy izlanishlar va ijtimoiy faollikdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Institut jamoasi ushbu mukofot yoshlar uchun katta ilhom manbai ekanligini qayd etib, barcha talabalarni shunday ulkan yutuqlarga intilishga chorladi.

Ustozlari Dilshodani samimiy tabriklab, uning tinimsiz mehnati va fidoyiligini yuksak baholadilar. Ayniqsa, pedagoglar uning bilimdonligi, tashabbuskorligi hamda insonparvarlik fazilatlari bilan ajralib turishini ta’kidlashdi. Shuningdek, uchrashuv davomida yurtimiz ravnaqi yo‘lida ilm-ma’rifat va ezgulik yo‘lida birlashish, har bir talaba kelajakda o‘z kasbining fidoyisi bo‘lishi kerakligi haqida iliq fikrlar bildirildi.

♻️Dilshoda Bahronova o‘zining izlanishlari, ilmga bo‘lgan ishtiyoqi va mehnatsevarligi bilan barchaga o‘rnak bo‘ldi. Uning yutuqlari yosh avlodni ham shijoat bilan ishlashga, o‘z oldiga ulkan marralarni qo‘yishga undaydi. Institut jamoasi bu kabi muvaffaqiyatlar bilan faxrlanadi va yosh avlodning ilm-fan yo‘lidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

☑️Bunday e’tirof va rag‘bat, albatta, yoshlarni yanada intiluvchan va izlanishlarga chanqoq bo‘lishga undaydi. Dilshoda Bahronovaning ushbu mukofot bilan taqdirlanishi esa butun institut jamoasining yutug‘i sifatida tarixda qoladi.

✍️Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati  
  
🚀Telegram 🔵 Facebook
🎬You tube 🌐www.bsmi.uz
🇺🇿 Buxoro Volontyorlar Maktabi 5-mavsumi uchun qabul boshlandi!

💫 O‘zgarish sari ilk qadamni biz bilan tashlang!

Buxoro Volontyorlar Maktabi – bu tashabbuskor, jamiyatga foyda keltirishni maqsad qilgan yoshlar uchun noyob imkoniyat!

Agar siz:
Faol volontyorlik faoliyatini boshlashni istasangiz,
Yetakchilik qobiliyatlaringizni rivojlantirishni xohlasangiz,
Bu dastur aynan siz uchun!

Sizni volontyorlar maktabida nimalar kutmoqda?
Tajribali mutaxassislar va yetakchilar bilan treninglar
Ajoyib muhit, do‘stona jamoa va unutilmas xotiralar!

Qabul shartlari:
Ijtimoiy faol va tashabbuskor bo‘lish;
Yangi bilim va tajribalarni o‘rganishga tayyorlik.

📃 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Google Forms

Muddat: 25-martgacha

👥 Jamiyatga o‘z hissangizni qo‘shish va kelajak yetakchilari qatorida bo‘lishni istasangiz – aynan hozir harakatni boshlash vaqti keldi!

🇺🇿 Buxoro Volontyorlar Maktabi – bu imkoniyatlar eshigi! 🚀
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛🔵Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiyot fakulteti Pediatriya yònalishi 336-guruh talabasi Baxtiyarov Axmadbekning "Yangi O'zbekiston yoshlar nigohida"  shiori ostida Qashqadaryo viloyatining tarixiy obidalari hamda diqqatga sazovor joylari aks ettirilgan video rolligi.


✍️Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
  
  
🚀Telegram 🔵 Facebook
🎬You tube 🌐www.bsmi.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"MENING O'ZBEKISTONIM" videorolik tanlovining institut bosqichi uchun 1-2gen med 22 Nafeesa niyaning tayyorlagan videoroligi.

Rolikda Buxoro viloyatining tarixiy obidalari hamda diqqatga sazovor joylari aks ettirilgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Mening Oʻzbekistonim" videoroliklar tanlovi uchun Institut talabalaridan tashkil topgan "Medstars" jamoasi tomonidan taqdim qilingan videorolik.

Rolikda Buxoro viloyatining tarixiy obidalari hamda diqqatga sazovor joylari aks ettirilgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida ham Navro'z bayrami munosabati bilan ko'tarinki ruhda tadbirlar boshlandi. Talabalar va professor-o'qituvchilar tomonidan sumalak sayli tashkil etilib, milliy o'yinlar, qo'shiqlar va raqslar ijro etildi. Bu kabi tadbirlar milliy qadriyatlarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


✍️Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati  
  
🚀Telegram 🔵 Facebook
🎬You tube 🌐www.bsmi.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev boshchiligida professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Dilshoda Bahronovaning yutuqlari e’tirof etildi.

Uchrashuv davomida talabaning bilimga chanqoqligi, izlanuvchanligi, ilmiy izlanishlar va ijtimoiy faollikdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Institut jamoasi ushbu mukofot yoshlar uchun katta ilhom manbai ekanligini qayd etib, barcha talabalarni shunday ulkan yutuqlarga intilishga chorladi.


✍️Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati  
  
🚀Telegram 🔵 Facebook
🎬You tube 🌐www.bsmi.uz
Buxoro davlat tibbiyot institutining bilimga chanqoq, zukko, intiluvchan talaba-yoshlari

Buxoro davlat tibbiyot instituti "Zakovat klubi" doirasida Bahorgi mavsum o'yinlariga start beriladi.

Bahorgi mavsumning  1-o‘yini 13.03.2025 sanasida soat 15.00 da Institut bosh binosi 1-qavat 117-xonada boshlanadi.


Turnirda ishtirok etish uchun fakultetingizdan 6 kishilik jamoa tuzing va ro'yxatdan o'ting ⬇️

➡️Ro'yxatdan o'tish uchun: @DoctorVanGogh ga murojaat qilishingiz mumkin.

⚫️Turnir nizomi, o'yin vaqti, savollar tartibi va boshqa qoidalari @BDTI_Zakovat_klubi kanalida yoritib boriladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bo'lib o'tgan sumalak saylidan lavhalar!!!

✍️Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati  
  
🚀Telegram 🔵 Facebook
🎬You tube 🌐www.bsmi.uz
DIqqat, ijtimoiy so'rovnoma!

Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda kutubxonalarning asosiy vazifasini amalga oshirish orqali aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual, madaniy va bilim olish ehtiyojlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda, viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining Axborot-resurs markazi (kutubxona) faoliyatini baholash bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan oliygohning ARM jamoasi Buxoro viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan esdalik statuetka, viloyat hokimligi tomonidan esa tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.

Izoh: Mazkur so'rovnoma natijalari bo'yicha davlat ta'lim muassasalari hamda Nodavlat ta'lim muassasalari alohida taqdirlanadi.

So'rovnoma 18-mart soat 23:59 ga qadar davom etadi!
#KUN_HIKMATI

📚 O‘qish charchatmaydi, aksincha, fikrni boyitadi.
©️ Seneka

✍️Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
  
  
🚀Telegram 🔵 Facebook
🎬You tube 🌐www.bsmi.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛👯Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Xalqaro fakultet talabalari o'z tyutorlari bilan birgalikda ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishdi.

✍️Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati  
  
🚀Telegram 🔵 Facebook
🎬You tube 🌐www.bsmi.uz
#bsmi_rasmiy
#LIVE

🏛🔹Buxoro davlat tibbiyot instituti "Zakovat klubi" doirasida Bahorgi mavsum o'yinlariga start beriladi.

♻️Tibbiyot instituti talabalari o'rtasida shiddatli savol-javoblar davom etmoqda.

✍️Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati  
  
🚀Telegram 🔵 Facebook
🎬You tube 🌐www.bsmi.uz
#KUN_HIKMATI

📚 Ilm ortidan yugurgan odamga dunyo o‘zi ergashadi.
©️ Umar ibn Xattob

✍️Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
  
  
🚀Telegram 🔵 Facebook
🎬You tube 🌐www.bsmi.uz
2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

💬Unga ko‘ra:

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

‼️Eslatma o‘rnida
👉 Fanlar majmuasi bu yerda
👉Javoblar varaqasi bu yerda
———————————————
✍️Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati  
  
🚀Telegram 🔵 Facebook
🎬You tube 🌐www.bsmi.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏛Joriy yilning 14-mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti faollar zalida "Navro'z qadriyatlar beshigi" nomli haftalik bo'lib o'tdi.


Tadbirni institut 1-prorektori Z.S.Baxranova ochib berdi. Institut rektori Sh.Teshayev milliy va ma'naviy qadriyatlarni rivojlantirish, Navro'z bayramining tarixiy va madaniy ahamiyatini yoshlarga yetkazish, talaba-qizlar o'rtasida ijtimoiy faollikni oshirish, talaba-qizlarning milliy libosga bo'lgan mehrini oshirish haqida ta'kidladi.

✍️Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati  
  
🚀Telegram 🔵 Facebook
🎬You tube 🌐www.bsmi.uz