Botir Ali Mamajonov Ijodi 2025
209 subscribers
159 photos
145 videos
4 files
122 links
Ассалом-у, алайкум!

Шоир ва сценарист Ботир Али расмий канали.
Шеърлар муаллифлик ҳуқуқига эга! Ҳамкорлик учун

Алоқа: @Botir_ali_official

www.instagram.com/Botir_ali_official

Kanal yaratilgan sana:🕰 01.01.2018
Admin
+998 996346172
Download Telegram
Shukr qilib yashaydlik do'stlar...


Omad bag'rida ko'rsangiz do'stingizgi,
Siqilmang yashirmang kam-u ko'stingizni,
Inshaollox yaxshi niyat qilib yuring,
Ollox o'zi berar bir kun rizqingizni...

Shukr qiling yurishingiz yomon emas,
Sogʻ salomat yurganlikga nima yetmas,
Halol mehnat baxtning ustunuku ahir,
Harom ishlab topilgan pul kerak emas...

To'rt muchangiz butun ekan shukr qiling,
Bu dunyoda bir omad bu shudir biling,
Qanchasi yotibdi, mehrga zoriqib,
Yana sizga nima kerak, fikr qiling...

Ko'zingiz bor yorugʻ dunyoni koʻrmoqda,
Qulogʻingiz nimalarni tinglamoqda,
Borligʻingiz, omadingiz siz bilan bu,
Yana nima qalbingizni qiynamoqda.

Otangiz bor qaddi butun, savlatingiz,
Onangiz bor borligʻingiz davlatingiz,
Bola chaqa quda anda deganlardek,
Ahir shular emasmi sizning baxtingiz..

Noshukrlik shaytonga hos ekanligin,
Botir Ali bo'ldi bas shukr qilgin,
Endi buyogʻiga shukr qilmasang gar,
Olloximni o'zi bir kun urar bilgin...

Botir Ali
2018.24.04
11:28
...ga(iltimoslarga binoan mahsus)

Aytgandimku kelasiz deb...

Yoʻllaringiz kutar edim,
Siz deb qonlar yutar edim,
Ko'nglim tubin titar edim,
Bu hayotda oz moz pand yeb,
Aytgandimku kelasiz deb...

Qadrimizni bilmadingiz,
Bizni baxtli qilmadingiz ,
Yig'lasam siz kulgandingiz,
Bu hayotda oz moz pand yeb,
Aytgandimku kelasiz deb...

Kimlargadur yor bo'lasiz,
Yoʻllarimga zor boʻlasiz,
Sohta baxtli xor boʻlasiz,
Bu hayotda oz moz pand yeb,
Aytgandimku kelasiz deb...

Sizni kutib tunim bedor,
Essiz sizga sevgim uvol,
Adashgan baxt goh bemador,
Bu hayotda oz moz pand yeb,
Aytgandimku kelasiz deb...

Boring endi o'sha yoqga,
Meni tashlab keting bogʻga,
Haqqingiz toʻlib gunohga,
Bu hayotda oz moz pand yeb,
Aytgandimku kelasiz deb...


Botir Ali
2018.26.04
22:05

Kanalga kirish uchun
👇👇👇👇👇👇👇👇
https://telegram.me/Botiralisherlari
Juma kuningiz muborak bo'lsin...
Oygul

Aytaman a aytaman,
Dardlarimni aytaman,
Eshitmasang netaman,
Oygulim oy gul.

Ne istar yuraging,
Dardlarimni bilgin,
Bir bor mani tinglagin,
Oygulim ooy gul.

Men seni sevaman.
Yuragim beraman.
Tanho seni deganman.
Oygulim oy gul.

Yuragim qilib yara.
Ortingga bir bor qara.
Dardlarim bir bor so'ra.
Oygulim oygul.

Mana mana mana yurak.
Sen uchun nelar kerak.
Muhabbat bu ertak.
Oygulim oy gul.

Yondirmagin bunchalar.
Olov edim bo'ldim kul.
Yuragimni sanchima.
Oygulim oy gul.

Qo'lingni ber qo'lga.
Taskin bergin dilga.
Bas yetar tush yo'lga.
Oygulim oy gul.

Botir Ali oshigʻing.
Kuylaguvchi bulbul.
Yoroningni tingla bir.
Oygulim oy gul...

Imlo hatolari uchun uzr

Botir Ali
2018.22.04
Vaqti ayni dam
Kelmading!!!

Uzun uzun kunlar kutdim kelmading,
Mahzun bedor tunlar kutdim kelmading,
Dardlarim osmonga aytim pichirlab,
Osmon bilgan dardlarimni bilmading...

Ketding bagʻrim qon qilib alvon alvon,
Yurakda ming dard, lek yoʻq bitta darmon,
Endi qaytmas oʻshal yoshlik damlarimiz,
Endi baxtli kunlarimiz armon armon...

Ketding ikki qaro ko'zimni yoshlatib,
Baxt o'rniga baxtsizlikga toʻqnashtirib,
Oramizda olov edi oʻshal sevgi,
Olovini soʻndirdingda qalashtirib...

Alvido deb aytolmayman yor yor,
Shu siz ham bu boshginamda ming gʻavgʻo bor,
Ketding mayli qaytma yaramni yangilab,
Oʻzi sensiz likda dilim chekgan ozor...

Kutganimga achinaman o sevgilim,
Sensiz likda yolgʻiz yurak tilim tilim,
Goʻzalginam yolgʻizlikga tashla meni,
Sensiz likda menga yondosh hasta dilim...

Botir Ali
2018.05.05
10:38
Tez kunlarda "Koʻrdim men" nomli she'rimni sizlarga taqdim etamiz...

Tez orada ...
Otajon...

Dargohingiz atrofida,
Yoʻl oʻtgan uzun uzun,
Shu yoʻldan oʻtmoqdamiz,
Yurib koʻzlarimiz hun...

Eslaymiz afsus bilan,
Qalbda yangraydi duo,
Essiz essiz soʻz bilan,
Koʻrgaymiz sizni goʻyo...

Joyingiz jannat bo'lsin,
Otam otam otajon,
Siz bilan suratga ham,
Tushmaganim bir armon...

Suratingizga boqib,
Eslayman ota sizni,
Chirogʻingizni yoqib,
Bosgayman izingizni...

Qadringiz bilinmoqda,
Vaqtlar oʻtgani sayin,
Qoshimda jon berdingiz,
Qoldimku men bilmayin...

Na bo'lsa ham otajon,
Joyingiz jannat bo'lsin,
Paygʻambarimning oʻzi,
Sizni doʻst deya bilsin...

Botir Ali
2018.05.05
19:36
Koʻk saroy qishlogʻi
Diqqat diqqat!!!
Aziz mushtariylar
10-maydan
Ulugʻ yoʻl gazeta matbuoti nashridan bizning she'rlar joy oladi...

Shu kunlarni intizorlik bilan kutmoqda man
Birinchi marotaba nashrda she'rim bosib chiqariladi...
Ko'rdim men!!!

Nomahram qoʻlin tutgan,
Ohiratin unutgan,
Barvaqt ajalin kutgan,
Nokaslarni koʻrdim men...

Halol deb haromini,
Aysh deya oromini,
Bilmay gunohin sonini,
Yurganlarni ko'rdim men...

Pora ustiga pora,
Iloji yo'q nachora,
Puli yo'qlar bechora,
Boʻlganlarni koʻrdim men.

Ortda yoʻqdur izlari,
Bir tiyinmi soʻzlari,
Oʻz ustidan oʻzlari,
Kulganlarni koʻrdim men..

Tez kunda davomi boʻladi...
​Assalomu alaykum!
Sizni va yaqinlaringizni 9-May — Xotira va qadrlash kuni bilan chin dildan tabriklaymiz! O'tganlarni ruhlari shod, ohiratlari obod bo'lsin!

Angren yoshlar ittifoqi press klub kengashi...
Hudoyimga ming shukr mana she'rlarimiz ilk bora gazeta yuzini ko'rdi hudo hohlasa tez kunda yana boshqa gazeta va jurnallar da she'rlari miz bosib chiqiladi...
Hali hudo hohlasa kitob ham chiqaramiz.
Bizning she'rlar endilikda
Ziyo-music.com
Sherlar.net
Antiqa.biz
Antiqa.uz
Parvona.com
Va google.com saytidan ko'rib mutola qilishingiz mumkin...
Ollohni suyukli bandasi boʻlgan,
Tong otar chogʻida saharlik qilgan,
Muqaddas kechada iftorlik qilgan,
Ey ahli musulmon ro'za muborak..

Ramazon kunlari eng muqaddas kun,
Roʻza tutmoqlik bu farzdir biz uchun,
Ollohim yaqindir bizlarga bugun,
Ey ahli musulmon ro'za muborak...

Bu kunda ushalar armonli niyat,
Roʻza tutgan odam bearmon bedard,
Olloh qilgay oʻzi qaddimiz baland,
Ey ahli musulmon ro'za muborak...

Ana soʻrang dildan omad qushini,
Olloh berar oʻzi madad kuchini,
Botir Ali qutlar barcha kishini,
Ey ahli musulmon ro'za muborak...

Ramazon dillarda abadiy qolar,
Musulmon uylari nurlarga to'lar,
Olloh deylik albatta baxtimiz kular,
Ey ahli musulmon ro'za muborak...


Botir Ali
Musulmon ahli uchun.
Ramazon oyingiz muborak boʻlsin... Azizlarim...

2018.17.05
03:58
Alvido...

Alamlar ni unutgin,
Darding ichingga yutgin,
Mensiz baxtingga yetgin,
Alvido...

Kerak emas sitamlar,
Yurakni qiynar gʻamlar,
Armon boʻlsin alamlar,
Alvido...

Dardim ko'pdir davo yoʻq,
Senda nechun vafo yo'q,
Yurak yonar boʻlib choʻgʻ,
Alvido...

Yomgʻir yogʻar tomchilab,
Soʻngi bor sochim silab,
Ayriliqda qol yig'lab,
Alvido...

Meni tashlab ket endi,
Murodingga yet endi,
Barvaqt sevgim ham so'ndi,
Alvido....

Toʻyib sharob ichaman,
Bugun sendan kechaman,
Qon yig'lagan majnun man,
Alvido...

2018.22.05
13:46

#eslatma bu sheʼr mahsus yoʻnalishda yozilgan... Taklif etilgan yo'nalish uchun...