BIZNES BOSHLEMIZ
201 subscribers
9 photos
8 videos
82 links
Download Telegram
Santexnika xizmati🛠

Santexnika xizmati yangi uy qurayotganda, yuvinish xonasi jihozlari eskirganda, buzilganda, suv quvurlari va uyni isitish tizimini sozlayotganda zarur bo'ladi. Nafaqat shahar, balki barcha tuman hududlarida ham santexnika xizmatiga ehtiyoj bor. Siz bu xizmatni yo'lga qo'yib daromad olishingiz mumkin🚰.

Buning uchun kerakli santexniklarni ishga olasiz, ijarasi arzonroq ofis, santexnika uskunalari, reklama uchun mablag' zarur bo'ladi. Sizga qo'ng'iroq qilib buyurtma berishsa, siz santexnikni manzilga yuborasiz, u ishni tugallab xizmat haqini olib keladi. Siz santexnik ishchilarga har bir xizmat uchun alohida summa yoki kelishilgan tarzda oylik berishingiz mumkin. Qurilish firmalari bilan hamkorlikda ishlay olsangiz, ishingiz yurishib ketishi shubhasiz.

Bu ishni boshlash uchun o'rtacha $3000 kerak bo'ladi. Ishchiga maosh, yo'lkira va boshqa harajatlardan tashqari sizga har bir xizmatdan o'rtacha 100 000 so'm qolsa, oyiga 30dan oshiq mijoz topishingiz kerak.

👉 @biznes_boshlemiz siz kutgan biznes g'oyalar to'plami
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Oson topilgan pullar
🌐Til: Uzbek
🎞Janri: Biznesga oid

👉 @biznes_boshlemiz — Biznesga qiziquvchilar uchun start up loyihalar markazi
Landshaft dizayn🏝

Uyning hovlisini chiroyli qilib, har xil o'simliklar, yoritgichlar, tosh, qum, daraxtlar, suv va boshqa shu kabilar bilan bezatish san'atini landshaft dizayni desak bo'ladi. Bu sohada yaxshi daromad topish mumkin. Agar yaxshi landshaft dizayneri bo'lsangiz, albatta😄.

Bu sohada ish boshlash uchun soha bo'yicha yaxshi uquv kerak bo'ladi. Ba'zi dizaynerlar faqat dizaynini yaratadi, ishni boshqa mutaxassislar amalga oshiradi. Tabiatni, go'zallikni hush ko'ruvchilar sizga mijoz bo'lishi shubhasiz👍.

Bu ish uchun reklama juda shart bo'lmaydi, sababi siz mijozni avvalgi mijozingiz orqali topasiz. Bu kimni ishiligini so'rashsa, sizni aytishadi va ular ham ma'qul ko'rsa, o'z-o'zidan sizga mijoz bo'ladi🤝.

Ishni boshlash uchun o'rtacha $3000 kerak bo'ladi. Agar faqat dizayn qilsangiz kamroq ketadi. Har bir xizmatingizga o'rtacha 300 000 so'm foyda olsangiz, yaxshi daromad uchun oyiga 10dan ziyod mijoz topishingiz kerak bo'ladi

👉 @biznes_boshlemiz siz kutgan biznes g'oyalar to'plami
Florarium🍀

Florarium — bu flora(o'simlik) va akvarium birlashmasi desak xato bo'lmasa kerak. O'simliklarni shisha idish ichiga joylab sotish orqali daromad olish mumkin ekan. Bu xonani bezab turish bilan birga, sizga yaxshi kayfiyat beradi va xonada toza havo, o'zgacha muhit yaratadi👍.

Florarium tayyorlash uchun o'simliklar, shisha yoki shisha idish, toshlar, tuproq, har xil bezaklar kerak. Bu ishni boshlash uchun ofis kerak bo'lmaydi. Uyda tayyorlab sotishingiz mumkin. Buyurtma ko'paysa qo'shimcha ishchi olasiz🤝.

Florariumni internet orqali sotish mumkin. Do'kon, ofislar, idoralarga taklif qilsangiz bo'ladi. Internet orqali mijozlarni jalb qilasiz va ularga yoqsa, sizdan yana sotib oladi yoki tanishlariga tavsiya qiladi. Interyer dizaynerlari bilan hamkorlikda ishlashingiz ham mumkin🔝.

Bitta florarium tayyorlash uchun o'rtacha 40 000 so'm harajat qilinsa, uni 80 000 so'mga sotsangiz o'rtacha 40 000 so'm foyda. Oyiga 50 ta sotsangiz, 2 000 000 so'm foyda olasiz💰

👉 @biznes_boshlemiz siz kutgan biznes g'oyalar to'plami
Interyer dizayn🌌

Interyer dizayn — bu ichki dizayn. Interyer dizayn orqali yaxshi daromad olish mumkin. Zamonaviy, shinam, tartibli insonlar bunday xizmatdan doim foydalanishadi. Uy, ofis, ishxona, idoralarni interyer dizayner orqali bezatish samarali hisoblanadi.

Siz bu ish orqali daromad olishingiz mumkin. Buning uchun interyer dizaynidan, unga kerakli bo'lgan 3dmax va shu kabi dasturlardan xabardor bo'lishingiz kerak. Yaxshi o'rganib, kelajakda bu sohada faoliyat olib borishingiz mumkin🔜.

Bu ishni boshlash uchun joy, jamoa, kompyuter texnologiyalari, ofisingiz uchun mebellar kerak bo'ladi. Mijozlarni internet orqali topishingiz mumkin. Mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatish orqali ham ularning sonini oshirish mumkin📈.

Interyer dizayn orqali $500 dan ko'proq daromad olsangiz bo'ladi. Xizmat narxingiz o'rtacha $100 bo'lsa, bir oyda 10 ta mijoz orqali $500 topasiz, mijozlar sonini oshirib borishingiz kerak. Bu soha kelajakda ham eng ilg'or sohalardan biri bo'lishiga aniq😊

👉 @biznes_boshlemiz siz kutgan biznes g'oyalar to'plami
Internet reklama agentligi📲

Insonlar kunning ko'p qismini internetda o'tkazadi. Internetga kirmaydigan insonlardan ko'ra, unga bog'lanib qolganlar ko'proq. Bu albatta, biznes sohasiga ham ta'sir qilmoqda. Hozirgi kunda mahsulotlarni internetda reklama qilish avj olgan. Siz bu ish orqali daromad olishingiz mumkin💰.

Internetda reklama qilish agentligini ochib, mijozlarga reklama xizmatini ko'rsatishingiz mumkin. Buning uchun internetda qanday reklama qilishdan xabardor bo'lib, doimiy internet, kompyuteringizga ega bo'lishingiz, shuningdek, rus va ingliz tilini bilishingiz kerak, agar bilmasangiz sizga bu sohada jamoa kerak bo'ladi. Boshlanishiga ofis shart emas, onlayn xizmat ko'rsatasiz. Daromad va mijozlar ortgach, ofis kerak bo'ladi💻.

Mijozlarni internet orqali topasiz. Mijoz sizdan rozi bo'lsa, unga sifatli reklama qilib bersangiz va uning xaridor va sotuvlari oshsa, sizning ham mijozlaringiz ortadi. Bu ish orqali oyiga $500 dan ko'p daromad olish mumkin👍

👉 @biznes_boshlemiz siz kutgan biznes g'oyalar to'plami
Karamelli olmalar🍎🍡

Yoshligimizda olmaqand bo'lardi, hozir ham ba'zi do'konlarda onda-sonda uchrab turadi. O'sha payti juda mashhur edi, bolalar juda yoqtirardi. Hozir bunday olmalarni ko'rsangiz olarmidingiz? Albatta😍. Siz ana shunday olmalar tayyorlab sotishingiz mumkin, faqat karamelli va boshqa ingredientlar qo'shib, yangicha tarzda🤩.

Karamelli olmalar tayyorlab sotishingiz uchun olmalar, suyuq karamel, har xil ingredientlar, qadoq uchun selofan kerak bo'ladi. Ularni tayyorlab, chiroyli qadoqlab ko'chada, gavjum joylarda sotishingiz mumkin. Shirinlik, oziq-ovqat do'konlarga taklif qilsangiz bo'ladi. Ularga ulgurji narxda yetkazib berasiz🤝.

Bunday olmalarni reklama qilish ham shart bo'lmaydi, hamma olmaqandni bilgani bois, "u yangicha uslubda qaytibdi" deb bir-birlariga gapirib, bepul reklama qilishadi. Bu sizga foyda, reklamaning puli o'zingizda qoladi👍.

Bitta olma tayyorlash uchun 2000 so'm harajat qilinsa, uni 3000 so'mga sotsangiz 100 tasidan 100 000 so'm foyda.

👉 @biznes_boshlemiz siz kutgan biznes g'oyalar to'plami
Kofega obuna☕️

Ko'pchilik kofeni yaxshi ko'radi. Ayniqsa uni ishda, charchagan paytda ichish ayni muddao. Ayni shu vaqtda sizga kofe yetkazib berilsa yoki 10 ta kofega birdan to'lasangiz-u, 10% chegirma olsangiz shu xizmatga doimiy obuna bo'larmidingiz?🤔

Siz kofega obuna olish orqali daromad olishingiz mumkin. Buning uchun kofeni aytilgan joyga yetkazishingiz kerak. Mijoz kofe uchun oldindan to'lov qiladi, bir oy uchun yoki nechtadir kofe uchun. Buni kofega obuna bo'lish desak bo'ladi. Mijozlarni birinchi navbatda internet orqali topasiz. Ofis, ishxonalarga taklif qilishingiz mumkin.

Kofeni mijozlar buyurtmasiga asosan tayyorlaysiz yoki biror kafe bilan hamkorlik qilishingiz mumkin. Uyda tayyorlab yetkazib bersangiz ham bo'ladi. Kofeni ichish qulay bo'lgan yopiq idishda olib borasiz🥤.

Bitta kofedan 1500 so'm foyda olsangiz, kuniga 100 ta kofe yetkazib berib 150 000 so'm daromad olishingiz mumkin. Ko'proq foyda uchun har kuni mijozlar sonini oshirib borishingiz kerak🤝

👉 @biznes_boshlemiz siz kutgan biznes g'oyalar to'plami
Quymoqlar🥞

Quymoqni xush ko'ruvchilar ko'p bo'lsa kerak. Quymoq tayyorlab, uning ichiga turli narsalar qo'shib sotish mumkin. Lavashni misol qilsak bo'ladi menimcha:).

Avvaliga quymoq markazi ochishingiz mumkin. Bu "fast food" biznesiga biroz o'xshash, lekin undan farqlari ham anchagina. Quymoqni o'zini sotish ham mumkin. Uni ichiga turli xil mahsulotlar: shokolad, muzqaymoq, salatlar, go'sht, mevalar, yong'oq solib yoki quymoqli tort tayyorlab sotsa bo'ladi. Uni ko'pchilik uyga olib ketishi yoki oldindan buyurtma berishi mumkin📋.

Quymoq markazi ochilganini tez orada ko'pchilik eshitib, mijozlar ko'payib borishi mumkin. Quymoq tayyorlashni yaxshi o'rganib, markazdan kichik joy olib, uchun uskunalar, quymoq uchun qo'shimcha mahsulotlar harid qilib, ishni boshlash mumkin🔜.

Quymoq tayyorlash uchun 1000 so'm harajat qilinsa, uni o'zini 1500 so'mga sotsangiz 100 ta quymoqdan 50 000 so'm foyda. Quymoq ichiga turli narsalar qo'shib sotish orqali ko'proq foyda olsangiz bo'ladi🔝

👉 @biznes_boshlemiz siz kutgan biznes g'oyalar to'plami
Yeyiladigan qoshiqlar🥄

Yeyiladigan idishlar haqida yozgandik. Yeyiladigan qoshiqlar "start up" sifatida rivojlanganini o'qib, u haqida yozishga qaror qildim. Yeyiladigan qoshiqlar ko'p joyda ishlatilishi mumkin. Ularning plastik, bir marta ishlatiluvchi qoshiqlardan ko'ra foydasi ko'p. Tabiatga zararsiz, arzon va iste'mol qilish mumkin😋.

Siz bunday qoshiqlar tayyorlab sotsangiz bo'ladi. Ularni restoran, kafe, muzqaymoq sotuvchilari va boshqa shu kabi do'konlarga taklif qilishingiz mumkin. Qoshiqlarni ulgurji sotishingiz kerak. Ijtimoiy tarmoqlarda bunday qoshiqlarning ahamiyatini yoritib borish orqali sotuvlarni oshirish mumkin📈.

Bitta qoshiq tayyorlash uchun 700 so'm harajat qilinsa, uni 1500 so'mdan sotsangiz, 1000 ta qoshiqdan 800 000 so'm foyda olasiz. Biznesni boshlash uchun bunday qoshiqlarni tayyorlashni o'rganib olishingiz kerak. Ular pishiq, qattiq, shirin, qulay, chiroyli bo'lsa, mijozlarga doim yoqadi va sotuvlari oshib boradi

👉 @biznes_boshlemiz siz kutgan biznes g'oyalar to'plami
Fotoapparat ijarasi📸

Fotoapparat ko'pchilik uchun zaruriy predmet hisoblanadi. Kerakli paytda qimmat, sifatli apparatni sotib olishdan ko'ra, hamyonbop narxda ijaraga olib turish qulay, albatta. Rasmga tushish, ijtimoiy tarmoqlarda rasm joylash, do'koningizdagi mahsulotlarni rasmga olish, bazmda, tug'ilgan kun va boshqalarda suratga tushish kerak bo'lsa fotoapparat ijaraga olib ishlatish mumkin.

Siz bu ish orqali daromad olsangiz bo'ladi. Buning uchun sizga eng zamonaviy, sifatli fotoapparatlar kerak. Mijoz suratga olishni bilmasa yoki fotograf kerak bo'lsa, siz qo'shimcha fotograf xizmatini ham taklif qilishingiz mumkin📷.

Bitta fotoapparat ijarasi kuniga 30 000 so'm bo'lsa, 2ta fotoapparatni oyiga 50 marta ijaraga bersangiz 1 500 000 so'm foyda. Sizning xizmatingizdan fotostudiolar ham foydalanishi mumkin. Chunki ba'zida ularga ham fotoapparat va fotograf yetishmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilib ham mijozlarni ko'paytirish mumkin📲

👉 @biznes_boshlemiz siz kutgan biznes g'oyalar to'plami
Bolalar uchun dasturlash kursi💻

Dasturlash "kelajak kasbi" der edik, aslida esa u hozirgi vaqtning kasbi bo'lishga ulgurdi va eng daromadli sohalardan biriga aylandi. Dunyo millionerlari orasida dasturchilar juda ko'p. Men bu kasbni oltin qazishga o'xshataman. Siz esa oltin vasvasasidagi kishilarga belkurak sotib daromad olishingiz mumkin😊.

Ya'ni dasturlash kursi tashkil qilish orqali daromad olsangiz bo'ladi. Siz ham oltin qazishingiz shart emas. Talabni mendan ko'ra yaxshiroq anglagandirsiz. Dasturlash bo'yicha bugungi kunda talab yuqori. Shuning uchun ham qo'rqmasdan tavakkal qilib, dasturlash kursi tashkil qilishingiz mumkin.

Bunda sizga joy, har bir o'quvchiga kompyuter, stol, stul, doska (iloji bo'lsa monitorli doska) va yaxshi ustoz kerak. Ustozga $2000 oylik bersangiz, yaxshi dasturlash bo'yicha mutaxassis topa olasiz. Kurs narxini oyiga 500-3 000 000 so'mgacha qilib belgilashingiz mumkin. 100 ta o'quvchi yig'olsangiz, oyiga 50-300 000 000 so'm daromad olasiz💰

👉 @biznes_boshlemiz siz kutgan biznes g'oyalar to'plami
Telefonni quvvatlash apparati📱

Ko'chada, muhim qo'ng'iroq kutayotganingizda, telefoningiz quvvati tugasa, sizga quvvatlash apparati as qotadi. Kerakli miqdorda quvvatlab bo'lgach, telefoningizni ishlataverasiz. Bunday apparatlar O'zbekistonda menimcha yo'q, yana bilmadim😊.

Siz bunday apparatlar orqali daromad olishingiz mumkin. Buning uchun Xitoy yoki boshqa davlatdan apparatlarni olib kelib, gavjum joylarga, supermarketlar, o'yingoh va saylgohlarga, bekatlarga, metroga o'rnatib, har biridan daromad olishingiz mumkin. Bunday apparatlar Alibaba.com saytida $300 atrofida sotiladi. Xitoydan o'zingiz olib kelsangiz arzonroq bo'lishi mumkin.

Bir marta quvvatlash narxi 1000 so'm bo'lsa, kuniga bitta apparatdan 40 kishi foydalansa, 10 ta bunday apparat kuniga 400 000 so'm ishlaydi. Siz 10 ta apparatni $3000 ga olsangiz, 10 ta apparat sizga oyiga $1200 olib kelsa, $200 harajat uchun ketdi deylik, shunda 3 oyda tikkan pulingiz qaytadi. Buyog'iga esa daromad olishni boshlaysiz💰

👉 @biznes_boshlemiz siz kutgan biznes g'oyalar to'plami
Qadoqlanmagan mahsulotlar orqali daromad olish

Qadoqlangan mahsulotlar qimmatroq bo'lishini hisobga olsak, qadoqlanmagan mahsulotlar nisbatan arzon bo'lishi barchamizga ma'lum. Qadoqlanmagan mahsulotlar do'koni ochish orqali yaxshi daromad olish mumkin. Mahsulotini pul sarflab qadoqlash ham shart emas💡.

Bunday do'kon ochish uchun kichik joy va qadoqlamasdan sotish mumkin bo'lgan mahsulotlar kerak bo'ladi. Do'konga mahsulotlar uchun idishlar joylanadi. Idishlar mahsulotlarga to'ldiriladi va narxlar yoziladi. Mijozlar olgan miqdoriga qarab pul to'laydi. Xohlaganicha narsa olishlari mumkin. Siz kilogramm yoki grammlab sotishingiz mumkin.

Ulgurji narxda olgan mahsulotlaringizni maydalab, o'z foydangizni qo'shib sotasiz. Bu do'konining afzalligi kimga qancha miqdorda mahsulot kerak bo'lsa, shuncha oladi. Bozorda qadoqlangan narsani qimmat narxda olmasdan sizga kelishadi. Kundalik hayotda zarur mahsulotlar sotsangiz, ko'proq foyda olasiz. Sifatli mahsulotlar mijozlarni ko'paytiradi

👉 @biznes_boshlemiz siz kutgan biznes g'oyalar to'plami
Video yozish orqali daromad olish🎥

Videolar hamma joydan bizni qamrab olgan. To'y, ma'rakada, bazmlarda, internetda, "Youtube", "Instagram", "TikTok"da, reklamalarda — xullas, hammasi uchun video xizmati zarur. Siz bu ish orqali daromad olishingiz mumkin💸.

Buning uchun sifatli videoga olishni bilishingiz va jihozlar kerak bo'ladi. Boshlanishiga sizga offis kerak bo'lmasligi mumkin. Mijozlar yoniga borib xizmat ko'rsatsangiz ham bo'ladi. Masalan, bir tanishim "TikTok"da video-kontent tayyorlash uchun oyiga $500 haq oladi. Hozirda 4–5 kishi uning xizmatidan foydalanadi. U yaxshi daromad topadi deyishimiz mumkin😊.

Siz ham ijtimoiy tarmoqlar uchun video-kontent yaratishda, to'y, bazmlar uchun yoki har xil qisqa videoroliklar olishda o'z xizmatingizni taklif qilishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda e'lonlar tarqatishingiz ham mumkin📱.

Videoning ahamiyatiga, hajmiga qarab narx qo'yasiz. Mijozga yoqsa, ishni boshlaysiz. Mijozga ishingiz yoqsa, yana ko'plab mijozlar kelaveradi👍

👉 @biznes_boshlemiz siz kutgan biznes g'oyalar to'plami
Stikershop🔖

Stikerlar ko'p joyda ishlatilishi mumkin. Ko'pchiligi kayfiyatni ko'taradi. Ba'zilar telefon, muzlatgich, avtomobil, eshik, ish stoli, kompyuterini stikerlar bilan bezaydi. Ular stikerlarni qayerdan olishadi? Albatta biror joyda ko'rib qolishsa yoki internetdan buyurtma berish orqali.

Agar stikerlar sotiladiga do'kon bo'lsa ular doimiy mijoz bo'lishi mumkin. Doimiy mijoz esa doimiy daromad demakdir. Bunday do'konni savdo markazlarida ochish foydali. Ayniqsa "Malika", "Korzinka", "Mediapark" savdo majmuasiga o'xshagan joylarda. Yoshlar, hattoki bolalar ham mijozingiz bo'lishi mumkin😊.

Stiker tayyorlash uchun printer, yopishuvchi qog'oz, biroz ijod kerak. Tayyor stikerlarni to'plab, sotib olib do'koningizda sotishingiz ham mumkin. Internet orqali onlayn sotsangiz ham bo'ladi. Har biridan 500 so'm atrofida foyda olsangiz, kuniga 100 tadan ortiq sotib, 50 000 so'm foydani qo'lga kiritishingiz mumkin. 10-20 talik jamlanmalar sotsangiz, 100 dan oshiq sotishingiz mumkin.

👉 @biznes_boshlemiz siz kutgan biznes g'oyalar to'plami
Mangal orqali daromad olish🍢

To'y, bazm, turli sayohatlarda mangal kerak bo'ladi. Bitta mangal olib qo'ysangiz, doim qidirib yurmasdan tayyor ishlataverasiz. 3-4 ta sixlari bilan tayyor tursa, ijaraga ham berishingiz mumkin. Ularni yasab sotsangiz ko'proq foyda olasiz.

Mangal yasash uchun temir, payvandlash uskunasi kerak bo'ladi. Mangalni turli xil usulda yasash mumkin. Muhimi qulay, ixcham, yaxshi issiqlik beradigan va ko'p funksiyali bo'lishi kerak. Bunday mangalni restoran, kafe, choyxona vakillari va oddiy aholi o'zi uchun sotib oladi. Ularga taklif qilasiz. Ijtimoiy tarmoqlarda yetkazib berish xizmati bilan reklama qilsangiz ham bo'ladi📲.

Mangal yasash uchun 100 000 so'm harajat qilinsa, uni yetkazib berish bilan 200 000 so'mga sotsangiz, 20 tasidan 4 000 000 so'm foyda qilasiz. Shashlik va shu kabi taomlar tayyorlashni xush ko'ruvchilar sizning eng qimmat mangalingizni ham sotib olishlari mumkin. Bu sizga yaxshi foyda olib keladi💰

👉 @biznes_boshlemiz siz kutgan biznes g'oyalar to'plami
Fitness trener💪

Fitness — kundalik hayotda juda foydali. Siz uning yordamida kuni bilan yaxshi kayfiyatda, tetik yurasiz. Ba'zida esa foyda o'rniga, notog'ri harakatlar qilib zarar olishingiz mumkin. Bu borada sizga fitness trener yordam beradi🎯.

Siz fitnessga qiziqsangiz bu sohani yaxshi o'rganib, trenerlik qilishingiz mumkin. Yoki fitness zal ochib, unga trener yollasangiz ham bo'ladi. Buning uchun sizga jihozlar va keng zal kerak🏋️.

Zalni pullik qilasiz, qo'shimchasiga maxsus oziq-ovqat va ichimliklardan ham foyda olasiz🥤.

Yangicha marketing usullaridan biri — bu zalni bepul qilib, trenerlik xizmatini pulli qilish. Oziq-ovqat va ichimliklardan ham foyda olaverasiz. Faqat mijozlarga trener bilan yaxshiroq natijaga erishishlarini tushuntirishingiz kerak. Trener sizning tashqi ko'rinishingizga to'g'ri yondashishi orqali tanani chiroyli va sog'lom qilishda yordam berishini bilgan kishi sizga mijoz bo'ladi🤝

👉 @biznes_boshlemiz siz kutgan biznes g'oyalar to'plami
Yig'iluvchi mebellar 🛏

Yig'iluvchi mebellar haqida yozganmiz, lekin bunday mebellar turi ko'p. Masalan, yig'iluvchi stol va divan. U orqali ofisda yotib qolish mumkin. Uyingizda kunduzi divan, kechasi esa yotoq o'rnida ishlatish mumkin. Siz bunday mebellar yasash orqali daromad topsangiz bo'ladi💰.

Buning uchun ularni yasay olishingiz kerak. Mijoz bir emas ikki turdagi mebel olayotganini tushunsa sotuvlaringiz muvaffaqiyatli bo'ladi. Sizning mijozlaringiz ofis, uy, ishxona, mehmonxonalar bo'lishi mumkin. Ularga taklif berasiz, yoqsa mebellarni tayyorlab, yetkazib berasiz. Bunday mebellar oddiy bir funksiyali mebellardan samaraliroqdir.

Mebellarni yasay olmasangiz, ularni mebel ustasiga yasating, siz esa sotuvlar bilan shug'ullaning. Ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilib ham mijozlarni ko'paytirish mumkin. Doimiy mijozlarga chegirmalar qiling.

Bitta mebel sotuvidan 100-300 000 so'm foyda olsangiz, oyiga o'ndan oshiq mebel sotsangiz sizda yaxshi daromad bo'ladi💵

👉 @biznes_boshlemiz siz kutgan biznes g'oyalar to'plami
Yong'oq bog'i🥜

Bog'dorchilik ota-bobolarimizdan meros hunar. Hozirda bog'larning har xil turlari, yetishtirish uslublari bor. Kundan kunga hosildorlikni oshirishning yangi usullari topilmoqda. Shulardan biri bu – yong'oq yetishtirishdir. Talabgir bo'lgan yong'oqlarni yetishtirish orqali yaxshi daromad olish mumkin💵.

Yong'oq bog'i tashkil qilish uchun yer, ko'chat, dori va o'g'itlarga mablag' hamda eng asosiysi yaxshi mehnat kuchi kerak boladi. 1 gektar yerga o'rtacha 650 tup yong'oq ekish mumkin. Yong'oq ko'chatlari naviga qarab 6000-25 000 so'mdan🔜.

1 gektarga 3 900 000-16 250 000 so'm ketadi. Ektirish, o'g'itlarga 10 000 000 so'm. Kochatlar 4 yilda hosilga kiradi. Har biri 30-40 kilogrammdan hosil bersa, gektaridan 19500-26000 kg hosil olasiz. Hozirgi bozorda hisoblasak, 300-500 000 000 so'm atrofida daromad olish mumkin. 6-7 yildan so'ng bog'ni yashartirishga kirishasiz.

Yong'oq hosil berib boshlaganda sotish haqida o'ylaysiz. Mijozlar bog'ingizdan ulgurji olib ketishadi.

👉 @biznes_boshlemi siz kutgan biznes g'oyalar to'plami