Azadovna | Mini
103 subscribers
149 photos
48 videos
4 files
20 links
Yozish qobiliyatimni oshirish uchun,
baʼzi kanallar koʻchirmasi ham bor.
Faqat va faqat oʻzim uchun eslatma.
Reklama olinmaydi!
Professional mistake maker.

Mualliflik huquqi talab etilmaydi, barcha huquqlar Allohniki!
Meni nimam borki muallif boʻlsam.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Azadovna | Mini
Video message
Boshlanmagan kitoblar bir olam 🫤
Qalbim
— Qachon men ham 100k boʻldik der ekanman
Aqlim
— Munosib boʻlganingda
........
Har bir jon oʻlim totguvchidir
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Solih farzand uchun niyyatlangan haftalik poklanish, zikrlari toʻplami 🥹

Alloh meni sevintirganchalik ularni sevintirsin 😊
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Anonim savollar
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!

Assalomu aleykum yaxshimisiz
Kundalikni nedan oldiz
Forwarded from Anonim savollar
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!

Manzilni so'rab bilib barolasizmi🫠
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi savollar bor ekan

Senga haqiqatni aytishadimi yoki ayashadimi?

Sen kuchlimisan yoki shunchaki sabrli?

O'zing bilan maza qilib yashaysanmi yoki toqat qilib?

O'zingni qurbon qilib ko'rsatish qulayroqmi?

Kuchli bo'lishni istaysanmi yoki nazorat qilishni?

Sendan lider chiqadimi?(perfektsionist odam lider bo'lsa qanday bo'ladi)

Sen bilan yashash qiyinmi?

Seni qutqargani hech kim kelmasligini qachon tushunib yetding?

Oʻz fikringni bayon qila oladigan davradamisan!
Kelajagi yo'q.

Yoshligida qorbobodan sovg'a kutib yashagan bola katta bo'lganda jamiyatga manfaat bera oladigan shaxs bo'lishi qiyin.

Yoshligida orzulari qorbobo tomonidan amalga oshishiga ishongan yohud ishontrilgan bola kelajakda "beruvchi qo'l" emas "oluvchi qo'l" pozitsiyasini egallaydi.

Sumalak kavlab duolari va tillaklari ijobat bo'lishini so'raydigan insonlardan ....

"Aroq" ko'tarib qadah so'zi aytib farzandiga baxt va omad tillaydigan insonlardan ....

Archa tagida qorbobodan tillaklarini amalga oshishini so'raydigan farzandlar dunyoga kelishi tabbiy hol fikrimcha.

Barchasi ilmsizligimizdan, inson zotini hor qiladigan yagona narsa bu ilmsizlik.

Gapim ko'p lekin hammasini yozish men uchun yuk.
Forwarded from Abdusattor
Tartibsiz uyqu tartibsiz hayotga olib keladi

Odatda time-managementni kundalik reja tuzish yoki qandaydir ilovalar o'rnatishdan boshlanadi deb o’ylaymiz. Aslida esa, haqiqiy vaqt boshqaruvi uyquni tartibga solishdan boshlanadi.

Buni tushunish uchun manashu mantiqiy zanjirga e’tibor bering. Agar xohlagan vaqtda uxlab, xohlagan vaqtda tursangiz, kuningiz lotoreyaga aylanadi. Bir kuni energiyaga to'la bo'lsangiz, ikkinchi kuni zombidek yashaysiz. Uyqusi tartibsiz odam esa kun davomida eng muhim ishlarni emas, eng oson va keraksiz ishlarni tanlayveradi.

Tartibsiz uyqu bilan yaxshi hayot qurish g'ildiragi yo'q mashinada manzilga yetmoqchi bo'lishdek gap. Hayotingizni tartibga solishni istasangiz, eng birinchi navbatda uxlash va uyg’onish vaqtingizni tartibga solishdan boshlang. (Hatto dam olish kunlari ham).
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yildan olingan xulosalar
Aytgancha men faqat kalendardagi yil haqida yozdim!

—Ibodatda sobit tur, kim boʻlsang ham bir kun albatta oʻziga qaytasan. Tuproqda chirib qurtlarga yem boʻlasan, ismingni mayyit, jasadga oʻzgartirishadi

— Ilmni mahkam ushla. Chunki adashish ham, shoshilish ham, notoʻgʻri qarorlar ham koʻpincha ilmsizlikdan kelib chiqadi. Ilm insonni nafaqat bilimi bilan, balki qarashi, sabr-toqati va adolati bilan ham yetuk qiladi. Bilim ortgan sayin hukm qilish kamayadi, tushunish esa ortadi.

— Sabrli boʻl. Har bir jarayonning oʻz vaqti bor. Tez natija kutish ko‘pincha charchash va umidsizlikka olib keladi. Sabr – jim turish emas, balki ichdan pishib yetilishdir. Bugun ogʻir tuyulgan holat ertaga seni mustahkamroq qiladi.

— Sukut saqlashni oʻrgan. Har bir gap aytilishi shart emas. Baʼzan sukut eng kuchli javob boʻladi. Gapirishga ketgan kuch, asab va izohlar sukutga ketgandan ancha koʻp. Sukut insonni yengil qiladi, qalbni esa tinchlantiradi.

— Oʻzingni boringcha koʻrsat. Niqob taqib yashash uzoqqa bormaydi. Kim qanday qabul qilishi — uning saviyasi va dunyoqarashiga bogʻliq. Oʻzingni tushuntirishga majbur emassan, chin insonlar baribir seni taniydi.

— Birovga yoqish uchun oʻz qarashlaringdan kechma. Odamlar roziligi oʻzgaruvchan, lekin vijdon oldidagi javobgarlik doimiy. Oʻz fikrlashingni oʻzgartirma, faqat uni yetuklashtir. Bugun yoqmagan haqiqat ertaga hurmat uygʻotadi.

— Nima boʻlgan taqdirda ham bosiq boʻl. Asab bilan aytilgan soʻz qaytmaydi, hissiyot bilan qilingan ish esa koʻpincha pushaymonlik olib keladi. Bosiqlik — zaiflik emas, bu ichki kuch belgisi.

— Atrofingda salbiy insonlarni toʻplama. Doim noliydigan, shikoyat qiladigan, umidsizlik tarqatadigan odamlar sezilmasdan energiyangni tortib oladi. Ruhingni tushunadigan, seni rivojga undaydigan insonlar bilan yaqin boʻl.

— Va eng asosiysi — oʻzing bo‘l. Oʻzlikni yoʻqotish eng katta yoʻqotishdir. Kim boʻlishingdan uyalma, qanday boʻlsang shunday qol. Oʻzligingni saqlagan holda oʻsgin, oʻzgargin, lekin aslingdan voz kechma.
1
Ibrohim surasi 42- oyat.

وَلَا تَحْسَبَنَّ اللَّهَ غَافِلًا عَمَّا يَعْمَلُ الظَّالِمُونَ ۚ إِنَّمَا يُؤَخِّرُهُمْ لِيَوْمٍ تَشْخَصُ فِيهِ الْأَبْصَارُ


Va la tahsabanna Allaha ghafilan ‘amma ya‘maluz-zalimun.
Innama yu’akhkhiruhum li-yawmin tashkhasu fihil-absar

Zolimlarning qilayotgan ishlaridan Alloh g‘ofil deb o‘ylamang.
U ularni faqat ko‘zlar dahshatdan qotib qoladigan Kun uchun kechiktirmoqda.
Hayvonlarni yomon koʻruvchi odamlarni insonlarni yaxshi koʻrishiga shubham bor.
Ziyofatlarga boramiz — (kelinchaqiriq)

Kelinlar birga o‘tiramiz.
“Nechanchi yilsiz?” deb so‘rashadi.

— 2001, — deyman.

“Sizchi?” desam, 2005, 2006…

Shunda beixtiyor o‘y keladi: yoshgina qizga nima kam?

Qizlik uyida mazza qilib yurishmaydimi, yoshlik gashtini surishmaydimi…

Yo‘q, yo‘q, turmushimdan nolimayman.

Meni qo‘llab-quvvatlovchi zavjim bor, oilasiga gap bo‘lishi mumkin emas.
Bunga shukr qilaman.

Shunchaki shuni aytmoqchimanki, har bir qiz hayotida o‘z shaxsiyatini shakllantiradigan muhim bir davr bo‘ladi.
O‘sha davrni ota uyida, onasini bagʻrida, o‘zini topib, ichki dunyosini tanib o‘tkazsa, yanada to‘kis bo‘lardi, deyman.