Azadovna | Mini
102 subscribers
149 photos
48 videos
4 files
20 links
Yozish qobiliyatimni oshirish uchun,
baʼzi kanallar koʻchirmasi ham bor.
Faqat va faqat oʻzim uchun eslatma.
Reklama olinmaydi!
Professional mistake maker.

Mualliflik huquqi talab etilmaydi, barcha huquqlar Allohniki!
Meni nimam borki muallif boʻlsam.
Download Telegram
Gapirishadi, tartib qoidalarini uqtirishadi.

Tanlov qoʻlingda!

— Toʻgʻri qabul qilasan va baxtli, xotirjam yashaysan, imkon qadar yaxshilik izlaysan, taskin topasan.

— Negative fikrlaysan, asabiylashasan, hafa boʻlasan, axir unday emasku deysan, xullas kuningni rasvosi chiqadi.

Bir narsani aniq bilaman, bu hayot bizdan avvalgilardan qolgan, bizdan ham qoladi.

Shunday ekan turmushda yana 50 60 yil yashaymizmi? yoʻqmi?
— oʻzimizdan munosib nom va yaxshi bir avlod qoldirsak shu yetarli.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Azadovna | Mini
Video message
Кто молодец 🌝
Я молодец 😎
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Azadovna | Mini
Video message
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi insonlar bilan boʻlish kerak deyishadi

Yaxshi insonlarga yaqinlashish uchun yaxshi boʻlish kerak

Yaʼni qiymat olish uchun qiymat berish shart!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari otasini janozasida aytgan soʻzlari.....
Singlimga maslahatlarim

1. Qiz bola qiladigan 1-xato va 2, 3, 4-xatolar orasi juda yaqin. Birinchisidan ehtiyot ból(24:26).

2. Iffating va obróyingni saqla. "Dunyoning ózi matoh, lekin  bu matohning eng yaxshisi soliha ayol" ta'rifiga loyiq ból.

3. Farosatli ból. Umringni oxirigacha yashaydigani farosat, husningga esa rozi bólaver. Birinchidan bunga majbursan ikkinchidan uning umri qisqa.

4. Ózing dunyoni ózgartirishga urinma. Dunyoni ózgartiradigan insonning umr yóldoshi va shunday insonning onasi bólishga loyiq bo’l.

5. Sening eng yaqin dugonang bu onang. Sirdoshing va dardkashing ham onang bólsin. Insonlardan boshqa hech kim.

6. Tahajjudga uyğonib, duoda sóraydigan insonlarga loyiq bólgin. Aks holda umring zulmatda ótish ehtimoli katta.

7. Katta masofa saqlashing kerak bólgan erkaklar bular mahramlaringdan boshqa har qanday erkak. U kim bólsa ham(33:32).

8. Ilm óqi. Ishlagani qóymasachi dema. Ilm – qizlar uchun faqat ishlash uchun emas, tepadagini hammasiga bir vaqtda ega bôlish uchun kerak.

@javokhir_toshpulatov
Hayotingdagi haqiqiy insonlar – gapirishdan oldin o‘ylab, “meni qanday tushunishar ekan?” deb hisob-kitob qilmay gaplasha oladiganlaringdir.

Ular bilan foyda va zarar haqida o‘ylamasdan suhbat qurishni istaysan. Kasallanganingda ular senga duo qilishlari uchun qo‘ng‘iroq qilasan, ularning oldida zaifligingni ko‘rsatishdan uyalmaysan.

Ular seni ranjitib qo‘yishsa ham, ulardan butunlay ranjimaysan. Balki xafa bo‘larsan, ammo ularni oqlaysan, qalbing esa ularga nisbatan salbiy tuyg‘udan xoli bo‘ladi. Qanchalik uzoqlashib ketsang ham, orangizda malomat, e’tiroz yoki hisob-kitob bo‘lmaydi.

Atrofingdagi boshqa odamlar ham yomon emas. Faqat ular bilan bunday maxsus bog‘liqlik paydo bo‘lmagan, xolos. Bu sening ham, ularning ham aybi emas, balki sharoit hali bunga imkon bermagandir.
إِلَى ٱللَّهِ مَرْجِعُكُمْ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ

Allohning Oʻziga qaytishingiz bor. U har bir narsaga qodir Zotdir.

11:4
FOMO

FOMO (fear of missing out)— bu nima o‘zi?

FOMO — bu ichimizda hayotdan ortda qolayotgandek his qilish. Go‘yoki hammada hammasi bo‘layapti, hayoti zo‘r o‘tayapti, nimagadir erishayapti… lekin men ortda qolayapman, degan his.

Do‘stlaringiz sayohatga chiqsa — siz ham chiqishingiz kerakdek tuyuladi.

Kimdir biznes boshlasa — siz ham shoshilinch harakat qilgingiz keladi.

Instagramda kimdir muvaffaqiyatga erishganini ko‘rsangiz — o‘zingizni qoloq his qilasiz.

Bu hissiyot — hayotimizni boshqalar bilan solishtirishdan kelib chiqadi. Aslida esa, har kimning vaqti, yo‘li, tezligi boshqa.

Kishi oʻzini kim bilandir solishtirishi natijasida oʻz noyobligini yoʻqotadi.
Forwarded from Abdurazzoq | Notes
U ramazonda ro'za ham tutardi, qishda "Merry Christmas"ni ham nishonlardi...
Butun olam qarshi chiqsa eriga,
Vafoli ayolning sadoqati shu.
Tupurib qoʻyadi bari bariga,
Jimgina eriga oʻq uzatar u.

© Xayrulla Hamidov
“Menga 70 qator haqorat yozishdi.
Asabimga tekkan yagona narsa imlo xatolari edi.”

©Dostoyevskiy
Qalb siriga erishganlar
nima qiladi, bilasizmi..?

G‘azablanmaydilar...

Arazlamaydilar...

Ranjimaydilar...

Hamma narsadan yaxshilik izlaydilar...

Hech narsani odam bolasidan bilmaydilar...

Hamma narsani Robbidan biladilar va hammasini Undan umid qilib, kutadilar...

Va sukut qiladilar...
Sukutda so‘zlaydilar...

Ular shoshilmaydi…
Javob qaytarishga emas, tushunishga harakat qiladi.

Yo‘qotishda ham hikmat ko‘radi, kechikishda ham rahmat izlaydi.

Qalbini shovqindan asragan inson biladiki,
ba’zi duolar til bilan emas, sabr bilan ijobat bo‘ladi.

Ba’zi g‘alabalar esa sukutda pishib yetiladi.

Ular biladi:
hamma narsa o‘tkinchi,
faqat Robbiga bog‘langan qalbgina omon qoladi.

Shuning uchun ham tinch…
Shuning uchun ham ichidan nur yog‘ilib turadi.
Farosat ko‘z bilan ko‘rinmaydi, ammo qalb bilan seziladi.

Kelinlik davri o‘zgacha go‘zal. Moslashish oson bo‘lmasa-da, yaxshi hamrohlarning borligi bu yo‘lni yengillashtiradi.

Ba’zan kamchiliklarimga ko‘z yumishlari, ba’zan esa mehnatimni qadrlab, qo‘llab-quvvatlashlari — bularning har biri alohida bir mavzu.

Viloyatda o‘qiyotgan ikkita singillarimiz bor.

Bugun ular haqida yozgim keldi.
(Biyim) u kishi ovqatni sekin yeydi. O‘ylab qarasam, “men uyalib qo‘limni ovqatdan tortsam, ular ham hijolat bo‘lib yemasligi mumkin”, deya to‘ygan bo‘lsa ham, sekin-asta, oz-ozdan yeb o‘tirar ekan.

Bugun e’tibor qilsam, men ovqatdan qo‘limni tortganim zahoti u kishi ham qo‘lini oldi…

Subhanalloh.
Allohim hayotida bu farosat va mehrni ikki hissasi bilan qaytarsin.
Ameen ajma’in.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Azadovna | Mini
Video message
Boshlanmagan kitoblar bir olam 🫤
Qalbim
— Qachon men ham 100k boʻldik der ekanman
Aqlim
— Munosib boʻlganingda
........