Azadovna | Mini
101 subscribers
150 photos
48 videos
4 files
21 links
Yozish qobiliyatimni oshirish uchun,
baʼzi kanallar koʻchirmasi ham bor.
Faqat va faqat oʻzim uchun eslatma.
Reklama olinmaydi!
Professional mistake maker.

Mualliflik huquqi talab etilmaydi, barcha huquqlar Allohniki!
Meni nimam borki muallif boʻlsam.
Download Telegram
Forwarded from Anonim savollar
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!

Assalom aleykum, kanalingizdan ba'zi postlarni o'z kanalimga ulashsam boʻladimi ?😅
Anonim savollar
📨 Sizga yangi anonim xabar bor! Assalom aleykum, kanalingizdan ba'zi postlarni o'z kanalimga ulashsam boʻladimi ?😅
Kamina ulashgulik post yozolmayabdiyovv 🫤

Va alaykum assalom
Ammo men albatta qaytarman 😊
In shaa Alloh
Forwarded from Azadovna | Mini (Gulbakhor)
Bugun ayollarga ko‘p narsa uqtirilyapti.

“Kuchli bo‘l”, “mustaqil bo‘l”, “ishla, o‘zing oyoqqa tur”. Ammo bu gaplar ortida ko‘plab ayollar ichki urush olib boryapti. Men bugungi zamonning o‘nlab muvaffaqiyatli, yuqori lavozimlarda ishlayotgan ayollari bilan koʻrganman. Ularning aksariyati tashqi jihatdan baquvvat, mustaqil, “ideal” ko‘rinsada, ich-ichidan charchagan, yolg‘iz, ko‘ngli to‘la savollar bilan yashayapti.

Ha, ular muvaffaqiyatli. Ha, ular ishini sevadi. Lekin bu ularning ruhiy holatini, ayollik ehtiyojlarini, mehr va tinchlikka bo‘lgan ehtiyojini qoplay olmaydi. Ish, martaba, mustaqillik bu yomon emas. Ammo hamma narsa balansi bilan chiroyli.
Ayniqsa, ayol uchun.
Ayollar oilada, mehrda, iliqlikda gullaydi.

Haqiqiy muvaffaqiyat bu oilali bo‘lib, ichki totuvlikda, qalbi tinch holda ishlash. Bu feminizm talqin qilgan kurash bilan emas, qadriyatga suyanib barpo etilgan, tabiiy ayollikni qadrlagan holdagi muvaffaqiyatdir.

Bizga ayollarning tashqi kuchi emas, ichki mustahkamligi kerak.
Bu kuch esa, oilada, qadriyatda, Allohga suyanishda, mehr va muhabbatda yotadi.

Ayol kuchli bo‘lishi kerak lekin o‘z tabiati, qadri va roli bilan uyg‘un holda.
Ammo men vadamda turmadim, qaytmadim, qayta olmadim......
Odamsiz, odamlar xonasi......
Har nafasda tanlovda adashmaganingni his ettiruvchi insonlar borligi baxtdir aslida!.......
Alhamdulillah))
Dunyodagi eng sekin harakatlanadigan narsa ovoz bo'ladi. Onangning 16 yoshingda aytgan gapi senga 40 yoshda ekaningda yetib boradi.

Mubashshir Ahmad
Injiq va asabiy odamlar, “o‘zgarishim kerak”, deyishadi.

O‘zgarish uchun
— xotirjam bo‘lish kerak!

Xotirjam bo‘lish uchun
— taqdirga rozi bo‘lish kerak.

Sen xohlagan narsa bo‘lsa ham, sen xohlamagan narsa bo‘lsa ham!
Shu — yechim.
Sodda va oson.

Qachon asabiylashsang, bilgin
— hayotdan norozi bo‘layotgan bo‘lasan.

Rozi bo‘l!
O‘sha zahotiyoq tinchlanasan.

O‘lib ketiladigan dunyo, asabiylashishga arzimaydi.
Gapirishadi, tartib qoidalarini uqtirishadi.

Tanlov qoʻlingda!

— Toʻgʻri qabul qilasan va baxtli, xotirjam yashaysan, imkon qadar yaxshilik izlaysan, taskin topasan.

— Negative fikrlaysan, asabiylashasan, hafa boʻlasan, axir unday emasku deysan, xullas kuningni rasvosi chiqadi.

Bir narsani aniq bilaman, bu hayot bizdan avvalgilardan qolgan, bizdan ham qoladi.

Shunday ekan turmushda yana 50 60 yil yashaymizmi? yoʻqmi?
— oʻzimizdan munosib nom va yaxshi bir avlod qoldirsak shu yetarli.