АЕЛЛАР ПСИХОЛОГИЯСИ
1.39K subscribers
8.74K photos
1.59K videos
19 files
3.8K links
УШБУ КАНАЛ ХАЕТИНГИЗНИ ГУЗАЛ БУЛИШИГА ОИЛАВИЙ
ХОТИРЖАМЛИККА ЭРИШИШИНГИЗГА ЕРДАМ БЕРАДИ.

♥️КАЛБНИ АНГЛАШ УЗЛИКНИ АНГЛАШ ДЕМАКДИР♥️

Мурожат учун:
ПСИХОЛОГ 👇
@Nafisa_Avazovna
Download Telegram
​​🌿 Abbosiylar xalifalaridan Horun ar-Rashid ayoli Zubayda bilan tungi sayrga daryo qirg‘og‘iga chiqishibdi. Daryo bo‘yida Bahlul degan avliyoulloh qumdan uy yasayotganini ko‘rgan xalifa undan so‘rabdi:
— Ayo, Bahlul nima qilyapsiz?
— Qumdan uy quryapman.
— Uni nima qilasiz?
— Kim sotib olsa, uni duo qilaman, Alloh taolo unga jannatdan bir qasr beradi.
Horun ar-Rashid Bahlul Dononing gapiga kulimsirab, o‘tib ketaveribdi.
Halifaning orqasidan yetib kelgan xotini Zubayda ham Bahluldan nima qilayotganini so‘rabdi.
— Uy quryapman, bekam. Kim sotib olsa, uni duo qilaman, Alloh taolo unga jannatdan bir qasr beradi.
— Qurgan uyingizning narxi necha pul?
— 1 dinor.
Zubayda 1 dinorni unga berib, duo olibdi.
Kechqurun xalifa tushida jannatda yurganmish. Qarasa, qizil yoqutdan qilingan qasr tepasiga Zubayda deb yozib qo‘yilibdi. Xotinimning qasri ekan, kirib ko‘ray-chi, deb borsa, posbon kiritmabdi va:
— Bu yerga kimning ismi yozilsa, o‘sha kiradi, — deb, ko‘kragidan itarib yuborgan joyida xalifa uyg‘onibdi.
“Kecha xotinim haqida Bahlulning duosi qabul bo‘libdi. Men ham duo olib kelay”, deb yana kechqurun xalifa daryo bo‘yiga kelibdi. Bahlul hamon uy qurayotgan ekan, undan so‘rabdi:
— Uyingizni qanchaga sotasiz?
— Uyimning narxi butun yer yuzining podsholigi.
— Butun dunyoning podsholigiga hatto men ham egamasman, nega bugun qimmat qilib yubordingiz?
— Kecha ko‘rmagan savdo edi, bugun ko‘rgan savdo.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☯️Qadr nima?

Hayotda boshingizdan o'tkazganlaringiz sizni qadrsizlantirib qo'yganini his qilganmisiz?
🌿 Men Allohdan kuch so’ragandim, U menga bir qancha qiyinchiliklarni in’om etdi. Ularni yengib o’tish davomida ana shu so’ragan narsamga ega bo’lgan ekanman.

🌿 Allohdan aql so’ragandim.U meni hayot muammolariga duchor qilib, bu iltijoyimni ham amalda tasdiqlab bergan ekan.

🌿 Qilayotgan ishimga rivoj so’ragandim. Alloh esa meni ishga ko’mib tashlab, hayotimning jo’shqin o’tishini ta’minlab bergan ekan.

🌿 Men Allohdan iymon so’ragandim, Alloh iltijolarim asosida iymonimni mustahkamlayotgan ekan.

🌿 Allohdan jasorat so’ragandim. U menga musulmonlarga yordam qo’lini cho’zishdek imkonni yaratib bergan ekan.

🌿 Men Allohdan halovat so’ragandim. U menga qalb berib, iymon ila uni bezatib qo’ygan ekan.

🌿 Men Allohdan duolarimning qabul bo’lishini so’ragan edim. U hamma iltijolarimni O’zining buyukligi bilan ta’minlab qo’ygan ekan.

🌿 Hullas, men so’ragan narsalarimga erishgan ekanman. O’ziga shukur!
"Yaxshi pishmapti,
Tuzi koʻp boʻlipti,
Limonsiz bemaza,
Qiymasi oz boʻlipti..." deb yoqtirmaganingiz nima bor boʻlsa, bu idishga qoʻying. BIZ OCHMIZ...

☝️ Darhaqiqat inson zoti oʻta noshukurdir...
Rassom bo'lmasa ham yuzingizga tabassum chiza oladigan insonlarni qadrlash kerak

Chunki hayot ularni takror yubormaydi, zero Allohga omonat qilgan insonlaringizni borligida qadrlang
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⛅️ Aссалому алайкум. Чоршанба тонги муборак бўлсин.

Бугунги бошланган кунингизни Aллоҳ таоло савобли амалларга тўла қилсин. 😊
🌿 Sinfdoshlar uchrashuvida bir erkak o‘qituvchisidan sekin so‘radi:

— Meni tanidingizmi?
— Yo‘q — deb javob berdi muallim.
— Nahotki?! Bolaligimda sinfdoshimning soatini o‘g‘irlagan edim. Soat topilmagunicha bizni hammamizni tintuv qilishingizni aytgan edingiz. Uyat va qurquvdan nima qilishni bilmay qolgan edim. Hamma meni o‘g‘ri deb chaqirishi ko‘z oldimga keldi. Lekin hammaga devorga qarab, ko‘zimizni yumishimizni aytdingiz. Cho‘ntagimizni birma-bir tekshirishni boshladingiz. Menga navbat kelganida, soatni oldingiz… lekin hammani tekshirib, tintuvni oxirigacha yetkazib qo‘ydingiz. Soatni egasiga qaytarib berdingiz va hech qachon bu vokea haqida so‘z ochmagan edingiz. Nahotki shu ishni qilgan odam yodingizda yo‘q?!

— Yo‘q — dedi o‘qituvchi. — O‘sha kuni, tintuv paytida ko‘zlarimni yumvolgan edim.
لك مكانة كبيرة في قلوبنا الصغيرة..

Kichkina ko'nglimizda.. o'rningiz katta..
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☝🏻 Natijasidan juda koʻp bora foydalanilgan;

Baxtli hayotga olib chiquvchi;

Yoʻllarni ochuvchi;

💰 Rizqni kengaytiruvchi juda kuchli USUL🤲🏻

Tinimsiz 40 kun chin ixlos bilan, eng avval Alloh rizosi uchun, soʻngra orzu-niyatlatingizni aytib "LA ILAHA ILLA ANTA SUBHANAKA INNI KUNTU MINAZ ZOLIMIYN" ni takrorlab yuring. Bu duo Yunus a.s. ning duosi boʻlib, shu duo ila 40 kundan 🐳 Kitning qornidan tirik chiqqanlar! Inshaallah sizga ham manfaatli boʻladi ☺️🤲🏻
🌿 Inson doim bir qalbga muhtoj...
Sizni sizdan koʻproq tushunadigan, oʻzingizdan koʻproq qayg'uradigan, mehr beradigan..!

🌿 Inson insonga muhtoj..!
Yelkasiga boshingizni qoʻyib dunyoni unitadigan, qoʻllariga qoʻlingizni berib hotirjamlik tuyadigan, koʻzlariga boqib tabassum qiladigan, eslab zavq oladigan bir insonga muhtoj..!

🌿 Ket deganda keladigan, jahil qilsangiz kuldiradigan, kulganingizda qayg'usini unitadigan, butun dunyoni faqat siz deb biladigan bir insonga muhtoj..!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolangizni qarg'amang!!!
🌿 Boshiga musibat tushib,og‘ir kunlarni kechirayotgan insonga hadeb nasihat qilavermang.
Koyiyvermang,sabrsizlikda ayblamang...

🌿 Undan bir og‘iz “Qalbing nimani his qildi”, “Qalbingni holi qanday”,
deb so‘rang...

🌿 “Og‘irligini bilaman,
lekin mana ko‘rasan bu kunlar ham avvalgilaridek o‘tib ketadi.
Seni kelajakda eng oliy baxtlar qarshilaydi”,deya tasalli bering...

🌿 Chunki uni qalbidagi zambil yukni bo‘shatishi uchun yaqin do‘stga ehtiyoji bor.
Nasihatgo‘y aqlliga emas.
Nasihat va o‘gitni hamma ham beraveradi ammo muhabbatni faqat hoslargina his qildiradi...

Qalbingizni holi qanday?..
🌿 Alloh bir ishni kechiktirsa, faqat yaxshilik uchundir...!
Bir ishdan sizni mahrum qilsa, faqat yaxshilik uchundir...!
Ustingizga balo-ofat tushirsa, faqat yaxshilik uchundir..!
Oʻkinmang..! 🙂 Alloh faqat yaxshilikni ravo koʻradi..!
🌿 Bir kishi aytadi "Allohu Akbar"

Yana bir kishi aytadi : "Laa ilaha illalloh Muhammadur rosululloh"

Yana aytadi : "Subhanallohi va bihamdihi subhanallohil-aziym"

Yana "Laa ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz zolimin"

Bu kishi 70.000 savobni qo’lga kiritdi va u kishi
"Siz edingiz":) ☺️
Dunyoda shunday insonlar borki, siz ularni shunchaki yaxshi ko‘rasiz... shunchaki! Hech narsasiz! Sizda bitta fikr bor: ular bor! Sizga boshqa hech nima kerakmas! Balki ular juda uzoqdadir, balki boshqa shahardadir yoki o‘zga davlatda. Lekin bilasizki, ular ham sizni yaxshi ko‘rishadi, hech narsasiz, shunchaki. Ularga borligingiz, shu hayotda baxtli yashayotganingiz muhim!
Boshqa hech narsa kerakmas!
Ҳозирда икки ой бир-бирига қараб турибди😊