Avtoelon.uz
3.99K subscribers
2.03K photos
237 videos
1 file
446 links
🌀 Avtoelon.uz – bu avtomobillar va ularga bog’liq barcha narsalarni qidiruvchilar uchun ilovadir.
👇 Bepul ilovani ko’chirib olish 👇
bit.ly/2Mhogx7
💥 www.avtoelon.uz
Download Telegram
⭕️ BARCHA HAYDOVCHILAR DIQQATIGA!

1 - Yanvardan boshlab eski na'munadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi! Agarda siz ham haydovchilik guvohnomasini almashtirmagan bo'lsangiz, buni 1 - yanvargacha amalga oshiring!

📲 Yaqinlaringizni ham ogohlantirib qo'ying!

@avtoelon
🤔 BU QAYSI MARKAGA TEGISHLI AVTOMOBIL?

Javobingizni izohlarda yozib qoldiring👇

@avtoelon
🚌 2024 - yilda AVTOBUS va ELEKTROBUSLAR soni ko'paytirilishi rejalashtirilmoqda!

"O'zbekiston - 2030" strategiyasida avtomobilsozlikdagi raqobatchilikni rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmini 1 mln donagacha oshirish ko'zda tutilgan. Shu o'rinda shahar va tumanlardagi jamoat transportining sonini oshirish ham 2024 - yilga rejalashtirilmoqda.

🤔Nima deb o'ylaysiz, jamoat transportining soni oshsa, tirbandliklar kamayadimi? Yoki yana yo'llarni kengaytirishda yechim topamizmi?!

@avtoelon
🕌 Ассалому алейкум ва рахматуллохи ва баракатух.
Жума айёмингиз муборак бўлсин!

Ишларингизга ривож ва бугунги кунингиз хайрли ўтишини тилаймиз!

@avtoelon
🧾 TAYYOR TURING!

Bugun soat 12:00 da Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnoma berish boshlanadi! Bu haqida UzAuto Motors kompaniyasining rasmiy sahifasida e'lon qilindi!
Eslatib o'tamiz, shartnomani faqat ONLINE rasmiylashtirish mumkin!

📲Barcha tanishlarga yuborib qo'ying!

@avtoelon
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😡 UzAuto Motors avtomobillariga SHARTNOMA RASMIYLASHTIRISH SAYTI ayni damda ishlamayabdi!

📲 Yaqinlarga jo’natib qo’ying

@avtoelon
🧾 2 - URINISH! SHARTNOMALAR OCHILDIMI YOKI...

UzAuto Motors kompaniyasining rasmiy saytida ommabop modellar uchun kontraktsiyalar qayta ochilganligi haqida e'lon qilindi. Ammo saytda hali ham va'da qilingan COBALT, DAMAS va LABO paydo bo'lmadi.

🌐 Eslatib o'tamiz, shartnomalarni quyidagi sayt orqali olish mumkin: https://savdo.uzavtosanoat.uz/#/main

@avtoelon
🔖 MAJBURIY SUG'URTA (ОСАГО) QANCHA MIQDORDAGI ZARARNI QOPLAYDI?

O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga ko'ra, majburiy sug'urta to'lov miqdori 40 000 000 so'mgacha bo'ladi. Bundan 14 000 000 so'm mulkka (avtomobil, uy va boshqalar) yetkazilgan zararni qoplashga, 26 000 000 so'mgacha esa uchinchi shaxslarning sog'ligiga yetkazilgan zararni qoplash uchun belgilangan.

📲 Sug'urta kompaniyasiga ishingiz tushganmi?

@avtoelon
🚙 SERGELIDA MOSHINA NARXLARI TUSHDI!

1yil davomida Sergeli moshina bozorida ancha narsa o'zgardi. Yil boshida avtomobillar yetishmovchiligi narxlar oshishiga, yil oxirida esa talab kamligi narx tushishiga sabab bo'ldi. YouTube kanalimizdagi yangi ko'rsatuvimizda 2023 - yilning YANVAR va DEKABR oylarida avtomobil narxlarining qanchalik o'zgarganini ko'rsatib berdik.

📹 Siz ham hoziroq yangi videomizni ko'rib, fikringizni yozib qoldiring👇
https://youtu.be/jmtM6o7Zxa8?si=gt8vHFxZIEjbSnN0

@avtoelon
🕌 Ассалому алейкум ва рахматуллохи ва баракатух.
Жума айёмингиз муборак бўлсин!

Ишларингизга ривож ва бугунги кунингиз хайрли ўтишини тилаймиз!

@avtoelon
🎉 Avtoelon.uz jamoasi sizlarni kirib kelgan 2024 - yil bilan muborakbod etadi!

🤲 Siz va yaqinlaringizga mustahkam sogʼlik, osoyishtalik va oʼzaro mehr-oqibat, xursandchilik, barcha orzularingiz roʻyobini tilaydi.

😎 Yangi yil Siz uchun yangi imkoniyatlar va ezgu ishlar yili boʼlsin.


🎉🎉🎉 YANGI YILINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

@avtoelon
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤔YANGI NAMUNADAGI DAVLAT RAQAMLARIDAGI QR-KODLAR NIMAGA KERAK?

Videoda bu haqida to'liq ma'lumot berdik. O'z fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!

@avtoelon
⭕️ DODGE CHARGER, CHALLENGER va GENTRA - ULARNI NIMA BIRLASHTIRADI?

2024 - yildan boshlab ushbu modellar ishlab chiqarilishdan to'xtatildi. Forsaj filmlarida ko'p marotaba ishtirok etgan Challenger va Charger modellari bilan birga bizning Chevrolet Gentramiz ham endi avtosalonlarda sotuvda bo'lmaydi.

@avtoelon
⭕️ AVTOBUS YO'LAGIDA TO'XTAB TURMANG!

"Toshshahartransxizmat" tomonidan berilgan ma'lumotga ko'ra, birgina 2 yanvar kuni avtobus yo'lagida to'xtab turgan 87 ta qoidabuzarlar jarimaga tortilgan. Eslatib o'tamiz, bunday qoidabuzarlik uchun jarima miqdori 660 000 so'mni tashkil etadi.

@avtoelon
⭕️ BMW i5 M60 - AGRESSIV TASHQI KO'RINISHGA ELEKTROMOBIL!

AQSHda yangi avlod BMW i5 M60 o'z egalariga topshirib boshlandi. Elektromobil umumiy hisobda 601 ot kuchini beradigan 2ta elektr dvigatel bilan jihozlangan. 81.2 kVt/s hajmdagi batareya bilan avtomobil 516 km masofani bosib o'tadi. 0 dan 100 km/s gacha esa bor-yo'g'i 3.8 soniyada tezlanish imkoniyatiga ega.

AQSHda uning narxi 84 100$ dan boshlanadi.

Sizga yangi BMW i5 yoqdimi?👇

@avtoelon
🕌 Ассалому алейкум ва рахматуллохи ва баракатух.
Жума айёмингиз муборак бўлсин!

Ишларингизга ривож ва бугунги кунингиз хайрли ўтишини тилаймиз!

@avtoelon
⭕️ KROSSOVER, YO'L-TANLAMAS yoki "JEEP"?

Nafaqat O'zbekiston, balki ko'plab davlatlarda aksariyat insonlar krossover va yo'l-tanlamas kuzovlaridagi avtomobillarni "Jeep" deb atashadi. Nega bunday ekanligi to'g'risida fikrlar ko'p, lekin eng ommalashgan taxmin 1-Jahon urushiga borib taqaladi. Fikrlarga ko'ra, "Jeep" so'zi o'sha vaqtning xarbiy yuk avtomobillaridagi "general purpose" so'zining qisqartmasi.

Ammo ushbu fikr qanchalik to'gri ekanligini ta'kidlash qiyin. Shunday bo'lsada, Jeep markasi o'z nomini butun dunyoda ommalashtirishga erishdi.

Sizga Jeep avtomobillari yoqadimi?👇

@avtoelon
🚙 Jeep ishqibozlari uchun maxsus!

Avtoelon.uz da Jeep Cherokee sotilmoqda!

Jeep Cherokee 2019
🛞
Yurgan masofasi: 97 000 km
🔧
Dvigatel: 2.4 litr
⚙️ Uzatmalar qutisi: Tiptronik
⛽️ Yoqilg'i turi: Benzin
📍 Joylashuvi: Toshkent

Ba'tafsil: https://avtoelon.uz/a/show/4265243

@avtoelon