Arx-Blog
2.87K subscribers
1.27K photos
103 videos
199 files
411 links
Assalomu aleykum. Ushbu kanalda siz, arxitektura sohasiga oid foydali ma'lumotlar, darsliklar, maqolalar va shu kabi foydali ma'lumotlarga ega bolishingiz mumkin.

Admin: @Asrorkhon_Umarov

You tube: https://youtube.com/@asrorxonumarov5354?si=6BebO8HBiVQZ
Download Telegram
2586502.5daec4f3acd97.rar
129.9 MB
👍3
Arx-Blog
Materials.rar
Shu arxiv faylini ichida barcha darslik uchun kerak bo’lgan barcha materiallar, autocad chizmasi va boshqa fayllar bor.
Assalomu aleykum. @ArxBlog kanalimizni endi instagram tarmog’ida ham kuzatib boring. Darsliklardan olingan natijalarni ushbu tarmoqda ham joylaymiz. Darsliklarimizni boshqalar bilan ham ulashish uchun instagram tarmogida ham bizni ulashing…
P.S. Yaqinda yangilik bor!!!
Assalomu aleykum, sizlarga bugun yaqin do`stmning suhbatini ko`rishni tavsiya etmoqchiman. Men bilgan tanishlarim orasida interyer dizayn bo`yicha professionallardan biri! Ko`rib baho bering...
Assalomu aleykym. Har yil boshida maqsadlarimga olib boradigan rejalarimni tuzishga, yo'nalishlarni to'grilab olishga harakat qilaman. Asosiy maqsadlarimdan biri, bizdagi arxitekturani rivojlantirish, arxitektorlar saviyasini o'sishiga xissa qo'shish, arxitekturamizni dunyo miqyosiga ko'tarishdir. Baland parvoz gaplar bo'lishi mumkin, lekn tan olish kerak arxitektura saviyamiz dunyoga qaraganda anchayin past. Buning uchun men arxitetkura maktabini ochishni maqsad qilaganman. Arx-Blog, online darsliklar shu maqsadimning ilk qadamlari. Hudo hohlasa shu yili kichik bo'lsada shu maktabni ochamiz.
Bu maktabda arxitektura bilimlari yuqori darajada beriladi deyaolmayman, chunki bu darajada hali o'zimning bilimim yoq. Balkim birinchi guruh bor yo'g'i 5 kishilik bo'lar. Boshlanishiga faqat shu grafik dasturlarni o'rganamiz, arxitekturaga oid boshlang'ich bilimlarni o'rganamiz.
Hozirda shuning ustida ishlayapmiz ya'ni darsliklar, joy masalasi, texnika va h.k. Shunga shu loyiha haqida fikr va tavsiyalaringizini kutib qolaman. Siznig fikringiz men uchun juda muhim!!!!
Assalomu aleykum. Inshallah 3ds max dasturi boyicha offlayn kursimiz ochilishiga ham 1 oy muddat qoldi. Shu kungacha dars o’tiladigon xona tamirlash ishlari bilan shug’ullandik, hozir darslik boyicha rejalar tuzish bilan shug’ullanyapmiz. Reja boyicha 2ta 6 kishilik guruh bilan boshlaymiz. Ikkala guruhga ham 3ds max dasturida ishlash bo’yicha darslar o’rgatiladi. Eng asosiysi to’liq 2 oylik kursning ortacha narxi malum boldi. 3Ds max dasturi bo’yicha 2 oylik offlayn kursimiz narxi 1 mln 200ming so’mdan 1mln 500ming gacha bo’lgan miqdorda. Iloji boricha eng arzon narxlarda qilishga harakat qilamiz…
Siz 3ds max dasturi bo’yicha 2oylik kursimizga kelasizmi?
Anonymous Poll
53%
Xa)
47%
Yo’q(
Hozirda yangiliklarda, ijtimoiy tarmoqlarda faqatgina bir mavzu "Rossiya va Ukraina" mavzusi. Bu urush yoki "harbiy amaliyot" haqida gapirish niyatim yo'q. Ma'lumki urush boshlangandan beri 14 kun ichida bir necha yuzlab taniqli kompaniyalar Rossiya bozorini tark etishmoqda. Shu sababli ushbu ikki davlat aholilari boshqa davlatlarga qulayroq muhit izlab ko'chishmoqda. Misol uchun Ukrainadan, Rossiyadan bir necha katta IT kompaniyalar O'zbekistonga o'z shtatlarini ko'chirishmoqchi. Nega aynan O'zbekiston? Chunki bizda zamonaviy kasblar uchun yani IT sohasi uchun bir necha ligotalr mavjud. Hop mayli bu o'z yo'liga. Bizga, arxitektor dizaynerlarga qanday ta'siri bor? Yaxshi savol. 4-mart kuni "Autodesk" kompaniyasi Rossiya bozorida o'z faoliyatini to'xtatdi. Endi rossiyalik arxitektor, dizaynerlar o'z faoliyatlarini yuritish uchun boshqa davlatga ketishlari kerak bo'ladi. Dasturlarni qandaydir qilib hal qilishsa ham, iqtisodiy va ijtimoiy siquvlar tasirida davlatdan chiqishga majbur bolishadi. Misol uchun:
-Arxitektor va dizaynerlar uchun eng asosiy dasturlar ishlab chiqaruvchi Autodesk kompaniyasi chiqib ketdi
- Visa, Master card orqali pul o'tkazmalari to'xtatildi(barcha 3d modellar savdosi, freelancerlar bozori, boshqa davlatlar bilan oldi beri ishlari shu tizimlar orqali amalga oshirilar edi)
-Ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi(twitter, instagram va boshqa.) Birgina instagram tarmog'i orqali minglab kadrlar o'z xizmatlarini sotayotgan edi.
- Rubl qadrsizlanishi va banklardan dollar sotib olish to'xtatilishi
-Iqtisodiy krizis tufayli aholida pul kamligi (hayotiy zarur holatlardan pul ortsagina odamlar uy yoki binolar uchun investitsiya qlishlari mumkin) va shu kabi boshqa omillar. Endi rossiyalik arxitektorlar dizaynerlar qo'shni davlatlarga ko'chib osha joylarda ishlashlari mumkin, O'zbekistonga bir necha kompaniylar oz faoliyatimi kochrishmoqda.
Bu sohadagilar blishadiki arxitektura, dizaym, visualizatsiya yo'nalishlari bo'yicha Rossiya va Ukraina dunyoda yetakchi o'rinlarni egallab turishar edi(Ayniqsa archviz bo'yicha). Ukrainadan ham aksariyat arxitektor dizaynerlar boshqa davlatlarga ketishmoqda. Endi men nima demoqchiman. Bizning kadrlar bilan Ukraina va Rossiya kadrlari orasida anchagina farq bor ayniqsa Ukraina bilan. Ular tez orada bizning bozorimizga kirib bozor qonun qoidalarini ozgartrb yuborashadi, katta raqobat boshlanadi. Ukraina arxitektor dizaynerlari eksport bilan yani yevropa bln ish bo'yicha ancha tajribaga ega. Bizchi? Biz ular bln raqobatlasha olamizmi? Yangi o'zgarishlarga tayyormizmi?
Meni hursan qilgan birgina tomoni bor, bu ham bo'lsa shu paytgacham faqat o'zaro ichki raqobat bilan shakillanib yurgam edik. Endi esa katta o'yinchilar bilan o'ynaymiz, bu esa o'sish degani. Ulardan katta tajribalar olamiz. Katta ehtimol bilan kichin yoki o'rta darajadagi mutahasisslarga qiyin bo'ladi. Shu qiyinchilikdan o'tkanlargagina imkoniyatlar bor. O'tolmaganlar esa....
Ho'sh biz raqobatga tayyormizmi?
P.S. Bu shunchaki mening shaxsiy fikrim
@Arxblog