ArmyGovUz | ©
15.9K subscribers
148 photos
83 videos
206 links
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmat va harbiy ta’limga qabul jarayonlarini yorituvchi rasmiy telegram kanali.

Instagram.com/Armygovuz

Youtube.com/@Armygovuz


Call markaz: 15-30
☎️ +998-71 269-80-19
Download Telegram
So‘roq belgisi o‘rniga berilgan rasmlardan qaysi biri mantiqan mos keladi?
Anonymous Quiz
23%
a
14%
b
24%
c
39%
d
5
📢 Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirishda turnikda tortilish me’yorlari

Harbiy xizmatga kiruvchi nomzodlardan turnikda tortilish bo‘yicha quyidagi me’yorlar talab etiladi:

🏅 A’lo baho (5 ball):
Kamida 14 marotaba turnikda tortilish talab qilinadi

👍 Yaxshi baho (4 ball):
12-13 marotaba turnikda torilish talab qilinadi

👌 Qoniqarli baho (3 ball):
10-11 marotaba turnikda tortilish talab qilinadi

⚠️ Diqqat:
Agar nomzod 9 ta va undan kam turnik tortgan bo‘lsa imtihonda yiqilgan deb topiladi va keyingi saralash bosqichiga qo‘yilmaydi.

Harbiy xizmatga kirishda jismoniy tayyorgarligingiz muhim! Tayyorlaning va me’yorlarga javob bering! 💪
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma
🔴 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali My.gov.uz orqali Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish uchun ariza berish tartibi.
👍8
📢 Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirishda 3000 metrga yugurish me’yorlari

Harbiy xizmatga kiruvchi nomzodlardan 3000 metrga yugurish bo‘yicha quyidagi me’yorlar talab etiladi:

🏅  A’lo baho (5 ball):
Yugurish vaqti 12 daqiqa 40 soniyagacha bo‘lishi kerak.

👍 Yaxshi baho (4 ball):
Yugurish vaqti 12 daqiqa 41 soniyadan 13 daqiqagacha bo‘ladi.

👌 Qoniqarli baho (3 ball):
Yugurish vaqti 13 daqiqadan 13 daqiqa 35 soniyagacha bo‘lsa.

⚠️ Diqqat:
Agar yugurish vaqti 13 daqiqa 35 soniyadan ko‘p bo‘lsa, nomzod imtihondan yiqilgan hisoblanadi va 2 ball qo‘yiladi.

Harbiy xizmatga kirishda jismoniy tayyorgarligingiz muhim! Tayyorlaning va me’yorlarga javob bering! 💪

Kanal: @mudofaa_vacancy
Harbiy xizmatga kiruvchi nomzodlardan olinadigan psixologik testlar quyidagi qismlardan iborat:🪖

1️⃣ Qism: Nomzodlarning intellektual rivojlanganlik darajasini aniqlash testi.
Bu qismda nomzodning aqliy imkoniyatlari sinovdan o‘tadi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

📚 Umumiy bilimlar
📝 So‘zlarning mazmunini anglash
Arifmetik masalalar
🧩 Mantiqiy fikirlash

Bunda nomzodning bilim darajasi, tez fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyati baholanadi.

2️⃣ Qism: Nomzodlarning psixoemotsional barqarorligini o‘rganishga mo‘ljallangan test.
Bu quyidagi xususiyatlarni baholaydi:

😊 Emotsional barqarorlik
⚖️ Muvozanatlilik
🧠 Psixologik chidamlilik

Bu harbiy xizmatchi uchun juda muhim, chunki harbiy xizmatchidan nafaqat jismoniy kuch, balki ruhiy barqarorlik hamda nostandart vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish talab etiladi. Shu sababli, testlar nomzodning harbiy xizmat talablariga mosligini aniqlaydi.

📌 Maslahat:
Intellektual va psixologik tayyorgarligingizni oshiring, shunda testlardan muvaffaqiyatli o‘tasiz!


Kanal: @mudofaa_vacancy
4👏1🤝1
Umumiy bilimlar testi;
Amir Temurning hayoti, yurishlari hamda siyosiy faoliyati haqida batafsil ma'lumot beruvchi eng ishonchli tarixiy yozma manba qaysi?
Anonymous Quiz
25%
"Boburnoma"
25%
"Shajarai Turk"
42%
"Zafarnoma"
8%
"Tarixiy Rashidiy"
🆕 Rasmiy Instagram sahifamiz ochildi!
Hurmatli obunachilar!
Endi bizni Instagram sahifamizda ham kuzatishingiz mumkin
📌 Nima topasiz?
🔹 Mudofaa sohasi bo‘yicha eng so‘nggi vakansiyalar
🔹 Harbiy ta’lim va ish imkoniyatlari
🔹 Rasmiy e’lonlar, maslahatlar va ko‘rsatmalar
🔹 Ko‘rgazmali grafikalar va qisqa videolar

📲 Bizga qo‘shiling, yangiliklarni birinchilardan bilib biling!
➡️ https://instagram.com/mudofaa__vacancy

Sahifani do‘stlaringizga ham ulashing!
2🤝1
Ofitserlik sharafi va onti

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida yosh ofitserlarning navbatdagi bitiruv marosimi tantanali tarzda oʻtkazildi.
Mudofaa vaziri yosh ofitserlarni navbatdagi bitiruv marosimi bilan samimiy tabriklar ekan, akademiyani imtiyozli tamomlagan 31 nafar bitiruvchilarga faxriy mehmonlar ishtirokida va hamrohligida diplom va koʻkrak nishonlarini topshirdi.
Hurmatli yurtdoshlar!
O‘zbekiston mustaqilligi, tinchligi va farovonligi uchun kurashish – bizning azaliy burchimizdir. Har bir yigit o‘z Vataniga muhabbat bilan qarashi, uni himoya qilishga tayyor bo‘lishi kerak.

Harbiy xizmatga kirish – bu jasorat, mardlik va mas’uliyat timsolidir. Bu – o‘zligingni isbotlash, jamiyatda o‘z o‘rningni topish, kuchli va bardoshli inson bo‘lib yetishish uchun ajoyib imkoniyatdir.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatiga kirib, Vatanimiz osoyishtaligini yanada mustahkamlang! Har bir xizmat qilgan yigit Vatan qahramoni hisoblanadi.


Sizni Vatan himoyachilari qatorida ko‘rishdan faxrlanamiz! Bugun harakat qiling, Vatanimiz tinchligi uchun xizmat qiling!
Vatan – bizning qalbimizda, Vatan – bizning kuchimizda!

Kanal: @mudofaa_vacancy
Assalomu alaykum, aziz obunachilar!
Bugun sizlar bilan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatda kirishda qo‘llaniladigan psixologik testlardan bir nechta namunaviy misollarni baham ko‘ramiz. Ushbu testlar sizning bilim darajangizni aniqlab olishingizga yordam beradi.
Berilgan so‘zlardan uchtasi umumiy tushuncha bilan bog’langan, lekin to’rtinchisi ularga tegishli emas. Sizning vazifangiz o’sha to’rtinchi ortiqcha so’zni topib, to‘g‘ri javobni belgilash
Anonymous Quiz
74%
TALABA
9%
OSHPAZ
11%
TEMIRCHI
6%
BO’YOQCHI
Berilgan so‘zlardan uchtasi umumiy tushuncha bilan bog’langan, lekin to’rtinchisi ularga tegishli emas. Sizning vazifangiz o’sha to’rtinchi ortiqcha so’zni topib, to‘g‘ri javobni belgilash
Anonymous Quiz
8%
BUXORIY
4%
TERMIZIY
63%
TO’MARIS
24%
MOTRUDIY