โค ๐’€๐’–๐’“๐’‚๐’ˆ๐’Š๐’Ž๐’…๐’‚๐’”๐’‚๐’ ๐‘บ๐’†๐’—๐’ˆ๐’Š๐’๐’Š๐’Ž๐Ÿƒ
690 subscribers
5.75K photos
8.46K videos
591 links
๐ŸƒฮคฮตLฮตึrฮฑmDฮฑ ฮทฯƒmฮฒฮตr N1ฮบฮฑฮทฮฑL Fฮฑqฮฑฯ„ ฯƒrฮนGiฮทฮฑL.๐Ÿ’•

โ™ฅDฮนlฮนฮทgdฮฑgฮน gฮฑฯฮทฮน ฯƒ'z ฮฝฮฑqั‚ฮนdฮฑ
ฮฑฮณtฮนฯ‰gฮฑ ฯƒ'rgฮฑฮท. Ertฮฑgฮฑ ฯƒ'ฯ‰ฮฑ
ั•ฯƒ'zฮทฮน ั‚ฮนฮทglฮฑฮณ
Download Telegram
าฒะฐั‘ั‚ะธะฝะณะธะทะณะฐ ะบะธั€ะธะฑ ะบะตะปะณะฐะฝ ะธะฝัะพะฝะดะฐะฝ ัˆัƒ ัะฐะฒะพะปะฝะธ ััžั€ะฐะฝะณ!๐Ÿ
"ะœะตะฝะณะฐ ั‘ะปา“ะธะทะปะธะบะดะฐะฝะดะฐ ัั…ัˆะธ ะฑัžะปะธะฑ ะบะตะปะฐัะฐะฝะผะธ?๐Ÿƒ
ะะบะธ ั‘ะปา“ะธะทะปะธะบะฝะธ า›ะฐะฝั‡ะฐะปะฐั€ ะณัžะทะฐะปะปะธะณะธะฝะธ ััะปะฐั‚ะธัˆ ัƒั‡ัƒะฝะผะธ?๐Ÿ‚


แตแตƒโฟแตƒหกแตแตƒ แต’แต‡แต˜โฟแตƒ แต‡แต’'หกโฑโฟแต๐Ÿ‘‡
@Armonimsan_sevgilim ๐Ÿ’”
๐ŸŒนSO'NGI ILTIMOS๐ŸŒน
๐ŸŒน23-QISM๐ŸŒน
Erta tongda Bek horg'in og'ir holatda uyg'ondi. Avvaliga qayerdaligini ham anglolmadi. Keyin birma bir bo'lib o'tgan voqelar yodiga tushdi. Kecha John stakandagi suvga uyqi dori qo'shib bergandi. Shuni tasiri bilan u bir kechani uhlab o'tkazdi. U hozirgi holatini tush bo'lib qolishini Sarvinoz yana avvalgidek uni ko'z oldida bo'lishini jonu dili bilan hohlardi
Qayerlardasana Sarvinozim. Nima qilay nima qilsam uni topaman. O'zing yo'l ko'rsat menga tangrim. Bek boshini changallab yerga qaradi. Biroz shu koyi turdi va ko'zi xonadagi noutbukka tushdi. Nega avvalroq hayolimga kelmadi ekana bu deya qizning ohirgi yozishmalarini o'qidi.Yoq hech qanday shubhali narsalar yo'q. U barcha umidini uzib rasmlarni ochdi. Shu onda Bekning tomog'iga bir narsa tiqildi.Rangi oqarib qo'llari titrab noutbukni qo'lidan tushurib yubordi. Axir qanday qilib. Bu bolishi mumkinmas. Nega avvalroq hayolimga kelmadi. Nega avvalroq unga e'tibor bermadim. Endi... Endi nima bo'ladi ... Endi nima qilaman.....
Saiiiid senii o'ldiramaaaaan......
Ikki kun avval...
-Sarvinoz yur biznikiga hali ertaku. Birga dars tayyorlardik.
-Yo'q Sabina iloji yo'q. Ulug'bek akadan so'ramaganman.
-Vooy boo ko'p qolmaysan ertangi mavzuga tayyorlanamiz holos yur mashina kutib qoldi Bek akangga biznikiga borganingda ham aytib qo'yaverasan..
-Mayli dugonajon sen uchun rozi bo'laman ketdik. Faqat yarim soat holos.
-Vuuy seni biram yaxshi ko'raman.
Sarvinoz Sabinaning uyini ko'rib hangu mang bo'lib qoldi.Huddi qasrni o'zginasi.
-Kelyapsanmi yur dugonajon sening mehmonxonangdek bo'lmasa ham mana shu meni koshonam.
-Ajoyib uying bor ekan.
-Sen shu yerda o'tira tur men kiyinib tushaman.
Sarvinoz atrofga alanglab hayratlanib o'tirardi.
Sabina asil ismi Sora. Esa mehmonxonaga kirdi. U yerda bir erkak turardi.
-Mana akajon baliqchangni qarmoqqa ilintirib olib keldim . endi sen ham vadangda turasan menga Bekni topshirasan.
- Beyker deya chaqirdi u..
-Shu yerdaman janob.
-Mana buni olib ket. Kallang bilan javob berasan. O'zim aytmagunimcha bir qadam ham siljimasin.
-Nimmaa deya qichqirdi Sora.
Said bu nima qilganing akajon. Ahir biz bunga kelishmagan edik. Vadangda tur.
-Sen bilan keyin gaplashamiz. Said Beykerga olib ket ishorasini qildida o'zi Sarvinozning yoniga yo'l oldi...
-Salom yaxshi qiz o'ylaymanki meni unutib yubormagansiz.
Sarvinoz Saidning kutilmagan tashrifidan dovdirab qoldi. O'tirgan joyida ortga surildi. Sabina deya chaqirdi.
-Uni chaqirma bari bekor. Chunki uning o'zi seni bu yerga yetaklab keldi.
Sarvinoz qo'lida turgan telefondan Bekka qo'ng'iroq qilmoqchi bo'ldi.
-Yoq yoq yoq aslo unday qila ko'rma. Qizning ortida turgan barzangi yigit qo'lidan telefonni tortib oldi.
-Barcha malumotlarni o'chir. Telefonni esa axlatga ot.
-Ho'p boladi shef.
-Buncha tipirchilaysan qizaloq qo'rqma. Haya o'shanda menga qanday tarsaki tushirganding mana bundaymi. Said shunday deb qizni urdi. Sarvinoz aaa deya baqirib yubordi. O'sha zahoti burnidan qon sizib chiqdi.
-Voy uzur og'ridimi. Hechqisi yo'q o'tib ketadi.
Keyin yana bir tarsaki.
Qiz tamom bo'ldi. Said uni xonaga olib chiqishlarini buyurdi....
Bari ravshan qizni Said o'g'irlagan.
Bek FBR hodimlari bilan birga turardi.
Bek u judayam havfli odam ehtiyot bo'lishimiz kerak...
Shu onda ular yonudagi telefon jiringladi....

Keyingi qismda.
Said Bekdan nimani talab qiladi...

#BLACK_STAR ๐Ÿ–ค

Dostlarga ulashing๐Ÿ™Œ๐Ÿ‘ป  

๐Ÿƒ๐ŸŒผ @Armonimsan_sevgilim ๐ŸŒผ๐Ÿƒ
Qachondir qayerdadir kimgadur albatta shunday borligimizcha yoqib qolamiz.๐Ÿ’ž

#Photo_statusโค๏ธโค๏ธโค๏ธ

๐ŸŒธ๐ŸŒธ๐ŸŒธ๐ŸŒธ๐ŸŒธ๐ŸŒธ๐ŸŒธ๐ŸŒธ๐ŸŒธ๐ŸŒธ๐ŸŒธ๐ŸŒธ๐ŸŒธ

๐ŸŒธ Eng zorlari bizdaa๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡

๐Ÿƒ๐ŸŒผ @Armonimsan_sevgilim ๐ŸŒผ๐Ÿƒ
๐ŸŒนSO'NGI ILTIMOS๐ŸŒน
๐ŸŒน24-QISM๐ŸŒน
Allo. Bek hovliqqancha go'shakni oldi.
-Oooo qadrdonim Bek....
-Qayerdasan maraz. Sarvinoz qani...
-Qizishma u men bilan.
-Qayerdasan mendan nima hohlaysan.
-Sendan menga hech narsa kerak emas. Faqat o'zing keraksan.
Shu onda politsiyadagilar qo'ng'iroq orqali Saidni manzilini aniqlamoqchi bo'lishdi.
-Anavi axmoqlaringa ayt ovora bo'lishmasin.
-Said qayerdasan men hoziroq yetib boraman.
Yomon gapdan foyda yoqligini bilgan bek iloji boricha hotirjam gapirishga urindi.
-Menga faqat Bek kerak . tushunarlimi. Agar anavi qizchangni sog' ko'rishni istasang yolg'iz o'zing men aytgan manzilga kelasan. Birorta nojo'ya harakat sezib qolgudek bolsam undan ayrilasan.
-Hop..hop.. Manzil.. Manzilni ayt...
Bek.U qurollangan bo'lishi mumkin.
-Bir o'zim boraman tushunarlimi.
-Bek..
-Boldi dedim. Hech kim bormaydi.
Bek bir o'zi mashinasiga o'tirdi. Ammo asabiylashganidan qo'llari titrab hech mashinani yurgiza olmadi. Shu onda John keldi.
-Iltimos janob bu ahvolda mashina boshqarmang..
-Faqat tezroq John.
Bek shu darajada qattiq asabiylashardiki hatto nimani o'ylashni ham bilolmayotgandi. Yo'lda ketar ekan hayoli o'zbekistondagi mexmonxonada bo'lgan voqeaga ketdi. U paytda o'zi shu yerda edi. Ammo endichi Sarvinoz yolg'iz Said bilan. U iflosdan hamma narsani kutish mumkin. Ey Ollohim uni o'zing panohingda asra.
Bir soat deganda Bek Saidning uyiga yetb keldi. U yerda yana Saidni mashinasiga o'tirib qayoqqadir ketdi. Johnni o'zi yolg'iz qoldi.
Hali qurilishi tugamagan baland bino. Kamiga havo bulut. Atrof g'ira shira qorong'uroq. Bek mashinadan tushdi. Ikki yigit hamrohligida tepaga ko'tarildi. U atrofga alanglab qizni izlardi. Nihoyat u Said o'tirgan joyga yetib keldi. U hech narsa bo'lmagandek oyog'ini chalishtirib sigareta chekib o'tirardi. Bek uni ko'rishi bilan sarvinoz qani deya tashlanmoqchi boldi. Shu onni o'zidayoq bir to'da yigitlarning to'pponchalari unga qarata to'g'irlandi.
-Eyy yigitlar bu nima qiliq ahir u bizning qadrdonimizku. Faqat salomlashishni unutib qo'ydi holos.
Bek uning nima demoqchi ekanligini tushundi. Qiz uchun o'zini bosdi. Va so"rashish uchun qo'l uzatdi. Said esa kulgancha tanish holat dedi. Keyin o'rnidan turdi lekin Bek bilan salomlashmadi. Bek chidadi indamadi.
-Mendan nima hohlaysan.
-Buni o'zing ham bilasan.
-Nima desang roziman. Faqat avval Sarvinozni ko'rishim kerak.
Sarvinoz ham shu yerda edi. Bir burchakdagi temir stulga bog'lab qo'yishgandi uni. Labini atrofi Saidning zarbidan qonagan yuzlari ishgan bir ahvolda o'tirardi..
Ey hudoyim deya iltijo qilardi u. Ulug'bek aka meni topmasinlar. Men hammasiga roziman. Said judayam hafli odam. Bitta tarsakim uchun meni nima ahvolga soldi. Ulug'bek akamlarchi. Yooq o'ylashga ham qo'rqaman. Qachon qiyin ahvolda qolsam ula yordamga kelardi. Jonini hatarga qo'yib bolsada meni qutqarardi. Bu safar unday bo'lishini aslo hohlamayman. Men uchun shuncha qayg'urganlari yetadi. U inson men uchun tushimga ham kirmagan baxtni taqdim etdi. Endi o'lsam ham armonim yo'q..
Shu on bir yigit kirdida uni qo'llarini yechdi. Turtqilagancha yetaklab tashqariga olib chiqdi. Sarvinoz u yerda turgan Bekni ko'rdiyu tanasini jon tark etgandek bo'ldi.
-Sarvinoz deya baqirib yubordi Bek ham.
-Nega keldingiz keting iltimos.
Keting bu yerdan.
Sarvinozni ahvolini ko'rgan Bek bo'kirib yuboray dedi. Qo'llari musht bo'lib tugildi. Hozir bir o'zining qo'lidan hech narsa kelmaydi. Chidashdan boshqa iloji yo'q.
Ular bir birlariga shunday termulib turishardiki sal qolsa Said ham ularga qo'shilib ko'z yosh to'kardi.
-Boldi boldi. Indamasam bu yerni ham sahnaga aylantirib yuborasanlar.
-Said uni qo'yib yubor Iltimos.
-Nima nima iltimos dedingmi qoyil. Sevgi nimalarga qodir a. Qoyil.
Bekning ahvolidan Said zavqlanib kulardi. Mayli qo'yib yuboraman faqat bir shartim bor....

Keyingi qismda.
Saidning qanday sharti bor. Bek uni bajaradimi...

#BLACK_STAR ๐Ÿ–ค

Dostlarga ulashing๐Ÿ™Œ๐Ÿ‘ป  

๐Ÿƒ๐ŸŒผ @Armonimsan_sevgilim ๐ŸŒผ๐Ÿƒ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hamma tuyg'ularimni jilovlay olaman,
Lekin "RASHK"imni emas๐Ÿปโค๏ธ๐Ÿฐ


แตแตƒโฟแตƒหกแตแตƒ แต’แต‡แต˜โฟแตƒ แต‡แต’'หกโฑโฟแต๐Ÿ‘‡
@Armonimsan_sevgilim ๐Ÿ’”
Erkakning kiyimi, ayolning naqadar ozoda ekanini koสปrsatadi. Ayolning kiyimi esa erkakning naqadar rashkli erkak ekanini koสปrsatadi.


@Armonimsan_sevgilim ๐Ÿ’œ
SO'NGI ILTIMOS
๐ŸŒน25-QISM๐ŸŒน
Ayt nima istaysan.
Said Bekni yoniga keldida tiz cho'k dedi. Saiddan bu gapni hech kim kutmagandi hatto yigitlari ham chunki Bek ular orasidagi eng mag'rur odam edi. Buni qiz ham bilardi. Shu on Sarvinozning qo'llari bo'sh bo'lsayu Saidni nimtalab tashlasa. Yoq derdi u Bekka qarab bunga majbur emassiz. Siz bunday qilmaysiz. Qizning ko'z yoshlari yuzini yuvardi. Bek atrofga qaradi. Hamma uni kuzatyapti. Qo'llari musht bo'lib tugildi. Tishlari singudek bo'lib jipslashdi. Unga mazxaraomuz qarab turgan Saidga shunday tikildiki Saidning etlari jimirlab ketdi.
-Ha Bek u to'g'ri aytyapti sen bunga majbur emassan bir qiz uchun g'ururingni sindirmasang kerak....
Bek tiz cho'kdi.....
Sarvinoz uni ko'rib hushidan ketishiga oz qoldi.
Said esa qax qax otib kuldi.Korib qoylaring hammang orzu qiladigan Bekning ahvolini. U meni qarshimda tiz cho'kib turibdi.. Bek Saidning har bir so'zini o'zidan tamom bo'layotgaandi. Ammo qiz uchun hamam narsaga tayyor.
;Esingdami Bek meni qanday kaltaklaganing... Said asta bir chetga o'tdida kostyumini yechib yenglarini shimardi. Sarvinoz hozir boladigan holatni sezib daxshtga tushdi.
Yulqinib uni ushlab turganlar qo'lidan chiqmoqchi bo'ldi. Ammo kuchi yetmadi.
Said tiz cho'kib turgan Bekning yuziga musht tushirdi. Bek bundan yonib ketdi. O'rnidan turib itning yoqasidan oldi. Shu ondayoq bir yigit to'pponchani Sarvinozga qarta to'g'irladi. Said esa yelka qisib qo'ydi. Endi u to'htamasdi tinmasdan Bekning duch kelgan yeriga tepkilardi.Bekning yuzi qonga bo'yaldi. Ikki ko'zi qizda. Sarvinoz chorasiz edi. Shuncha narsani ko'rib turib hech narsa qila olmaslik... Bundan ortiq azob bolmasa kerak.
Yaramas Said bu bilan ham qanoatlanmadi.
Bekka biroz qarab turdida qizning yoniga bordi. Bekning qimirlashgada holi yo'q . Hamon ko'zlari qizda.
-Qo'rqsang yana ham go'zal bo'lib ketarkansan said qizga yaqin kelib yuzlaridan siladi.

-Said qo'lingni tort undan. Bek zo'rg'a gapirdi.
-Sen baribir meniki bo'lasan.
-Tegma menga iflos . sarvinoz Saidning yuziga tupurib yuborishdan arang o'zini tiydi. Bek o'rnidan turdi. Ular tomonga ikki qadam tashladi. Saidning ishorasi bilan u yana kaltaklandi. Shu onda Sirena ovozlari bila politsiya yetib keldi.
-Seni ishingmi bu Bek. Ogohlantirgandim seni ogohlantirgandim. Endi mendan shavfqat kutma. Said sarvinozga to'pponcha tirab pastga qarab yurdi.Bek ming harakat qilmasin o'rnidan turolmayotgandi.
To'xta tegma unga qoyib yubor. U tinmay shu so'zlarni takrorlardi. .
Pastda turgan FBR hodimlari esa ovoz kuchaytirgich bilan Saidga gapirishdi.
-Said Yaxshilikcha taslim bo'l . atrof qurshab olingan. Qochishni yana biron narsa qilishni hayolingayam keltirma. Said dovdirab qoldi va oyogi ostidagi toshga qoqilib yiqildi Bundan foydalanib qolgan qiz uning qolidan chiqib yugurdi.
Zum o'tmay Said o'zini o'ngladi va qichqirdi. Tooohta otaman.
Sarvinoz to'xtadi. Hatto ortiga qarashgada qo'rqdi. Atrof to'la politsiya. Hozirgi qaltis vaziyatda ular hech narsa qilisha olmasdi.
Endi menga farqi yo'q baribir qamoqqa ketaman. Buning uchun biror arzigulik ish qilishim kerak.
-Esingni yig' Said. Qurolni tashLa.
-Men uni o'ldiraman va Bekka bo'lgan adovatim tugaydi. Bu gaplarni eshitgan Bekka jon kirgandek boldi. Bor kuchini to'plab qizning oldiga borishga harakat qildi. Said Bekka etibor bermasdan tepkini bosdi. Qizning chinqirgan ovozidan so'ng u ham Bek ham yerga quladi...
Saidni qo'lga olishdi . yigitlarini ham. Uning borar manzili endi aniq edi.

Keyingi qismda.
O'q kimga tegdi ...

#BLACK_STAR ๐Ÿ–ค

Dostlarga ulashing๐Ÿ™Œ๐Ÿ‘ป  

๐Ÿƒ๐ŸŒผ @Armonimsan_sevgilim ๐ŸŒผ๐Ÿƒ
๐Ÿ˜๐Ÿ˜๐Ÿฅฐ๐Ÿฅฐ๐Ÿฅฐ๐Ÿฅฐ๐Ÿฅฐ


Yuragimdasan โœจ๐Ÿ•Š
#Assalomu_alaykum
#Xayrli_tong ๐ŸŒค qadrdonlarim๐Ÿ˜Š

Sahar vaqti bizni eng goโ€˜zal onlarimiz boshlanishi... ๐ŸŒบ๐ŸŒบ๐ŸŒบ
Dilga yaqinlarim๐Ÿค—๐Ÿ˜๐ŸŒธ
Tongni ezgu
#niyatlar ila, #ibodat ila birga qarshi olaylik!๐ŸŒน๐ŸŒน๐Ÿ’ซ๐Ÿ’ซ๐Ÿ’ซ
Ushbu damni nasib etmish mehribon
#Allohga hamdlar aytaylik...๐Ÿ™


@Armonimsan_sevgilimโœจโœจ
๐Ÿ‚Bir - biringizni ehtiyot qiling,
seving, tushuning!
Doimo kechiring...
Va bir-biringizni hamisha qadrlang.
Hayot ortga qaytmaydi, hech qachon...๐Ÿ‚


Do'stlarga ulashing๐Ÿ‘‡

@Armonimsan_sevgilim ๐Ÿ’”
๐ŸŒนSO'NGI ILTIMOS๐ŸŒน
๐ŸŒน26-QISM๐ŸŒน
Ulug'bek akaaaa. Sarvinoz chinqirib yubordi. Ha Bek yana bir bor qizning hayotini saqlab qolgandi. O'z joni evaziga bo'lsada...
Tez yordam mashinasi yetib keldi. Shifokorlarning xonim siz qoling deyishiga qaramay Sarvinoz ham Bekning yoniga chiqdi. Shifokorlar zudlik bilan unga kislorod balonini ulashdi.
-Juda ko'p qon yo'qotyapti. Bunaqada bemorni yo'qotamiz.
-O'q asosiy qon tomiriga tekkanga o'xshaydi. Bu esa yaxshilik alomati emas.
Sarvinoz qotib qoldi. Qarshisida qonga belanib yotgan Bekka qaragancha miyasi to'xtab qoldi.
Shifoxonaga yetib kelishgach uni zudlik bilan operatsiya xonasiga olib kirib ketishdi. John va Mariya ham yetib keldi.
-Meni deb boldi. Men qildim. Men qildim. Men... Sarvinoz telbavor ahvolga tushib qolgandi. Tinmay titragancha shu so'zlarni qaytarardi.
Hamshira kelib unga keling jarohatlaringizni korib qo'yaman degandi baqirib yubordi. Menga hech qanday yordam kerakmas. Keting keting.
Uni yoniga John keldi. Xonim ahvolingiz yaxshimas. Yuring mana bu yerga o'tiring.
-Yoq hohlamayman yoq. Ichkarida men tufayli bir inson jon talashib yotibdi. Men qanday o'tiraman.
Mariya tinchlanib ol deya unga suv ichirdi. 5 soat o'tdi. Bekdan hamon darak yo'q. Bu vaqt orasida Sarvinoz 10 yilga qarigandek bo'ldi. Va nihoyat doktor chiqdi. Barchasi uni oldiga yugurdi.
-Nima gap doktor ahvoli yaxshimi.
-Nima desam ekan bemorda klinik o'lim holati qayd etildi.
-Nima.. Yoq nega ..
Sarvinoz o'zini yo'qotib qo'ydi.
-Bu hali hammasi emas og'ir tin oldi doktor.
-Agar ikki soat ichida biron natija sezilmasa bemorni yo'qotamiz ....
Doktor ketdi.
Qiz yerga o'tirib qoldi.
Xonim szga nima bo'ldi. John uni turgizishga urindi..
-Men aybdorman...Agar ularga nimadir bo'lsa men bu yerda bir soniya ham yasholmayman.
Yoniga kirishim mumkinmi hamshiradan umid bilan soradi u.
-Afsuski bu imkonsiz. Mumkin emas.
-Yooq Ulug'bek aka. Bunday bo'lishi kerakmas. U shifoxona bo'ylab huddi birov sudragandek aylanardi. Siz... Taslim bo'lmaysiz. Bu sinovni ham yengib o'tasiz. Ahir har doim yoningdaman qo'rqma derdingizku. Iltimos men bilan qoling meni tark etmang. Sizga bo'lgan hali oshkor qilishga ham ulgurmagan sevgim hurmati men bilan qoling. Shu yerda birga baxtli damlarimizni davom ettiramiz. Faqat siz kuchli bo'ling....
Shu onda Sarvinoz najot farishtasini topgandek boldi. Shifoxonada musulmonlar uchun alohida xona ajratilgandi. Qiz u yerni ko'rdiyu tanasiga jon qaytgAndek bo'ldi. Barcha amallarni bajarib u yerga kirdi namoz o'qiy boshladi.
Ollohim o'zing bariga guvohsan. Bir notanish inson menga shuncha yaxshilikni qildi. Har doim meni saqlab keldi. Qiyin vaziyatga tushganimda yonimda bo'ldi. Yaqinlarimdan ko'rmagan mehrni mubabbAtni berdi. Uning bu ahvolga tushishiga ham men sababchiman. Meni jonimni asrash uchun o'z jonidan voz kechishni afzal bildi. Ey yaratgan egam ularni asra. Mendan tortib olma...
Bu yoqda shifokorlar sarosimaga tushib qolishdi.
-Bemorni yo'qotyapmiz. Yurak urishi sustlashdi. Puls judayam past...
Bekning yumiq ko'zlaridan yosh sizib chiqdi.
Bo'ldi uni qiynamanglar bemorni yo'qotdik. Doktor shu gaplarni aytib chiqib ketdi,
John ko'zida yosh bilan Qizning oldiga keldi.
-Xonim o'zingizni qo'lga oling janob Bek..
-Yoq gapirmang iltimos. Eshitishni hohlamayman. Ular yaxshilar hozir keladilar..
John qizni yelkalaridan ushlab Janob Bek ... Ular ....o'ldi... Deb aytdi.
Sarvinoz jilmaygan ko'yi yerga yiqildi. Hushini yo'qotdi.....


Davomi bor...๐Ÿ˜”๐Ÿ˜”๐Ÿ˜”

#BLACK_STAR ๐Ÿ–ค

Dostlarga ulashing๐Ÿ™Œ๐Ÿ‘ป  

๐Ÿƒ๐ŸŒผ @Armonimsan_sevgilim ๐ŸŒผ๐Ÿƒ
Masofalar uzoq bo'lsa-da duolarda uchrashadigan yuraklar bordir๐Ÿซ€๐Ÿ’•


Yuragimdasan โœจ๐Ÿ•Š