MENI UCHRATGUNCHA
Meni uchratguncha
Mendan oldinroq,
Kimdur bo'lganmidi sening yoningda?
Hayolim o'zingda deysan-u biroq-
Avval kim yashagan fikr-u yodingda...
Meni uchratguncha,
Mendan oldinroq,
Kimdur tutkanmidi nozik qo'lingni?
Mushtoq-zor bo'lib qalbida titroq-
Kutganmidi har kun kelar yo'lingni...
Meni uchratguncha,
Mendan oldinroq,
Kimgadur tavoze aylaganmiding?
Latif ishqi bo'lib qalbingga chiroq-
O'zingga yor etib saylaganmiding...
Meni uchratguncha,
Mendan oldinroq,
Muhabbat sharobin totkanmiding,
ayt?
Kimnidur sog'inib mendan-da ko'proq-
Tunlar g'am-g'ussaga botkanmiding,
ayt...
Meni uchratguncha,
Mendan oldinroq,
Dilda ishq baxoring gul ochganmidi?
Baxting osmonida quyoshdek porloq-
Taftida yondirib nur sochganmidi...
"Meni uchratguncha" -
Og'riqli nechun,
Yo'q, buni o'ylashga qo'rqaman hayhot...
Axir chorak asr yashab, men uchun,
Seni uchratib so'ng boshlangan hayot...
Haqiqiy hayot...
Meni uchratguncha,
Mendan oldinroq...
Meni uchratguncha
Mendan oldinroq,
Kimdur bo'lganmidi sening yoningda?
Hayolim o'zingda deysan-u biroq-
Avval kim yashagan fikr-u yodingda...
Meni uchratguncha,
Mendan oldinroq,
Kimdur tutkanmidi nozik qo'lingni?
Mushtoq-zor bo'lib qalbida titroq-
Kutganmidi har kun kelar yo'lingni...
Meni uchratguncha,
Mendan oldinroq,
Kimgadur tavoze aylaganmiding?
Latif ishqi bo'lib qalbingga chiroq-
O'zingga yor etib saylaganmiding...
Meni uchratguncha,
Mendan oldinroq,
Muhabbat sharobin totkanmiding,
ayt?
Kimnidur sog'inib mendan-da ko'proq-
Tunlar g'am-g'ussaga botkanmiding,
ayt...
Meni uchratguncha,
Mendan oldinroq,
Dilda ishq baxoring gul ochganmidi?
Baxting osmonida quyoshdek porloq-
Taftida yondirib nur sochganmidi...
"Meni uchratguncha" -
Og'riqli nechun,
Yo'q, buni o'ylashga qo'rqaman hayhot...
Axir chorak asr yashab, men uchun,
Seni uchratib so'ng boshlangan hayot...
Haqiqiy hayot...
Meni uchratguncha,
Mendan oldinroq...