Uzum

Donalarim marjoncha,
Bir boshim-naqd bir jomcha. Quritsangiz mayizman, Dasturxonga fayzman.
Kuzda yeb-yeb to'yishar,
Qishga osib qo'yishar.
Boqar shod-yosh qarilar,
Maqtar hatto arilar!

Anvar Obidjon

Tayyorlovchi 25-maktab o'quvchisi A.Mohira.

@Anvar_Obidjon
FOKUSCHILIК
Hayratlidir pulni yirtish,
yana but qilish,
Shlyapada gul undirmoq
juda nozik ish.
Yog‘och hassa tirik ilon
bo‘lgan mahali,
Muxlislarning jo'shib zavqi,
degaylar: «Balli!»
Chiqsa o'rdak qanot qoqib
bo‘m-bo‘sh narsadan,
Sirk maydoni olqishlardan
kelar larzaga...
Lek odamlar bir narsani
"bu fokus", demas.
Erga tegmay bola tug'ish —
bu fokus emas.

Anvar Obidjon
@Anvar_Obidjon
TUSHUNMOVCHILIK

Tashlab barcha ishlarim,
Kitob o'qish boshladim.

Sotib olib o'qidim,
Yotib olib o'qidim.

Koptok bir chetda qolib,
O'qidim pinak olib.

Dadam ahvolim ko'rib
Do'q urdi ko'ngli to'lib:

"Ayniydi miyang axir!"
Zo'r kaltak yedim oxir

Vaqt o'tdi xuddi mendek,
Ukam ham kaltak yerdi.

Uni so'kardi dadam:
"O'qi ,bo'lasan odam!"

Charos Rahimqulova

@Anvar_Obidjon
* * *
Kecha qattiq jerkidim
Sezdim:
Iching og'ridi.
Bugun poylab yo'lingni
Ikki ko'zim horidi.
Axir chiqsang bo'lmasmi
Mushugingni qoldirib?
Xum boshini ko'ksingga
Ishqar,rashkim yondirib.
Ulgur Moshni bilaman
Tug'ma shilqim,qichiqtan.
Bir kun mendan aynisang,
Gumonim shu mushukdan.

@Anvar_Obidjon
Forwarded from 𝐌𝐔𝐒𝐎𝐅𝐎𝐓🍃🖋 | Расмий канал (Rayimov Humoyun)
​​#Elon

بسم الله الرحمن الرحيم

Assalamu alaykum va rohmatullohu va barokaatuh. Bir musulmon birodarimizni onalarini mazalari bo'lmay qolibdi. Operatsiya uchun ozroq mablag' yetmayapti ekan.
Agar qodir bo'lsangiz yordam bering. Ramazon oyida ajr-u savob qilish niyatingiz bòlsa yoki ushbu niyatda bòlgan tanishlaringiz bòlsa, qarab turmaylik òzimiz tengi birodarimizga yordam beraylik, zero hech birimiz uning holatiga tushmaylik🤲..

Humo: 9860 0303 2414 7807
Shahnoza Iskandarova

“Ehsonning mukofoti faqat ehsondir”

[Rohman surasi : 60 - oyat


Kanali bor birodarlarimiz ushbu elonni tarqatib bo’lsada yordam qiling...

فَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ

Bas, kim zarra og’irlikda yaxshilik qilsa ham ko’radir.

[99:7]
* * *

Bu itlarni,Begoyim!
G'ajiydigan shashtim bor.
Olaparga o'chkorman,
Qoplondayam qasdim bor.

Rashkim kelar,goh ular -
Qo'lingizni yalashsa...
Nahot endi Sizni men
Itlar bilan talashsam?!

@Anvar_Obidjon
#parcha

"Bola bo'lib qolishni istasang,bola qalbi bilan yashashni istasang,yomon odamlarni multfilm qahramonlariga qiyosla! Negaki..."

Charos Rahimqulova "Men ikkiga kirguncha"

@Anvar_Obidjon
G'oliblarimizni vaqtida taqdirlay olmaganim uchun uzr so'rayman! Barcha qatnashchilarga rahmat! Bolalar adabiyotining gullab- yashnashiga o'z hissangizni qo'shing!

@Anvar_Obidjon
O‘z tinchimni o'ylayman
Endi Sizni suymasdan.
Tunlar to'yib uxlayman
Hajringizda kuymasdan.
Faqat Siz ham bir kuni
Ishq dardiga chalinmang.
Buzib yana uyqumni,
Tushlarimda yalinmang.
1980

Anvar Obidjon
@Anvar_Obidjon
Расул Ҳамзатов

* * *

Хотинига атаб шеър ёзар шоир:
“Сен менинг чироғим, юлдузим, шуълам.
Сен ёнимда бўлсанг, ҳаёт шириндир,
Йўқ бўлсанг, дилимга тўлар аччиқ ғам”.

Мана, остонада бўлади ҳозир
Шеърда мадҳ этилган юлдуз – парирўй.
“Эҳ, яна сенмисан, – қичқирар шоир, –
Худо ҳаққи, бирпас ишлагани қўй!”

@sheriylahzalar
@Anvar_Obidjon
Kim qaysi multfilmni sevib ko'rgan va hozir ham ko'radi! Rasmlarini ulashsangizlar,biiir bolaligimizni eslaylik!!!

@Anvar_Obidjon
Yangi tanlov shartlarini e'lon qilsak:

Unga ko'ra siz Ustoz Anvar Obidjonning she'rlarini o'zingiz o'qib,uni videoga olishingiz va bizga yuborishingiz lozim bo'ladi.Video sifatli,20 mbdan oshmagan va she'r ifodali o'qilgan bo'lishi lozim.

Videoning sifati uchun-10 ball
Ifodali o'qilgani uchun-10 ball
Hajmi-10 ball
Eng ko'p layk bosilgan ishtirokchilarga 10 ball qo'shib beriladi🤩

G'oliblarga eng yaxshi sovg'a kitoblar yuboriladi.Sizdan faollikni kutib qolamiz!😃

Tanlov 10-mayga qadar davom etadi! Tanlovga ishlar @Sherlarolamii_bot orqali qabul qilinadi

@Anvar_Obidjon
Durustgina qizsiz aslida,
Behudaga qilmaysiz araz.
Achomlaysiz yonib, beg'araz,
Chiroyingiz hurlar naslidan.

Biroq Sizdan ko'nglim sal xijil,
Mehrimga chang solar bir shubha:
Siz dilkash-u dilovarsiz, ha...
Va barchaga saxiysiz bir xil.
1973

Anvar Obidjon


@Anvar_Obidjon
#bolalaradabiyoti
Qog'irchog'im

Ertak aytib onasi,
Uxlatardi qizini.
Ammo bugun Barnoxon,
Hech yummaydi ko'zini.

-Qara qizim o'n boldi,
Dam olgin ko'z munchog'im.
-Oyijon mendan oldin,
Uxlasin qog'irchog'im.

TOSHPO'LATOVA MUXLISA

@Anvar_Obidjon
Kimsan?
Ollohning yerdagi omonati.
Qayerda tug ‘ilgansan?
Dadam ko‘milgan joyda.
Ma’lumoting?
О ‘rta — Navoiy xon.
Kasbing?
O'zbekchilik.
Taqdirlanganmisan?
Egam beshta o‘g ‘il bergan.
Jazolaring bormi?
She’rlar yozganman.
Eng tayangan do‘sting?
Tamaki.
Eng qabih dushmaning?
Kasallik.
Sog‘lik o‘zi nima?
Intizomsizlik.
Nimadan huzurlanasan?
Ko‘ngil ovlashdan.
Nimadan qo‘rqasan?
Bolamga isnod keltirishdan.
Nima bemaza?
Vatansizlik.
Nima shirin?
Qutulish.
Hayotning ma’nosi?
Majburiylik.
O'limning ma’nosi?
Joy bo'shatmoq.



Eng to ‘kis tarjimayi holing?
Keldim. Yozdim. Ketdim.
1990

@Anvar_Obidjon
Bilasan-ku, vaqtim ziq,
Bor, ko‘chaga o‘zing chiq,
Yangi do'stlar top, she’rim...
2004

Anvar Obidjon
@Anvar_Obidjon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ishtirokchi_1
Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani 4-maktab 6-sinf o‘quvchisi Allanazarova Yulduz

@Anvar_Obidjon