''Ansoriyya''
3.14K subscribers
112 photos
119 videos
1 file
56 links
📚Қуръон ва Тажвид илмлари 📍
#Аёллар ва қизлар учун Қуръон ёдлаш мадрасаси🏫🧕🏼
#Қуръон ёдлаш 📗
#Тажвид илмлари📔
#Араб тили дарслари🇸🇦📕
#Сийрат 📙
#Ахлоқ📘

Murojaat uchun : @sumayya_fatih
Download Telegram
Assalomu alaykum va rohmatulloh va barokatuh Azizlarim !

"Ansoriyya" madrasasi Ramazon oyi uchun yangi loyiha boshladi.

" An_Nur "Loyihasi

Bu Ramazon oyiga bağishlangan loyiha.
Bu loyihada ......
1.Mustaqil Qurʼon óqiy olmaydigan óquvchilar ustozalar yordamida xatim qilishadi .

2.Ramazon oyi kirishidan 15kun oldin " Róza ahkomlari" darsliklari qóyiladi.

3. İnshaAlloh ramazondan katta foyda bilan kamida 2.3 marotaba xatim bilan chiqishadi.

4.Bu loyiha faqat ayol qizlar uchun.

5.Bu loyiha faqat Quron óqiy oladigan Tolibalar uchun.

6. Bu loyihada tolibani Qurondagı darajasi muhim emas.

7 . Quronga tushgan bólishi shart.

8. Vaxt ajrata olgan Tolibalar uchun

Eslatma!!!

Bu loyiha mutlaqo BEPUL ❗️❗️❗️❗️
Murojaat uchun :@sumayya_fatih


Qabulning sóngi kuni .24.02.24 kunga qadar.


Tolibalar soni: 100ta

Dars vaxtlari : 24/7
👍11🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1
Bu hammasi An_Nur loyihasida bõladi va mutlaqo bepul .

Davomiligi 1 oy
12👍2
#Qurondan_maktub✉️

وَهُوَ مَعَكُمْ أَيْنَ مَا كُنتُمْ

U qayerda boʻlsangiz ham siz bilan birgadir

57:4
🥰102❤‍🔥1🕊1
👍9🥰4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1
Assalomu alaykum va rohmatulloh va barokatuh hurmatli obunachilar İnshaAllah Ramazon loyihasi uchun qabul vaqtidan oldin toʻxtatiladi.Sababi eʼlonda koʻrsatilgan raqamlar toʻldi. 🥰
🥰7😍2
Channel photo updated
☁️☁️☁️ OYI KELMOQDA 🌙

Alloh taolo Aziz Kitobida

شَهْرُ رَمَضَانَ ٱلَّذِىٓ أُنزِلَ فِيهِ ٱلْقُرْءَانُ هُدًى لِّلنَّاسِ وَبَيِّنَٰتٍ مِّنَ ٱلْهُدَىٰ وَٱلْفُرْقَانِ ۚ

“Ramazon oyiki, unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq bayonotlar bo‘lib, Qurʼon tushirilgandir” deya zikr qilgani sevikligimiz Ramazonimizga taqriban 4⃣hafta qoldi⌛️



📎Eng avval Kalomulloh bilan hozirgi munosabatingizni tahlil qiling. Bu bir necha bosqichda boʻladi:

☁️umuman harf tanimasangiz boshlashga qachon kirishmoqchisiz?
☁️boshlagan boʻlsangiz vazifalarga munosabatingiz qanday?
☁️tajvidni bilsangiz kunlik virdlaringizga e’tiborlimisiz?
☁️kun tartibingizda “Tadabbur vaqti” bormi?


📎Javoblardan kelib chiqib, keyingi bosqichga oʻtamiz. 4 haftada Qur’on bilan yana-da yaqinlashish uchun nima qilolasiz?


Qur’onning kishilar ustida 5 haqi bor:

1⃣– uni tilovat qilish. Alloh taolo Qur’onda marhamat qiladi:

وَقَالَ ٱلرَّسُولُ يَٰرَبِّ إِنَّ قَوْمِى ٱتَّخَذُوا۟ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانَ مَهْجُورًا 

Va Payg‘ambar: “Ey Robbim, albatta, mening qavmim ushbu Qurʼonni tark etdilar”, dedi. (Furqon, 30)

Ba’zi mufassirlar bu oyatga koʻra Qur’onni hijr qilganlardan boʻlmaslik uchun minimum har 40kunda xatm qilishni lozim, deganlar

☁️ Alloh ta’olo bizni toqatimizdan ortigʻiga buyurmaydi, bizdan harakat talab qilingan, unga koʻra natija olishimiz U Zotning izmida


2⃣– uni eshitish. Qurʼon eshitgan kishida tadabbur imkoni koʻpayadi, bu orqali esa ko‘proq manfaat va buyuk ajr hosil bo‘ladi. Zotan bu Kitob tadabbur qilishimiz uchun nozil qilingan. Va hamda u kishi Alloh azza va jallaning:

وَإِذا قُرِئَ القُرآنُ فَاستَمِعوا لَهُ وَأَنصِتوا لَعَلَّكُم تُرحَمونَ

“Qurʼon tilovat qilganda uni tinglanglar va jim turinglar, shoyad, rahmatga erishsangiz”, (A’rof, 204) degan so‘zini amalga oshira oladi.

Albatta Qur’ondan kunlik oʻqish miqdoridan tashqari, eshitish uchun ham alohida vaqt ajrating!


3⃣– uni hifz qilish. Namozga kifoya qiladigan darajada yod olish farzi ‘ayn, hofizi Qur’on boʻlishga intilish farzi kifoya. Bu ustunni mustahkamlashda Sizga Qur’on hifz etuvchilarga Alloh huzurida tayyorlangan koʻz quvonchlari, beriluvchi ajr-mukofotlar, hofizlarning darojatlari haqida izlanish shijoat beradi 👑


4⃣– tadabbur 5⃣– amal. Bu ikki juftlik doim birga: tadabbursiz amal boʻlmaydi, amalga undamaydigan tadabbur esa tadabbur hisoblanmaydi. Alloh taolo marhamat qiladi:

أَفَلا يَتَدَبَّرونَ القُرآنَ أَم عَلى قُلوبٍ أَقفالُها

“Qurʼonni tadabbur ila o‘ylab ko‘rmaydilarmi? Yoki qalblarda qulflar bormi?” (Muhammad, 24)

Muhammad ibn Husayn aytadi: “Kimki U Zotning Kalomini tadabbur qilsa, Robb azza va jallani taniydi, Uning kuch-qudratining buyukligini, mo‘minlarga bo‘lgan fazlining ulkanligini anglab yetadi va ayni vaqtda o‘zining zimmasidagi U Zot farz qilgan ibodatlarni bilib oladi. Natijada o‘ziga lozim bo‘lgan narsalarni mahkam tutadi, Karamli Mavlosi qaytargan narsalardan saqlanadi va U Zot targ‘ib qilgan narsalarga intiladi.
Kimning Qurʼon eshitishda va tinglashdagi sifati mana shundoq bo‘lsa, Qurʼon unga shifo bo‘ladi. Bas, u mol-dunyosiz boy bo‘ladi, qarindosh-urug‘siz aziz bo‘ladi, boshqalar qo‘rqadigan narsalar unga do‘st bo‘ladi.”


Xoʻsh, Siz bu 5 haqning rioyasini qanday tutyapsiz Qaysi haqdan koʻnglingiz toʻq, qay birida oqsayapsiz

Bularga javob berish qoʻlingizdagi muddatda qaysi ustunni mustahkamlash Qur’onga yana-da bogʻlanishingizga hissa qoʻshishini aniqlashga yordam beradi☑️


💌 Sizda 1⃣ ☁️☁️ bor: HOZIR BOSHLANG

https://t.me/Ansoriyyamadrasasi
❤‍🔥7👍2
Hayrli tun 🥰
🥰10👍2
🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰 kun sanayotganlar bormi ?
🥰37👍3❤‍🔥21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1
Kuningizni istigʻfor va zikr aytish bilan boshlang !


https://t.me/Ansoriyyamadrasasi
🥰9🤗2