Android Kitoblar
1 subscriber
1 file
39 links
Android kitoblar olami!





Creator: @sumAdmin
Download Telegram
​​📕 "English-Uzbek dictionary"
🖇 Inglizcha-O'zbekcha lug'at dasturi

📚 Android kitoblar
​​📕 "Amir Temur o'gitlari"

📚 Android kitoblar
​​📕 "Xans Kristian Andersen ertaklari"

📚 Android kitoblar
​​📗 "Pakananing oshiq ko'ngli"
👤 Erkin Azam

Hamma balo shundaki, u oʻzi haqida boshqacha fikrda edi. Oʻzini barvastayu basavlat deb bilmasa-da, harqalay, xiylagina ulugʻvor hisoblardi. (Koʻnglida, albatta.) Yurganda jussaeiga yarasha pildirabgina yurmay, salmoq bilan, butini yirtgudek yirik-yirik qadam tashlar, gapirganda mavrid-bemavrid soʻlish olib, salmoq bilan, ta’sirchanlikka intilibmi yoki diqqatni tortish uchunmi, xuddi maxfiy bir sinoatni ochayotgandek pichirlab gapirar edi.
Bari befoyda! U pak-pakana edi. Oʻzini salobatli tutishiyu salmoq bilan odim otishi bir pul: goʻyo yosh bola kattalarga taqlid qilgandek kulgili, bachkana chiqardi. Tovushini ne maqomga solmasin, natija oʻsha-oʻsha — baayni chala puflangan surnay.
Lekin — koʻngli!.. E, bu bir boshqa dunyo ekan. Koʻngil — podsho. Koʻngil — xazina. Koʻngil— balo.


📚 Android kitoblar
​​📕 "Dunyo Siyosat Jamiyat" (7)

Ushbu qo'llanma-ma'lumotnoma yoshlarning ommabop va muxtasar bilimlarga ega bo'lishlariga xizmat qiladi. Qo'llanma o'qituvchilar, talabalar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari, abituriyentlar, turli kasb egalari va barcha ilmga qiziquvchilarga mo'ljallangan.

📚 Android kitoblar
​​📕 "Rus xalq ertaklari"

📚 Android kitoblar
​​📕 "Leonardo Da Vinchi hikoyalari"

📚 Android kitoblar
​​📕 "Sevgi bu hayot" (she'riy to'plam)

📚 Android kitoblar
​​📕 "Islomdan savol-javob"

📚 Android kitoblar
​​📕 "Ismlar ma'nosi"
🖇 O'zbek ismlarining ma'nosi

Ilovada 14 mingdan ortiq ismlar va ularning ma'nolari bilan tanishasiz.
Yangi tug’ilgan mo’jazgina chaqaloqchamizga nima deb ism qo’yishda ba’zan kattalardan maslahat so’rasak, ba’zan yaqin tanishlarimizning, o’zimiz yoqtirgan insonlarning ismini eslaymiz.
Ba’zi ota-onalar farzandlariga ismni turli xil marosimlar, hodisa-voqealar, sifatlar, va hattoki siyosiy holatlarga ham atab qo’yadilar.
Qanday ism qo’yilganda ham bu ism FARZANDingizning kelajakdagi xulq-atvoriga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi.
Shu sababli unga chiroyli va munosib nom bering. Biz esa Sizga bu borada ko’maklashamiz!
Ushbu ilovada shuningdek, ismlarning ma'nolari va nima maqsad va ma'noda qo'yilishi bilan ham tanishishingiz mumkin.


📚 Android kitoblar
​​📕 "Psixologik testlar 2018"

Ushbu navbatdagi o'zbekcha dasturda Sizlar uchun Insonlar ongi va psixologiyasini anglashga undovchi psixologik testlar mujassamlashgan.
Ayollar va erkaklar yigitlar qizlar psixologiyasi.
Har bir inson o'zgacha. Har bir inson bir kitob kabi-ki, Har kitoblar turli hil. Ushbu o'zbekcha dasturda sizlarga:
- Ayollar psixologiyasi.
- Erkaklar Psixologiyasi.
- Yigitlar va qizlar psixologiyasiga oid test savollari berilgan!
Savollarga javob berib o'zingizni aslida kim ekanligingizni bilib oling.

Dastur internet rejimida ishlaydi.

📚 Android kitoblar
​​📕 "Qissalar va ibratli so'zlar"

📚 Android kitoblar
​​📕 "Yo'l harakati qoidalari 2018"

Ushbu ajoyib o'zbekcha dasturda sizlarga yo'l qoidalarini o'rganish imkoniyati bor.
Belgilar, harakatlar vositasida tuzilgan testlar sizlarga albatta ma'qul keladi degan umiddamiz!

Ushbu dastur quyidagilarni o'z ichiga oladi.
- Yo'l harakati qoidalari kitobi.
- Yo'l harakati testlari.
- Belgilar bilan testlar.

Hammasi qonunga asoslangan. Yo'l qoidalari kitobi va testlar!


📚 Android kitoblar
​​📕 "O'zbekiston tarixi sanalarda"

📚 Android kitoblar
📗 "Ingliz tilini o'ynab o'rganamiz"

Ingliz tilini o'ynab o'rganamiz dasturi ingliz tili so'zlarini o'rganishga yordam beradi. Chunki o'yin orqali o'rganilgan so'zlar hotirada tez saqlanib qoladi.
O'yin o'ynash tartibi quyidagicha:
- har safar xilma-xil 5 ta yangi ingliz so'zi chiqadi
- eng qisqa yo'l bilan siz so'zlarni terishingiz kerak
- 1 va 3 bosqichlarda 30 tadan harakat beriladi
- 3 - bosqichdan so'ng o'yin vaqtga qarab o'ynashni boshlaydi
- ingliz so'zlarini o'ng tomonida o'zingiz hohlagan 3 ta tilni ma'nosini tanlashingiz mumkin
- o'zbek lotin, o'zbek kiril va rus tillari
- sozlama bo'limidan topgan so'zlaringizni ro'yhatini bemalol ko'rishingiz mumkin.


Dastur orqali til o'rganishingizga oz bo'lsa ham hissamizni qo'shsak juda ham mamnun bo'lgan bo'lamiz.

📲 Android kitoblar
📗 "Alkimyogar"
👤 Paolo Koelo

Insonning Yerdagi umri mobaynida amalga oshiradigan ishlari nimalardan iborat? O‘z Taqdiri yo‘lidan borib, ko‘ngliga tukkan orzu-umidlarini amalga oshirishi uchun insonga eng zarur narsa nima?..
“Alkimyogar” romani mana shunday ko‘lamli, mazmunan falsafiy, mohiyatan esa oddiy insoniy muammo haqida.
Asar muallifi— hozirgi zamonning mashhur yozuvchisi braziliyalik Paulo Koelo. “Alkimyogar” Richard Baxning “Oqcharloq Jonatan” yoki “Sharpalar” asarlariga o‘xshamaydi. Ekzyuperining “Kichik Shahzoda”siga ham o‘xshash tomonlari juda kam. Biroq negadir “Alkimyogar”ni o‘qiganda beixtiyor o‘sha rivoyat-qissalar yodga tushadi. Zotan, bu asar aynan hozirgi zamon kitobxonlari uchun yozilgandek va “Alkimyogar”ning turli davlatlar arboblariyu, mashhur san’atkorlar hamda hozircha bir yuz o‘n yetti mamlakatdagi millionlab adabiyot muxlislari tomonidan sevib o‘qilishi shundan dalolatdir.


📲Android kitoblar
📗 "Muvaffaqiyat kaliti"
👤 Deyl Karnegi

U o'z zamonasi ruhshunoslarining ilmiy tajribalarini amaliy jihatdan o'rganib, jamiyatdagi o'zaro munosabatlar nazariyasini yaratgan, ixtilofsiz va muvaffaqiyatli muomala san'atini ishlab chiqqan edi. Oddiy oiladan chiqqan bu inson, yillar o'tib, shu qadar mashhurlikka erishdiki, uning nomi ostida maxsus ilmgohlar tashkil topdi. Kitoblari hozirgi kungacha ommabop sanaladigan ushbu pedagog va yozuvchini Deyl Karnegi deb atashardi. Ushbu qo'llanmada siz Karnegining muvaffaqiyatga erishish borasidagi taqdiqotlari, hayotiy fikrlari va tavsiyalari bilan tanishasiz.

️️📲 Android kitoblar
📚 Koreys Tilini O'rganamiz

Koreys tilini o'rganamiz dasturi koreys tilining boshlang'ich so'zlarini o'rganishga yordam beradi. Rangli harflarda yozilgan so'zlar hotirada tez saqlanib qoladi. Bu dastur orqali siz koreys tili harflari, sonlari, ranglar, oylar, shakllar va boshqalarni o'rganishingiz mumkin. Har bir harf va so'z uchun alohida tovush yozilgan.
Yozuv bo'limida harflarni yozuv mashqini ham bajarishingiz mumkin.
Dastur orqali til o'rganishingizga oz bo'lsa ham hissamizni qo'shsak juda ham mamnun bo'lgan bo'lamiz.


Requires Android
📌 Android 4.0 and up

📲 Android kitoblar
​​📘 "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
👤 O'tkir Hoshimov

Muallifdan:
Aziz o’quvchim! Bu kitobchani qariyb qirq yil yozdim. Bular mening Kuzatuvlarim.
O’ylarim… bir qadar armonli, bir qadar istehzoli, bir qadar tabassumli.
Xulosalarim... aslida, ularning har birini alohida asar qilsa ham bo’lardi-ku... mayli...
Men bularni uzoq o’ylab yozganman. Iltimos, Siz ham kitobni shoshilmasdan, o’ylab o’qisangiz...


📚 Android kitoblar
​​📗 "Alvido, ey Gulsari"
👤 Chingiz Aytmatov

XX asr jahon adabiyotining yirik vakillaridan bo'lgan Chingiz Aytmatovning “Alvido, ey Gulsari” nomli qissasi ham boshqa ko'plab asarlari kabi juda mashhur bo’ldi. Qissaning bosh qahramoni Tanaboy jon taslim qilayotgan oti Gulsarining boshida turib, butun o’tgan umrini yodga oladi. Bunda bir tomondan odamlardagi mehr-oqibat yo’qolib borayotgani, ikkinchi tomondan, inson va tabiat o’rtasidagi muvozanatning buzilib borayotganligi hikoya qilinadi. Ch. Aytmatovning bu qissasida ham ekologiya masalasi, tabiatni, hayvonot dunyosini asrash, avlod-avlodlarga sog’lom va asl holida yetkazish masalasi izchillik bilan qalamga olinadi.

📚 Android kitoblar