ANDIJON PEDAGOGIKA TEXNIKUMI
616 subscribers
11.9K photos
1.12K videos
23 files
2.76K links
SIZ USHBU KANALDAN KOLLEJ HAYOTIGA OID YANGILIKLARDAN XABARDOR BO'LASIZ
Download Telegram
Andijon pedagogika texnikumi “Vatan tayanchi harbiy otryadi” jamoasi Andijon davlat universiteti huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga bordilar.

Yoshlar mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyati, ularning Vatan ozodligi yo‘lidagi fidokorona kurashlari haqida boy tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Muzey ekspozitsiyalari orqali ishtirokchilarda milliy xotira, tarixiy ong va vatanparvarlik tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.

Bunday ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, tarix saboqlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating!

📱 Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram |
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi
Doimiy komissiya a'zolarining navbatdagi muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi.🤩

Ertaga bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sessiya oldidan Xalq deputatlari shahar Kengashining Doimiy komissiya a’zolari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarning axborotlari tinglandi hamda sessiyaga olib chiqiladigan qaror loyihalari bo‘yicha yakuniy xulosalar shakllantirildi.

Mazkur muhokamalar ertangi sessiyada masalalarni samarali va sifatli ko‘rib chiqishga xizmat qiladi.

📱Telegram 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga
MUROJAATNOMASIga
Xalq deputatlari Andijon shahar kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafro‘z Qurbonovaning MUNOSABATI.

So‘nggi to‘qqiz yilda, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik. Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlarini, ijtimoiy himoya kengaytirildi, qonun ustuvorligi mustahkamlandi. Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik. Buning tasdig‘ini tobora yangicha qiyofa kasb etib borayotgan shahar va qishloqlarimizda, zamonaviy korxonalar, savdo-servis maskanlari, maktab, bog‘cha va shifoxonalar, obod ko‘cha va mahallalar, transport-logistika tizimi, raqamli xizmatlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin.

Bizni kuzating!

📱 Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram |

🌐otfivandijon |
Andijon pedagogika texnikumida Yangi yil bayrami ko‘tarinki va bayramona ruhda o‘tkazildi.
     Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan
rang-barang sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar va qiziqarli ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi.
      Yil davomida o‘zining faolligi va namunali o‘qishlari bilan ajralib turgan guruh rahbarlari hamda faol, aʼlochi o‘quvchilar taqdirlandilar.
     Ushbu tadbir barcha ishtirokchilarga quvonch va iliq kayfiyat ulashib, Yangi yil shukuhi bilan unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.
     Kelayotgan yangi yil barchamizga baxt, sog‘lik va muvaffaqiyat olib kelsin! 
Andijon pedagogika texnikumida Yangi yil bayrami ko‘tarinki va bayramona ruhda tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan rang-barang sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar hamda qiziqarli ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi.

Shuningdek, yil davomida o‘zining faolligi, namunali xulqi va aʼlo darajadagi o‘qishlari bilan ajralib turgan guruh rahbarlari hamda faol, iqtidorli o‘quvchilar munosib taqdirlandilar.

Mazkur bayram tadbiri barcha ishtirokchilarga quvonch va iliq kayfiyat ulashib, Yangi yil shukuhi bilan unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.

Kelayotgan Yangi yil barchamizga sihat-salomatlik, baxt va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin!

Bizni kuzating!

📱 Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram |

🌐ktaandijon |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM