Аndijon viloyat АKM | Rasmiy kanal
1.71K subscribers
16.5K photos
1.7K videos
2.79K files
5.98K links
Z.M.Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazining telegram kanali

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://andijon.taplink.ws

Maxsus bot: @andakmbot

Manzil bot: @andtakmbot
Download Telegram
Ertaklar yaxshilikka yetaklar

Ertaklarda ahloq, mehnat, vatanparvarlik tarbiyasi asosiy o’rin tutadi. Chunki durdona asarlar bolalarni har tomonlama tarbiyalashni o’ziga qamrab olgan boy merosdir. Kutubxona ikkinchi oilam klubi doirasida shahrimizdagi 13-MTM tarbiyalanuvchilari uchun “Echki bolalari”. “Egrivoy va to’g’rivoy”, “Halol cho’pon”, “Podshohning qizi” nomli ertaklari o’qib eshittirildi. Bolalar ertaklarni maroq bilan tingladilar. Bolalarning kitobga mehrini uyg’otishda ertak qahramonlari turtki bo’ladi. Shuningdek ertak so’ngida qahramonlar haqida savol-javob o’tkazildi.

Facebook|Instagram|Web sayt|Telegram|Twitter|
📢 🟥🟥🟥 🟥🟥🟥

✔️ “Yilning eng yaxshi Axborot-kutubxona mutaxassisi – 2023” Respublika ko‘rik-tanlovi o'tkazilmoqda.

💸 Axborot-kutubxona mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirish va rivojlantirish, innovatsion faoliyati va ijodiy tashabbuslarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, mutaxassislarning ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish, kutubxonachi kasbining ijobiy imidjini shakllantirish, axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik va sog‘lom raqobatni rivojlantirish maqsadida, “Yilning eng yaxshi Axborot-kutubxona mutaxassisi-2023” Respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.

❗️ Ushbu ko‘rik-tanlovning birinchi saralash bosqichi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari mutaxasisslari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

1 - bosqich hujjatlari (Portfoliolar) 15-iyulga qadar qabul qilinadi.
Tanlovning ikkinchi, uchinchi bosqichlari joriy yilning yakuniga qadar davom etadi.

👑 Ko‘rik tanlovning Hududiy hamda Respublika bosqichi g‘oliblari Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan bir yil davomida beriladigan stipendiyalar bilan rag‘batlantiriladi.

❗️Tanlov nizomi hamda boshqa ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.👇

http://conference.natlib.uz:8081/tanlov/indexmenu.html

🔔 BARCHA AXBOROT-KUTUBXONA MUTAXASSISLARINI TANLOVDA FAOL ISHTIROK ETISHGA CHORLAYMIZ!

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📖 O'qishga tavsiya etamiz!
🌎 JAHON ADABIYOTI TURKUMIDAN

✍️ Jim Ron
📗 "Eng sara asarlar"

Aql vitaminlari. Boylik va baxtga erishishning 7 strategiyasi. Muvaffaqiyatning 5 kaliti
Natijalar va turmush darajamiz - bu harakatlarimiz oz sifatidir, biroq bularning boshida yuqorida keltirganimday, dunyoqarash, shaxsiy falsafa, hayotga munosabat va bizning faoliyatimiz turibdi. Biz oqibatni o'zgartirmoqchi bo'lsak, uning sababiga ta'sir qilishimiz kerak. Lekin ko'pchilik odamlar oqibatdan nolishadi, shikoyat qilishadi, sababni esa yo eslashmaydi, yo undan ayb qidirishmaydi.
Kitobni shunday mutolaa qilingki, uning fikrlari, g'oyalari sizni hayotingizni yaxshi tomonga o'zgartirish maqsadida ruhlantira olgin.

Siz kitobni o'qib ilgari payqamagan o'z imkoniyatlaringizni ko'ra boshlaysiz!
📖 O'qishga tavsiya etamiz!
🌎 JAHON ADABIYOTI TURKUMIDAN

✍️ Jek London
📗 "Shimol hikoyalari"

Ushbu kitobda jahon adiblari qalamiga mansub mo'jaz ijod namunalari jamlangan. Hajman kichik bo'lishiga qaramasdan, hikoyalarda katta-katta hayot haqiqatlari go'zal badiiy bo'yoqlarda aks ettirilgan.
To'plamdan joy olgan hikoyalar o'zgacha shakliy izlanishlarga qo'l urilganligi bilan e'tiborga loyiq. Ushbu kitob sevimli asarlaringizdan biri bo'lib qolishiga ishonamiz.
Kun tarixi:12.07.2023

📆 Bugun: Haftaning Chorshanba kuni

🌏 Butunjahon fuqaro aviatsiyasi bortprovodniklari kuni.
🌏 Fotograflar kuni.
🌏 Xalqaro gandbol haftaligi
🌏 Xalqaro Malala kuni
🇦🇺 Avstraliya - Aborigenlar kuni.
🇩🇰 Daniya - Fyord kuni.
🇮🇷 Eron - Hijob va poklik kuni.
🇰🇮 Kiribati - Mustaqillik kuni.
🇲🇽 Meksika - Advokatlar kuni.
🇸🇹 San-Tome va Prinsipi - Mustaqillik kuni.
🇬🇬 Shimoliy Irlandiya - Oranjistlar kuni.

Tarixiy voqealar:

🏘 1590 - Saratov shahri tashkil etildi.
📔 1679 - Ingliz qiroli Karl II fuqarolarning sud huquqlarini kafolatlovchi hujjat chiqardi.
🎖 1862 - AQShning eng yuqori harbiy mukofoti - "Shon-sharaf medali" ta'sis etildi.
🤝 1920 - Litva va RSFSR o'rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi.
🏆 1998 - Fransiya futbol jamoasi finalda Braziliyani mag'lub etib, birinchi marta futbol bo'yicha jahon chempioni bo'ldi.

🎉 Bugun tug'ilganlar:

🧪 1813 - Klod Bernard (1878) - Fransuz fiziologi, endokrinologiya asoschisi.
✒️ 1878 - Abdulla Avloniy (1934) - XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi.
🖋 1886 - Abdurauf Fitrat (1938) - oʻzbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va shoir, zamonaviy oʻzbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri, Oʻrta Osiyo jadidchiligining taniqli vakillaridan biri, birinchi oʻzbek professori (1926).
💯 1916 - Lyudmila Pavlichenko (1964) - Dunyo tarixidagi eng muvaffaqiyatli mergan ayol, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
🧑🔬 1928 - Elayas Kori - amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1990).
#Inson_huquqlari


Axborot-kutubxona markazi
huquqiy axborotlar sektori

BILASIZMI?

Savol : Oliy o’quv yurtlarida o’qishni ko’chirish pullikmi?

Javob . Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-son qaroriga muvofiq 1- ilova “Oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish to’g’risida” gi nizomiga asosan, o’quv fanlaridagi farqlarni topshirish ushbu fanlarni qayta o’zlashtirish hisoblanadi.Imtihonlar oliy o’quv yurti tomonidan pullik o’tkazilishi mumkin.Hozirda oily o’quv yurtlari o’zini o’zi moliyalashtirish tizimiga o’tkazilgan.


Manba : //Adolat ko’zgusi. – 2023. – 9 mart
#tavsiya Yangi oila qurilar ekan, zaruratbop ashyolardan muzlatkich, kir yuvish mashinasi bilan birga xonadonga chog’roqqina kitob javoni ham kirishi kerak. Kattaroq hadya olmoqchi bo’lganlar buni bilib qo’ygani yaxshi. Odamlar orasida buni targ’ib qilishimiz va uyda kitob javoni yo’qligini yon-atrofimizdagilarga ulkan yo’qotish sifatida singdirishimiz kerak.

«O’qi» kitobidan
“Mahoratli aktyor va teleboshlovchi”

O’zbek san’ati dovrug’ini olamga yoygan mashhur Zokirovlar sulolasining taniqli vakili Jamshid Zokirov agar hayot bo’lganida 75-yoshni qarshi olgan bo’lar edi. Teatr va kino aktyori, teleboshlovchi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, “Ilhom” mukofoti sovrindori J. Zokirov Milliy akademik teatr, Rus akademik drama teatri sahnasida va kinofilьmlarda bir-biridan ajoyib esda qolarli obrazlar yaratgan. Ulardan “Kelinlar qo’zg’oloni” filьmdagi Hakimjon, “Shaytanat”dagi vinzavod direktori Sharif Namozov, “Osmondagi bolalar”dagi Lolaning dadasi kabi rollari bilan tomoshabinlar qalbidan o’rin olgan.
Taniqli san’atkor, kamtar inson bo’lgan J. Zokirovning 75 yilligi munosabati bilan markazda “Mahoratli aktyor va teleboshlovchi” mavzusida suhbat o’tkazildi. Suhbatda aktyorning oilasi, hayot va ijod yo’li haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim qilindi. Suhbat kitobxonlarda katta qiziqish uyg’otdi.

Facebook|Instagram|Web sayt|Telegram|Twitter|
12- iyul — maʼrifatparvar adib Abdulla Avloniy tug'ilgan kun

Abdulla Avloniy - buyuk shoir, yozuvchi, dramaturg, pedagog, jurnalist va xalq arbobi, o‘zbek madaniyati va adabiyotining asoschilaridan biri. U o‘zbek pedagogikasi, dramaturgiyasi, milliy teatri, jurnalistikasi, bolalar adabiyotini yangi darajaga olib chiqqan.

15 yoshidan Abdulla Avloniyning she’rlari yozma manbalarda chopila boshlagan. 1904 yil Avloniy jadidlar boshqaruvchilaridan biri bo‘lgan va jadidchilik maktabini ochgan, 1909 yil “Jamiyati hayriya” tashkilotini yaratadi. 1905-1917 yillar o‘z nashrlari bilan bosma manbalarda faol qatnashadi, “o‘zgarish urug‘lari”ni eka boshlaydi.
1907 yil Avloniy “Shuhrat” gazetasini ochadi. O‘qishdan so‘ng pedagogika bilan shug‘ullanadi, yangi o‘quv tizimiga asos soladi va Sharq hamda G‘arb tillarini o‘qitish taklifini beradi.

1909 yil u jadidchilik uslubidagi maktabni ochadi. Behbudiy bilan birgalikda u “Turon” truppasiga asos solishadi va “Padarkush” piesasini sahnalashtirishadi. 1917 yil revolyutsiyadan so‘ng “Yashasin xalk jumxuriyati” shiori bilan “Turon” gazetasini nashrdan chiqara boshlaydi.

Afg‘oniston xalq ta’limi vaziri bo‘lib ishlagan, Sovet Ittifoqining Afg‘onistondagi elchi-konsuli bo‘lgan. U O‘rta Osiyo universitetida dars bergan va kitoblar yozgan.

Ilmiy ishlari (bolalar uchun darsliklar):
▪️“Birinchi muallim”,
▪️“Ikkinchi muallim”,
▪️“Tarix”,
▪️“Turkiy Guliston yohud ahloq”.

Pyesalari:
▪️“To‘y”,
▪️“Qurultoy”,
▪️“Layli va Majnun”,
▪️“Ikki muhabbat”,
▪️“Advokatlik osonmi?”,
▪️“O‘liklar”,
▪️“Pinak”,
▪️“Biz va siz”,
▪️“Bo‘ron”,
▪️“Portugaliya inqilobi”.

Masallar:
▪️“Tulki va qarg‘a”.

Dostonlari:
▪️“Mardikorlar ashulasi”,
▪️“Vatan”,
▪️“Maktab”,
▪️“Bog‘cha”,
▪️“Yalqov shogird tilidan”,
▪️“Tog‘lardan bir manzara”,
▪️“Millatga xitob”,
▪️“Ishchilardan tortiq”,
▪️“Ko‘klam keldi”,
▪️“Tovush” va b.
Mehr kutubxonasi

Jamiyatda nogironligi bor farzand tarbiyasi bilan band bo`lgan onalarga ma`naviy komak berish maqsadida Bobur nomidagi viloyat axborot kutubxona markaz mutaxassislari shahrimizdagi Birlashgan MFY, Birlashgan ko’cha 60- uyda istiqomat qiluvci, 2017 – yilda tug’ilgan 1- guruh nogironi bo`lgan o`g`li Ablazov Muxammadilloni tarbiyalayotgan fuqaro Ablazova Sadoxon xonadoniga tashrif buyurdilar. Suhbat jarayonida kutubxonaning elektron resurslaridan masofadan turib foydalanish qoidalari haqida ma`lumotlar etkazildi hamda kutubxona jamg`armasidan o`rin olgan adabiyotlar, oynoma va ro`znomalar o`qishga tafsiya etildi.

Facebook|Instagram|Web sayt|Telegram|Twitter|