AnatoGraphy
1.63K subscribers
405 photos
160 videos
110 files
40 links
“Agar bilmasang — o‘rgan; bilsang — o‘rgat”
— Xalq hikmati
Download Telegram
Kaft usti va kaft suyaklari

Kanal: @AnatoGraphy
Konspekt 6-mavzu.pdf
4 MB
#Osteologiya 6-mavzu

Son, boldir va oyoq panja suyaklari

Kanal: @AnatoGraphy
6-mavzu-osteologiya.pdf
3.6 MB
#Osteologiya 6-mavzu

Son, boldir va oyoq panja suyaklari

Kanal: @AnatoGraphy
Forwarded from AnatoGraphy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandi uchun tinmay mehnat qilayotgan ota-onalarga hamda talabalarga bag‘ishlanadi.

Ko‘pchilik ota-onalar farzandi o‘qishi, kam bo‘lmasligi uchun o‘zini ayamaydilar. Ular qiynalayotganini ko‘rsatmasligi mumkin, ammo har bir to‘langan kontrakt, har bir xarajat ortida katta mehnat va umid bor.

🌎 “Ibrat farzandlari” jamoasining ushbu roligi talabalar va maktab o‘quvchilari uchun kuchli chaqiriqdir.

Hurmatli UBS talabalari!!!
Ota-onangiz sizni osonlikcha o‘qitmayapti. Shunday ekan, bir zum to‘xtab o‘ylang: ularning ishonchini oqlayapsizmi?
🎥 Videoni albatta ulashing.
Xulosa qiling. Hali vaqt bor.

Kanal: @AnatoGraphy
😢6❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
So'rovnoma!

Eng yoqtirgan ustozingiz kim?

Qaysi ustoz sizda yorqin xotiralar qoldirgan?

Qaysi ustoz sizni o'qishga undagan?


Komentariyada yozib qoldiring.

Eng ko'p komentariyada tilga olingan ustoz taqdirlanadi.

Muddat 18.10.2026

Yaqinlaringizga yuborib qo'ying.

Kanal: @AnatoGraphy
❤3
🗣 DIQQAT, E’LON! 1 KURSLAR UCHUN YANGI GURUHLARGA QABUL BOSHLANDI!

Hurmatli talabalar va bo‘lajak shifokorlar!

Sizlarga mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, o‘tgan o‘quv yilida muvaffaqiyatli faoliyat boshlagan UBS Anatomiya maktabi o‘z faoliyatini yangi o‘quv yilida ham davom ettiradi! Yangi guruhlar shakllantirilmoqda va anatomiyani chuqur o‘rganishni istagan talabalar uchun qabul e’lon qilinadi.

🧠 Nima uchun aynan anatomiya?

Anatomiya — tibbiyotning fundamental poydevori, shifokorlik tafakkurining boshlang‘ich nuqtasidir. Inson organizmining tuzilishini chuqur anglamasdan turib, uning faoliyati, kasalliklarning rivojlanish mexanizmlari va klinik belgilarini to‘liq tushunish qiyin.

Shu sababli mashg‘ulotlarimizning asosiy maqsadi shunchaki mavzularni yodlatish emas, balki talabalarda mustahkam bilim, anatomik tafakkur va o‘rgangan ma’lumotlarini amaliyot bilan bog‘lay olish ko‘nikmasini shakllantirishdir.

📚 ANATOMIYA KURSLARIMIZ
🎯 KURSLAR KIMLAR UCHUN?

✅ Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari;
✅ Anatomiyadan bilimlarini mustahkamlashni istagan talabalar;
✅ Nazorat va imtihonlarga puxta tayyorlanayotgan yoshlar;
✅ Murakkab anatomik mavzularni sodda va tushunarli tarzda o‘rganishni xohlovchilar;
✅ Kelajakda kuchli nazariy bilimga ega malakali shifokor bo‘lishni maqsad qilganlar.

🔬 MASHG‘ULOTLAR QANDAY TASHKIL ETILADI?

Darslar zamonaviy pedagogik yondashuvlar va ko‘rgazmali vositalar asosida tashkil etiladi. Mashg‘ulotlarda:

📌 Zamonaviy prezentatsiyalar va anatomik atlaslar;

📌 Sifatli darsliklar va ilmiy manbalar;

📌 Anatomik mulyajlar va ko‘rgazmali materiallar;

📌 Savol-javoblar, interaktiv mashg‘ulotlar va bilimlarni mustahkamlash usullari;

📌 Anatomik tuzilmalarni klinik holatlar bilan bog‘lab tushuntirish usullaridan foydalaniladi.

Maqsadimiz — murakkab anatomik ma’lumotlarni oddiy, mantiqiy va esda qolarli tarzda tushuntirish hamda har bir talabaning mavzuni ongli ravishda o‘zlashtirishiga yordam berish.

🎓 JORIY, ORALIQ VA YAKUNIY NAZORATLARGA PUХTA TAYYORGARLIK!

Kurs davomida talabalar yil davomida duch keladigan asosiy akademik nazoratlarga tayyorlanishlariga alohida e’tibor qaratiladi:

✅ Joriy nazoratlar;
✅ Oraliq nazoratlar;
✅ Yakuniy nazoratlar;
✅ Test sinovlari va mavzuga oid savol-javoblar.

Har bir mashg‘ulotda bilimlarni izchil mustahkamlash, tushunilmagan mavzularni qayta ko‘rib chiqish va talabaning o‘zlashtirish darajasini oshirishga intilamiz.

⭐ NEGA GURUHLARDA TALABALAR SONI CHEKLANGAN?

Sifatli ta’lim — bu faqat ma’lumot berish emas, balki har bir talabaning bilim olish jarayonini samarali tashkil etishdir.

Shu sababli guruhlarimizdagi talabalar soni cheklangan holda shakllantiriladi. Bu esa:

✔️ Har bir talabaga individual e’tibor qaratish;
✔️ Savollarni batafsil muhokama qilish;
✔️ Murakkab mavzularni qayta tushuntirish;
✔️ Nazariy bilimlarni ko‘rgazmali vositalar orqali mustahkamlash;
✔️ Talabalarning o‘zlashtirish darajasini yaxshilash uchun qulay sharoit yaratish imkonini beradi.

📌 Muhim: Guruhlar belgilangan to‘ldirish me’yoriga yetgach, qabul to‘xtatiladi. Shu bois kurslarda qatnashishni istagan talabalarimizga oldindan ro‘yxatdan o‘tishni tavsiya qilamiz.

💙 Bizning maqsadimiz — shunchaki imtihondan o‘tkazish emas, balki anatomiyani tushunadigan, bilimiga ishonadigan va kelajakdagi klinik fanlarni puxta o‘zlashtirish uchun mustahkam poydevorga ega bo‘lgan talabalarni tayyorlashdir.

Chunki bugun puxta o‘zlashtirilgan anatomiya — ertangi kun malakali shifokorining muhim tayanchidir!

📩 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot olish uchun:

👨‍🏫 Mamatvaliyev Bunyodjon ustoz kurslariga qatnashuvchilar
— @DrOnkoloog

Boshlanish vaqti: 26.10.2026


👨‍🏫 Ne’matullayev Adhamjon ustoz kurslariga qatnashuvchilar — @RENOVATIONE

Boshlanish vaqti: 26.10.2026


👨‍🏫 Muxammadaliyev Hasan ustoz kurslariga qatnashuvchilar — @Medic2305

Boshlanish vaqti: 23.11.2026 (noyabr)

Eslatma!
Kurs to'lovi 1 oy uchun 200 ming so'm.


Hurmat bilan, UBS Anatomiya maktabi jamoasi!

📲 Kanal: @AnatoGraphy
❤2👍2
AnatoGraphy
🗣 DIQQAT, E’LON! 1 KURSLAR UCHUN YANGI GURUHLARGA QABUL BOSHLANDI! Hurmatli talabalar va bo‘lajak shifokorlar! Sizlarga mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, o‘tgan o‘quv yilida muvaffaqiyatli faoliyat boshlagan UBS Anatomiya maktabi o‘z faoliyatini yangi o‘quv…
🦴 ANATOMIYA KURSLARI — BILIMINGIZNI OSHIRING, IMTIHONLARDA YUQORI NATIJALARGA ERISHING!

📢 Hurmatli talabalar!

🎯 Kursning asosiy maqsadi — talabalarni anatomiyadan sifatli bilim bilan ta’minlash, mavzularni oson va tushunarli tarzda o‘rgatish hamda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarga samarali tayyorlash.

📚 KURS DAVOMIDA SIZNI NIMALAR KUTMOQDA?

🔹 Tushunarli va tizimli darslar — anatomik mavzularni sodda, mantiqiy va esda qolarli usulda o‘rganish.

🔹 Ma’ruzalar va individual shug‘ullanish — talabalar bilimini mustahkamlash, qiyin mavzularni alohida tushuntirish va bilimdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish.

🔹 Zamonaviy anatomik dasturlar — 3D anatomik modellar va maxsus dasturlar bilan ishlashni o‘rganish.

🔹
BEPUL o‘quv qo‘llanmalar — kurs davomida mavzulashtirilgan, o‘zlashtirish uchun qulay shaklda tayyorlangan qo‘llanmalar yil davomida bepul taqdim etib boriladi.
🔹 Nazorat imtihonlariga tayyorgarlik — joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarda yuqori natijalarga erishishingiz uchun maqsadli tayyorgarlik.

🏆 HAR OY — IMTIHON VA CHEGIRMALAR!

Talabalarni bilim olishga rag‘batlantirish maqsadida har oy yakunida o‘zlashtirilgan mavzular bo‘yicha imtihon o‘tkaziladi. Imtihon natijalariga ko‘ra eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:

🥇 1-O‘RIN — 100% CHEGIRMA

Imtihonda 1-o‘rinni egallagan va umumiy natijasi kamida 86% bo‘lgan talaba keyingi oy uchun to‘lovdan to‘liq ozod qilinadi.

🥈 2-O‘RIN — 70% CHEGIRMA

2-o‘rinni egallagan va umumiy natijasi 71% dan yuqori bo‘lgan talabaga keyingi oylik to‘lov uchun 70% chegirma beriladi.

🥉 3-O‘RIN — 50% CHEGIRMA

3-o‘rinni egallagan va umumiy natijasi kamida 60% bo‘lgan talabaga keyingi oylik to‘lov uchun 50% chegirma beriladi.

Eslatma: chegirmalar har oy yakunidagi imtihon natijalari asosida belgilanadi.

🤝 IJTIMOIY IMTIYOZ

Mehr va qo‘llab-quvvatlash tamoyillaridan kelib chiqib, otasi vafot etgan talabalarga kurs to‘lovi uchun 50% chegirma taqdim etiladi.

📅 Kurs mashg‘ulotlari:

* Haftasiga 2 kun;

* Har bir mashg‘ulot davomiyligi — 1 para;

* Darslar nazariy bilim, amaliy tushuncha va mustaqil o‘zlashtirishni uyg‘unlashtirgan holda olib boriladi.

Eslatma!
Chegirma faqat Bunyodjon Mamatvaliyev  ustozda amal qiladi.


💡 Bizning maqsadimiz — shunchaki dars o‘tish emas, balki anatomiyani tushunadigan, bilimini amalda qo‘llay oladigan va imtihonlarga ishonch bilan kiradigan talabalarni tayyorlash!

Anatomiyani bugundan puxta o‘rganing — kelajakdagi shifokorlik faoliyatingiz uchun mustahkam poydevor yarating!

📩 Kursga yozilish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: @DrOnkoloog

🩺 Anatomiya — tibbiyotning poydevori!

📌 Kanal: @AnatoGraphy
❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ona tilim omon bo'l

Erkin Bozorov

Kanal: @AnatoGraphy
❤2🔥2👍1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ona tilim omon bo'l 2

Erkin Bozorov

Kanal: @AnatoGraphy
👍1
📚 TIBBIY LOTIN TILIDA C HARFI QANDAY O‘QILADI?

Tibbiyot terminologiyasida lotin tilidagi C harfi ikki xil — “K” va “S” tarzida talaffuz qilinadi. Qaysi holatda qanday o‘qilishini bilasizmi? 🧐

🟢 C → K

C harfidan keyin A, O, U yoki undosh harf kelsa, odatda “K” deb o‘qiladi.
🔹 Caput — Kaput (bosh)

🔹 Costa — Kosta (qovurg‘a)

🔹 Corpus — Korpus (tana)

🔹 Clavicula — Klavikula (o‘mrov suyagi)
🔴 C → S

C harfidan keyin E, I, Y, AE yoki OE kelsa, odatda “S” deb o‘qiladi.

🔹 Cervix — Serviks (bo‘yin)

🔹 Cerebrum — Serebrum (bosh miya katta qismi)

🔹 Caecum — Sekum (ko‘richak)

💡 ESLAB QOLING!

✅ C + A, O, U → K

✅ C + E, I, Y, AE, OE → S

📌 Yana bir muhim qoida: Chirurgia so‘zi tibbiy lotin talaffuzida Xirurgiya tarzida o‘qiladi.

🩺 Tibbiy lotin tilini puxta o‘rganish — anatomik terminlarni to‘g‘ri talaffuz qilishning muhim bosqichidir!

📲 Kanal: @AnatoGraphy
Davolash ishi yo'nalishi uchun odam anatomiyasi fanidan 1 - smestr da o'tilishi kerak bo'lgan mavzular ro'yxati.

Kanal: @AnatoGraphy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Umurtqa qaning 6 ta asosiy tuzilmasi

Manba: Tibosfera

Kanal: @AnatoGraphy