AnatoGraphy
1.63K subscribers
405 photos
160 videos
110 files
40 links
“Agar bilmasang — o‘rgan; bilsang — o‘rgat”
— Xalq hikmati
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zidan vrach yasab olgan do'stingni birinchi amalyoti.

Kanal :@AnatoGraphy
🤣11😁7
❗“Perevod” imtihoni sanalari e’lon qilindi

🗓 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi:

1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

⏰ Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldinpasport(ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek:
1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

📚 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

📥 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.


Kanal:@AnatoGraphy
🔥4❤1
📢 XUSUSIY UNIVERSITET TALABALARI UCHUN HAM KIYINISH TALABI BELGILANDI!

🎓 Endilikda xususiy oliy ta’lim tashkilotlari talabalari ham dars mashg‘ulotlariga belgilangan kiyinish talablariga rioya qilgan holda kelishlari talab etiladi.

📜 Vazirlar Mahkamasining 403-sonli qaroriga ko‘ra, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayoni:

▫️ davlat ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan kiyinish talablariga;
▫️ oliy ta’lim tashkilotining ichki tartib-qoidalariga;
▫️ odob-axloq qoidalariga
rioya qilingan holda tashkil etilishi belgilangan.

❗️ Xulosa: Bu talab faqat universitetning ichki tartib-qoidasi bilan cheklanmaydi. Amaldagi talablar asosida xususiy oliygoh talabalari ham darslarga belgilangan forma va kiyinish qoidalariga rioya qilgan holda kelishi kerak.



👨‍🎓👩‍🎓 Ta’lim muassasasida intizom, tartib va talabaning tashqi ko‘rinishi ham ta’lim jarayonining muhim qismi hisoblanadi.

📌 Talabalar o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida ushbu qoidalarga alohida e’tibor qaratishlari tavsiya etiladi.

📲 Kanal: @AnatoGraphy
🤯3🔥2❤1😐1
🧠 DIQQAT! QISQA VIDEOLAR MIYAMIZGA QANDAY TA’SIR QILADI?

TikTok, Instagram Reels va YouTube Shorts kabi qisqa videolar bir qarashda oddiy hordiqdek tuyuladi. Ammo ularni uzoq vaqt va nazoratsiz tomosha qilish diqqat, o‘zini nazorat qilish va ruhiy holatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

📚 71 ta tadqiqotni qamrab olgan meta-tahlil qisqa video kontentidan haddan tashqari foydalanish bilan kognitiv faoliyat, ayniqsa diqqatni jamlash va ijro funksiyalari o‘rtasida salbiy bog‘liqlik borligini ko‘rsatgan.

🔬 Nega bunday bo‘lishi mumkin?
Har bir qisqa video yangi tasvir, ovoz, musiqa yoki ma’lumotni tezda taqdim etadi. Doimiy ravishda yangi stimullarga o‘tish miyani tez-tez diqqatni almashtirishga majbur qiladi. Natijada uzoq vaqt davomida bitta vazifaga e’tibor qaratish qiyinlashishi mumkin.

🧠 Miya qanday javob beradi?
Qiziqarli va kutilmagan kontent mukofot tizimini faollashtiradi. Bu jarayonda dopamin muhim rol o‘ynaydi. Ammo “qisqa video = dopaminning haddan tashqari ko‘payishi = miya chirishi” degan oddiy formula ilmiy jihatdan to‘g‘ri emas.
EEG va neyroimaging tadqiqotlarida qisqa video kontentini iste’mol qilish jarayonida prefrontal, frontal, temporal, parietal va oksipital miya sohalari faoliyatida o‘zgarishlar kuzatilgan. Biroq bu holatni “miyaning zararlanishi” deb talqin qilish noto‘g‘ri.

⚠️ Eng katta muammo — vaqt va nazorat.
Qisqa videolarni doimiy ravishda ko‘rish:
• diqqatni uzoq vaqt saqlashni qiyinlashtirishi;

• uyqu vaqtini qisqartirishi;

• o‘qish va ish unumdorligiga xalaqit berishi;

• stress va ruhiy zo‘riqishni kuchaytirishi;

• muammoli yoki qaramlikka o‘xshash foydalanish xavfini oshirishi mumkin.

❗️Ayniqsa, uyqudan oldin telefonni uzoq vaqt ishlatish muhim muammo. Kechasi ekran qarshisida qolish uyqu vaqtini kechiktirishi va uyqu sifatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Uyqu yetishmovchiligining o‘zi esa diqqat va xotirani sezilarli darajada pasaytiradi.

✅ O‘zingizni himoya qilish uchun:
📵 Keraksiz bildirishnomalarni o‘chiring.

⏱️ Qisqa videolarga kunlik vaqt chegarasi belgilang.

📚 O‘qish yoki ishlash vaqtida telefonni uzoqroqqa qo‘ying.

🌙 Uxlashdan oldin ekran vaqtini kamaytiring.

🧘 Vaqti-vaqti bilan “raqamli tanaffus” qiling.

🏃‍♂️ Jismoniy faollik, kitob o‘qish va real muloqotga ko‘proq vaqt ajrating.

Xulosa: Qisqa videolarni haddan tashqari, nazoratsiz va ayniqsa uyqu hamda o‘qish/ish hisobiga iste’mol qilish diqqat, uyqu va ruhiy farovonlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

🧠 Miya ham mashq qiladigan organ: unga nimani ko‘p bersangiz, shunga moslashadi.

Kanal: @AnatoGraphy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Soliqdan" pulingizni qaytib oling!

Kontraktdan 12 foiz daromad solig‘ini onlayn qaytarib olish bo‘yicha yo‘riqnoma.

Kanal: @AnatoGraphy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat
#shartnoma

UBS da tahsil olayotgan (2-3-4-kurs) yoki 1-kursga qabul qilingan talabalar ta'lim krediti yoki boshqa(to'lov maqsadida) shartnoma.edu.uz sayti orqali shartnoma olishlari mumkin!
Shartnoma olish uchun sayt orqali so'rov yuborganingizdan so'ng mas'ul xodimlar tomonidan tasdiqlanadi va shundan keyin shartnoma.edu.uz saytida kontrakt-shartnomasi shakllanadi.

Agar shu vaziyat bo'yicha muammolar yuzaga kelsa @UBS_shartnoma_billing telegram akauntiga murojaat qilishingiz mumkin! Manba

Kanal: @AnatoGraphy
🔥2
⏳ VAQT QADRI

Agar bir umrning qadrini bilmoqchi bo‘lsang — kapalaklardan so‘ra.

Agar 10 yilning qadrini bilmoqchi bo‘lsang — 20 yoshida nogiron bo‘lib qolgan 30 yoshli odamdan so‘ra.

Agar 1 yilning qadrini bilmoqchi bo‘lsang — imtihondan yiqilgan talabadan so‘ra.

Agar 1 oyning qadrini bilmoqchi bo‘lsang — farzandi 8 oyda tug‘ilgan onadan so‘ra.

Bir kunning qadrini bilmoqchi bo‘lsang — hosili kuz yomg‘irida qolgan dehqondan so‘ra.

Bir soatning qadrini bilmoqchi bo‘lsang — uyiga bir soat kech kelgan tarbiyali farzanddan so‘ra.

5 daqiqaning qadrini bilmoqchi bo‘lsang — poyezdga kech qolgan yo‘lovchidan so‘ra.

Bir daqiqaning qadrini bilmoqchi bo‘lsang — og‘ir bemorni kasalxonaga olib kelayotgan shifokordan so‘ra. 🩺

⏳ Vaqt — qaytarib bo‘lmaydigan eng qimmat boyligimiz. Uni qadrlang!

Kanal: @AnatoGraphy
🔥8💯3
#KitobTavsiyasi

📚 TALABA UCHUN FOYDALI KITOB
Bugun sizlarga tibbiyot talabasi uchun faqat bilim emas, balki to‘g‘ri o‘qish madaniyati, intizom va kasbiy mas’uliyatni shakllantirishga yordam beradigan bir kitobni tavsiya qilmoqchiman.
Kitobning mundarijasiga qarasak, unda talabalar hayotida juda ko‘p uchraydigan masalalar qamrab olingan:

🧠 Ichki kurash
— sabr va bardavomlik

— shubha va gumonni yengish

— charchoq va zerikishga berilmaslik

— yalqovlik va bekorchilikdan qutulish

⏰ Vaqt va o‘qish uslubi
— vaqtni g‘animat bilish

— tonggi va tungi vaqtdan unumli foydalanish

— intizomga rioya qilish

— bir mavzuni oxirigacha yetkazish

— muntazam takrorlash

— yozib borish odatini shakllantirish

👨‍🏫 Ustoz, odob va muhit
— ustozga hurmat

— yaxshi ustozga sodiq qolish

— savol berish madaniyati

— kam gapirib, ko‘p tinglash

— yaxshi hamroh tanlash

— kamtarlik

— o‘zini boshqalar bilan taqqoslashdan saqlanish

💪 Qiyinchiliklarga munosabat
— moddiy qiyinchiliklarda ham ilmni tashlab qo‘ymaslik

— ilm va rizq o‘rtasida muvozanat

— oila va jamiyat bosimiga bardosh berish

— mazax va kamsitishlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish

🌱 Ma’naviyat va mas’uliyat
— xatolardan xulosa chiqarish

— halollik va mas’uliyat

— tana va ruh salomatligini asrash

Ayniqsa, tibbiyot talabasi uchun bu mavzular juda muhim. Chunki shifokor bo‘lish faqat anatomiya, fiziologiya yoki klinik fanlarni bilishdan iborat emas. Uzoq yillar davomida o‘qish, muntazam takrorlash, ustozlardan o‘rganish, xatolardan xulosa chiqarish va eng muhimi — ilm olishdagi maqsadni yo‘qotmaslik talab etiladi.

📖 Kitobdagi hayotiy misollar esa nasihatni shunchaki nazariya emas, balki real hayotdagi voqealar orqali tushunishga yordam beradi. Unda Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Beruniy, Al-Xorazmiy, Alisher Navoiy kabi tarixiy siymolar hamda jahon ilm-fani va madaniyati namoyandalari hayotidan misollar keltirilgan.

🎯 Talabaga tavsiyamiz:
Kitobni shunchaki bir marta o‘qib chiqish emas, undagi o‘zingizga kerakli fikrlarni ajratib olib, kundalik hayotingizda qo‘llashga harakat qiling.

Yaxshi mutaxassis bo‘lish uchun avval yaxshi talaba bo‘lish kerak. Yaxshi talaba bo‘lish esa faqat ko‘p o‘qish emas — to‘g‘ri niyat, intizom, sabr va mas’uliyatni ham talab qiladi.

📚 Ilm yo‘lidagi har bir kichik odat kelajakdagi katta natijaning boshlanishidir.

Murajoat uchun: @Lee_03_08
❤5👏2👍1🔥1🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kayfiyat

Bu bola yo o'qishdan yiqlgan yo perevoddan kalla qo'ygan...

Odam Apgar shkalasi bo'yicha o'z natijasidan norozi emasligi aniq...

Kanal: @AnatoGraphy
🔥5👌1
🇺🇸 АҚШда яқинда ўтказилган йирик тадқиқот натижаларига кўра, такси ва тез ёрдам машиналари ҳайдовчилари Альцгеймер касаллигига бошқаларга қараганда 2 баравар камроқ чалинар экан.

Энг қизиғи, учувчи ва автобус ҳайдовчиларида бундай ҳимоя кузатилмаган. Ҳамма гап миянинг даҳшатли "режимда" ишлаши билан боғлиқ: GPS'сиз мустақил маршрутлар тузиш, тирбандликларни айланиб ўтиш, янги жойларга бориш миянинг хотира учун жавобгар қисми — гиппокамп учун ҳақиқий тренировкадир.

Kanal: @AnatoGraphy
👍2❤1
Dars jadvali_1-smena_07.09.2026(1).pdf
557.7 KB
📢 DIQQAT, 1-SMENA TALABALARI!

Quyidagi guruhlar uchun dars jarayonlari 2026-yil 7-sentabrdan boshlanadi:

🔹 Pediatriya ishi: 25.01 – 25.02 guruhlar

🔹 Davolash ishi: 25.01 – 25.20 guruhlar

🔹 Stomatologiya: 25.01 – 25.08 guruhlar

🔹 Stomatologiya: 24.01 – 24.03 guruhlar

🔹 Davolash ishi: 24.01 – 24.10 guruhlar

🔹 Biologiya: 25.01 – 25.04 guruhlar

📅 Hurmatli talabalar, 2026-yil 7-sentabrdan belgilangan dars jadvali asosida dars jarayonlariga o‘z vaqtida yetib kelishingiz so‘raladi!

⚠️ Darslarga kechikmaslik va belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish barchangizdan talab etiladi.

Kanal: @AnatoGraphy
❤1
Dars jadvali_1-smena_07.09.2026_4-kurs(1).pdf
133.3 KB
📢 DIQQAT, DAVOLASH ISHI YO‘NALISHI 4-KURS TALABALARI!

Davolash ishi 23.01–23.02 guruh talabalari diqqatiga!

📅 2026-yil 7-sentabrdan dars jarayonlariga belgilangan jadval asosida o‘z vaqtida yetib kelishingiz so‘raladi.

⚠️ Darslarga kechikmaslik va belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz!

Kanal: @AnatoGraphy
❤1🔥1
Dars jadvali_2-smena_07.09.2026.pdf
550.2 KB
📢 DIQQAT! 2-SMENA TALABALARI UCHUN E'LON

Quyidagi guruh talabalari 2026-yil 7-sentabrdan boshlab belgilangan dars jadvali asosida o‘quv jarayonlariga to‘liq yetib kelishlari so‘raladi:

🔹 Davolash ishi: 25.21 – 25.43-guruhlar
🔹 Stomatologiya: 25.09 – 25.18-guruhlar
🔹 Oliy malakali hamshiralik ishi: 25.01 – 25.07-guruhlar
🔹 Farmatsiya: 25.01 – 25.03-guruhlar
🔹 Biologiya: 24.01 – 24.03-guruhlar

🕐 Dars mashg‘ulotlari soat 13:30 dan boshlanadi.

📅 Darslar boshlanish sanasi: 7.09.2026

❗️Barcha talabalar belgilangan vaqtda dars mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida yetib kelishlari so‘raladi.

Davomat va o‘quv intizomiga alohida e’tibor qaratishingizni so‘raymiz!

Kanal: @AnatoGraphy
❤8
Dars jadvali_Tibbiyot_1-kurs_2026.pdf
659.7 KB
📢 1-SMENA TALABALARI DIQQATIGA!


🩺 Barcha yo‘nalishlar va kurslar uchun 1-smenadagi dars jadvali ushbu faylda biriktirilgan.

📚 1-kurslar: • Davolash ishi — 26.01–26.16
• Stomatologiya ishi — 26.01–26.04
• Farmatsiya ishi — 26.01
• Pediatriya ishi — 26.01–26.02

📚 2-kurslar: • Davolash ishi — 25.01–25.20
• Stomatologiya ishi — 25.01–25.08

📚 3-kurslar: • Stomatologiya ishi — 24.01–24.03
• Davolash ishi — 24.01–24.10

🧬 Biologiya yo‘nalishi:
• 25.01–25.04-guruhlar

📌 O‘zingizga tegishli guruh dars jadvalini fayldan tekshirib oling va mashg‘ulotlarga belgilangan vaqtda yetib keling.

📲 Kanal: @AnatoGraphy
❤10
https://t.me/ubstibbiyot_1_kurs


UBS tibbiyot 1 kurs talabalari guruhi.


Kanal: @AnatoGraphy
❤2
Dars jadvali_Tibbiyot_2-smena.pdf
684.4 KB
📢 2-SMENA TALABALARI DIQQATIGA!

🩺 Barcha yo‘nalishlar va kurslar uchun 2-smenadagi dars jadvali ushbu faylda biriktirilgan.

📚 1-kurslar:
• Davolash ishi — 26.17–26.40
• Pediatriya ishi — 26.01–26.02
• Stomatologiya ishi — 26.05–26.10
• Biologiya — 26.01–26.02

📚 2-kurslar: • Davolash ishi — 25.21–25.43
• Stomatologiya ishi — 25.09–25.18
• Oliy malakali hamshiralik ishi — 25.01–25.08
• Farmatsiya ishi — 25.01–25.03

📚 3-kurs: • Biologiya — 24.01–24.03-guruhlar

📌 O‘zingizga tegishli guruh dars jadvalini fayldan tekshirib oling.

⏰ 2-smena mashg‘ulotlari 13:30 dan boshlanadi.

📲 Kanal: @AnatoGraphy
❤4
Forwarded from Gistologiya UBS
Assalomu alaykum.
Bu haftada
1.D.I va PDR lar uchun ma'ruza mavzusi hazm sistemasi gistologiyasi 2.
2.ST lar uchun uchun ma'ruza mavzusi hazm sistemasi gistologiyasi.

1.D.I va PDR lar 2 chi amaliy mashgʻulot. Mavzusi Teri va uning hosilasi. Gistologik tuzulishi.
2.ST lar 2chi amaliy mashgʻulot. Mavzusi Nafas olish a'zolari gistologiyasi.


Shaxsan man o'tgan dars amaliyda tushuntirib aytganman hamma guruhlar bu hafta tayyorlansin.

Sizda bo'lsin
1. Konspekt+ og'zaki topshirish 50%ball
2. Albom 25% ball
3. Vaziyatli masala ishlaymiz 15% ball
4.10 ta test ishlaymiz 10% ball.
Forwarded from Khasan Gʻayratalivich Mukhammadaliyev
Assalomu alekum hurmatli UBS ning Tibbiyot talabalari "Anatomiya" fani uchun kerakli
1. Slayd (ppt) va elektron darslik
2. Video qo'llanma
3. Oraliq va Yakuniy testlar
4. Quiz test
5. Olimpida
6. Zakovat o'yinlari
7. Anatomiya fanidan bo'ladigan UBS dagi yangiliklar uchun qo'shilib oling.

Kanal nomi: Yosh olimlar

Qo'shilish uchun 👇

https://t.me/yosh_anatomic
❤1
📚 HURMATLI 1-KURS TALABALARI!

So‘nggi kunlarda sizlardan “Anatomiya fanidan qaysi kitobdan o‘qiymiz?” degan savollar juda ko‘p kelmoqda.
Sizlarga yanada qulaylik yaratish, anatomiya fanini oson, tushunarli va tizimli o‘zlashtirishingiz uchun maxsus tayyorlangan ANATOMIYA DARSLIGI tez orada yetib keladi! 🔥

📖 Bu oddiy darslik emas!
Kitob talabaning anatomiya fanini o‘rganish jarayonini maksimal darajada yengillashtirish maqsadida:
✨ sodda va ravon tilda;
✨ rangli va tushunarli anatomik rasmlar bilan;
✨ mavzular izchil va tizimli tartibda;
✨ asosiy anatomik terminlar aniq yoritilgan holda;
✨ imtihon va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanishga qulay shaklda tayyorlangan.

📌 Darslik tarkibida:
🦴 Osteologiya — suyaklar
🔗 Sindezmologiya — suyaklar birlashuvi
💪 Miologiya — mushaklar
🫀 Splanxnologiya — ichki a’zolar anatomiyasi

Kitobning har bir bo‘limi talaba uchun “o‘qish qiyin bo‘lgan anatomiya”ni tushunarli va qiziqarli fanga aylantirish tamoyili asosida ishlab chiqilgan.

🎓 Eng muhimi, darslik barcha yo‘nalishdagi 1-kurs talabalariga yetkaziladi.
Shunday ekan, hozircha shoshilmaslikni tavsiya qilamiz. 😊

Sizlar uchun tayyorlangan darslik tez orada yetib keladi.
📚 Anatomiyani yodlash emas — tushunish uchun!
🔥 Siz kutgan anatomiya darsligi tez orada qo‘lingizda!
🫀 Ilmga befarq bo‘lmang. Yaxshi manba — yaxshi natijaning boshlanishi.

Kanal: @AnatoGraphy
❤11👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yo'q deyishni ham o'rganing😜

Kanal: @AnatoGraphy
🤣17😁2🔥1