AnatoGraphy
1.62K subscribers
405 photos
160 videos
110 files
40 links
“Agar bilmasang — o‘rgan; bilsang — o‘rgat”
— Xalq hikmati
Download Telegram
KURSDA QOLDIRISH BO`YICHA 01.07.2026.docx
15.7 KB
Barcha yo'nalish talablari diqqatiga!

Ushbu fayl bilan yaqindan tanishib chiqqan holda tanishlaringizga yuborib ogohlantirib qo'ying.

Kanal: @AnatoGraphy
🚨 DIQQAT! MUHIM E'LON! 🚨

👨‍⚕️ Davolash ishi 25.13
14-, 15- va 16-guruh talabalari diqqatiga!

📅 Ertaga

🕗 Soat 08:00 da

📍 UBS Gospitali, 5-etaj, leksion zalga to‘planamiz.

❗ Barcha talabalarning 100% ishtiroki SHART!

⏰ Kechikishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishingiz so‘raladi.

⚠️ Iltimos, ushbu e'lonni inobatga olib, o‘z vaqtida yetib keling.

Kanal: @AnatoGraphy
AnatoGraphy
🚨 DIQQAT! MUHIM E'LON! 🚨 👨‍⚕️ Davolash ishi 25.13 14-, 15- va 16-guruh talabalari diqqatiga! 📅 Ertaga 🕗 Soat 08:00 da 📍 UBS Gospitali, 5-etaj, leksion zalga to‘planamiz. ❗ Barcha talabalarning 100% ishtiroki SHART! ⏰ Kechikishga yo‘l qo‘yilmaydi. Belgilangan…
🚨 ESLATMA! 🚨

👨‍⚕️ Davolash ishi 25.13
14-, 15- va 16-guruh talabalari diqqatiga!

📅 Ertaga

🕗 Soat 08:00 da
📍 UBS Gospitali, 5-etaj, leksion zalga to‘planamiz.

⚠️ Muhim talablar:

✅ Hech kim kech qolmasligi kerak.
✅ 100% oq xalat va qalpoqcha bilan kelish majburiy.
✅ Davomat 100% bo‘lishi shart. Bor-yo‘qlama qilinadi.

❗ Barcha talabalar belgilangan talab va vaqtlarga qat'iy amal qilishlari so‘raladi.

📢 Kanal: @AnatoGraphy
👍3🫡2
Amaliyotdan qaytgan barcha talabalar diqqatiga!

Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan barcha talabalar amaliyot hujjatlariga amaliyot rahbaridan imzo oldirib, ularni o'z guruh sardoriga (staristasiga) topshirishlari so'raladi.
Guruh sardorlari esa barcha talabalarning hujjatlarini to'liq yig'ib, guruh bo'yicha umumiy holda bizga taqdim etishlari kerak.
Hujjatlarni o'z vaqtida va belgilangan tartibda topshirishingizni so'raymiz.

Kanal: @AnatoGraphy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Himmatni pastligini qarang!

Butun bir millatni orzusini amalga oshirish edi emas, aksincha birga CR.7 bilan rasmga tushish ekan "asnavnoy" orzusi.

Shunichun ham biz yutqazaveramiz.

Kanal: @AnatoGraphy
😢5💯2😐1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Haqiqiy g‘alaba — ilm-fandagi g‘alabadir.

Bir fikr bor: sportdagi yutuqlar quvonch bag‘ishlaydi, ammo ilm-fandagi yutuqlar butun millatning kelajagini belgilaydi.
Afsuski, ba'zan e'tiborimizni bir yo‘nalishga haddan tashqari qaratib, ikkinchi muhim sohani e'tibordan chetda qoldiramiz. Natijada esa na sportda kutilgan natijaga erishamiz, na ilm-fanda yetakchi bo‘la olamiz.

Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ularning eng katta kuchi — ilm, innovatsiya, texnologiya va sifatli ta'limdir. Sport ham, iqtisodiyot ham, tibbiyot ham, mudofaa ham aynan ilm-fan taraqqiyoti bilan yuksaladi.

Haqiqiy g‘alaba — olimpiada medallari bilan bir qatorda ilmiy kashfiyotlar, iqtidorli yoshlar, kuchli universitetlar va dunyoni o‘zgartiradigan olimlarni yetishtirishdir.

Kelajakni quradigan eng qudratli kuch — ilm.

📚 Ilmga investitsiya — millat kelajagiga investitsiyadir.

📌Kanal: @AnatoGraphy
❤5💯5🔥1
✅ Uchrashuv yakunlandi!

🇵🇹 Portugaliya 0:1 Ispaniya 🇪🇸

Qaysidir ma'noda alam olindi.
Ammo bu fudbol.

Negadir norozilik kayfiyati bor. Portugaliya yutmaganigami? Bilmadim.


Kanal: @AnatoGraphy
❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐕 Maxsus o‘qitilgan itlar ayrim kasallik xurujlarini oldindan sezishi mumkin.

Ular hid bilish qobiliyati orqali qondagi glyukoza o‘zgarishi yoki POTS (ortostatik taxikardiya sindromi) xuruji boshlanishidan avval organizm ajratadigan kimyoviy moddalarni sezadi.

Xuruj yaqinlashganda it egasini ogohlantiradi, dori va suvini olib keladi, zarur bo‘lsa yordam chaqiradi. Ba'zi tadqiqotlarga ko‘ra, bunday itlar qondagi ayrim o‘zgarishlarni glyukometr sensorlaridan ham bir necha daqiqa oldin sezishi mumkin.
Ilm-fan va hayvonlar imkoniyatlarining uyg‘unligi ko‘plab bemorlar hayotini saqlab qolishga xizmat qilmoqda.

📌 Kanal: @AnatoGraphy
❤4🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Hamma narsa o'zimizga bog'liq | Replay Team

Koʻring, faqat yigʻlamang. Agar, futbolchi boʻlmoqchi boʻlsangiz, boring to'pingizni oʻynang. 6-kurs boʻlsangiz ham, hali vaqt bor. Qiziqmasangiz, yigʻishtiring.

Yoki, yorib oʻqish payti keldi!

Ps: Shaxsiy fikrimga ko'ra ko'pchilik Bunyodjon Mamatvaliyev yoki Olimjon Sobirovni yoqtirmaydi, yomon ko'radi. Ammo ular jamiyatimizda mana bu videodagi kabi shifokorlar yetishib chiqishini istashmaydi halos.
Aslida UBS talabalari hammasi ham ular uchun aziz va qadrlidir.

Kanal: @AnatoGraphy
💯8👍4🔥2😢1
🤰 Kesarcha tugʻish usulida bachadonni kesish vaqtida ehtiyotsizlik sabab chaqaloqning peshonasi kesilishi.
Alloh asrasin. 🤲

Kanal: @AnatoGraphy
2😢36😱7
"Dunyodagi eng xunuk ayol"

Meri Bevan Londonda tug‘ilgan. Kasbi hamshiralik edi. 29 yoshida Tomas Bevanga turmushga chiqib, 4 nafar farzandning onasi bo‘ldi.

Oradan ko‘p o‘tmay uning sog‘lig‘i yomonlasha boshladi. Bosh, bo‘g‘im va mushaklardagi og‘riqlar kuchaydi. Keyinchalik bosh va yuz suyaklari, qo'llari kattalashdi. Shifokorlar unga akromegaliya — o‘sish gormoni ortiqcha ishlab chiqarilishi oqibatida yuzaga keladigan kasallik tashxisini qo‘yishdi

O‘sha davrda bu kasallikning samarali davosi yo‘q edi.
Eri uni qo‘llab-quvvatladi, ammo turmushining 11-yilida Meri beva qoldi. 4 nafar farzandini boqish uchun har qanday mehnatni qilishga majbur bo‘ldi.

1920-yilda u Amerikadagi sirkda ishlay boshladi. Odamlar uning ustidan kulishar, masxara qilishardi. Ammo Meri farzandlari uchun barchasiga chidadi va umrining oxirigacha shu yerda ishladi

"Dunyodagi eng xunuk ayol" nomi bilan tanilgan Meri Bevan 59 yoshida vafot etdi

Aslida esa u eng go‘zal ona edi. Buni esa har kim ham anglay olmadi 💐


Kanal: @AnatoGraphy
😢10❤5🔥5💯1
#kulgu

Shifokor buyurgan har kuni soat 12 da ichishim kerak bo'lgan dorini bugun soat 10 da ichib kasallikka kutilmaganda zarba berdim.

Kanal: @AnatoGraphy
🤣25😁4
👶 Siam egizaklari qanday paydo bo‘ladi?

Siam egizaklari — bachadonda to‘liq ajralmay qolgan bitta embrion rivojlanishi natijasida yuzaga keladigan juda kam uchraydigan holatdir.

Ko‘plab homilalar tug‘ilishidan oldin nobud bo‘ladi, tug‘ilganlarida ham erta vafot etish holatlari uchraydi.

🧬 Qanday hosil bo‘ladi?
🔹 Spermatozoid — 23 ta xromosoma.
🔹 Tuxum hujayra — 23 ta xromosoma.

Ular qo‘shilganda 46 ta xromosomali zigota hosil bo‘ladi.
Agar zigota dastlabki 4–8 kun ichida ikkiga ajralsa, sog‘lom bir tuxumli egizaklar rivojlanadi.

Ammo ajralish kechiksa va embrionning ayrim qismlari shakllanib ulgurgan bo‘lsa, ajralish to‘liq bo‘lmaydi. Natijada egizaklarning ayrim tana qismlari birikkan holda rivojlanadi. Shu holat Siam egizaklari deb ataladi.

📚 Demak, Siam egizaklarining sog‘lom egizaklardan asosiy farqi — embrionning to‘liq ajralmay qolganidir.

Kanal: @AnatoGraphy
🔥2❤1
📚 2026-yilda xususiy OTMdan davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish ("perevod") tartibi.

2026-yilda xususiy oliy ta'lim muassasasidan davlat oliy ta'lim muassasasiga o‘qishni ko‘chirish ("perevod") belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.

📌 Asosiy bosqichlar:
✅ 1. Ariza topshirish Talaba belgilangan muddatlarda vakolatli elektron platforma orqali o‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshiradi.

✅ 2. Kerakli hujjatlar
Pasport (ID karta) nusxasi;
Akademik transkript;
Talabalik maqomini tasdiqlovchi hujjat (zaruratga ko‘ra);
Boshqa talab etilishi mumkin bo‘lgan hujjatlar.

✅ 3. Hujjatlarni ko‘rib chiqish Qabul qiluvchi davlat OTM:
ta'lim yo‘nalishining mosligini;
o‘zlashtirilgan fanlar va kreditlarni;
baholarni;
bo‘sh o‘rin mavjudligini o‘rganadi.

✅ 4. Yakuniy qaror O‘qishni ko‘chirish ma'qullansa:
mos fanlar tan olinadi;
zarur hollarda akademik farq fanlari belgilanadi;
talaba davlat OTMga qabul qilinadi.

⚠️ Eslatma: Xususiy OTM amaldagi qonunchilikka muvofiq faoliyat yuritayotgan bo‘lishi, shuningdek, o‘qishni ko‘chirish belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshirilishi lozim.

📢 Kanal: @AnatoGraphy
👍1🔥1
O'qishni ko'chirishda 132 ball to'plash kerak bo'lgan ta'lim yo'nalishlari:

- Davolash ishi
- Pediatriya ishi
- Xalq tabobati
- Tibbiy profilaktika ishi
- Oliy hamshiralik ishi
- Harbiy tibbiyot
- Tibbiy-biologik ish
- Bolalar stomatologiyasi
- Stomatologiya (yo'nalishlar bo'yicha)
- Farmatsiya (turlari bo'yicha)
- Sanoat farmatsiyasi (turlari bo'yicha).

Eslatma: Ushbu ballar 2026/2027 oʻquv yili uchun tasdiqlangan boʻlib, joriy yildan amal qiladi.


Kanal: @AnatoGraphy
❤4🔥1🌚1
📚 Akademik transkript nima? O‘qishni ko‘chirish ("perevod") jarayonida uning ahamiyati

Akademik transkript — bu talabaning oliy ta'lim muassasasida o‘qish davomidagi akademik faoliyatini aks ettiruvchi rasmiy hujjat hisoblanadi. U o‘qishni ko‘chirish, o‘qishni tiklash, xorijda ta'limni davom ettirish va boshqa akademik jarayonlarda asosiy hujjatlardan biri sanaladi.

📌 Akademik transkriptda odatda quyidagi ma'lumotlar bo‘ladi:
• Talabaning F.I.Sh. va shaxsiy ma'lumotlari;
• Oliy ta'lim muassasasi, fakultet va ta'lim yo‘nalishi
• O‘qilgan fanlar ro‘yxati;
• Har bir fan bo‘yicha kredit (ECTS yoki milliy kredit) miqdori;
• Fanlardan olingan yakuniy baholar;
• O‘qilgan semestrlar;
• To‘plangan umumiy kreditlar;
• O‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) — agar OTMda qo‘llanilsa;
• Hujjat berilgan sana hamda OTMning tasdiqlovchi rekvizitlari (imzo, muhr yoki QR-kod).

📌 Akademik transkript nima uchun kerak?
✅ O‘qishni ko‘chirish ("perevod") jarayonida;
✅ O‘qishni tiklashda;
✅ Boshqa OTMga yoki xorijiy universitetga hujjat topshirishda;
✅ O‘zlashtirilgan fanlarni tan olish (kreditlarni ko‘chirish) jarayonida;
✅ Akademik farq fanlarini aniqlashda.

📌 Akademik transkriptni kim beradi?
Akademik transkript talaba tahsil olayotgan oliy ta'lim muassasasi tomonidan rasmiylashtiriladi. Aksariyat OTMlarda u Registrator ofisi yoki tegishli akademik bo‘linma orqali beriladi hamda elektron shaklda QR-kod bilan tasdiqlanishi mumkin.

⚠️ Muhim: Akademik transkript diplom o‘rnini bosmaydi. U faqat talabaning o‘qish davomidagi akademik natijalarini tasdiqlovchi rasmiy hujjat hisoblanadi.

📢 Kanal: @AnatoGraphy
Negadir hafa!

Anatomiya yakuniy nazoratdan yiqildimikin?!

Kanal: @AnatoGraphy
🤣27😁8❤1
📌 Akademik transkriptda fandan qarzdorlik bo‘lsa, o‘qishni ko‘chirish ("perevod") mumkinmi?

Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollarga qisqacha javob:


✅ Akademik transkriptda talabaning barcha fanlari, jumladan o‘zlashtirilmagan fanlari ham ko‘rsatiladi. Masalan, F (Fail — fanni o‘zlashtirmagan, o‘ta olmagan) bahosi ham transkriptda aks etadi.

✅ Fandan qarzdorlik mavjudligi transkript berilmaydi degani emas. Talabaga akademik transkript belgilangan tartibda rasmiylashtirib beriladi.

✅ O‘qishni ko‘chirish ("perevod") bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qiluvchi OTM qabul qiladi. Transkript, ta'lim yo‘nalishi, kreditlar va amaldagi me'yoriy hujjatlar asosida talaba qabul qilinishi yoki rad etilishi mumkin.

✅ Agar talaba qabul qilinsa, o‘zlashtirilmagan fanlar akademik farq sifatida belgilanishi mumkin.

✅ Akademik farq fanlari qabul qiluvchi OTM belgilagan tartibda o‘qiladi va topshiriladi. Amaldagi tartibga muvofiq, buning uchun tegishli to‘lov undirilishi ham mumkin.

⚠️ Eslatma: Yakuniy qaror har bir holat bo‘yicha qabul qiluvchi OTM va amaldagi me'yoriy hujjatlar asosida qabul qilinadi.

📢 Kanal: @AnatoGraphy
❤2👍1
📚 O‘qishni ko‘chirish ("perevod") uchun yetarli ball to‘play olmagan talaba avvalgi OTMga qayta qabul qilinadimi?

So‘nggi kunlarda ushbu savol ko‘plab talabalarni qiziqtirmoqda.

✅ Javob: Ha. Agar talaba o‘qishni ko‘chirish ("perevod") uchun hujjat topshirgan bo‘lsa, biroq belgilangan o‘tish balini to‘play olmasa yoki uning arizasi rad etilsa, u avval ta'lim olayotgan OTMda o‘qishini davom ettiradi.

📌 Asosi nimada?
O‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshirishning o‘zi talabaning avvalgi OTMdagi talabalik maqomini bekor qilmaydi.

Talaba faqat:
• qabul qiluvchi OTM tomonidan o‘qishga ko‘chirish to‘g‘risida buyruq chiqarilgandan;
• hujjatlari belgilangan tartibda qabul qiluvchi OTMga rasmiy ravishda o‘tkazilgandan so‘ng
yangi OTM talabasi hisoblanadi.

Shu sababli, agar o‘qishni ko‘chirish amalga oshmasa, talaba o‘zi o‘qiyotgan OTMda ta'limni davom ettiradi.

⚖️ Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasida talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash tartibini belgilovchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar.

📢 Kanal: @AnatoGraphy
❤5