O'rol Amirov
486 subscribers
460 photos
60 videos
42 files
165 links
Tarixchi abituriyentlar va ustozlar uchun intellektual kanal:
Testlar, mantiqiy savollar, maqolalar, shaxsiy fikrlar..

Rasmlar👇
@Amirov_abituriyentlari

Darslarga yozilish uchun:
👉 @Amirov0215
👉 +99890 900 75 40

Manzil: Toshkent, Chilonzor tumani
Download Telegram
#tarix
#Amirov
#Abituriyentlarga

Mavzu: Asarlar
(10-11-sinf jahon tarixi darsliklari asosida)

1️⃣ “Alkimyogar” – Paulo Koelo;

2️⃣ “Alvido, qurol!” – Ernest Xemenguey;

3️⃣ “Amerika fojiasi” – Teodor Drayzer;

4️⃣ “Berlin devoriga chizgilar”
(“Tugallanmagan qoʻshiq”)
– Zarif Sulton;

5️⃣ “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” – Oʻtkir Hoshimov;

6️⃣ “Erk istar ko’ngil” – Shuhrat Ergashev;

7️⃣ “Garri Poter” – Joan Rouling;

8️⃣ “Kashmir qo’shig’i” – Sharof Rashidov;

9️⃣ “Muallima uchun atirgul” – Alvaro Yunke;

1️⃣0️⃣ “Ruhnoma” – Saparmurot Niyozov;

1️⃣1️⃣ “Ufq” – Said Ahmad;

1️⃣2️⃣ “Gʻaroyib bolalar” – Aziz Nesin;

1️⃣3️⃣ “Gʻarb oʻlkasi haqidagi xotiralar” – Yasusi Inoue;

1️⃣4️⃣ “Shamol ortidan yugurayotgan odam” – Xolid Husayniy;

1️⃣5️⃣ “ Chol va dengiz” – Ernest Xemenguey;

1️⃣6️⃣ “Choʻqqida qolgan ovchining ohu-zori” – Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonov

Muallif: O'rol Amirov
(@Amirov0215)


@Amirov0215_tarix
Bugun - haftaning payshanba kuni. #Har_payshanba_DTM loyihasi boʻyicha DTM namunasidagi test yechamiz.

Darslik: 8 - sinf Oʻzbekiston tarixi

Soat: Toshkent vaqt bilan 21:00

Manzil: @Amirov0215_tarix


Barcha tarixchilarga xabar bering.
Forwarded from O'rol Amirov (O'rolbek Amirov) via @QuizBot
🎲O'rol Amirov (@Amirov0215_tarix) kanalidan "#Har_payshanba_DTM" deb nomlangan 30 talik ( 6 tarix darsligi asosida)” testi
🖊 30 ta savol · 1 daqiqa
Forwarded from O'rol Amirov (O'rolbek Amirov) via @QuizBot
🎲O'rol Amirov (@Amirov0215_tarix) kanalidan "#Har_payshanba_DTM" deb nomlangan 30 talik ( 7 Oʻzbekiston tarixi asosida)” testi
🖊 30 ta savol · 1 daqiqa
Forwarded from O'rol Amirov (O'rolbek Amirov)
#Tarix
#Amirov
#ABITURIYENTLARGA

8-sinf jahon tarixi darsligidagi ayrim qo'zg'olonlar ro'yhati


1⃣ 1524 - 1526-yillar = Germaniyada 1524-yilning yozidan 1526-yilning boshiga qadar ruhoniy Tomas Myunser boshchiligida dehqonlar qo'zg'oloni bo'lib o'tgan. Tarixga bu "Xalq Refermatsiyasi", "Buyuk dehqonlar urushi" nomi bilan kirgan;

2⃣ XVII asr birinchi yarmi = Xitoyda minlar hokimiyatiga qarshi dehqonlar qo'zg'olonlari bo'lib o'tgan. Jumladan, XVII asrning 40-yillarida bir guruh qo'zg'olonchilar Pekinni egallagan;

3⃣ 1709-yil = Afg'onistonning Qandahor viloyatida Mir Vaysxon boshchiligida Eronga qarshi qo'zg'olon ko'tarilgan;

4⃣ XVIII asrning oxiri = Fransiyada burjua inqilobi davrida dehqonlar qo'zg'olonlari bo'lib o'tgan. Jumladan, 1795-yilning aprel va may oylarida ham bo'lib o'tgan;

5⃣ 1810-yil = Lotin Amerikasidagi mustamlakalarda ommaviy tarzda milliy-ozodlik uchun qo'zg'olonlar boshlandi;

6⃣ XIX asr boshi = Koreyada Li sulolasiga qarshi boy zamindor Xon Gyon Ne boshchiligida qo'zg'olon bo'lib o'tgan;

7⃣ 1813-yil = Koreyaning Jejudo orolida dehqonlar va baliqchilar qo'zg'oloni bo'lib o'tgan;

8⃣ 1825-yil 14-dekabr = Rossiyada "dekabristlar qo'zg'oloni" bo'lib o'tgan;

9⃣ 1830 - 1847-yillar = Jazoirda fransuz mustamlakachiligiga qarshi Abdulqodir boshchiligida qo'zg'olon bo'lib o'tgan;

🔟 1848-yil fevral = Fransiyada qo'zg'olon ko'tarilib, "Iyul monarxiyasi" ag'dariladi va 25-fevral kuni Fransiya Respublika deb e'lon qilingan;

1⃣1⃣ 1848-yil = Fransiyadagi fevral inqilobi ta'sirida Berlinda qo'zg'olon bo'lib o'tadi;

1⃣2⃣ 1848-1850-yillar = Eronda sayid Ali Muhammad boshchiligida "Bobiylar qo'zg'oloni" bo'lib o'tgan;

1⃣3⃣ 1850-1864-yillar = Xitoyda Xun Syutsyuan boshchiligidagi "Taypinlar qo'zg'oloni" bo'lib o'tgan;

1⃣4⃣ 1857-yil = Hindistonda ingliz mustamlakachiligiga qarshi "Sipohiylar qo'zg'oloni" bo'shlangan;

1⃣5⃣ XIX asr 50-yillari oxiri = Virjiniyada Jon Broun qullar qo'zg'olonini ko'tarishga urinib ko'rgan.


Muallif: O'rol Amirov
(
@Amirov0215)

@Amirov0215_tarix
Forwarded from O'rol Amirov (O'rolbek Amirov)
#tarix
#Amirov
#Abituriyentlarga

Mavzu: Rus amaldor, harbiy ma'murlari
(9-sinf O'zbekiston tarixi darsligi asosida)


1️⃣ N. Veryovkin – 1864-yilda Turkiston shahrini egallagan, 1873-yilda Xiva shahrini egallashda yarador boʻlgan harbiy;

2️⃣ M. Chernyayev - 1865-yilda tashkil etilgan paytda Turkiston viloyatining harbiy gubernatori boʻlgan;

3️⃣ F. Romanovskiy - 1866-yilda M. Chernyayev oʻrniga Turkiston viloyatining harbiy gubernatori lavozimiga tayinlangan;

4️⃣ N. Krijanovskiy - 1866-yilda Xoʻjand, Oʻratepa egallanayotgan paytda Orenburg general-gubernatori lavozimida ishlagan;

5️⃣ K. P. Kaufman - 1867-1881-yillarda Turkiston general-gubernatori lavozimida ishlagan;

6️⃣ I. F. Abramov - 1868-yilda Samarqand va Kattaqoʻrgʻon boʻlimlaridan iborat Zarafshon okrugi tuzilgach, unga boshliq qilib tayinlangan;

7️⃣ N. Ostroumov – 1870-yilda chiqa boshlagan “Turkiston viloyatining gazeti” muharriri boʻlgan;

8️⃣P. Lessar - 1873-yilda Rossiya imperiyasining Buxoro amirligidagi birinchi vakili etib tayinlangan;

9️⃣M. D. Skobelov - 1875-yilda Namangan boʻlimiga boshliq etib tayinlangan, 1876-yilda Fargʻona viloyati tuzilgach unga harbiy gubernator qilib tayinlangan;

🔟 I. Lazerov – 1879-yil iyulda Krasnavodskdan turkmanlar hududiga yuborilgan harbiy;

1️⃣1️⃣ F. Girs - 1882-1884-yillarda Turkiston oʻlkasini tekshirgan imperatorning maxfiy maslahatchisi hisoblandi;

1️⃣2️⃣ G. Roxenbax – 1884 – 1889-yillarda Turkiston general-gubernatori lavozimida ishlagan;

1️⃣3️⃣ S. Putinsev - 1892-yilda “Vabo isyoni” paytida Toshkent shahar boshligʻi lavozimida ishlagan;

1️⃣4️⃣ A. Verevskiy – 1898-yilgacha Turkiston general-gubernatori lavozimida ishlagan;

1️⃣5️⃣ N. Korolkov – 1890-yillarida Sirdayo viloyati harbiy gubernatori lavozimida ishlagan. 1898-yildagi Dukchi eshon qoʻzgʻoloni vaqtida vaqtinchalik Turkiston general-gubernatori lavozimida boʻlib turgan;

1️⃣6️⃣ A. N. Kuropatkin – 1898-yilda Dukchi eshon qoʻzgʻoloni paytida Rossiya harbiy vaziri lavozimida ishlagan;

1️⃣7️⃣Konshevskiy – 1898-yilda Dukchi eshon qoʻzgʻoloni paytida Andijonda tumanboshi lavozimida ishlagan polkovnik;

1️⃣8️⃣ S. M. Duxovskoy - 1898-1901-yillarda Turkiston general-gubernatori lavozimida ishlagan;

1️⃣9️⃣ K. Palen - 1908-1910-yillarda Turkiston oʻlkasini podsho topshirigʻi bilan taftish qilgan senator hisoblanadi;

2️⃣0️⃣ A. Gippius – 1916-yildagi mardikorlikka olish paytida Fargʻona viloyati harbiy gubernatori lavozimida ishlagan;

2️⃣1️⃣ Ivanov – 1916-yildagi Jizzax qoʻzgʻolonini bostirgan polkovnik;

2️⃣2️⃣ Afanasyev – 1916-yildagi Jizzax qoʻzgʻolonini bostirgan polkovnik.


Muallif: O'rol Amirov
(@Amirov0215)

@Amirov0215_tarix
Yaqinda zakovat ekran oʻyinida 1945-yildagi Sovet Ittifoqidagi amnistiya bilan bogʻliq bir savol o'ynaldi. Men ham shunga oʻxshash bir savol tuzgan edim.

4⃣8⃣-savol.
1913-yil podsho Nikolay II bir guruh mayda jinoyatchilarga avf beradi. Vaholanki bu yili Rus tarixida aytarlik voqea sodir boʻlmagan edi. Unda bu amnistiya nimaning munosabati bilan berilgan boʻlishi mumkin?

Javob variantingizni ism-familiyangiz bilan birgalikda @Amirov0215 ga yuboring.

Javoblar 20:50 gacha qabul...

@Amirov0215_tarix
#Zakovatchi_muarrix_3

4⃣8⃣-savolning javobi: Romanovlar sulolasining 300 yilligi

Toʻgʻri javob berganlar:

1⃣ Berdiyev Odil 🥇
2⃣ O'ljayev Shexroz 🥈
3⃣ Qarshiboyev Anvar 🥉
4⃣ Jabborov Umirqul
5⃣ Xudoyberdiyev Azizbek
6⃣ Boyqobilov Avazbek
7⃣ Turg'unov Rasul
8⃣ Sattorov Erali
9⃣ Abdullayeva Dilnoza
🔟 Poʻlat Abduvaxobovich

Javob variantini yuborgan barcha tarixchilarga eʼtibor uchun tashakkur

👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏

@Amirov0215_tarix
Top-10 likka kirmagan-u, to'g'ri javob yozganlar har 10 ta savoldan so'ng umumiy jadvaldan o'z o'rnini ko'rib olishadi.
Testni hozir joylayman. 22:00 da yuqori ball toʻplagan ishtirokchilar roʻyhatini kanalimda eʼlon qilindi.

21:00 da netga kirish imkonim yoʻq boʻlib qoldi.
🎲O'rol Amirov (@Amirov0215_tarix) kanalidan #Har_payshanba_DTM deb nomlangan 30 talik (8 Oʻzbekiston tarixi asosida) test” testi
🖊 30 ta savol · 1 daqiqa
🏆 “O'rol Amirov (@Amirov0215_tarix) kanalidan #Har_payshanba_DTM deb nomlangan 30 talik (8 Oʻzbekiston tarixi asosida) test” testidagi eng yuqori natijalar

🖊 30 ta savol
Har bir savolga 1 daqiqa

🥇 @javohirochilov0815 – 30 (1 daqiqa 37 soniya)
🥈 Adolat Seytnazarova – 30 (3 daqiqa 3 soniya)
🥉 @Abrorbek_Abdurazzaqov – 30 (4 daqiqa 51 soniya)
4. @Um1rqul – 28 (4 daqiqa 33 soniya)
5. Adham Panjiyev – 28 (5 daqiqa 54 soniya)
6. Адолат Сейтназарова – 25 (8 daqiqa 45 soniya)
7. Faxriddin Mustapov – 22 (5 daqiqa 50 soniya)
8. Damir Ishniyazov – 20 (6 daqiqa 49 soniya)
9. Azizbek Xudoyberdiyev – 20 (4 daqiqa 47 soniya)
10. Habiba Ilyosova – 17 (7 daqiqa 36 soniya)
11. Ахатова Гулмира – 17 (4 daqiqa 43 soniya)
12. @Alimurod7 – 17 (8 daqiqa 37 soniya)
13. Maxsuda Hojiyeva – 15 (9 daqiqa 13 soniya)
14. Феруза Исматова – 13 (3 daqiqa 10 soniya)
15. С.Н.Б.ТАРИХ. – 13 (4 daqiqa 52 soniya)
16. proudtobeuzbek – 11 (4 daqiqa 21 soniya)
17. Зумрадхон Тайирова – 11 (6 daqiqa 54 soniya)
18. @Specialeins – 7 (2 daqiqa 41 soniya)
19. @tarixfanidanattestatsiya_1 – 6 (3 daqiqa 38 soniya)
20. @Barakayev_ozodbek – 5 (3 daqiqa 10 soniya)
#tarix
#Amirov
#Abituriyentlarga

Mavzu: Banklar

1⃣ Bank soʻzi italyancha “banko” – “kursi, sarrof doʻkonidagi oʻrindiq” nomidan olingan;

2⃣ Dastlabki banklar XIV – XV asrlarda Italiyaning yirik shaharlarida paydo boʻlgan;

3⃣ XV asrda zamonaviy koʻrinishdagi ilk bank – Genuyadagi Avliyo Georgiy banki paydo boʻlgan;

4⃣ XIX asrning ikkinchi yarmida Argentinaning Buenos-Ayres shahrida Milliy bank ochilgan;

5⃣ 1889-yilda ingliz monopolisti Reyter Eronda “Shahonshohbank” ochishga erishdi;

6⃣ XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiyada “Peterburg xalqaro banki”, “Azov-Don” va “Rus-Osiyo” mamlakat hayotida yetakchi rol oʻynay boshlaganlar;

7⃣ Stolipin agrar islohatida dehqonlarga davlat va pomeshiklarga qarashli yerlari sotib olishlari uchun “Dehqonlar banki” orqali yordam berish koʻzda tutilgan;

8⃣ XX asr boshida Avstriya-Vengriyada ssuda kapitali Venadagi yirik banklarda toʻplangan;

9⃣ XX asr boshida Fransiyada uchta, AQSHda ikkita gigant banklar vujudga kelgan;

1⃣0⃣ Chor Rossiyasi davrida Oʻrta Osiyo davlat banki Toshkentda ochilgan;

1⃣1⃣ Chor Rossiyasi davrida Rossiya davlat bankining boʻlimi Buxoroda ochilgan;

1⃣2⃣ Rossiya-Osiyo bankining boʻlimi Yangi Urganchda ochilgan;

1⃣3⃣ Sibir savdo bankining boʻlimi Yangi Urganchda ochilgan;

1⃣4⃣ 1909-yilda Rossiya-Osiyo banki va Madiyorov-Baqqolov kapitalini birlashtirgan "A-Meta" sindikati tashkil etilgan;

1⃣5⃣ 1918-yil 22-fevralda Qoʻqon shahrida Rus-Osiyo banki binosida bolsheviklar va mahalliy aholi vakillari oʻrtasida “tinchlik shartnomasi” imzolangan;

1⃣6⃣ 2006-yilda Jahon bankining prognoziga koʻra, 2025-yilga kelib Hindiston iqtisodiyoti dunyoda Xitoy va AQShdan soʻng uchinchi oʻringa chiqishi mumkin;

1⃣7⃣ 2017-yil 3-avgust kuni ijodkor ziyolilar bilan bo‘lgan uchrashuvida bir qator madaniy muassasalarga homiy tashkilotlar belgilab berildi. Shu yo‘nalishda Xalq banki bilan Yozuvchilar uyushmasining “Do‘stlar klubi” tashkil etildi;

1⃣8⃣ Shavkat Mirziyoyev 2017-yil BMTning 72-sessiyasiga borgan payti Jahon banki prezidenti Jim Yeng Kim bilan uchrashdi;

1⃣9⃣ Bankrotlik holati:
2001-yil Argentina,
1876-yil Usmonli davlati;

2⃣0⃣ Bankirlar:
Amerikalik Charlz Daues,
Nemis bankiri Simens.


Muallif: O'rol Amirov
(@Amirov0215)


@Amirov0215_tarix
#Zakovatchi_muarrix_3

4⃣9⃣-savol:

1990-yillarda Namibiya davlati oʻz pul birligi - 10, 20, 50, 100, 200 lik "Namibiya dollari"ni muomalaga chiqargan. Bu qogʻoz pullarning hammasining old tomonida XX asrning boshlarida vafot etgan bir shoirning portreti tasvirlangan edi. Siz bu shoirni taniysiz, hatto uning she'rini ham darslikda oʻqigansiz.


DIQQAT SAVOL: bu shoirning ism-familiyasini yozib bering.


Javob variantingizni ism-familiyangiz bilan birgalikda @Amirov0215 ga yuboring.


Javoblar 18-fevral 21:00 gacha qabul


@Amirov0215_tarix
#Zakovatchi_muarrix_3

4⃣9⃣-savolning javobi: Xendrik Vitboy

Izoh:
Namibiya Afrikadagi davlat. Afrikalik va
XX asrning boshlarida vafot etgan shoirni izlash kerak edi. Xendrik Vitboy 1905-yil vafot etgan.


To'g'ri javob berganlar:

1⃣ Berdiboyev Ulug'bek 🥇
2⃣ O'ljayev Shexroz 🥈
3⃣ G'aniyev Mardon 🥉
4⃣ Temirova Saidabonu
5⃣ Fayzullayev Azizbek
6⃣ Ataqulov Behruz
7⃣ Mardonqulov Mizrob
8⃣ Nasriyev Behruzbek
9⃣ O'razaliyev Abror
🔟 Sardor Hazrat

Javob variantini yuborgan barcha tarixchilarga eʼtibor uchun tashakkur

👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏

@Amirov0215_tarix
Top-10 likka kirmagan-u, to'g'ri javob yozganlar har 10 ta savoldan so'ng umumiy jadvaldan o'z o'rnini ko'rib olishadi.
Chavandozlar! Qani, otlaning darhol,
Barchaga yetarli o‘q-dori, qurol.
Aslo ikki qilmang sardoming so‘zin,
Tunda yo‘l bosing-u, tongda o‘q uzing.

G‘aflatda qoldiring dushmanni har kez,
Lekin chekinmoqni o‘ylamang hargiz.
Dunyoda bo‘lmagan, bo‘lmaydi hech ham,
G‘alaba ta’midin shirinroq bir ta’m.

Xendrik Vitboy

@Amirov0215_tarix
#tarix
#Amirov
#Kayfiyat_uchun

Parodiya

Abituriyentlar! Qani, otlaning darhol,
Barchaga yetarli kitob, test, savol.
Aslo ikki qilmang ustozning so'zin,
Tunda kitob o'qing-u, tongda test yeching.

G'aflatda qoldiring DTMni har kez,
Lekin chekinmoqni o'ylamang hargiz.
Dunyoda bo'lmagan, bo'lmaydi hech ham,
TALABALIK ta’midan shirinroq bir ta’m.

Asl versiya muallifi: Xendrik Vitboyning o'g'li
Parodiya muallifi: O'rol Amirov


@Amirov0215_tarix
#tarix
#Amirov
#Abituriyentlarga

Mavzu
: Pullar

Oʻzbek xalqida “pul – jigardan boʻlgan” degan ibora mavjud. Keling, pullarning nomlanishi haqida tarix darsliklaridagi faktlarni qarab chiqamiz.

1️⃣ Mesopotamiyada kumush quymasi pul oʻrnida ishlatilgan;

2️⃣ Fors podsholigida Doro I davrida “darik” zarb qilingan;

3️⃣ Oʻrta Osiyoda dastlabki tanga-pullar mil.avv. V – IV asrlarda tarqalgan;

4️⃣ Vizantiyada oʻrta asrlarda “numisma” deb atalgan pul ishlatilgan;

5️⃣ Xitoyda VII asrda “syan” deb atalgan pul zarb qilingan;

6️⃣ Xitoyda Yuan sulolasi davrida qogʻoz pul ishlab chiqarilgan;

7️⃣ Somoniylar davlatida “dirham” va “fals” deb atalgan pullar muomalada bo’lgan;

8️⃣ Chigʻatoy ulusida Kebekxon “kepaki” nomini olgan “dinor” va “dirham” deb atalgan tangalar zarb qildirgan;

9️⃣ Mirzo Ulugʻbek 1428-yilda fulusiy pullar islohatini oʻtkazgan, bu xalq orasida “fulusi adliya” ya’ni “adolatli chaqa” nomini olgan;

🔟 Buxoro amirligida pullar “tilla”, “tanga” nomlari bilan atalgan;

1️⃣1️⃣ Qoʻqon xonlaridan Norboʻtabiy – “fals”, Olimxon – “dinor”, Umarxon – “dirham” deb nomlangan tangalar zarb qildirishgan;

1️⃣2️⃣ Yaponiyada Meydzi islohotlari davrida “iyena” deb nomlangan pul zarb qilingan;

1️⃣3️⃣ Buyuk Britaniyada pul birligi “funt-sterling” deb ataladi;

1️⃣4️⃣ Germaniya pul birligi XX asr boshida “marka” deb atalgan;

1️⃣5️⃣ Qozogʻistonda 1993-yil noyabrda milliy valuta – “tenge” muomalaga kiritilgan;

1️⃣6️⃣ Oʻzbekistonda 1993-yil 1-noyabrda “soʻm-kupon” muomalaga chiqarilgan boʻlsa, 1994-yil 1-iyuldan hozirgi milliy valutamiz - “soʻm” muoamlaga kiritilgan;

1️⃣7️⃣ Ukrainada 1996-yilda “grivna” deb atalgan valuta muomalaga kiritilgan;

1️⃣8️⃣ Yevropa Ittifoqida (Buyuk Britaniyadan tashqari) 2002-yilda yagona valuta – “yevro” joriy qilingan;

1️⃣9️⃣ Laos pul birligi “kipa” deb ataladi;

2️⃣0️⃣ Indoneziya pul biriligi “rupiya” deb ataladi;

2️⃣1️⃣ Hindiston pul birligi ham “rupiya” deb ataladi;

2️⃣2️⃣ Turkiya pul birligi hozirda “lira” deb ataladi;

2️⃣3️⃣ Meksika pul birligi “peso” deyiladi;

2️⃣4️⃣ Rossiya Federatsiyasida pul birligi “rubl” deb ataladi.


Muallif: O'rol Amirov
(
@Amirov0215)


@Amirov0215_tarix
1884-yilda qaysi davlatda kasaba uyushmalarining erkin faoliyatiga hamda ish tashlashda ruxsat etuvchi qonun qabul qilingan?
Anonymous Quiz
25%
Germaniya
48%
Fransiya
21%
Avstriya-Vengriya
6%
Italiya