Alpha Crew Med ©
929 subscribers
196 photos
59 videos
171 files
294 links
Aim Higher. Reach Faster. Shine Brighter.

Siz bu yerda topishingiz mumkin: Videolar, Audiolar, Konspektlar, Yangi ma'lumotlar, Maslahatlar, Shaxsiy Xulosalar...

Kontent:
* Patologiya
* (waiting)

est. in 2020 by Javokhir Khabibullayev
Download Telegram
🔱 #keepcalm challenge 🔱

🔴🔴 STOP 🔴🔴

Bugun uchun yetarli...

Endi shu oʻtgan 2 soat ichida nima oʻrganganingizni commentda yozib qoldiring...

Ishtirok uchun rahmat...

Alpha Crew
#cardiology
#ECG

Lutemba(s)her sindromi haqida eshitganmisiz?

Lutembaher sindromi — ushbu sindrom bo'lmachalararo to'siq defekti va mitral stenoz bilan ta'riflanadi. Mitral stenoz bo'lmachalararo to'siq hisobiga yuzaga keladi. Belgilari: mitral stenozga hos bo'lgan barcha belgilar. Ko'pincha ushbu sindrom bilan og'rigan bemorlar noto'g'ri diagnostika qilinadi... Mashxur kardioxirurg Stefen Vestaby so'zlariga ko'ra ushbu kasallik Boltiqbo'yi mamlakatlari va shimoliy Afrikada keng tarqalgan.

EKG ga e'tibor bersangiz, ushbu sindrom uchun xos bo'lgan chap bo'lmacha gipertrofiyasi(o'tkirlashgan P tishcha) va Giss tutami o'ng oyoqchasi blokadasi(V1,2,3) ni ko'rishingiz mumkin...

Kanalga qo'shilish: Alpha Crew
🔱 #keepcalm challenge 🔱

🔴🔴 STOP 🔴🔴

Bugun uchun yetarli...

Endi shu oʻtgan 2 soat ichida nima oʻrganganingizni commentda yozib qoldiring...

Ishtirok uchun rahmat...

Alpha Crew
#genetics
#rheumatology

Osler-Weber-Rendu kasalligi...

Irsiy gemorragik teleangiektasia...
Ushbu kasallik autosoma dominant tipida nasldan naslga o'tadi. Irsiy buzilish hisobiga angiogenez buziladi. Qon tomirni tashkil qiladigan hujayralarning displaziyasi kuzatiladi. Natijada, arteriovenoz shuntlarda kamchiliklar yuzaga keladi va qon tomirlardan qon sizib chiqa boshlaydi. Bu kasallikka chalingan bemorlar ko'p qon yo'qotish hisobiga temir tanqisligi anemiyasi bilan ham og'rishadi.

Qon ko'p ketadigan sohalar: burun bo'shlig'i, lablar, shilliq qavatlar. Bundan tashqari ichki a'zolar o'pka, oshqozon, miyadan ham qon ketish kabi og'ir holatlar yuzaga keladi.

Gollandiya va Fransiyaning ba'zi hududlarida ko'p uchraydi...

Da'vosi yo'q. Davolash simptomatik...

Kanal: Alpha Crew
🔱 #keepcalm challenge 🔱

🔴🔴 STOP 🔴🔴

Bugun uchun yetarli...

Endi shu oʻtgan 2 soat ichida nima oʻrganganingizni commentda yozib qoldiring...

Ishtirok uchun rahmat...

Alpha Crew
Forwarded from Alimoff
​​Калланг ишламаса хотинсиз қопкетишинг мумкинлиги ҳақида

Ҳиндистонни Уттар-Прадеш вилояти. Икки ёшни бошини қовуштириш мақсадида янгалар қўшиқлар айтиб там бошларини ликиллатиб рози ризолик олишибди. Ҳиндистон ҳам бу борада Ўзбекистон каби, ҳамма нарсани ота-оналар ҳал қилади. (Ким билан бутун умр яшашингниям ота-оналар ҳал қиберишига қотаманда бору😂)

Тўй кечаси, сариларни энг "ит"лари кийилган, куёв бўлмиш жанаварам мўйловларни алья Гупта соҳиб стильда анаққиган. Хуллас, ҳалиги оловни атрофида эпичная музыка билан слоумошнда айланишдан олдин, қиз минде юзидаги пардасини кўтариб, куёв бўлмишдан карра жадвалини 2 га кўпайтирадиган қисмини сўраб қоса бўлами денг😐

Ну типа 2 карра 7 неччи? 2 карра 3 неччи? Куёв бўлмиш эса канешна "Человек который познал бесконечность" фильмидаги ҳинд математиги эмасди. Естественно билмайди.

Қиз шартта тўйни тўҳтатади. Ҳатто карра жадвалини билмайдиган одамга теккандан кўра ёлғиз ўтганим афзал дейдию кетворади.

Так что, ойи кўчага ўйнагани чиқиб келаверайми деганингда ойинг: карра жадвалини ёдладингми улим? десалар уфффилламагин. Керагўпқолади😜

@nurbekalimov
🔰🔰🔰Keyingi discuss🔰🔰🔰

🔱🔱🔱 2-iyul (juma)🔱🔱🔱

⚜️⚜️⚜️ Soat 21.00 ⚜️⚜️⚜️

🔆 Mavzu: Piyelonefrit 🔆

Alpha Crew
Alpha Crew Med © pinned «🔰🔰🔰Keyingi discuss🔰🔰🔰 🔱🔱🔱 2-iyul (juma)🔱🔱🔱 ⚜️⚜️⚜️ Soat 21.00 ⚜️⚜️⚜️ 🔆 Mavzu: Piyelonefrit 🔆 Alpha Crew »
📌📌 Guruhdagi holat 📌📌

Qatnashchilar: 38 ta
Bot: 1 ta
Adminlar: 7 ta

Bo'sh joylar: 2 ta
#pathology

Retrograd va paradoksal embolizm...

Retrograd embolizm — ma'lum bir oqimga qarshi harakatlanadigan embollar. Bunday embollar asosan venoz qon tomirlarda bo'ladi. Lekin arterial qon tomirlarda ham uchrashi mumkin. Bu jarayon embolning massasiga va bosimga bog'liq.

Paradoksal embolizm — asosan yurak devorlarining defektlari natijasida yuzaga keladi. Aniqrog'i arterial oqimdagi embol venoz oqimga(yoki teskarisi) yurak devorlaridagi teshiklar orqali o'tib qoladi. Bu holat arteriovenoz shuntlarda ham yuzaga kelishi mumkin.

Kanal: Alpha Crew
​​#pathology

Keyloid chandiq...

Ushbu patologik holat organizmda mahalliy biriktiruvchi to'qimalar proliferatsiyasi va angiogenez buzilishi natijasida kelib chiqadi.
🔰 Sabablari: postoperativ chandiqlar, kuyish, vaksinatsiya, terini qashlash...
🔰 Ko'proq ko'krak qafasi, yelka, bo'yin va quloq ortida uchraydi. Osiyolik va Janubiy Amerikaliklarda ko'p uchraydi.
🔰 Chandiq hosil bo'lish jarayoni 4 ta bosqichda kechadi: 1. Gemostaz; 2. Yallig'lanish; 3. Proliferatsiya; 4. To'qima remodelizatsiyasi.
🔰 Bu holat yuzaga kelishida sitokinlarning, ayniqsa, TGF-beta ni o'rni katta. Ularning ta'siri natijasida fibroblast aktivligi ortib ketadi. Natijada biriktiruvchi to'qimaning hosil bo'lishi ularning degradatsiyasidan ko'payib ketadi.
🔰 Davolashning bir nechta usullari bor lekin hech biri to'liq da'vo hisoblanmaydi. Chunki keyloid chandiq yana qaytalanaveradi.
Davolashning operatsiya, operatsiya+radioterapiya, krioterapiya, steroidlar bilan davolash, bleomitsin, lazer terapiya, aspirinli usul kabi bir nechta turlari bor.

Kanal: Alpha Crew | Ingliz tili kanalimiz
Forwarded from English with Jack Hobbs (𝑱𝒂𝒄𝒌 𝑯𝒐𝒃𝒃𝒔 🄼.🄳.)
​​#advice
#IELTS
#highly recommended

🔥🔥🔥

Ingliz tilini o'rganayotgan talabalarning ko'pchiligi IELTS ga tayyorlanish va qaysi internet manbaalaridan foydalanish haqida ko'p so'rashadi.

Self-Study qilgan talaba va teacher sifatida quyidagi YouTube kanallarini sizga tavsiya qilaman.

1. Academic English Help (1,52 mln) - ushbu kanalda Adrian degan brat(o'ta kuchli tutor) o'zini IELTS haqidagi hamma bilimlarini ulashadi. Bu yerda Speaking, Writing, Listening, Reading bo'yicha ajoyib darslarga ega bo'lasiz. Asosiysi bepul😅.

2. IELTS Liz (1,37 mln) - bu apa ham juda kuchli tutor. Bu yerda ham IELTS ning barcha yo'nalishida ma'lumotlar topishingiz mumkin. Xatto Grammar ham. Tep tekin😁.

3. TEDx Talks (31,7 mln) - bu kanal speechlar kanali hisoblanadi. Bu kanalda har bir speech o'z subtitrlariga ega. Listening va Vocabularyni kuchaytirish uchun foydali. Bundan tashqari bu kanalda siz o'zingiz uchun motivatsiya va hayotiy tajribalarni olishingiz mumkin. Ayniqsa qog'oz qalamiz bo'lmaganda foydalanish uchun zo'r kanal. Tavsuyu...

4. BBC News (10,3 mln) - ushbu kanalda sof British accentdagi boshlovchilarning reportajlarini kuzatishining mumkin. Yana subtitrlari ham bor. Listening va Vocab uchun zo'r sharoit. +Dunyoda bo'layotgan svejiy yangiliklarni olishiz mumkin. Ertalabda 1 stakan kofe va pechenye bilan ko'rish uchun zo'r kanal.

5. E2 English (1,02 mln) - bu kanalda bir nechta bratlar va apalar IELTS bo'yicha ajoyib tip and tricks o'rgatadi. Ayniqsa karantin vaqtida ular online dars o'tishdi(xuddi Zoomdagidek) va ularni teppa-tekinga kanalga joylashdi. Prosto, respect. Kirib ko'rilar, faqat qolib ketmang☺️

6. English Lessons with Adam (2,58 mln) - bu brat EngVid asoschilaridan biri hisoblanadi. Aka umumiy ingliz tili haqida super darslarni kanaliga joylab boradi. Mb sarflashga arziydi...

7. Learn English with Emma (3,65 mln) - Emmaning ham usuli Adamga o'xshab ketadi. Lekin Grammar tushuntirishni prosto ustasi bu opa. Ancha narsa o'rganganman. Tavsiya qilaman...

O'ylaymanki yuqoridagi 7 ta kanal siz uchun anchagina foydali bo'ladi. Hammasi tekin, self-study va extra mashg'ulotlar uchun ajoyib imkoniyat.

Channel: English with Jack Hobbs

Tibbiyot kanalimiz: Alpha Crew
​​#cardiology
#cardiosurgery

AB-180 yoki "TandemYurak texnologiyasi" haqida eshitganmisiz?

1990-yillarda Amerikada ishlab chiqarilgan bu qurilma Yurak yetishmovchiligining og'ir formalari bilan og'riyotgan bemorlarda qo'llangan. Ushbu qurilma yordamida o'tkazilgan 2 ta operatsiya muvaffaqiyatli yakunlangan. Lekin ularning 2 si ham unchalik uzoq vaqt yashamagan. 1-si ichki qon ketish natijasida, 2-infeksiya natijasida hayotdan ko'z yumishgan. Shundan so'ng bu qurilmaga eng oxirgi chora sifatida qarala boshlagan.

1998-yilda Stefen Vestabi tomonidan yana bir bemorga ushbu qurilma qo'yilgan va operatsiya muvaffaqiyatli yakunlangan. Shundan so'ng bu texnologiya yanada rivojlantirilgan.

Qanday ishlaydi? Tug'ma yurak nuqsonlari yoki yurak yetishmovchiligi bor bo'lgan bemorlarga ushbu qurilma ulanadi. Uning 1- uchi yurakning chap qorinchasiga, 2-uchi esa bevosita aortaga ulanadi. Bu yo'l bilan chap qorinchani qon haydash vazifasidan xalos etiladi(dam beriladi). Organizmdagi qon aynan shu qurilma orqali o'ta boshlaydi. AB-180 apparati bemorning hayotini uzaytirish va donor yurak topilgunga qadar uning hayotini saqlash vazifasini bajaradi.

Salbiy jihatlari: harakat uchun noqulay; infeksiya tushish xavfi ortadi; ichki qon ketish xavfi; yana qayta operatsiya qilish kerakligi.

Kanal: Alpha Crew

Ingliz tili kanalimiz: English with Jack Hobbs
🔱 Imkoniyatlar va istaklar hech qachon teng bo'lmaydi. 🔱

Imkoniyatlar va istaklar sinxron ravishda o'saveradi. Imkoniyatingiz kengaygan sari istaklaringiz ortaveradi. 2 yil oldin orzu qilgan IphoneX dan hozir zerikkansiz va atrofingiz shunday erishib bo'lingan istaklarga to'la...

Shunday ekan, maqsadlarni kattaroq qiling! 2 yildan keyin bugun qo'ygan maqsadingizni eslab kulishga to'g'ri kelmasin...

Alpha Crew
Kanalga ajoyib musiqalar yoki qo'shiqlarni ham joylab borilishiga qanday qaraysiz?
Anonymous Poll
64%
Ajoyib fikr...
36%
Yaxshi fikr deb hisoblamayman
​​#cardiology
#syndrome

ALCAPA sindromi haqida eshitganmisiz?

ALCAPA — Anomalous Left Coronary Artery from the Pulmonary artery...
Ushbu kasallikda chap toj arteriyasi normadagidek Aortadan chiqish o'rniga O'pka arteriyasidan chiqadi. Natijada, chap bo'lmachaning kichik va chap qorinchaning katta qismi yuqori bosim va yuqori konsentratsiyaga ega qon o'rniga venoz qon qabul qila boshlaydi. Bu esa o'z navbatida gipoksiya keltirib chiqaradi va chap qorincha normadagidek qisqara olmaydi. Xuddi yurak yetishmovchiligidek belgilar kuzatiladi. Ushbu patologik holat anchagina jiddiy holat hisoblanib, bemorni zudlik bilan operatsiya qilishni talab etadi.
Diagnostikasi ham biroz murakkab. Faqat MRT yoki dopler yordamida aniqlash mumkin.

Alpha Crew Med

English with Jack Hobbs
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 30-iyun 🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aziz do'stlar, bugungi 30-iyun "Yoshlar kuni" bilan barchangizga muborak bo'lsin...

Yuqori marralarni zabt etishdan hech qachon charchamang...
​​#nephrology
#urology
#discuss

Nechiporenko sinamasi...

Bu sinama o'tkazishdan maqsad siydikdagi(1ml) qonning shaklli elementlari va ularning sonini o'rgangan holda siydik ayirish sistemasidagi yallig'lanish jarayonini aniqlash. Bu usul sistit va piyelonefritga tashxis qo'yishda katta ahamiyatga ega.

Normada 1 ml siydikda 2000 tagacha leykotsit va 1000 tagacha eritrotsit bo'lishi mumkin. Lekin aynan yallig'lanish bo'ladigan bo'lsa, ushbu sonlar o'zgaradi.

Buning uchun bemorning erta tongdagi peshobi taxlik qilinadi. Siydikning o'rta porsiyasidan 50-100 ml atrofida olinadi va uni sentrifugada 3-5 daqiqa davomida aylantiriladi. Oxirgi bosqichda esa 1 ml siydikni probirkada olib Goryayevo kamerasida uning leykotsit va eritrotsilari soni aniqlanadi.

Alpha Crew

English with Jack Hobbs
​​#nephrology
#urology
#discuss

Zimnitskiy sinamasi...

Ushbu sinama siydikning sutkalik miqdori va siydikning zichligi sutka davomida qanday o'zgarayotganini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Bu yo'l bilan insonning buyrak faoliyatiga baho berishimiz mumkin.

O'tkazilish texnikasi qanday? Buning uchun 8 ta probirka(yanada ko'proq aniqlik uchun 12 ta) kerak bo'ladi. Bemordan har 2-3 soatda siydik tahlili olinadi. Hamma probirkalarga peshob yig'ib bo'lingandan so'ng ularni zichligi va miqdorlari solishtiriladi.

Normada siydikning solishtirma og'irligi 1012-1025 bo'ladi.

Alpha Crew

English with Jack Hobbs
Konspekt tayyorlash jarayoni...