κ―­π†„ΰ½½ΰΏ†π†„κ―­πŸ‡ΎπŸ‡Ήκ―­π†„ΰ½½ΰΏ†κ―­π†„κ―­π—”π„„κ―­ΰ½½κ―­π„„π—Ÿκ―­π„„ΰ½½π„„κ―­π—œπ„„κ―­ΰ½½π„„κ―­Q𝄄꯭ཽ𝄄꯭A𝄄ཽ𝄄꯭SS𝄄꯭꯭ཽ𝄄O𝄄꯭𝆄꯭ཽ࿆𝆄꯭BπŸ‡ΎπŸ‡Ήκ―­
1 subscriber
380 photos
2.3K videos
833 links
κ―­πŸ₯©κ―­π“†©κ―­κ―­π‘„꯭꯭꯭꯭𐇴𝐴꯭꯭꯭꯭꯭꯭𐇴𝑆꯭꯭꯭꯭𐇴𝑆꯭꯭꯭꯭꯭꯭𐇴𝑂꯭꯭꯭꯭꯭꯭𐇴𝐡꯭꯭꯭꯭π“†ͺκ―­πŸ₯©κ―­
Download Telegram
β€Œβ β β β β€οΈβ€Œβ β β β β β  κ―­π—¬π—’π—€π—¦π—”πŸ§šβ€β™€οΈπ—€π—’π—ŸπŸ§Έπ—¬π—’π—€π— π—”π—¦π—”πŸŒΉπ—¬π—’π—€π—’π—Ÿα·Όα·Όβ€Œβ β β β β€οΈβ€ŒΰΎƒ
Onamning dardlarin olib qoβ€˜y hayot

Begβ€˜ubor koβ€˜nglida shuncha tashvish bor,
Baxtlarni qalbiga solib qoβ€˜y hayot,
Koβ€˜zyoshlari yuvgan qancha bolish bor,
Onamning dardlarin olib qoβ€˜y hayotπŸ‚πŸ‚

Ozor-la o'tkazgan kunlari haqi,
Uyqusiz qiynalgan tunlari haqi,
Tan bergan dunyo-yu-dunlari haqi,
Onamning dardlarin olib qoβ€˜y hayot πŸ‚πŸ‚

Men sabab yuzida ajinlar bisyor,
Termulib oβ€˜tirsa qalbda erir qor,
Tabassum qilsalar qishlarim , bahor,
Onamning dardlarin olib qoβ€˜y hayot πŸ‚πŸ‚


Doimo baxt ila yursinlar shu bas,
Dunyolar ul zotdan ustun boβ€˜lolmas,
Bu olam osmoni, poyiga tengmas,
Onamning dardlarin olib qoβ€˜y hayot πŸ‚πŸ‚

Bagβ€˜riga bosganda qoβ€˜llari mayin,
Ulgβ€˜aydim mehri-la vaqt oβ€˜tgan sayin,
Beminnat ,qalbi pok yoβ€˜q onamdayin,
Onamning dardlarin olib qoβ€˜y hayot πŸ‚πŸ‚

Mayusli koβ€˜zlari ummonga qiyos,
Bagβ€˜riga gullarni solib qoβ€˜y hayot,
Quvontir , gβ€˜amlarin arit iltimos,
Onamning dardlarin olib qoβ€˜y hayot πŸ‚πŸ‚

✍🏻Nurmamatova Jasmina.
26.07.2023.
Channel name was changed to Β«κ―­π†„ΰ½½ΰΏ†π†„κ―­πŸ‡ΎπŸ‡Ήκ―­π†„ΰ½½ΰΏ†κ―­π†„κ―­π—”π„„κ―­ΰ½½κ―­π„„π—Ÿκ―­π„„ΰ½½π„„κ―­π—œπ„„κ―­ΰ½½π„„κ―­Q𝄄꯭ཽ𝄄꯭A𝄄ཽ𝄄꯭SS𝄄꯭꯭ཽ𝄄O𝄄꯭𝆄꯭ཽ࿆𝆄꯭BπŸ‡ΎπŸ‡Ήκ―­Β»