Ajr_islom
15.3K subscribers
3.04K photos
3.69K videos
5.75K links
AJR - loyihasining Telegramdagi rasmiy sahifasi

Instagram: www.instagram.com/ajr_islom

© Kanaldan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilsin!
Download Telegram
Abu Laylo Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Payg‘ambarimiz alayhissalom sahobalari bilan bir g‘azotga chiqdilar. Yo‘lda sahobalar hazillashib, uxlab yotgan bir sherigini qo‘rqitish uchun uning o‘qdonini olib, yashirib qo‘yishdi. O‘qdonning egasi uyg‘onib, o‘qdonini topa olmay qoldi. U qo‘rquvdan sarosimaga tushib, jonholatda o‘qdonini qidira boshladi. Shu payt Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Musulmon odamga musulmon birodarini qo‘rqitish halol bo‘lmaydi», dedilar.
Bu hadisning boshqa rivoyatlarida, masalan, Nu'mon ibn Bashirdan rivoyat qilingan rivoyatlardan birida o‘qdon emas, arqon yoki o‘q deb aytilgan. Ammo ma'no bir xil – musulmon odamga musulmon odamni aldash, narsasini yashirib qo‘yib, hazillashib qo‘rqitish halol bo‘lmaydi.

Eslating, eslatish mo'minlarga manfaat berur!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mo‘min banda birodarining o‘zgalarga zarari yetmaydigan aybini bilib, uni yashirishi ulkan savobdir. Bu haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan quyidagi hadis rivoyat qilingan:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Biror banda dunyoda bir bandaning aybini yashirsa, Alloh taolo qiyomat kuni uning ayblarini yashiradi”, dedilar” (Imom Muslim rivoyati).

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm qilmaydi, uni tashlab ham qo‘ymaydi. Kim birodarining g‘amida bo‘lsa, Alloh uning g‘amida bo‘ladi. Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim musulmondan bir tashvishni aritsa, Alloh undan Qiyomat kunining tashvishlaridan birini aritadi. Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh Qiyomat kunida uning aybini berkitadi”, dedilar”  (Imom Buxoriy rivoyati)
🌿🌿🌿

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
NAMOZ VAQTLARI:
16.01.2022yil. Yakshanba

JUMODUS SONIY — 12. 1443-yil


“𝐀𝐡𝐥𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐧𝐚𝐦𝐨𝐳 (𝐨ʻ𝐪𝐢𝐬𝐡) 𝐠𝐚 𝐛𝐮𝐲𝐮𝐫𝐢𝐧𝐠 𝐯𝐚 (𝐨ʻ𝐳𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐡𝐚𝐦) 𝐮𝐧𝐠𝐚 (𝐧𝐚𝐦𝐨𝐳𝐠𝐚) 𝐛𝐚𝐫𝐝𝐨𝐬𝐡𝐥𝐢 𝐛𝐨ʻ𝐥𝐢𝐧𝐠!”
ᴛᴏʜᴀ sᴜʀᴀsɪ 132-ᴏʏᴀᴛ

Yaqinlaringizga ham eslating!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
#Bilasizmi
Qur'oniy xulqlar:

1. Sodiqlik va rostgo‘ylik.
«Ey iymon keltirganlar, Allohdan qo‘rqinglar va (iymonida) sodiq bo‘lgan zotlar bilan birga bo‘linglar!» (Tavba surasi, 119-oyat).

2. Omonatdorlik.
«Alloh sizlarni omonatlarni o‘z egasiga topshirishga, odamlar orasida hukm qilganingizda adolat bilan hukm qilishga buyuradi» (Niso surasi, 58-oyat).

3. Tavozu'lik.
«O‘zingizga ergashgan mo‘minlar uchun qanotingizni past
tuting (ya'ni ularga xush xulq bilan kamtarona
muomalada bo‘ling)!» (Shuaro surasi, 215-oyat).

4. Afv.
«Ularni afv etib, kechirib yuboravering. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi» (Moida surasi, 13-oyat).

5. Muloyimlik.
«Fir'avnning oldiga boringlar, chunki u (o‘zini iloh
deb) haddidan oshdi. Unga yumshoq gapiringlar, shoyad
pand-nasihat olsa yoki (Mening qahrimdan) qo‘rqsa»
(Toha surasi, 43-44-oyatlar).

6. Shukr.
«Va Robbingiz sizga: «Qasamki, shukr qilsangiz, albatta ziyoda qilurman. Kufr keltirsangiz, Mening azobim shiddatlidir», deb bildirganini eslang» (Ibrohim
surasi, 7-oyat).

7. Sabr qilish.
«Ey iymon keltirganlar! Sabr qilinglar. Sabr bilan g‘olib kelinglar» (Oli Imron surasi, 200-oyat).

8. Istiqomatda bo‘lish.
«Sen va sen bilan birga tavba qilganlar mustaqim turinglar, tug‘yonga ketmanglar. Chunki U Zot nima qilayotganingizni ko‘rib turadir» (Hud surasi, 112-oyat).

9. Rahmdillik.
«Ular (ya'ni ota ona) uchun mehribonlik bilan xorlik
qanotingni past tut, xokisor bo‘l va: «Robbim, (ular)
meni go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab o‘stirganlaridek, Sen ham ularga rahm-shafqat qilgin», degin!

10. Sofdillik.
«Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar ayturlar: Robbimiz! Bizlarni va bizlardan ilgari iymon bilan o‘tgan birodarlarimizni mag‘firat qilgin, qalblarimizda iymon keltirgan zotlarga nisbatan g‘ashlik paydo qilmagin. Robbimiz! Sen Mehribonsan, Rahmlisan» (Hashr surasi, 10-oyat).

11. Hayo.
«Alloh uni ko‘rib turishini bilmaydimi?!» (Alaq surasi, 14-oyat).

Eslating, eslatish mo'minlarga manfaat berur!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dillarga har qanday tillarda go’zal qur’onim!🙋🏻‍♂️☝🏻🌿🌿🌿

َإِذَا قُرِئَ ٱلۡقُرۡءَانُ فَٱسۡتَمِعُوا۟ لَهُۥ وَأَنصِتُوا۟ لَعَلَّكُمۡ تُرۡحَمُونَ
Qur’on tilovat qilganda uni tinglanglar va jim turinglar, shoyad rahmatga erishsangiz.
(Sura Al-A'raf 204)

Allohning kalomi ila qalblar orom olsin!

Yaqinlaringizga ham ulashing!♻️

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Alloh taolo payg‘ambari Ibrohim alayhissalom tilidan shunday dedi: «Va (barcha jonzot) qayta tiriladigan Kunda meni sharmanda qilmagin. U kunda molu-davlat ham, bola-chaqa ham foyda bermas. Magar Alloh huzuriga toza qalb bilan kelgan kishilargagina (foyda berur)»
(Shu'aro: 87-89).

Qiyomat kunida sog‘lom qalb bilan kelganlargina najot topadilar.

Eslating, eslatish mo'minlarga manfaat berur!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
Forwarded from YurakAmri Official
Yurtga Muhabbatimiz bu☝🏻

Bugungi 25+ HASHAR juda, juda, juda fayzli va barokatli o’tdi Alhamdulillah. Qishning sovuq kuni bo’lishiga qaramay, minglab azizlarimiz, holis niyatda, yetimning boshini silayman deb keldilar. Ular nazarimda olib kelganlaridan Ko’pini, juda Ko’pini olib ketganlarini yurakdan his qildilar- Allohning Rahmatini🌙

Hatto Chempionlarimiz ham biz bilan birga, Alloh doim Qo’llasin sizlarni, doim yuzingiz yorug’ bo’lsin🇺🇿 @israil_madrimov 🇺🇿

Qolgan barcha ta’surotlar ertaga @yurak_amri_rasmiy profilida kuzating.

Jannatdagi-Qasrlar🕌 #YurakAmri

https://t.me/YurakAmri_official/918
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tavba -tasavvufda solihning tariqat sari qadam qoʻyishidan oldin qilgan barcha gunoxlaridan tavba qilib, kelajakda biror gunoh ishni qasddan qilmaslikka azmu qaror etishi. Tavba solihning 1-maqomi sanaladi. Alloh tamonidan tavba qabul boʻlishining 2 sharti bor:
1) yomonlikni bilmasdan qilish;
2) Tavbani kechiktirmaslik.
Kimki tavbani kechga sursa, insoniy fazilatlardan mahrum va aksincha tavba qilishga shoshilsa, oʻzini isloh qilgan boʻladi. Tavba - insonning oʻzini oʻzi tarbiyalashida muhim axloqiy vosita sanalib, yomonlikdan yuz oʻgirib, yaxshilik sari qadam qoʻyishga, ezgu ishlar qilishga undab turuvchi xislat sanaladi. 🌿🌿🌿

Eslating, eslatish mo'minlarga manfaat berur!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
NAMOZ VAQTLARI:
17.01.2022yil. Dushanba

JUMODUS SONIY — 13. 1443-yil


“𝐀𝐡𝐥𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐧𝐚𝐦𝐨𝐳 (𝐨ʻ𝐪𝐢𝐬𝐡) 𝐠𝐚 𝐛𝐮𝐲𝐮𝐫𝐢𝐧𝐠 𝐯𝐚 (𝐨ʻ𝐳𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐡𝐚𝐦) 𝐮𝐧𝐠𝐚 (𝐧𝐚𝐦𝐨𝐳𝐠𝐚) 𝐛𝐚𝐫𝐝𝐨𝐬𝐡𝐥𝐢 𝐛𝐨ʻ𝐥𝐢𝐧𝐠!”
ᴛᴏʜᴀ sᴜʀᴀsɪ 132-ᴏʏᴀᴛ

Yaqinlaringizga ham eslating!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
Musiqa tinglab yegʻlab, Qur’on tinglaganda koʻzlari yoshlanmayotgan biz qalbi qotgan bandalaringni Oʻzing isloh et Robbim!🤲🏻 🌿🌿🌿

Eslating, eslatish mo'minlarga manfaat berur!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nusrat Alloh tomonidan keladi..!☝🏻🌿🌿🌿

Eslating, eslatish mo'minlarga manfaat berur!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
Forwarded from YurakAmri Official
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AJR-Collection ga 25+ ning Yangi To’plamiga Marhamat🤩 @ajr_collection_official

Qolaversa Namoz uchun eng qulay kiyimlar Bizda🌙

Siz Bizning do’kondan kiyinib bir yetimning boshini silayotganingiz yodingizdan chiqmasin☝🏻

Ajrdan oling- Ajr oling🌟

Ham Kiyim harid qiling, ham Sahovat qiling. Bizda kiyimlardan tushgan daromadning 100% hammasi Ehsonga sarf bo’lishi sizni hursand qilsin☝🏻

Manzil Ko’kcha masjidiga yetmasdan O’ng tarafda @ajr_collection_official
Tel: +99893-476-33-33
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Er arzimas narsaga taloq aytyapti, bir aytganda ming taloq aytyapti. Vaholanki taloqning ilmini, uning tartib-qoidasini, hukmlarini bilmaydi. Taloq osonlikcha aytilavermaydi, birodarlar. Musulmon odam dinini yaxshi bilmasa ham, namoz o‘qimasa ham, ro‘za tutmasa ham taloqdan qo‘rqadi, chunki unda yoshligidan taloqni aytishga qo‘rquv hissi singdirilgan. Lekin ming afsuslar boʻlsinki, bugungi yoshlarimiz jahl ustida uni minglab sanoq bilan aytishyapti…!

Eslating, eslatish mo'minlarga manfaat berur!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
Alloh uchun qilganlaringiz bo’lsa unuting!
Allohni sizga bergan mukofotlari cheksizdir! Siz amalingiz haqida o’ylang, qilganlaringiz Robbingiz berayotgan cheksiz ne’matlarining, soyasida qolib ketadi deya, yanada yaxshi amalga shoshing, yeg’ing, tering dunyoda Allohni rizosini birma bir izlang! Oxirat bankini yaxshi amal bilan to’ldiring! Ana shunda sizga Allohdan Rahmat yomg’iri yog’ur☝🏻Allohni rahmati yog’ilsin sizga
🤲🏻

Eslating, eslatish mo'minlarga manfaat berur!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir Lahza! Ey inson gunohingni cheki yo’q…, aldanma dunyoning matohiga, o’qilmagan namozlarning cheki yo’q, bir lahza internet uchun tashvishda bo’lganingchalik, namozingga noqal qaratmading e’tibor! Ko’zingni och! Ijtimoiy tarmoqlarda oʻzinga bir nazar sol! ☝🏻🌿🌿🌿

Eslating, eslatish mo'minlarga manfaat berur!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
NAMOZ VAQTLARI:
18.01.2022yil. Seshanba

JUMODUS SONIY — 14. 1443-yil


“𝐀𝐡𝐥𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐧𝐚𝐦𝐨𝐳 (𝐨ʻ𝐪𝐢𝐬𝐡) 𝐠𝐚 𝐛𝐮𝐲𝐮𝐫𝐢𝐧𝐠 𝐯𝐚 (𝐨ʻ𝐳𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐡𝐚𝐦) 𝐮𝐧𝐠𝐚 (𝐧𝐚𝐦𝐨𝐳𝐠𝐚) 𝐛𝐚𝐫𝐝𝐨𝐬𝐡𝐥𝐢 𝐛𝐨ʻ𝐥𝐢𝐧𝐠!”
ᴛᴏʜᴀ sᴜʀᴀsɪ 132-ᴏʏᴀᴛ

Yaqinlaringizga ham eslating!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NAHL SURASI 58-59 OYATLAR

وَإِذَا بُشِّرَ أَحَدُهُمْ بِالْأُنْثَى ظَلَّ وَجْهُهُ مُسْوَدًّا وَهُوَ كَظِيمٌ يَتَوَارَى مِنَ الْقَوْمِ مِنْ سُوءِ مَا بُشِّرَ بِهِ أَيُمْسِكُهُ عَلَى هُونٍ أَمْ يَدُسُّهُ فِي التُّرَابِ أَلَا سَاءَ مَا
يَحْكُمُونَ

Qachonki ulardan biriga qizning xushxabari berilsa, g‘am-alamga to‘lib, yuzi qorayib ketur.
Unga berilgan xushxabarning yomonligidan (uyalib) qavmidan berkinadir. U(qiz)ni xorlik-la olib qolsamikin yoki tuproqqa ko‘msamikin? Ogoh bo‘ling! Ular qilgan hukm naqadar yomon.


Allohning kalomi ila qalblar orom olsin!

Yaqinlaringizga ham ulashing!♻️

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
Adiy ibn Artoadan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan birortasi haqida maqtov gap aytiladigan bo‘lsa, u: «Allohim: Bularning aytganlari haqida meni so‘roq qilmagin, ular bilmaydigan ayblarimni mag‘firat qilgin» der edi.

Sharh: Bu kamtarlikning oliy nuqtasidir. Sahobalar hech kimni yo‘q sifati bilan maqtashmaydi. Agar ular birovni maqtashsa, bor sifat maqtalayotgan bo‘ladi. Ana shunday maqtovni eshitgan sahobalar kamtarlik bilan yuqoridagi so‘zlarni aytar ekanlar.
Mo‘min-musulmonlar ana shunday bo‘lishi kerak, maqtovdan g‘ururlanmasliklari lozim. Maqtovdan g‘ururlanish halokatga olib boradi. Avvalo, ko‘p maqtash, ayniqsa, bir kishini yuziga maqtash yaxshi emas. Bunday ish Islomda yaxshi ko‘rilmaydi. Mabodo birov tomonidan maqtalgan taqdirda ham, kishi o‘zini yuqoridagidek kamtarlik, tavoze' bilan tutishi lozim ekan. ☝🏻🌿🌿🌿

Eslating, eslatish mo'minlarga manfaat berur!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
Forwarded from YurakAmri Official
Jaloliddin Rumiy aytganidek “Yaxshilik qil-seni tushunishmasa ham… Yaxshilik ulash-garchi senga qaytmasa ham! U yerda ham, bu yerda ham yaxshilik urug’ini ek… U yaxshilikdan barcha bahra olsin! Nimadir uchun yaxshilik qilma. Qalbing pokligi uchun yaxshilik qil! Kimdir yomonlik bilan javob qaytarsa, Allohning oldida sening yuzing yorug’-uniki emas”.☝🏻

25+🇺🇿Jannatdagi-Qasrlar❤️

Payme, Click, Apelsin, Zoomrad, Paynet Orqali Har kuni ehson qiling azizlar. Barokati va saodatini ko’rasiz🌙

25+ ga GAZ TRUBA, GILAM, MEBEL, LYUSTRALAR va Ustalarga maoshga MODDIY yordam zarur.🌙

Chet davlatdan Ehson qilolmayotganlar Telegram orqali shu raqam bilan bog’laning
+998 93-565-63-65 🌙

Ehson bo’yicha sahiylarga tel +998 93-390-83-83📞 Sahiylar uchun tel +998 93-389-19-40

#YurakAmri

https://t.me/YurakAmri_official/930