Ajr_islom
15.3K subscribers
3.04K photos
3.69K videos
5.76K links
AJR - loyihasining Telegramdagi rasmiy sahifasi

Instagram: www.instagram.com/ajr_islom

© Kanaldan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilsin!
Download Telegram
HAYITGA YANGI LIBOS BILAN🍀 AJR brendi barchangizni kirib kelayotgan Qurbon Hayiti bilan muborakbod etadi. Bayramga hadya bilan deganlaridek Yangi Ridolarimizni tuhfa qilayotganimizdan hursandmiz🌙 Yaqinlarga ba O’zingizga Hayitga Yangi libos oling va shu orqali Ehson ham qiling. Bilasiz bizda siz olgan kiyimdan tushgan barcha daromad Hayriyaga ishlatiladi❤️

Siz harid qilgan Bu mahsulotdan tushgan daromadning HAMMASI Xayriyaga sarf bo’lishi sizni hursand qilsin.🌙 Ajrdan oling Ajr oling☝🏻

@ajr_collection_official
☝🏻 +99890-934-60-60☝🏻 +99893-476-33-33 🍀Manzil: Ko'kcha Nurafshon 1 uy🎁
🌸 Arafa muborak! 🌸

Bugun sokin osmonu falak,
Hamma izlar Allohdan ko‘mak!
Musulmonmiz bu baxtdir demak,
Qadrdonlar Arafa muborak!

Yaqinlaringizni ayyom bilan qutlang! 💐

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
Forwarded from YurakAmri Official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yahshilik qilish uchun Xohish kerak☝🏻

Humo
Raximov Sandjar
9860 1901 0279 5605

Click Uzcard
Raximov Sandjar
8600 3104 6553 0459

Сбербанк Россия
4279380679971608
KHETAG MAKIEV

BANK NOMI: NONG HYOP
HISOB RAQAMI: 352-1792-9914-53
KARTA EGASI: MASHRABOV

https://t.me/YurakAmri_official/411
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Arafa kunichalik Alloh ko‘p bandalarni do‘zaxdan ozod qiladigan biror kun yo‘q. U yaqinlashadi, keyin ular bilan farishtalarga maqtanib: “Anavilar nimani xohlashadi”, deydi”.

Muslim rivoyati

Arafani har qanday ibodat turi - namoz, sadaqa, Qur’on tilovati, zikr va duo kabilar bilan o‘tkazish tavsiya qilinadi.


☝️
Yaqinlaringizga ham ulashing!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qurbonlikni eng sogʻlomini, eng kattasini qiling!

☝️
Doʻstlaringizga ham eslating!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
QURBON BAYRAMIGA XOS ISHLAR:

1. Bu bayram kunlari ro‘za tutmaslik.
2. Qurbon iydida hech narsa yemasdan, namozga chiqiladi.
3. Yo‘lda ovoz chiqarib takbir aytiladi.
4. Bayram namozidan keyin qurbonlik so‘yish.

SO‘YILADIGAN HAYVONDAGI SHARTLAR:

1. So‘yiladigan vaqtda tirik bo‘lishi.
2. Jonining chiqishi faqat so‘yish bilan amalga oshishi.
3. Makkai Mukarramadagi haramning ov hayvoni bo‘lmasligi.

SO‘YUVCHIDAGI SHARTLAR:

1. Aql-hushi joyida bo‘lishi.
2. Musulmon, yahudiy yoki nasroniy kabi ahli kitob bo‘lishi.
3. Ehromda bo‘lmasligi.
4. Qodir va eslab turgan vaqtida Alloh taoloning ismini zikr qilishi.


☝️
Yaqinlaringizga ham ulashing!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
Zuho namozi va uni o‘qish tartibi!

Nomlanishi:
- Zuho namozi manbalarda turli nomlar bilan zikr qilingan bo‘lib, ko‘proq “Ishroq namozi”, “Shuruq namozi”, “Avvobiyn namozi” va “Choshgoh namozi” deb yurtiladi.

Hukmi:
- Zuho namozini ado etish nafl amal sanaladi. Nafl deb, kishini o‘z ixtiyori bilan farzga qo‘shimcha tarzda bajaradigan amaliga aytiladi. Ya’ni, Zuho namozi – bir kunda besh mahal ado etilishi majburiy bo‘lgan farz namozlarini to‘ldiruvchi, ixtiyoriy suratda ado etilsa, ulkan savob bo‘ladigan namoz hisoblanadi.

Vaqti:
- Bu namozning vaqti quyosh bir nayza bo‘yi ko‘tarilganda, ya’ni quyosh chiqqandan taxminan 20 daqiqa keyin boshlanadi.
- Oxirgi vaqti esa kun tikkaga kelgan vaqtdan bir soat avvalgi vaqtgacha hisoblanadi. Ushbu ikki vaqt oralig‘ida Zuho namozini ado etish mumkin.

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam aytdilar: "Kimki o‘n ikki rakaat zuho namozi o‘qisa, Alloh unga jannatda oltindan bir qasr bino qilgaydir"

Termiziy, Ibn Moja, Bayhaqiy, Tabaroniy, Bazzor va Ibn Abu Osim rivoyati


☝️
Yaqinlaringizga ham ulashing!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
Ahli iymon, ahli musulmon QURBON-HAYIT Muborak🌸🌙 Alloh Dinimizga quvvat, Yurtimizga farovon-tinch hayot, Aziz Halqimizga mustahkam iymon Ato Etsin. Sinovli kunlardan Rahmat va Mag’firatiga yetib chiqishni nasib Etsin, Amin🤲🏻🏵🎁

https://t.me/Ajr_islom/2941
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ahli iymon, ahli musulmon QURBON-HAYIT Muborak🌸🌙 Alloh Dinimizga quvvat, Yurtimizga farovon-tinch hayot, Aziz Halqimizga mustahkam iymon Ato Etsin. Sinovli kunlardan Rahmat va Mag’firatiga yetib chiqishni nasib Etsin, Amin🤲🏻🏵🎁

https://t.me/Ajr_islom/2942
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☀️ Assalomu alaykum va rohmatulloh! Qurbon Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!

Jubayr ibn Nufayrdan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning sahobalari agar hayit kuni uchrashib qolishsa:
"Taqobbalallohu minnaa va minkum", ya’ni Alloh biz u sizdan (ibodatlarimizni) qabul qilsin, deb bir birlariga aytishar edi.

Hofiz ibn Hajar buning sanadi hasan, deb aytdilar.

🤲 Qurbon Hayit ayyomini Alloh taolo tinchlik ofiyatda, yaxshi kayfiyatda, savobli amallar bilan to‘la bo‘lib o‘tishini siz-u bizga nasib qilsin!

☝️
Yaqinlaringizni ham tabriklang!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
HAYITDA ISROFGARChILIK VA A’ZAGA YO‘L QO‘YMANG! MAROSIMLAR BID’ATDAN BOSHQA NARSA EMAS

Ma’lumki, “hayit” so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, “xursandchilik”, “bayram”, “shodiyona” degan ma’nolarni anglatadi. Shunday ekan, hayit - xursandchilik, mehr-oqibat bayramidir. Ming afsuslar bo‘lsin, sobiq ittifoq davrida Dinimiz ta’limotidan yiroqlik tufayli, xalqimiz orasiga shariat ko‘rsatmalariga zid ba’zi urf-odatlar kirib qolgan. Jumladan, hayitda xursand bo‘lib bayram qilish o‘rniga, aza ochib xonadonlarda fotihaxonlik boshlanib ketadi. Ularning xonadonida mahzunlik kayfiyati hukumron bo‘ladi. Aslida esa...
Uqba ibn Omir roziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Ey ahli Islom, Arafa kuni, Qurbonlik va Tashriq kunlari bizning bayramimizdir. U yeb-ichish kunlaridir”. Bu kunlarda ro‘za tutishdan qaytarilgan. Chunki musulmonlar xursandchilik qilib, bayramni nishonlab turganlarida taom va ichimlikdan o‘zini tiyish ularga teskari munosabatda bo‘lish bilan baravar. Zero, bayram taom, ichimlik bilan to‘kis nishonlanadi. Shuningdek, bu kunda janjallashilmaydi, gina-kuduratlar unutiladi.
Ba’zi joylarda hayit kunlari isrofgarchilikka sabab bo‘ladigan turli marosimlar o‘tkazish hamon yomon an’anaga aylanib bormoqda. Yaqinlari vafot etgan xonadonlardagi, nikoh to‘ylari o‘tgan oilalardagi “yangi hayit”, “hayit yo‘qlovi” kabi marosimlar bid’atdan boshqa narsa emas.
Hayit kunlari unutilgan yaralarni tirnash sanalgan azaxonlik musulmonlarga xos ish emas. Chunki butun dunyo musulmonlari bayram qilib, yaxshi kayfiyatda bo‘lib turganlarida, uning motam libosini kiyib olishi Islomga, musulmonlarga qarshi ekanidan darak beradi. Aslida Islom dini ta’limotlariga ko‘ra, aza uch kun. Mayyit vafot etganidan uch kun o‘tib ham azani davom ettirish joiz emas. Uch kundan keyin odatiy ishlarni davom ettiraveradi. Faqat eri o‘lgan ayol to‘rt oy-u o‘n kun idda saqlaydi. Boshqalar uch kunlik azadan keyin o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishlari mumkin. Hayit kunida azaxonlik qilish, o‘tib ketgan mayyitni bid’at-xurofotlar aralashgan holda eslash shariatga ziddir. Hayit kunida mayyitlar eslansa, ular haqiga duolar qilinsa, istig‘for aytilsa, yaxshi. Ammo bu narsa bayram shukuhiga xalal beradigan, xursandchilikni buzadigan darajada bo‘lmasligi kerak.
Yana shuni ham aytib o‘tish lozimki, bu bayram munosabati bilan isrofgarchilikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shariatimizda har bir narsani me’yorida qilish tavsiya etiladi. Bir narsani juda oshirib ham yuborilmaydi va aksincha, juda yo‘q darajaga ham tushurib qo‘yilmaydi. Balki o‘rta me’yorida ado etiladi. Me’yordan oshirib yuborish isrof, deb qaraladi. Hadisi shariflarda ham isrofgarchilikdan qaytarilib, tejamkorlikka targ‘ib va tashviq etiladi. Jumladan: «Allohning noz-ne’matlaridan yeb-ichinglar, sadaqa qilinglar, kiyinib yasaninglar, lekin isrofgarchilik va manmanlikka yo‘l qo‘ymanglar!» – deyiladi.

Yaqinlaringizga ham ulashing!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb

Alloh bayram qilgan kunni bandasining qanday haddi sigʻadi taziya qilishlikga! ☝🏻

Shu kunlarda taziyahonlik qilayotganlarga albatta yuboring!
Yaqinlaringizga ham eslating ♻️

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌸 Eid Qurbon Muborak bo'lsin 🌸

عيد مبارك💐

Yaqinlaringizni ham tabriklang!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
Aziz Yurtdoshlar Qurbon Hayitingiz muborak🌙

HAYITGA YANGI LIBOS BILAN🍀 AJR brendi Namozhonlarimizga yangi, har tomonlama qulay va sifatli libosni taqdim etishdan hursand. Bayramga hadya bilan deganlaridek Yangi Ridolarimizni harid qiling.🌙

Siz harid qilgan Bu mahsulotdan tushgan daromadning HAMMASI Xayriyaga sarf bo’lishi sizni hursand qilsin.🌙 Ajrdan oling Ajr oling☝🏻

@ajr_collection_official
☝🏻 +99890-934-60-60☝🏻 +99893-476-33-33 🍀Manzil: Ko'kcha Nurafshon 1 uy🎁
Iyd (hayit)ning islomda ikki ulkan ma’nosi bor:

1. Rabboniy.
2. Insonparvar.

Musulmonlarning bayramlari ushbu ikki ma’noga bog‘liqdir, Rabboniy ma’nosi – ubudiyatdir, ya’ni inson hatto bayram kunlari ham Robbisini unutmaydi va bayram kunlari shahvatlar ortidan ergashmaydi. Balki, musulmonlar bayrami takbir va namoz bilan boshlanadi.

Qisqa qilib aytganda hayit namozi Alloh taologa qurbat hosil qilish, deganidir.


☝️Yaqinlaringizga ham ulashing!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ɪsʟᴏᴍɪʏ_ᴛᴀʀʙɪʏᴀ

🗂 Islom dini doimo insonlarning fikr yuritishiga asoslangandir!☝🏻

🆕 𝐀𝐉𝐑-𝐢𝐬𝐥𝐨𝐦 𝐤𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢𝐝𝐚 𝐲𝐚𝐧𝐠𝐢 𝐫𝐮𝐤𝐧. 💣

ʙɪᴢɴɪ ɪᴊᴛɪᴍᴏɪʏ ᴛᴀʀᴍᴏǫʟᴀʀᴅᴀ ᴋᴜᴢᴀᴛɪɴɢ!
⬇️⬇️🍀🍀🍀⬇️⬇️
Telegram | Instagram | TikTok |Youtube
Qurbon hayiti kuni sodir bo‘lgan buyuk hodisa.

Alloh taolo A’rof surasida marhamat qiladi:


"Muso miyqotimizga kelib, Robbi unga gapirganida, "Robbim, menga (jamolingni) ko‘rsat, Senga nazar solay", dedi. U Zot: "Meni hech ko‘ra olmassan. Lekin toqqa nazar sol, agar u o‘rnida sobit tura olsa, bas, Meni ko‘rasan", dedi. Robbi toqqa tajalli qilganida, uni titilgan holga keltirdi va Muso behush bo‘lib, yiqildi. Hushiga kelgach: "Sen poksan, Senga tavba qildim. Men mo‘minlarning birinchisiman", dedi"
(143-oyat).


☝️Yaqinlaringizga ham ulashing!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube