Agrobank
41.5K subscribers
930 photos
217 videos
548 links
«Аgrobank» aksiyadorlik tijorat banki rasmiy telegram kanali.

📍Manzil: 100011, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko‘chasi 2a-uy

🌍 https://taplink.cc/agrobankuz
📞 1216
☎️ Ishonch telefoni: 71 203 88 88
Download Telegram
Barchamizning sevimli bayramimiz - Yangi yil yaqinlashib kelmoqda. Ko'pchilik oldindan yaqinlari uchun kutilmagan sovg’alarni tayyorlashni boshlaydi.

Online-Suyunchi bilan sizning yaqinlaringiz pul o'tkazmasini darhol olishlari mumkin, demak, qimmatli va kerakli sovg'ani o’z vaqtida sotib olishadi.

Rossiyadan O'zbekistonga pul o'tkazish uchun: СберБанк Онлайн

O'zbekistondan Rossiyaga o’tkazish uchun: Agrobankmobile
UnionPay kobeydj kartasining afzalligi nimada?

💳 O'zbekiston hududida, shuningdek, UnionPay tizimiga ulangan dunyoning 179 mamlakatida tezkor va samarali to'lovlar,
💳 Karta Duty Free'da xaridlar uchun 5-10% gacha chegirmalarni taqdim etadi.
💳 Valyutani bepul ayirboshlash

Bizning rasmiy saytimizda batafsil ma'lumot olishingiz va karta ochishga ariza berishingiz mumkin.
📖 Bugun asosiy qomusimiz - O’zbekiston Respublikasining Davlat Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 28 yil to’ldi. Ushbu muhim hujjat jamiyatimizning rivojlanishi, ertangi kunga ishonchimiz poydevori bo’lib xizmat qilib kelmoqda.

🇺🇿Agrobank jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Konstitutsiya kuni bilan tabriklaydi!

Bosh qomusimiz bundan keyin ham mamlakatimiz tinchligi va hamjihatligining kaliti, demokratik rivojlanishimiz asosi bo’lib qolaversin! 🎉
AGROBANKDAN navbatdagi intelektual tanlovni e'lon qilamiz!

Bu gal Benjamin Franklinning 3 ta "Boylikka yo'l" kitobini sovringa qo'yamiz!

Tanlov shartlari oddiy:
1 - Instagram (instagram.com/agrobank_uz) sahifamizga va Telegram kanalimizga (https://t.me/AgrobankChannel) obuna bo'ling.
2 - savolga javob bering: Soliqdan keyingi daromad qanday nomlanadi?

G'oliblar ismlarini Instagram'dagi sahifamiz orqali 23-dekabr soat 12:00 da jonli efirda aniqlaymiz.

Barchangizga omad tilaymiz!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vatanga muhabbat, g'oliblik quvonchi va yuksak g'urur - davlat madhiyasini eshitganda har kim aynan shu tuyg'ularni his etadi.

Madhiya mamlakatimizning yuksak salohiyati va qudratini aks ettiradi hamda tarixiy ildizlarimiz va merosimizni eslatib turadi.

🎼 Bugun O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining 28 yilligi nishonlanmoqda.

Ushbu muhim kun bilan har biringizni tabriklaymiz!
Shopingni hamma yoqtiradi va foydali shopingni esa - sevishadi.

Endi Visa kartalari orqali xaridlarni amalga oshirgach, siz bir vaqtning o'zida ham SARFLASHINGIZ ham TEJASHINGIZ mumkin.

Yangi Yil arafasida bu har doimgidan ham yoqimli taklif.

Qanday qilib? - deb so'raysiz.
Javob beramiz:

AliExpress ilovasida yoki www.aliexpress.com veb-saytida Visa kartasi bilan $2 dan ortiq narxdagi mahsulotga to'lab siz $1 lik kuponga ega bo'lasiz. Demak, endi o'zingiz va hamyoningiz uchun foydali va yoqimli xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Aksiya 30-dekabrgacha davom etadi.

Bundan tashqari!

Ushbu aksiyada ishtirok etish orqali siz avtomatik ravishda "Agrobankdan sovg'alar" mega aksiyasi ishtirokchisiga aylanasiz va qimmatbaho sovg'alarni yutib olishingiz mumkin. Sovg'alar orasida: aqlli soat, elektron kitob, Smart-televizor, elektr samokat, noutbuk, smartfon va asosiy sovrin - Spark avtomobili mavjud.

Aksiya haqida batafsil ma'lumot bizning veb-saytimizda: https://www.agrobank.uz/uz/news/visa-aksiya
Hozirgi kunda uy-joy masalasi ko'plab odamlarni xavotirga solmoqda. Ayniqsa, bu mavzu mukammal va baxtli oila yaratish uchun uy zarur bo'lgan yangi turmush qurganlarga taaluqlidir.

Ushbu muammoning yechimi Agrobankdan ipoteka krediti bo'lishi mumkin:

🏢 Ipoteka har qanday turar-joy turi uchun beriladi: yangi bino yoki ikkilamchi uy-joy;

💰 Dastlabki to'lov: 25%;

🗓 Foiz stavkasi: 18%;

Kreditni so'ndirish muddati: 20 yilgacha.

Orzularingizni ro'yobga chiqarish imkoniyatini boy bermang: masalan, alohida yashash, maydonni kengaytirish yoki boshqa shaharga ko'chish. Hammasi sizning qo'lingizda.

Ipoteka krediti masalalari bo'yicha qo'shimcha ma'lumot: https://agrobank.uz/uz/credit/ipoteka
Hali ham Yangi Yilga sovg'alar sotib olmadingizmi?

Bizda yechim bor - Chakana.uz

Bu sizning oilangiz va do'stlaringizga ajoyib sovg'a bo'ladigan minglab elektronika, maishiy texnika, mebel va boshqa uy-ro'zg'or buyumlari mavjud platforma!

Kunning istalgan vaqtida xaridlarni amalga oshiring. Agrobank mijozlari esa bir zumda kredit rasmiylashtirishlari mumkin.

Kirib kelayotgan Yangi Yilingiz bilan, aziz do'stlar!
Endi valyuta ayirboshlash uchun shunchaki bankomat kifoya.

AvtoVASH valyuta ayirboshlash xizmati bilan siz quyidagi yangi qo'shilgan xizmatlardan foydalanishingiz mumkin:

UzCard bank kartangiz hisobini naqd xorijiy valyutada to'ldira olasiz,
UzCard bank kartangiz orqali naqd xorijiy valyuta sotib olasiz.

Respublika bo'ylab jami 220 ta bankomatdan sizga eng yaqinini havola orqali o'tib topishingiz mumkin: https://agrobank.uz/uz/contacts/atm#

Batafsil ma'lumot:
☎️ +998712038888
🎅🏼 Yangi Yilga sovg'alar yutib olishni istaysizmi?

🎄Buning uchun Visa bilan hamkorlikda o'tkazilayotgan Mega Aksiyamizda ishtirok eting!

🎁 Bu oy sizni quyidagi sovrinlar kutmoqda:
💻2 ta noutbuk
🛴2 ta elektr samokat
📱2 ta smartfon
⌚️2 ta aqlli soat
📗2 ta elektron kitob
🖥2 ta Smart televizor

🎁 Aksiya ishtirokchisi bo'lish uchun quyidagilarni bajarishingiz lozim:

15-dekabrdan 14-yanvargacha Agrobank Visa kartasi orqali kamida 5 AQSh dollari miqdorida xaridlar amalga oshiring (super sovrin uchun - 75 AQSh dollari).

❗️G'oliblar 20-yanvar kuni tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlanadi.

🗓 Super sovrin Spark avtomobili bo'lgan ushbu aksiyamiz 2021-yil 31-martgacha davom etadi!

📋 Batafsil

Bepul Visa kartasini ochish uchun arizani Agrobankmobile ilovasida yoki bizning veb-saytimizda qoldirishingiz mumkin.
🔈Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar diqqatiga.

Lahzali to'lov tizimi
takomillashtirildi va endi o'tkazmalarni hech qanday cheklovlarsiz amalga oshirishingiz mumkin! ISTALGAN bankning hisob raqamiga, shu jumladan Agrobankning barcha filiallaridagi hisob raqamlariga to'lovlarni tun-u kun amalga oshiring.

bank ofisiga tashrif buyurishingiz shart emas.
banklararo o'tkazmalarini kechayu-kunduz amalga oshirilishi mumkin
O'tkazmalar uchun hisobchining imzosini kutishning hojati yo'q.

🟢 Xizmatdan "Internet-bank new" mobil ilovasi hamda bank klient orqali foydalanishingiz mumkin.
📣 Hurmatli mijozlar!

Bayram kunlarida bankimizda mijozlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha belgilangan ish jadvali bilan tanishing:

❇️ Pul o’tkazmalari tizimlari orqali mijozlarga 30 dekabr, soat 18:00 gacha xizmat ko’rsatiladi (bankka kelgan holda);
❇️ 2021 yil 1 – 3 yanvar dam olish kunlari;
❇️ 4 yanvar yilning birinchi ish kuni.

📌 Sizga qulaylik yaratish maqsadida bankomatlar, infokiosklar va barcha online xizmat turlari 24/7 rejimida uzluksiz ishlaydi.

💸 Dam olish kunlarida Rossiyadan O'zbekistonga pul yuborish uchun CберБанк Онлайн hamda Agrobankmobile ilovalaridan foydalaning.

Agrobank.uz
Aziz do’stlar!

🎉 Agrobank ATB xalqaro PCI DSS xavfsizlik standartiga loyiqlik sertifikatini qo'lga kiritganligini sizga yetkazishdan xursandmiz!

📃 Ushbu muhim hujjat bankimizda to’lov tizimlarining xavfsizligiga bo’lgan kompleks yondashuvni tasdiqlaydi hamda bank kartalarining ma’lumotlarini saqlash, qayta ishlash va yetkazish xavfsiz amalga oshirilishini anglatadi.

PCI DSS xavfsizlik standarti xalqaro to'lov tizimlari, shu jumladan Visa va Mastercard tomonidan qo'llab quvvatlanadi.

🎁 Shuningdek eslatib o'tamiz, Visa bilan hamkorlikda "Agrobankdan sovg'alar" mega aksiyasi bo'lib o'tmoqda va unda qimmatbaho sovg'alarni yutib olishingiz mumkin. Bosh sovrin - Spark avtomobili!

Aksiya haqida batafsil ma'lumot bizning veb-saytimizda: https://www.agrobank.uz/uz/news/visa-aksiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2020-yil o‘z yakuniga yetmoqda.

U oson bo'lmadi, ammo kirib kelayotgan 2021-yil muvaffaqiyatli bo'lishiga va barchamiz uchun quvonchli voqealarga to'la bo'lishiga ishonchimiz komil.

Yangi yilda o'ylagan rejalaringiz amalga oshishini hamda sihat-salomatlik va baxt hamrohingiz bo'lishini tilaymiz.

2021-yil muborak, aziz do'stlar! 🎄