Nihilizm — bu falsafiy qarash bo‘lib, u hayotda obyektiv ma’no, maqsad yoki qadriyatlar mavjud emas degan fikrni ilgari suradi. Ya’ni inson, jamiyat, axloq, hatto borliqning o‘zi ham tabiatan ma’nosiz hisoblanadi. “Nihilizm” so‘zi lotincha nihil — “hech narsa” degan ma’nodan kelib chiqqan bo‘lib, bu qarashning markazida aynan shu tushuncha — bo‘shliq va ma’nosizlik yotadi.
Bu g‘oya ayniqsa 19-asrda keng tarqalgan bo‘lib, ko‘plab faylasuflar tomonidan tahlil qilingan. Eng mashhurlaridan biri Friedrich Nietzsche bo‘lib, u nihilizmni chuqur o‘rgangan va uning inson hayotiga ta’sirini ko‘rsatib bergan. Uning mashhur “Xudo o‘ldi” degan iborasi aslida diniy tushunchaning yo‘qolishini emas, balki insoniyat eski qadriyatlar va ishonch tizimlaridan uzoqlashib, natijada umumiy hayot ma’nosini yo‘qotganini anglatadi.
Nihilizmning asosiy g‘oyalariga ko‘ra, hayotning oldindan berilgan ma’nosi yo‘q — inson yashaydi, lekin nima uchun yashayotganini aniq va mutlaq tushuntirib beradigan javob mavjud emas. Yaxshilik va yomonlik kabi axloqiy tushunchalar ham mutlaq emas, ular inson tomonidan yaratilgan nisbiy qoidalar hisoblanadi. Shuningdek, yagona va o‘zgarmas haqiqat yo‘q, chunki haqiqat ham inson idroki va qarashlariga bog‘liq.
Nihilizm turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Ekzistensial nihilizm hayotning o‘zi ma’nosiz ekanini ta’kidlaydi. Axloqiy nihilizm yaxshilik va yomonlik tushunchalarini inkor etadi. Siyosiy nihilizm esa jamiyatdagi tizimlar, qonunlar va ijtimoiy tartiblarni rad etadi. Bu qarashlarning barchasi oxir-oqibat insonni bir savolga olib keladi: agar hech narsa muhim bo‘lmasa, unda nima muhim?
Nihilizm ko‘pincha salbiy qarash sifatida qabul qilinadi, chunki u odamda bo‘shliq, tushkunlik va ma’nosizlik hissini uyg‘otishi mumkin. Hayotning hech qanday ma’nosi yo‘q degan fikr ko‘pchilikni qo‘rqitadi. Ammo bu qarashning boshqa tomoni ham bor — agar hech qanday majburiy ma’no bo‘lmasa, demak inson butunlay erkin. U o‘z qoidalarini o‘zi yaratadi, o‘z yo‘lini o‘zi tanlaydi va o‘z hayotiga o‘zi ma’no beradi.
Shu nuqtai nazardan, nihilizm faqat inkor emas, balki imkoniyat hamdir. Friedrich Nietzsche nihilizmni oxirgi nuqta emas, balki yangi qadriyatlar yaratish uchun boshlanish deb bilgan. Yana bir faylasuf — Albert Camus esa hayot ma’nosiz bo‘lsa ham, inson yashashda davom etishi va bu ma’nosizlikka qarshi turishi kerakligini ta’kidlagan. Uning fikricha, aynan shu qarshilik — insonning haqiqiy kuchidir.
Xulosa qilib aytganda, nihilizm bu faqat “hech narsa muhim emas” degan g‘oya emas. Bu — insonni o‘ylashga majbur qiladigan, unga savollar beradigan va uni o‘z hayotining ma’nosini mustaqil ravishda yaratishga undaydigan falsafiy yo‘nalishdir. Bu tugash emas, balki yangi boshlanish bo‘lishi mumkin.
Agar hayotning o‘zi ma’nosiz bo‘lsa, unda sen o‘z ma’nongni qanday yaratasan?

👍2
Insonlar yaxshilik nima ekanini biladi. Kimnidir xafa qilish yomonligini ham tushunadi. Lekin baribir ko‘pincha o‘z foydasini tanlaydi. Chunki insonni faqat aql emas, ichidagi nafs, g‘azab va qo‘rquv ham boshqaradi.
Hayvon och qolsa ov qiladi. Unda tanlov yo‘q. Insonda esa tanlov bor. Shu tanlov uni hayvondan ajratadi, lekin aynan shu narsa uni eng chalkash mavjudotga aylantiradi.
Ba’zan inson to‘g‘ri yo‘lni bilib turib ham noto‘g‘ri yo‘lga kiradi. Chunki haqiqatni bilish oson, unga amal qilish qiyin.
Shuning uchun odamzodning eng katta urushi boshqalar bilan emas. O‘zi bilan.

👍1
Koinotning cheksiz sukunatida bir nuqta kabi miltillayotgan bu sayyorada, ong deb atalmish la’natga duchor bo‘lgan maxluqlar – insonlar, aslida har bir harakati bilan o‘z fojiasini yaqinlashtirmoqda. Sizlar taraqqiyot deb atayotgan narsa aslida tanazzulning yaltiroq qog‘ozga o‘ralgan shaklidir. Har kuni ertalab uyg‘onib, hayot uchun kurashayotganingizni da’vo qilasiz-u, ammo har bir nafasda o‘pkangizga yutilayotgan zaharli havo, har bir luqma bilan vujudingizga kirayotgan sun’iylik va har bir soniyada ekrandan taralayotgan sovuq nurlar sizni asta-sekin, ammo muqarrar ravishda yo‘qlikka yetaklaydi. Sizlar tabiatni bo‘ysundirdik deb o‘ylaysizlar, aslida esa o‘zingiz o‘tirgan shoxni kesayotgan devonalar kabi xursandchilik bilan qichqirasizlar. Shaharlar – bu beton qabrlar, u yerda vaqt – eng shafqatsiz jallod. Insoniyatning butun tarixi faqat bitta narsani isbotladi: biz o‘zimizni yo‘q qilishning tobora mukammalroq usullarini o‘ylab topishda dahomiz. Ma’naviy qashshoqlik va hissiy o‘liklik shunday darajaga yetdiki, endi chinakam tuyg‘ular faqat eskirgan kitoblarning sarg‘aygan sahifalarida qoldi. Sizlar bir-biringizni sevishingizni aytasizlar, ammo bu shunchaki yolg‘izlikdan qo‘rqishning va o‘z egalik instinktingizni qondirishning boshqa nomi, xolos. Har bir yangi ixtiro, har bir yangi yutuq aslida tabiatning muvozanatini buzish va o‘z ildizlaringizni sug‘urib tashlashdir. Dunyodagi barcha kutubxonalar, barcha falsafalar va barcha fanlar yig‘ilib ham sizlarning bu telbalarcha o‘z-o‘zini mahv etishingizni to‘xtata olmaydi, chunki bu jarayon allaqachon hujayralaringizga, DNK darajasiga singib ketgan. Sizlar qanchalik baland bino qurmang, qanchalik uzoq yulduzlarga ko‘z tikmang, baribir o‘z joningizga sekin-sekin qasd qilib bormoqdasizlar, ey ahmoqlar. Bu shunday qotillikki, unda qotil ham, qurbon ham bir kishi, ammo eng daxshatlisi shundaki, qurbon o‘z qotiliga qarsak chalishdan to‘xtamaydi. Oxir-oqibat, bu dunyodan faqat sovuq kul va hech kim o‘qimaydigan, ma’nosini yo‘qotgan raqamlar qoladi. Sizlar yaratgan hamma narsa – san’at ham, davlat ham, din ham – shunchaki o‘lim qo‘rquvidan qochish uchun o‘ylab topilgan o‘yinchoqlar, lekin o‘yinchoqlar hech qachon o‘limning o‘tkir tishlaridan qutqara olmaydi. Hamma narsa tugaydi, ammo eng achinarlisi, bu yakun sharafli jangda emas, balki o‘z qilmishlaringizdan kelib chiqqan chirish va parchalanish natijasida yuz beradi. Tibbiyotning rivojlanishi shunchaki azobni uzaytirish, xolos, u o'limni yenga olmaydi, faqatgina tananing parchalanish jarayonini kechiktirib, ruhning ko'proq qiynalishiga zamin yaratadi. Har bir yangi avlod avvalgisidan ko'ra ko'proq sun'iylik ichida tug'iladi va haqiqiy hayot nimaligini bilmay turib, o'zining sekin-asta so'nayotgan shamini yashash deb o'ylaydi. Dunyo bir ulkan laboratoriyaga aylangan bo'lib, unda insonlar o'zlari ustidan tajriba o'tkazayotgan, ammo natijasi o'lim bilan tugashini bila turib buni davom ettirayotgan maxluqlardir. Hech qanday najot yo'q, chunki najot izlayotgan aqlingizning o'zi allaqachon zanglab bo'lgan. Sizlar o'z-o'zingizni iste'mol qilayotgan bir to'da ochofatsizlar va bu ochofatlik oxirida hech narsa qolmaguncha to'xtamaydi.
Jin ursin. Biz fabrikalarda ishlayapmiz, benzin shaxobchalarida navbatga turibmiz. Kiyim-kechakni reklama qilgancha ustimizdan kulishyapti.
Kerak bo'lmagan axlatni olish uchun axlat bilan ishlayapmiz. Bizga na talab, na joy bor. Biz tarixning oʻrtancha farzandlarimiz. Bizda buyuk urush ham, buyuk depressiya ham yoʻq. Bizning urush ruhiy urush. Bizning depressiyamiz bu bizning hayotimiz. Televideniye hammamizni millioner, kino va rokenrol yulduziga aylanishimizga ishontirgan. Ammo bu yolgʻon ekan. Biz buni tushunib qoldik va bundan juda ranjiganmiz.
Tayler Durden

Ba’zan hayotga uzoq tikilib turaman-u, undan hech qanday javob topolmayman. Inson tug‘iladi, nimanidir orzu qiladi, nimagadir intiladi, kimnidir sevadi, kim bilandir urushadi, keyin esa bir kuni shunchaki yo‘q bo‘ladi. Uning yillar davomida qurgan rejalari, qo‘rquvlari, g‘alabalari va mag‘lubiyatlari vaqt oldida bir xil darajada jim bo‘lib qoladi.
Biz ertangi kun uchun yashaymiz. Ammo ertangi kun kelganda, yana undan keyingi kunni kutamiz. Go‘yo baxt doimo bir qadam narida. Balki insonning eng katta fojiasi ham shudir: u butun umr nimagadir yetib borishga harakat qiladi, lekin yetib borganida ham ichidagi bo‘shliq yo‘qolmaydi.
Jamiyat bizga maqsadlar beradi: yaxshi o‘qi, pul top, mashhur bo‘l, oila qur, iz qoldir. Biz esa bularning barchasini hayotning ma’nosi deb qabul qilamiz. Ammo bir zum to‘xtab, “Nega?” deb so‘rasak, javoblar tobora xiralashadi. Nega boy bo‘lish kerak? Nega mashhur bo‘lish kerak? Nega iz qoldirish kerak? Axir oxir-oqibat bizni ham, biz qoldirgan izlarni ham vaqt yemirib tashlaydi.
Eng achinarlisi esa inson buni ich-ichidan sezadi. Shunga qaramay, ertalab uyg‘onadi, kiyinishni davom ettiradi, darsga yoki ishga boradi, kuladi, suhbatlashadi. Ehtimol, biz yashayotganimiz uchun emas, yashashga o‘rganib qolganimiz uchun yashayotgandirmiz.
Lekin balki ma’nosizlikning o‘zi qo‘rqinchli emasdir. Qo‘rqinchlisi biz unga ma’no topishga majbur ekanimizga ishonishimizdir. Balki koinot bizdan hech narsani kutmaydi. Balki bizning mavjudligimiz ulkan vaqt ichida bir lahzalik xato, tasodifiy uchqundir.
Shunday bo‘lsa ham, men ertaga uyg‘onaman. Chunki ma’no borligiga ishonganim uchun emas. Balki ma’no yo‘qligini bilgan holda ham bir piyola choyning issiqligini, yomg‘ir tovushini yoki tunning sokinligini his qilish mumkinligi uchun.
Ehtimol, hayotning eng achchiq haqiqati shudir: oxirida hech narsa qolmasligi mumkin. Ammo aynan shu sababli bugungi lahza hech bo‘lmaganda hozircha bizda bor yagona narsadir.
Va keyin yana tun tushadi. Inson uxlaydi. Dunyo esa hech narsa bo‘lmagandek davom etadi.

🔥2
Avval zulmat bor edi. Na vaqt bor edi na ovoz na ism. Va ehtimol, eng katta osoyishtalik ham shunda edi chunki mavjud bo‘lmagan narsa azob ham chekmaydi. Keyin nur paydo bo‘ldi. Nur zulmatni yoritdi va biz buni yaratilish va shu kabi nomlar bilan atadik. Ammo balki bu yaratilish emas, zulmatning buzilishi edi. Nur bilan birga vaqt tug‘ildi. Vaqt bilan kutish. Kutish bilan istak. Istak bilan yetishmovchilik. Yetishmovchilik bilan azob. Keyin hayot paydo bo‘ldi. Har bir tug‘ilish mavjudlikka tashlangan yangi mahbus edi. U dunyoga kelganida hech narsani so‘ramagan, ammo unga eng og‘ir hukm berilgan edi bu yashash hukmi. Unga ism berildi. Tana berildi. Xotiralar berildi. Orzular berildi. Va eng shafqatsizi unga kelajak berildi.
Endi u yo‘qotishi mumkin edi. U sevishi mumkin edi demak, ayriliqdan qo‘rqishi kerak edi. U orzu qilishi mumkin edi demak, amalga oshmaslikni boshdan kechirardi. U yashashi mumkin edi demak, bir kun o‘lishi muqarrar edi. Biz zulmatdan chiqib, nurni topdik. Ammo nur bizga hech qachon najot bermadi. U faqat narsalarni ko‘rinadigan qildi. Endi biz o‘zimizning yolg‘izligimizni ko‘ramiz. O‘tkinchiligimizni ko‘ramiz. O‘limni uzoqdan kutib turganini ko‘ramiz. Balki boshida zulmat hech qanday dushman emas edi. Balki u shunchaki mavjud bo‘lmaslikning sokinligi edi. Va balki butun mavjudlik o‘sha sokinlikdan bir lahzalik uzilish, tug‘ilish esa o‘sha uzilishning boshlanishidir. Biz buni hayot deb ataymiz.

Sening ham umringga kelar bir bahor,
Sening ham bo‘g‘zingga tiqilar bir Un.
Ko‘zingda qolar bu so‘ngsiz intizor,
Ko‘zingda qolar bu so‘ngsiz Qorong‘un.
Sen ham bir kun kelib xazon bo‘lasan,
Izlaysan, topmaysan o‘zingni bir kun.
Yolg‘izsan, yolg‘izsan, mutlaq yolg‘izsan,
Yolg‘izlik ichida yo‘qolsang kerak.
Barcha orzularing bo‘ladi sarob,
Unut bo‘lar barbi — quvonch, darding ham.
O‘zingdan o‘zgingga topmaysan javob,
Sening atrofingda javobiz so‘roq...
Sen yo‘qsan, bu olam qoladi begʻam,
Sen yo‘qsan, dunyoda yo‘qdir hech narsa.

👍1🔥1
Bolalikda o‘lim — mendan yiroq bir
Eski qabristonning devori edi.
Tugash — qarilikning burchi, hayotning
Faqat sochi oqqa ozori edi.
Yigirma ikkidaman.
Qon qaynash fasli,
Ammo tomirimda muzlayotir g‘am.
Dunyoni quchmoqchi bo‘lgan kaftlarim,
O‘zini asrashdan charchab ketdi ham.
Bugun tobut ko‘rdim.
Odamlar yig‘lar,
Mening tomog‘imga tiqildi bir sas.
Kafanning ostida uxlagan zotga
Boqdim-u, ichimda uyg‘ondi havas!
Hasad qildim uning oromiga, oh,
Yelkasidan tushgan osmon haqqi-chun!
U qochib ketmadi — yetib bordi, bas,
Menga esa hali berilmas yakun.
U ortiq sezmaydi yomg‘ir ta’mini,
Kuzning titrog‘ini tinglamas beun.
Men shunday tiriklik totidan kechib,
Uning sovuqligin qo‘msadim nechun?!
Tiriklik — har kuni o‘zingni yengmoq,
O‘zingdan uyalmoq, yashamoq arang.
Kulgingning tagida nola qilar ruh,
Ko‘ksingning torlari uzilar tarang.
Bolalik ko‘zimda quyosh bor edi,
Har tongim tuyulgan mangulik sarhad.
O‘ylamabman: bir kun yigirma ikki
Yoshimda murdaga qilurman hasad!
Tobut ketdi...
Qora tuproq yutdi jim,
U ketdi — burchini o‘tab bo‘lgan zot.
Men esa turibman tiriklar aro:
O‘lishga ham haqqi bo‘lmagan hayot...
Eski qabristonning devori edi.
Tugash — qarilikning burchi, hayotning
Faqat sochi oqqa ozori edi.
Yigirma ikkidaman.
Qon qaynash fasli,
Ammo tomirimda muzlayotir g‘am.
Dunyoni quchmoqchi bo‘lgan kaftlarim,
O‘zini asrashdan charchab ketdi ham.
Bugun tobut ko‘rdim.
Odamlar yig‘lar,
Mening tomog‘imga tiqildi bir sas.
Kafanning ostida uxlagan zotga
Boqdim-u, ichimda uyg‘ondi havas!
Hasad qildim uning oromiga, oh,
Yelkasidan tushgan osmon haqqi-chun!
U qochib ketmadi — yetib bordi, bas,
Menga esa hali berilmas yakun.
U ortiq sezmaydi yomg‘ir ta’mini,
Kuzning titrog‘ini tinglamas beun.
Men shunday tiriklik totidan kechib,
Uning sovuqligin qo‘msadim nechun?!
Tiriklik — har kuni o‘zingni yengmoq,
O‘zingdan uyalmoq, yashamoq arang.
Kulgingning tagida nola qilar ruh,
Ko‘ksingning torlari uzilar tarang.
Bolalik ko‘zimda quyosh bor edi,
Har tongim tuyulgan mangulik sarhad.
O‘ylamabman: bir kun yigirma ikki
Yoshimda murdaga qilurman hasad!
Tobut ketdi...
Qora tuproq yutdi jim,
U ketdi — burchini o‘tab bo‘lgan zot.
Men esa turibman tiriklar aro:
O‘lishga ham haqqi bo‘lmagan hayot...
🔥2🕊1