322 subscribers
98 photos
41 videos
339 files
366 links
Abiturientlar va repititor-ustozlar uchun yangiliklar va fayllar bazasi. Eng so‘ngi yangiliklarni bizda kuzatib boring.

Reklama uchun - @reklama_hizmat
Download Telegram
​​Грин карта ҳақида

Грин картада омади келиб, ҳозир АҚШнинг Флорида штатида истиқомат қилаётган дўстим Аброр Қодиров ўзининг @Floridiston каналида Грин карта ҳақида қизиқарли маълумотлар бериб бормоқда. Яқин орада янги мавсум учун эълон қилинадиган ушбу лотереяга Ўзбекистонда қизиқиш жуда катталигини ҳисобга олиб, ўша постни Сизларга ҳам ҳавола қилмоқчиман:

«Грин Картаси нима у? Уни нима билан ейди?

Гапни ҳ-о-о-в Одам Aтодан олиб келиш ниятим йўқ. "Грин Карта" тарихини айтиб бермоқчимасман. Шунчаки, йиллар давомида лотереяда иштирок этиб келадиганларининг ҳам кўпчилиги Грин Карта ўзи нима эканлигини кўп ҳам тушунвораверишмаслигига гувоҳ бўляпман. Шунга имкон қадар қисқа тўхталмаса бўлмайдиганга ўхшаяпти.

Халқ тилида "Green Card" бўлиб кетган нарса аслида AҚШда доимий яшаш ва ишлаш ҳуқуқини берадиган - "Permanent resident card" номли хужжат. У турли сабаблар ва йўллар билан берилади. Шулардан бири - лотерея ўйини кўринишида. Бу яшил карточкани қўлга киритишнинг ягона йўли эмас. Лекин энг осон усули. Ҳар йили 50 000 дона яшил карточкалар эгалари айнан шунақа усулда аниқланади. Лотереяда иштирок этиш учун белгиланган бир ой муддат ичида расмий сайтга кириб, ўзингиз ва турмуш ўртоғингиз (агар бўлса) паспорт маълумотлари, таълим борасидаги маълумотингиз сўраладиган анкетани тўлдириб, махсус талабларга мос келадиган расм жойлаш кифоя.

Грин карта қайси сайтлар орқали ўйналади?

Лотореянинг расмий сайти манзили - dvlottery.state.gov

Бундан бошқа исталган сайт - фейк. Ҳақиқий эмас. Бундан бошқа барчаси - "мошенник". Mутлақо бошқа сайтларга маълумотларингизни киритманг. Интернет оламида юзлаб ўзига расмий мақом бериб олган фейк Грин карта сайтлари бор. Улар сизнинг шахсий маълумотларинггизни тўплаб олиб, расмий сайтга уларни киритиб, ютуқ чиққан ҳолда сиздан яхшигина пул талаб қилиш учунгина очилган. Aлданманг! Green Card лотереяси сайти фақат инглиз тилида фаолият юритади. Унинг русчаси, "тем более" ўзбекчаси йўқ.

Грин карта ўйнаш қанча туради?

Ҳеч қанча. Лотереяда иштирок этиш тўлови йўқ. У мутлақо бепул. Қайсидир "типо" консалтинг фирмача қанчадир миқдорда сўраган пули - фақат ўз хизмати учун. Aгар сизга лотереяда иштирок этиш учун расмий тўлов, деб пул сўраса, бу ёлғондан бошқа нарса эмас.

Қайси фирмада ўйнаса имконият кўпаяди?

Ҳеч қайси. Сизга анкета тўлдириб беришга ёрдам берадиган ҳеч бир фирманинг бири иккинчисидан устун эмас. AҚШ иммиграцион хизмати ёки Қўшма Штатларнинг Ўзбекистондаги элчихонаси бирор фирма билан ҳамкорлик қилмайди. Гўёки уларнинг фирмасида ўйнаб, ғолиб бўлганларнинг визаси урилган паспортларини илиб қўйилганига лаққа тушманг. Ўша одамлар айнан у ерда ўйнаганини текшира олмайсиз, бу - бир. Қўйилган ҳужжатлар ҳақиқийлиги ҳам аниқмас, бу - икки. Ростдан ўша ерда ўйнаб, кимдир ютган бўлса ҳам бу ўша инсоннинг омадлилигини кўрсатади холос. Сизнинг омадинггизга бунинг мутлақо алоқси йўқ. 50 минг сўмга тўлдирадиган фирма ҳам, 10 минг сўмга шу ишни қиладигани ҳам, бир-биридан кўпроқ билмайди. Улардан фақат қўлидаги ҳужжатдан маълумотни тўғри кўчириш талаб қилинади холос. Буни эса ўзингиз ҳам уддалай оласиз.

"Aризани охирги кунларда топширса имкон кўпроқ бўлармиш...?"

Бўлмаган гап. Лотерея ўйнаш саналари эълон қилингач, ўша 30 кундан исталган бирида топшираверинг. Aнкетанинг қайси кунда тўлдирилганлиги билан ҳеч кимнинг иши йўқ. Aсосий талаб, маълумотлар тўғри киритилганлиги ва фотосуратнинг талабларга мослиги. Бошқа "фокус"лар йўқ.

Қандай қилиб имкониятни оширса бўлади?

Бунинг йўллари йўқ. Фақатгина турмуш қурганларда имконият қолганлардан икки баробар кўпроқ. Чунки эр ёки хотиндан қай бирига ютуқ чиқса ҳам уларнинг ҳар иккиси Грин карта олиш имконига эга бўлади. Aгар сизга кимдир яна бирор йўлини айтган бўлса, билингки, у ноқонуний ва охир-оқибат, сизга ютуқ чиққан тақдирда ҳам виза берилмаслигига олиб келади.

Кейинги постларда яна бошқа масалаларга батафсилроқ тўхталаман. Изоҳларда эса мавзуга оид барча саволларинггизни қолдиришингиз мумкин».

Пост тугади.


👉 @xushnudbek 👈
🇬🇧 INGLIZ TILI dan IELTS 8.00 olgan o‘qituvchida o‘qishni Xohlaysizmi ?. Marhamat INGLIZ TILI Davlat NUR o‘quv markazida INNOVATSION tarzda o‘qitadi.

DIQQAT BIZDA
🔻
❗️5 oy ichida grammatika
❗️2 oy ichida so'zlashish
❗️3 oy ichida IELTS 6+ va B1 B2 sertifikatlarini olishingizda koʻmaklashamiz 😳
❗️ Talaffuzda kamchiliklardan voz keching.
KELING, O'QING, O'RGANING

📌DIQQAT !!!
Tarix / Ona tili va adabiyot
Matematika / Fizika
Kimyo / Biologiya
Ingliz tili / Rus tili
Koreys tili / Nemis tili
– fanlardan tayyorlov kurslariga ro‘yxatdan o‘ting.

Murojaat uchun:⤵️

+998977810203
+998949094888
@DavlatNUR_administratsiya

Manzil: Pushkin va Chilonzor metro bekati (lakatsiya)
Nobel mukofoti

Nobel mukofoti — buyuk ilmiy izlanishlar, inqilobiy ixtirolar yoki madaniyat va jamiyatning rivojiga katta hissalar qoʻshganligi uchun har yili taqdim etiladigan eng nufuzli xalqaro mukofotlardan biri.

Mukofot sohasi - Fizika, kimyo, adabiyot,tinchlik, fiziologiya yoki tibbiyot, hamda iqtisodiyot sohalaridagi ulkan hissasi va ilmiy kashfiyotlari uchun

Tashkilotchi - Shvetsiya Akademiyasi,Shvetsiya Qirolligi Fanlar Akademiyasi,Karolinska Instituti,Norvegiya Nobel Qo`mitasi

Mamlakat - Shvetsiya, Norvegiya
Birinchi berilgan yili - 1901

Nobel mukofotlari - har yili buyuk ishlar uchun beriladigan xalqaro mukofot. Taʼsis etuvchisi A. B. Nobelning (k,. Nobellar) vasiyatiga koʻra, undan keyin qolgan mablagʻ asosida Nobel jamgʻarmasi tashkil etildi; shu jamgʻarmaga har yili kelib tushadigan daromad 5 qismga teng boʻlinib, irqi, millati, jinsi va dinidan qatʼi nazar, fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi kashfiyotlar, badiiy asarlar, xalqlar doʻstligi va tinchlikni mustahkamlash yoʻlida koʻrsatilgan faoliyat uchun beriladi (1968 yilda Shvetsiya davlat banki oʻzining 300 yilligi munosabati bilan iqtisod fanlari sohasidagi yutuqlar uchun beriladigan qoʻshimcha Nobel mukofotini taʼsis etgan).

Nobel mukofoti Alfred Nobel tasviri tushirilgan oltin medal, diplom va miq-dori Nobel jamgʻarmasidagi daromadga bogʻliq (odatda, 30 mingdan 70 ming dollargacha) boʻlgan mablagʻdan iborat. Alfred Nobelning vasiyatiga koʻra, Nobel mukofotini berish vazifasi Stokgolmdagi Qirollik FA ga (fizika, kimyo, iqtisod fanlari boʻyicha), Stokgolmdagi Qirollik tibbiyot-jarroxlik institutiga (fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha) va Stokgolmdagi Shvetsiya akademiya-1 siga (badiiy asarlar boʻyicha) topshi-rilgan. Tinchlikni mustahkamlash 4 yoʻlida koʻrsatilgan faoliyat uchun 1 Nobel mukofotini Norvegiya parlamentining Nobel komiteti aʼzolari beradi. Tinchlik mukofotidan tashqari hamma mukofotlar faqat individual tarzda beriladi. Vafot etganlarga Nobel mukofoti berilmaydi. Nobel mukofotini topshirish tantanasi Stokgolm va Osloda Alfred Nobel vafot etgan kun (10 dekabr) da oʻtkaziladi. Birinchi mukofot 1901 yil topshi-rilgan. Nobel mukofotini 1901—2003 yilda 565 kishi olgan.

Alfred Nobelning vasiyatiga koʻra, moddiy tarafdan quvvatlanib, 1895-yilda tadbiq etilgan quyidagi besh yoʻnalish boʻyicha mukofotlar mavjud:

fizika boʻyicha Nobel mukofoti,kimyo boʻyicha Nobel mukofoti,fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti,adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti,jahonda tinchlik oʻrnatish ishlari boʻyicha harakatlar uchun (Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti).1969-yildan boshlab, iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti ham berila boshladi.

Hozirgi vaqtda Nobel mukofotining qiymati 10 mln shved kronasi (1,3 mln $ atrofida)ga teng.

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
#SavollargaJavoblar

Savol:
Kelasi yil ham 3 ta OTM ga topshirsa bo’ladimi?

Javob:
Abituriyentlar 2020-2021 o’quv yilida ham 3 tagacha oliy ta’lim muassasasi yoki ta’lim yo’nalishini tanlashi mumkin bo’ladi.

- - -

Вопрос:
Можно ли будет сдавать документы в 3 высших образовательных учреждений и в следующем году?

Ответ:
Да, и в 2020-2021 учебном году абитуриенты смогут подавать документы в 3 высших образовательных учреждений или направлений образования.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram
#SavollargaJavoblar

Savol:
Chet tili sertifikatlariga imtiyoz beriladimi?

Javob:
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab test ta’lim yo’nalishiga mos fanlar majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning B2 va undan yuqori darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Shuningdek, 2019-yilga qadar Davlat test markazi tomonidan berilgan milliy sertifikatning imtiyozi ushbu sertifikatlarning amal qilish muddati davrida saqlanib qolinadi.

- - -

Вопрос:
Будут ли льготы тем, у кого имеются сертификаты по иностранным языкам?

Ответ:
В 2020-2021 учебном году во всех направлениях бакалавриата, где есть иностранный язык, абитуриентам будет предоставлена льгота при наличии Национального и международных сертификатов по иностранным языкам уровня В2 и выше – абитуриенты будут освобождены от тестирования по иностранному языку и им будет дан максимальный балл.

Данная льгота будет сохранена и для обладателей Национального сертификата, выданного Государственным центром тестирования до 2019 года в течение срока их действия.

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram
Kimyo qo'llanma 1-qism.doc
3 MB
📓 Абитуриентлар учун кимё фанидан қўлланма

♻️ 1 - қисм

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
Kimyo qo'llanma 2-qism.doc
2.2 MB
📓 Абитуриентлар учун кимё фанидан қўлланма

♻️ 2 - қисм

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
Darsliklar ro'yxati.pdf
739.4 KB
2020 йилги тест саволлари тузиладиган дарсликларнинг
УМУМИЙ РЎЙХАТИ

Кўпчилик ДТМ сайтидан дарсликлар рўйхатини олишда муаммога дуч келаётгани учун, умумий рўйхатни битта файлда каналга жойлаяпман.

💾 PDF, 739 кб.


Абитуриентларга оид бошқа хабарлар:
👉 @xushnudbek 👈
11–sinf o'quvchilari uchun blok testi 2019.exe
1.4 MB
11-sinflar uchun matematika, fizika, kimyo, tarix va Informatika fanlaridan 100 ta savoldan iborat elektron test.
Kompyuterda ochiladi

Abituriyent.uz kanali

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (973-son, 06.12.2019-y.)

Qarorga muvofiq, “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash xamda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilinishi munosabati bilan Hukumatning 10 dan ortiq qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

Xususan, Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan:

👉 oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga test sinovlarida toʻplagan ballarining 30 foizi miqdorida, respublikaning boshqa davlat OTMlariga oʻqishga kirishda toʻplagan ballarining 15 foizi miqdorida qoʻshimcha ball beriladi;

👉 “Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli tugatganlarga, tarkibida ushbu maktab boʻlgan vazirlik va idoralarning tegishliligi boʻyicha oliy xarbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarisiz, harbiy professional tanlash natijasi boʻyicha kirish huquqi beriladi.

Vazirlik OTMlarga 5ta fandan imtihon olinishi bo‘yicha izoh berdi

Ta’lim yangiliklari kanali

https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-ZfrJByduu8Uw
👉 Oilaviy muammolar qiynab yubordimi?

😐 Ruhiy tushkunlikka tushib qoldingizmi?

O'z qobig‘ingizga o‘ralashib qoldingizmi?

❗️ To‘g‘ri va aniq maqsad qo‘yishni o‘rganishni istaysizmi?

💰 Daromad oqimi ochishnichi?

🏃‍♂ Balki Sizga energiya yetishmayotgandir?

Unda marhamat, O‘zbekiston bo‘yicha yagona bo‘lgan PSIXOLOGIYA AKADEMIYASIGA marhamat ⬇️

Kanalda Siz:

📌 Aniq va to‘g‘ri maqsad qo‘yishni

Vaqtingizni to‘g‘ri sarflashni

🥇 Muvaffaqiyatga erishish sirlarini

🏂 Yuqori energiyaga to‘lib yurishni

💰 Pul va daromad oqimini ochishni

💜 Farovon hayot sir-asrorlarini o‘rganib olasiz.

❗️ Eng muhimi professional psixolog, motivator, konsultant-trener bilan barcha o‘zingizni qiynayotgan savollarga javob olasiz.

💪 Unda marhamat Olam sirlarini o‘rganishga olg‘a⬇️
Oliy ta'lim to‘g‘risidagi nizom loyihasi e'lon qilindi. Qator o‘zgarishlar kutilyapti

Batafsil - https://kun.uz/uz/24189386

Abituriyent.uz kanali

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
Darsliklar ro'yxati.pdf
739.4 KB
2020 йилги тест саволлари тузиладиган дарсликларнинг
УМУМИЙ РЎЙХАТИ

Кўпчилик ДТМ сайтидан дарсликлар рўйхатини олишда муаммога дуч келаётгани учун, умумий рўйхатни битта файлда каналга жойлаяпман.

💾 PDF, 739 кб.

Манба: @xushnudbek

Abituriyent.uz kanali

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
Muddatli harbiy xizmatdagi harbiylarga OTMga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi e'lon qilindi

👉 https://kun.uz/uz/41106449

Abituriyent.uz kanali

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
#Bilasizmi
Banklar tomonidan oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi boʻlimlariga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan talabalarning oʻqishi uchun ularning oʻzlariga, ota-onalari yoki vasiylariga taʼlim kreditlari berilishi mumkin.

Taʼlim kreditlari talabalar uchun bakalavriatga oʻqishga qabul qilinganda 10 yilgacha va magistraturaga oʻqishga qabul qilinganda 5 yilgacha boʻlgan muddatga beriladi.

Banklar tomonidan berilgan taʼlim kreditlari boʻyicha:
👉 chin yetimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga – nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);
👉 talabalarning qolgan toifalariga – Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori boʻlmagan foiz stavkalari belgilanadi.

Taʼlim krediti uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a)
ariza;
b) toʻlov-kontrakt shartnomasi (kontrakt);
g) kreditni qaytarishning taʼminlanishi toʻgʻrisida hujjat;
d) imtiyozli taʼlim kreditlari olish huquqiga ega boʻlgan chin yetimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari, kam taʼminlangan oilalardan chiqqanlar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.

Qarz oluvchi yuqoridagi hujjatlarni bankka taqdim etish bilan ayni bir vaqtda pasportini shaxsan koʻrsatadi. Bank pasportdan va taqdim etilgan boshqa hujjatlardan zarur koʻchirmalar va nusxalar olishga haqlidir.

📚 “Ta’lim yangiliklari” kanali

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-ZfrJByduu8Uw
Sirtqi bilan maxsus sirtqi ta'lim shaklini nima farqalari bor, kimlar hujjat topshira oladi?

Umuman olganda sirtqi talim quyidagi shakllarda olib boriladi:
1. Sirtqi shakl,
2. Maxsus sirtqi shakl,
3. Ikkinchi va undan keyingi oliy malumot berishning sirtqi shakli.

Ho'sh bularning nima farqi bor? Qanday talablar qo'yiladi?

🔷 Sirtqi shakl

Sirtqi shaklda - umumiy o‘rta (10-11-sinflar negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar malumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjatga ega bo‘lgan va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan) muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar kamida 5 yil ta'lim olishadi.

Oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakli uchun abituriyentlardan hujjatlar 2018 yilning 10 iyulidan 31 iyuligacha qabul qilinadi. Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
- 086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
- pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma)ning nusxasi;
- 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat.

Bu yil sirtqi ta'lim shakli uchun 51 ta oliygoh uchun qabul kvotalari elon qilindi.


🔷 Maxsus sirtqi shakl

Maxsus sirtqi shaklda - faqat tegishli yoki turdosh talim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar malumotiga va talim yo‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yo‘nalishlari uchun pedagogik stajga) ega bo‘lgan, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar kamida 3 yil ta'lim olishadi.

Maxsus sirtqi ta’lim shakli uchun abituriyentlardan hujjatlar 2018 yilning 15 iyunidan 15 iyuligacha qabul qilinadi. Abituriyent universitet qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
- 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
- pasport nusxasi;
- 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
- mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma;
- tavsiyanoma.

Bu yil maxsus sirtqi ta'lim shakli uchun 22 ta oliygoh uchun qabul kvotalari elon qilindi.

Demak sirtqi ta'lum uchun barcha abituriyentlar hujjat topshira olishadi, maxsus sirtqi ta'lim uchun esa faqat soha bo'yicha 3 yillik ish stajiga hamda tavsiyanomaga ega abituriyentlar hujjat topshira olishadi.

https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
Toshkentda o‘quvchilarni aldagan nodavlat ta'lim markazi mansabdorlariga jinoiy ish ochildi

Toshkent shahridagi «BRITISH FOUNDATION TASHKENT» nodavlat ta'lim markazi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

«Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining qonuniy huquq manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «BRITISH FOUNDATION TASHKENT» nodavlat ta'lim markazi mansabdor shaxslari markazga o‘qish istagida murojaat qilgan fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni aldab, Buyuk Britaniyaning ta'lim standartlari yo‘nalishi bo‘yicha 3 oydan 9 oygacha sifatli ta'lim berishni va kelgusida Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlaridan birida tahsil olishlariga, markazning yakuniy imtihonlaridan o‘tolmagan o‘quvchilar Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti yoki Singapur menejmentni rivojlantirish institutiga o‘qishga qabul qilinishiga ishontirib yolg‘on va'dalar berib, 30 nafar o‘quvchining har biridan 7 000 AQSh dollaridan jami 210 000 AQSh dollarini o‘quv to‘lovi sifatida qo‘lga kiritganliklari aniqlangan. 

Shuningdek, tekshiruvda markaz mansabdor shaxslari o‘quvchilardan olingan jami 82,7 mln. so‘m pul mablag‘larini markazga kirim qilmaganliklari, markazga tegishli bo‘lgan korporativ plastik kartaga juda ko‘p miqdordagi pullarni tushirib, o‘zlariga ortiqcha ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni hisoblab, jami 674,6 mln. so‘m miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan «BRITISH FOUNDATION TASHKENT» NTM mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi, 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati ma'lumotida.

https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
Forwarded from Xushnudbek.uz
5 та фандан тест синовларига оид ҳозиргача маълум бўлган барча маълумотлар

👉 келгуси йилда 5 та фандан тест бўлиши аниқ, бу Президент қарорида белгиланган. Яъни бу масала аллақачон ҳал этилган, фақат тартиби ҳозирча расман тасдиқланмади холос;

👉 Mажбурий фанлар блоки (барча учун тушади):

Она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ тили) - 15 та савол, ҳар бири учун 2.1 баллдан;
Mатематика - 15 та савол, ҳар бири учун 2.1 баллдан;
Ўзбекистон тарихи - 15 та савол, ҳар бири учун 2.1 баллдан.

Жами тўплаш мумкин бўлган балл – 94.5 балл.

Она тили ва Ўзбекистон тарихи фанидан 1 дақиқагача, математикадан - 1,5 дақиқагача вақт ажратилади.

👉 Tаълим йўналишига мос мутахассислик блокидаги фанлар (йўналишига қараб ўзгаради):

1-фан - 30 та савол, ҳар бири учун 3.1 баллдан;
2-фан - 30 та савол, ҳар бири учун 3.1 баллдан.

Жами тўплаш мумкин бўлган балл – 186 балл.

Асосий блокдаги 2 та фан учун жами 2 соат вақт берилади.

👉 балларни ҳисоблаш тизимида ўзгариш бўлмайди, аввал қандай бўлса, шундайлигича қолади. Яъни ҳар бир блокдан тўпланган баллар қўшилиб, умумий баллни ташкил этади ва абитуриентлар мана шу 5 та блокдан тўплаган бали бўйича ўзаро курашади (илгари учта блокнинг умумий бали олинарди). Энг максимал балл 280,5 балл бўлади;

👉 айрим йўналишларда мажбурий блокдаги фан билан махсус блокдаги фан бир хил бўлиб қолиши мумкин. Масалан, математика йўналишига ҳужжат топширган абитуриент мажбурий блокда ҳам, мутахассислик блокида ҳам математика фанидан тест ишлайди. Бу иккаласининг асосий фарқи —мажбурий блокдаги саволларнинг барчаси соддалаштирилган, энг осон даражада бўлади, мутахассислик блокидаги саволлар эса турли мураккабликда (осон, ўртача, қийин) бўлади;

👉 5 та фандан тест бўлишга оид тартиб, фақат давлат ОТМларига тааллуқли. Шу пайтгача бўлгани каби, бу янги тартиб ҳарбий, диний, хусусий, нодавлат ва хорижий ОТМларга алоқадор эмас;

👉 3 та мажбурий фан касбий (ижодий) имтиҳон топшириладиган йўналишлар учун, шунингдек магистратура учун тааллуқли эмас;

👉 3+2 кўринишдаги ушбу тартиб бакалавриатнинг барча таълим шакллари (кундузги, сиртқи, кечки) учун бирдек қўлланади;

👉 мажбурий блокда она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ тили) фанидан тушадиган 15 та савол ичида Адабиёт фанидан тест саволлари бўлмайди;

👉 мажбурий блокда Ўзбекистон тарихи фанидан тушадиган 15 та савол ичида Жаҳон тарихидан тест саволлари бўлмайди;

👉
мажбурий блокда Математика фанидан тушадиган 15 та савол ичида геометрия ёки информатикадан тест саволлари бўлмайди;

👉
мутахассислик блокида Математика фанидан тушадиган 30 та савол ичида информатикадан саволлар бўлмайди;

👉 мутахассислик блокдаги 2 та фан учун жорий йилги тест синовларида қўлланган фанлар мажмуасининг 3,1 ҳамда 2,1 балл берилган дастлабки 2 та фан олинмоқда. Масалан, тиббиёт йўналишлари учун биология ва кимё. Молия-иқтисод йўналишлари учун математика ва чет тили. Ва ҳ.к;

👉 қайси йўналишда қайси фанлардан тест саволлари бўлишини мана бу ердан кўришингиз мумкин.

👉 тест саволлари тушадиган дарсликлар рўйхати билан мана бу ерда танишишингиз мумкин.

Юқоридаги маълумотлар Давлат тест маркази хабарлари асосида тайёрланди.


👉 @xushnudbek 👈
Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

2020 yil 1 iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi va amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Bunda:

oliy ta'lim standartlarini xorijiy tajriba asosida takomillashtirish;

ta'lim yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlarni qayta ko‘rib chiqish;

mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar sonini 2 barobar qisqartirish;

kredit-modul tizimini joriy qilish tartibini ishlab chiqish;

talabalar bilimini baholashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

fan dasturlari va o‘quv rejalarini takomillashtirish;

professor-o‘qituvchilar faoliyatini yangi tizimga muvofiqlashtirish;

o‘zini-o‘zi moliyalashga o‘tgan oliy ta'lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini ta'minlash maqsadida ularning huquqiy maqomi va budjet tashkilotidan farqini aniq belgilash, shu jumladan, ularga oliy ta'lim muassasasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini mustaqil sarflash va o‘z balansidagi mol-mulkni mustaqil tasarruf qilish, xususan, mol-mulkini ijaraga berish va kelgan tushumlarni to‘lig‘icha o‘zida qoldirish tartibini joriy qilish;

budjet tashkilotlariga nisbatan belgilangan cheklovlar o‘zini-o‘zi moliyalashga o‘tgan oliy ta'lim muassasalariga tatbiq etilmasligini belgilash;

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi munosabatlar chegarasini aniq ko‘rsatish;

vazirlik sohada regulyator sifatida barcha oliy ta'lim muassasalari uchun bir xil siyosat yuritishi, umumiy talablarni qo‘ygan holda ularning ta'lim mazmuni va usuli borasidagi faoliyatiga aralashmasligi nazarda tutiladi.

"Ta'lim yangiliklari" kanali

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-ZfrJByduu8Uw