Abituriyent | Axborot portali
85.8K subscribers
995 photos
389 videos
309 files
3.56K links
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.

📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

📬 Reklama: https://t.me/+SwAo-YikrkZzu9el
Download Telegram
#Perevod2023

⚡️Qaysi ta'lim shakliga o'qishni ko'chirish mumkin-u, qaysinga mumkin emas? (Jadval o'zgarishi kutilmoqda)

➡️O'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar ushbu jadvaldan foydalanishlari tavsiya etiladi. So'nggi ikki yildan beri ushbu ta'lim shakllararo o'qishni ko'chirishga ruxsat etib kelinmoqda.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Test sinovi uchun to‘lovni 24 soat ichida amalga oshirish kerak deyishyapti. Shu to‘g‘rimi?

✔️ Test sinovi uchun to‘lovni onlayn ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng 24 soat ichida amalga oshirish kerak degan talab mavjud emas.

🌐 Abituriyentlar to‘lovni ro‘yxatga olish yakunlanganga qadar elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirishlari mumkin.

💬 Izoh: ro‘yxatga olish chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlarda 10-iyulga qadar, qolgan yo‘nalishlarda 20-iyulga qadar davom etadi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Magistraturaga qabul boshlanmoqda

💬2023-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlanadi.

📌 2023/2024-o'quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

🟢 Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGU
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Qizimning IELTS 5,5 sertifikati bor. Ingliz tilidan ijodiy imtihondan ozod etiladimi?

✔️ IELTSdan 5,5 ball B2 daraja hisoblanadi. Sertifikati tasdiqlansa, ingliz tili fani bo‘yicha imtihondan ozod etiladi va maksimal ball beriladi.

Ona tili fanidan milliy testda 82,8 ball to‘pladi. OTMlarga kirishda 2-fan uchun necha ball beriladi?

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida 82,8 ball to‘plagan abituriyentga majburiy fandan maksimal, mutaxassislik fanidan proporsional ball beriladi.

📌 Mutaxassislik fanidan beriladigan ballni aniqlash uchun ushbu fandan maksimal ballning sertifikatdagi foizini hisoblash lozim.

🔔Ushbu abituriyentda ona tili va adabiyot ikkinchi fan bo‘lgani uchun 63 ballning 82,8 foizi hisoblanadi: 63 x 0.828 = 52.164 ball.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2023

Maqsadli qabul qanday amalga oshirilishini bilasizmi?

✔️ Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha ham maqsadli (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa), ham umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha umumiy tanlovda ishtirok etadi, lekin maqsadli tanlovda ishtirok etmaydi.

👆 Yuqoridagi rasm orqali maqsadli qabul qanday amalga oshirilishi bo‘yicha to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

❗️ Izoh: rasmda keltirilgan raqamlar misol sifatida ko‘rsatilgan bo‘lib, Toshkent tibbiyot akademiyasiga ajratilgan kvotalar bundan farq qiladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#perevod2023
#o‘tish_ballari

✔️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

💬Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

👉Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kvota_Kunduzgi_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
942.9 KB
#Qabul_2023

☄️Bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endilikda pedagogika yo‘nalishi faqat davlat granti asosida bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab pedagogika yo‘nalishiga o‘qishga kirgan barcha talabalar davlat hisobidan grant asosida o‘qishini aytib o'tdi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlar.pdf
1.1 MB
💬 Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari

☄️ Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon, Bilimni baholash agentligi tomonidan 3 ta majburiy fan bo‘yicha test sinovi o‘tkaziladi.

✔️ Bunda majburiy fanlardan test sinovi abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan hududda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar esa oliy ta’lim muassasasi joylashgan hududda bo‘lib o‘tadi.

❗️ Ro‘yxatdan o‘tishda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishini yoki fanlar majmuasida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud ta’lim yo‘nalishini tanlagan abituriyentlar qo‘shimcha yo‘nalish tanlay olmaydi. Ular faqat bitta ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023 #Statistika
2023-2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2023-yil 8-iyul 18:00 holatiga)

🖥 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 289 266 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili — 249 190 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 33 365 nafar;
🇺🇿 Qoraqalpoq tili — 5 596 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 115 nafar;

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 194 148 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 7 214 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 85 607 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 2 297 nafar.

🏢 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

👉 O‘zbekiston milliy universiteti — 11 125 nafar;
👉 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 9 221 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 9 091 nafar;
👉 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 8 903 nafar;
👉 Farg‘ona davlat universiteti — 8 654 nafar;

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha top 5 talik:

1️⃣ Samarqand viloyati — 30 053 nafar;
2️⃣ Qashqadaryo viloyati — 27 463 nafar;
3️⃣ Toshkent viloyati — 27 091 nafar;
4️⃣ Andijon viloyati — 25 998 nafar;
5️⃣ Farg‘ona viloyati — 23 232 nafar.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023   #Abituriyent2023   #Statistika

📌2023-2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2023-yil 9-iyul 18:00 holatiga)

🍏 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 316 976 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili  — 273 385 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 36 216 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 6 213 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 162 nafar.

✍️ Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔺 Kunduzgi ta’lim shakli — 212 917 nafar;
🔺 Kechki ta’lim shakli — 8 128 nafar;
🔺 Sirtqi ta’lim shakli — 93 437 nafar;
🔺 Masofaviy ta’lim shakli — 2 494 nafar.

➡️ Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

👉 O‘zbekiston milliy universiteti — 12 287 nafar;
👉 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 10 098 nafar;
👉 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — 10 046 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 9 864 nafar;
👉 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 9 719 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha top 5 talik:

1️⃣ Samarqand viloyati — 32 852 nafar;
2️⃣ Qashqadaryo viloyati — 30 169 nafar;
3️⃣ Toshkent viloyati — 29 328 nafar;
4️⃣ Andijon viloyati — 28 463 nafar;
5️⃣ Farg‘ona viloyati — 25 313 nafar.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023   #Abituriyent2023

❗️ Bugun chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni

🔔 Bugun, 10-iyul kuni 8 ta oliy ta’lim muassasasining chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga roʻyxatdan o‘tish yakunlanadi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️Ijod maktablarida kirish imtihonlari qaysi tilda o‘tkaziladi?

⚡️ Ijod maktablari uchun kirish imtihonlari davlat tilida (Qoraqalpog‘iston Respublikasida qoraqalpoq tilida), Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida esa, chet tilida o‘tkaziladi.

❗️Ijod maktablariga saralash imtihonlari qanday tartibda amalga oshiriladi?

Kirish imtihonlari 3 bosqichda bo'lib o'tadi:

1️⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2️⃣-bosqich: ijodiy suhbat;
3️⃣-bosqich: test sinovi  (ona tili va adabiyot - 20 ta topshiriq, chet tili - 15 ta topshiriq, intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha - 15 ta topshiriq).

⚠️ Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga kirish imtihonlari tartibi qanday?

Ushbu maktabga kirish imtihonlari tartibi quyidagicha:

1️⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish
2️⃣-bosqich: ijodiy suhbat
3️⃣-bosqich: ingliz tili (chet tili - 20 ta topshiriq, ona tili va adabiyot - 15 ta topshiriq, IQ ni aniqlash bo‘yicha - 15 ta topshiriq).

💬 Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ikkinchi mutaxassislik-2023. KUNDUZGI.pdf
179.4 KB
⚡️ Ikkinchi mutaxassislik uchun kvotalar tasdiqlandi
#abituriyent

🟢 KUNDUZGI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

2023/2024 oʻquv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha qabul parametrlarining taʼlim yoʻnalishlari va oʻqitish tillari boʻyicha TO'LOV-KONTRAKT asosida kvotalar tasdiqlandi.

JAMI: 4 ming 46 ta;
O’zbek tili: 3 ming 209 ta;
Rus tili: 837 ta.

Hujjatlar my.edu.uz orqali qabul qilinadi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ikkinchi mutaxassislik-2023. SIRTQI.pdf
462.4 KB
⚡️ Ikkinchi mutaxassislik uchun kvotalar tasdiqlandi
#abituriyent

✔️ SIRTQI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

2023/2024 oʻquv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga sirtqi taʼlim shakli boʻyicha qabul parametrlarining taʼlim yoʻnalishlari va oʻqitish tillari boʻyicha TO'LOV-KONTRAKT asosida kvotalar tasdiqlandi.

JAMI: 21 ming 72 ta;
O’zbek tili: 17 ming 632 ta;
Rus tili: 3 ming 440 ta.

Hujjatlar my.edu.uz orqali qabul qilinadi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️ Ayrim taʼlim muassasalarida “Askiya va qiziqchilik sanʼati” yoʻnalishi ochiladi

“Respublikada milliy askiya va qiziqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
gi Prezident qarori (PQ–222-son, 11.07.2023-y.) ga ko‘ra:

🔺 askiya va qiziqchilik sanʼati sohasida taniqli ijodkorlarning mahorat maktablari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

🔺 ushbu qarorda belgilangan tartibda oʻzining mahorat maktabini yaratgan ijodkorlar asosiy ish joyi orqali har oyda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5 baravari (4 mln 900 ming soʻm) miqdorida qoʻshimcha ragʻbatlantirib boriladi;

🔺 mahorat maktablariga ular faoliyat yuritadigan muassasa obyektlaridan tekin foydalanish huquqi berilib, ularga ushbu muassasa tomonidan alohida xona ajratiladi.

💬 2024/2025 oʻquv yilidan Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji hamda Fargʻona ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida “Askiya va qiziqchilik sanʼati” yoʻnalishi ochiladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aqli butun yoshlarning aksariyati o‘zi qaror qabul qilmay, ko‘p hollarda birovlarning maslahatiga quloq tutadi.

Albatta, yaqinlar maslahati yomon emas, biroq rivojlanishingizga ko‘zingiz yetadigan sohani o‘zingiz tanlashingiz kerak. Ariza topshirish, universitetlar darajalarini ko‘rish, umuman, sizni qiynagan muammolarga oson yechimni qayerdan izlashni bilmay boshingiz qotganmi? Mentalaba.uz’ga kiring.

Mentalaba.uz — ta’lim sohasida ishonchli, muhim va dolzarb yangiliklar, oliy ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari haqida ma’lumotlar va ularga qabulga yozilish imkoniyatini yaratuvchi tizim hisoblanadi. Loyiha 2023-yilning yanvar oyida faoliyatini boshlagan.

Tizim orqali siz oliy ta’lim muassasalari haqida batafsil ma’lumotlar olish va mavjud ta’lim yo‘nalishlarga hujjat topshirishingiz mumkin.

Tizim doimiy ravishda mukammallashtirilib, foydalanuvchi uchun qulayliklar yaratib boradi.

Boshqalarni qo‘ying. Ular “shap-shap” deguncha, siz “shaftoli” deyishga ulgurasiz. Imkoniyatdan foydalaning — Mentalaba.uz’ga kiring.

Sayt | Telegram | Telegram bot Instagram
​​#Qabul2023 #Abituriyent2023 #Statistika

2023-2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2023-yil 13-iyul 18:00 holatiga)

🖥 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 504 647 nafar.

💬 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili — 436 896 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 54 030 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 12 188 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 533 nafar;

☄️ Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔺 Kunduzgi ta’lim shakli — 335 042 nafar;
🔺 Sirtqi ta’lim shakli — 153 297 nafar;
🔺 Kechki ta’lim shakli — 12 778 nafar;
🔺 Masofaviy ta’lim shakli — 3 530 nafar.

💬 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

👉 O‘zbekiston milliy universiteti — 19 636 nafar;
👉 Farg‘ona davlat universiteti — 15 371 nafar;
👉 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 15 319 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 15 314 nafar;
👉 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 14 906 nafar.

✔️ Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

1️⃣ Samarqand viloyati — 59 287 nafar;
2️⃣ Qashqadaryo viloyati — 55 979 nafar;
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 47 759 nafar;
4️⃣ Toshkent viloyati — 45 485 nafar;
5️⃣ Andijon viloyati — 43 135 nafar.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/yLLxp1V3gZk5NGU
https://t.me/yLLxp1V3gZk5NGU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: "perevod" uchun arizalar qabuli boshlandilekin sayt ishlamayapti

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi.

✔️Davlat OTMning biridan boshqasiga transfer.edu.uz

👉 Xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga — my.uzbmb.uz

Kimlar o‘qishini ko‘chirishi mumkin?

Davlat OTMlaridan boshqasiga ko‘chirish uchun:
🔺 turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba;
🔺 ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarib, o‘qishini ko‘chirishga tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olgan talabaga ruxsat beriladi.
Ular imtihonsiz o‘qishini ko‘chira oladi.

Kimlar imtihon bilan o‘qishini ko‘chira oladi?
🔺 Xorijda o‘qiyotgan talaba;
🔺 Xususiy universitetda o‘qiyotgan talaba.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tilidan ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar diqqatiga!

✍️ Ertaga, 17-iyul kuni barcha hududlarda gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari boshlanadi.

💬 Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Abituriyentlar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoniga o‘ziga belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

📌 Izoh: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ruxsatnoma shakllantirilmaydi. Ularga chet tilidan maksimal ball beriladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZkNGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZ5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM