Abituriyent | Axborot portali
46K subscribers
996 photos
392 videos
309 files
3.56K links
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.

📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

📬 Reklama: https://t.me/+SwAo-YikrkZzu9el
Download Telegram
​​Qo‘rquv va hayajonni qanday jilovlash mumkin? Abituriyentlarga psixolog tavsiyalari

Oldinda oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlari. Aslida har qanday imtihon emotsiyalarga boy, hayajonli o‘tadi. Imtihon muddatlari va sharoitlari mavhum bo‘lgan hozirgi pandemiya sharoitida esa abituriyentlarning hayajoni va xavotiri ikki hissaga ortadi.

Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi, psixologiya fanlari nomzodi Gulmira Boyuzakova abituriyent uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan imtihonda hayajonni jilovlash bo‘yicha tavsiyalar bilan bo‘lishdi.

Abituriyentning imtihon vaqtida muvaffaqiyatga erishishi ikki omilga bog‘liq: nazariy va psixologik tayyorgarlik. U mavzularni qanchalik yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lsa ham, imtihon vaqtidagi hayajon dushmanga aylanishi mumkin.

Diqqatni jamlang. Titul varag‘ini to‘ldirish kabi barcha rasmiyatchiliklarni bajarib bo‘lgach, diqqatni jamlashga va atrofni unutishga harakat qiling. Siz uchun faqat vazifalar matni va soatlar mavjud bo‘lishi kerak. Qat’iy belgilangan vaqt javoblar sifatiga ta’sir qilmasligi kerak. Javobni kiritishdan oldin savolni ikki marta o‘qing va sizdan nima talab qilinayotganini to‘g‘ri tushunganingizga ishonch hosil qiling.

Osonidan boshlang. Test yechishni sizda shubha tug‘dirmaydigan savollarga javob berishdan boshlang. Uzoq o‘ylantiradigan savollarga ko‘p to‘xtalmang. Shunda ancha tinchlanasiz, yuklama yengillashadi. Miya yanada aniq ishlay boshlaydi. Qolgan butun kuch va diqqatni qiyin savollarga yo‘naltirish mumkin bo‘ladi.

Shoshilmang, vazifani oxirigacha o‘qing. Vazifani birinchi so‘zlaridanoq uning shartini tushunaman deb shoshqaloqlik qilmang. Bunda eng oson savollarga ham xato javob berish ehtimoli oshadi. Shoshqaloqlik natijasida javobi miyangizda naqd bo‘lgan savolni ham boy berishingiz mumkin.

Faqat hozirgi vazifa haqida o‘ylang. Yangi vazifani o‘qiyotganda avvalgi hamma narsani unuting. Testlardagi vazifalar bir-biri bilan bog‘liq emas, shuning uchun siz ilgari qo‘llagan qoidalar va formulalar yangi vazifani to‘g‘ri hal qilishga xalaqit beradi.

Muvaffaqiyatsizlikni unuting. Agar bironta testga javobni bilmasangiz, bu muvaffaqiyatsizlik ta’sirida qolib ketmang. Yangi savolni yangi imkoniyat sifatida qabul qiling. Avvalgi vazifalar natijasidagi tushkunlik keyingi topshiriqlar samarasiga ta’sir ko‘rsatmasin.

Istisno qiling. To‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligiga ishonchingiz komil bo‘lgan javoblarni ketma-ket chiqarib tashlang. Bu variantlar o‘rtasida tanlov doirasini toraytiradi.

Tekshirib ko‘ring. Bajargan topshiriqlaringizni tekshirib chiqishga vaqt ajrating, hech bo‘lmaganda ko‘z yugurtirib, xatolarni ko‘rish uchun vaqt toping.

Taxmin qiling. Aniq javobga ishonchingiz komil bo‘lmasa, intuitiv ravishda biror variantni tanlang. Ba’zida intuisiyaga ishonish kerak.

© Davlat test markazi

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​TEST IMTIHONLARIGA HOZIRDAN TAYYORLANING

Hurmatli abituriyentlar, test imtihonlari boshlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Har bir daqiqa siz uchun g‘animat. Imtihonlar boshlanish vaqtiga qadar siz o‘z bilimingizni sinash va oshirishingiz mumkin. Bunda sizga abt.uz saytimiz quyidagi turdagi test turlarini taqdim etadi:

🔴 Virtual imtihon - Tanlangan mutaxassislik bo‘yicha 30 talik test savollaridan iborat 3 ta blokdagi testlarni 3 soat davomida ishlab chiqing va natijalarga ega bo‘ling. VIRTUAL IMTIHON topshirish BEPUL. (Bu yildan 2 ta fandan imtihon topshirilishi sababli siz virtual imtihonda dastlabki 2 ta mos fanni tanlagan holda, uchinchi fanni ixtiyoriy qoldirishingiz mumkin)

Virtual imtihondan o‘tish uchun ushbu bo‘limga o‘ting 👉👉👉 http://www.abt.uz/exam

🔴 Mavzuli testlar - Tanlangan fanlardan mavzuli testlar yoki aralash testlarni ishlab chiqing va bilmingizni mustahkamlang. Savollar soni ixtiyoriy, natijalar test yakunida yoki test davomida. MASHG‘ULOT testlarini topshirish BEPUL.

Mavzuli testlarni ishlash uchun ushbu bo‘limga o‘ting
👉👉👉 - http://www.abt.uz/training

🔴 Blokli testlar - 36 ta test savolidan iborat blokli testlar DTM standartlari asosida professional repetitorlar tomonidan tuzilgan bo‘lib mavzularning ketma-ketligi va savollarning qiyinlilik darajasi kirish imtihonlaridagi testlar kabi tanlab olinadi. Blokli test topshirish BEPUL.

Blokli testlarni ishlash uchun ushbu bo‘limga o‘ting
👉👉👉 - http://www.abt.uz/special/index/6

‼️ 0.1 ball ham kirish natijalariga katta taʼsir qilishi mumkin.

Shuning uchun yana bir bor aytib o‘tamiz - har bir daqiqa siz uchun g‘animat!

❗️
Barcha abituriyentlarga tarqating

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​​​​​9 KUN O‘TDI!

Ikkinchi mutaxassislik uchun qabul hamon boshlanmayapti


O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risida nizomga asosan ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot olish uchun hujjatlar 20-iyuldan 20-avgustgacha qabul qilinadi.

👉 Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.

Qabul komissiyasi 2020/2021 o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi ma’lumot olish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini tasdiqlashi kerak.

Ammo oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy sahifalarida bu haqda tayinli ma’lumot mavjud emas.

2020/2021 o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi ma’lumot olish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tez kunda tasdiqlanadi, deyilganiga ham mana 9 kun bo‘ldi. Ammo o‘sha hujjatdan hamon darak yo‘q!

Aytishlaricha, pandemiya vaziyatini inobatga olingan holda ikkinchi oliy ta’limga talabgor abituriyentlarni elektron tizim orqali onlayn shaklda ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilayotgan ekan.

Shuningdek, ikkinchi oliy ta’limga talabgor abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini o‘zgartirish ham ko‘zda tutilmoqda. Kuzatishdan, kutishdan boshqa ilojimiz ham yo‘q, nachora...

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​​​DTM – daromad topish manbai(mi?)

UzA nashrida quyidagi mazmundagi maqola chop etildi:

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «O‘zbekistonda Adolat» guruhi foydalanuvchisi Matsur Zohirov ​tomonidan «Adolat degani shu bo‘lsa kerak» sarlavhasi ostida post joylashtirdi. Unda «KORONAVIRUS SABAB IMTIHONDA QATNASHA OLMAGAN ABITURIYENTGA TO‘LAGAN PULI QAYTARILMAYDI – DTM» mazmunidagi ma’lumot qayd etilgan. Ushbu shaxsiy fikrga juda ko‘pchilik yurtdoshlarimiz o‘z munosabatini bildirishdi. Ulardan ayrimlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Dilorom Ahadjonova:

- Davlatimiz bitiruvchilarga tadbirkorlik, hunar bilan shug‘ullanishlari uchun foizsiz kredit, sarmoya beryapti 20 sotixdan yer beryapti.

To‘lqin Toshev:

- DTMniyam to‘g‘ri tushuninglar. Imtihon bo‘lmasa, bunkerlar, «rektorskiy» gruppalar, x-variantlardan keladigan pullardan mahrum bo‘lishdi. Hech bo‘lmasa shu yo‘l bilan pul ishlasin.

Rahima Xodjayeva:

- Bularni kechagi gapi bugunga to‘g‘ri kelmaydi, kechagina isitmasi bo‘lsa qo‘yilmaydi, imtihon tugagandan keyin 3, 4 kun o‘tib topshiradi degan edi.

Xurshida Holiqova:

- Imtihonga qo‘yilmaganlarni pulini qaytarib berish kerak! Kelmagan bo‘lsa boshqa gap.

Muhabbat Qodirova:

- Adolatsizlik ota onalar qancha qiynalib to‘lagan u pullarni. Farzandimni o‘qitaman deb.

Nargiza Karimova:

- Nimalar deyapsiz hurmatli amaldor? Yoshlarni ruhini sindirib nima qilasiz???

Dilshod Fayz:

- Nahotkiii... ”Koronavirus sabab imtihonda qatnasha olmagan o‘quvchilar ro‘yxati shakllantiriladi, ma’lum bir muddatdan so‘ng ular uchun maxsus imtihon tashkillashtiriladi. Har ikki holatda ham qatnasha olmagan o‘quvchilarning pullari qaytarib beriladi!” - degan tartibni joriy qilish, o‘ylab topish va amalga oshirish shunchalik qiyin bo‘lsa?!

Umida Yerimova:

- Qiziq, bu pullar qayerga borib to‘xtarkan, kim egalik qilarkan? Ko‘pchilik oxirgi tiyinlarini to‘lagan, bu aniq fakt!

Said Komilovich:

- Unaqa demanglar janoblar!! Men kollejda o‘qituvchiman. Shu to‘loviniyam zo‘rg‘a to‘lab, hujjatlarini muddatni oxirida zo‘rg‘a topshiradigan o‘quvchilarim bor. Men ular bilan 3 yil ishlab, oilaviy sharoitini juda yaxshi bilaman! Bir narsani tadbiq qilayotganda sal quyidan chiqib baho beringlar! Iltimos!!!

Olimjon Rahimov:

- Yemagan somsaga pul to‘lash shunaqa bo‘ladi, mana senga adolat! Bunday fikr bildirganlar Vatan xoini deyiladi, negaki odamlarda nafrat, ishonchsizlikni uyg‘otadi.

Mavzu yuzasidan aytar so‘zimiz, dastlab bitiruvchining o‘zi kimligini teran anglab olishimiz shart. U ota ona qaramog‘idagi fuqaro. Ammo har biri o‘qishni niyat qiladi. Kunlik daromad topadigan qanchadan qancha oila vakillari bugungi vaziyatda qiyin ahvolga tushib qolishgan. To‘lov uchun puli yetmagan qanchadan qancha abituriyentlar hujjat topshirolmadi. Imtihonga qatnasholmaydigan abituriyentning pulini qaytarib berish shart deb hisoblaymiz.

Siz nima deysiz?

Eslatib o‘tamiz, DTM ushbu xabarlar ortidan rasmiy munosabat bildirib o‘tdi. Aytilishicha, uzrli sabab bilan testda qatnasha olmagan abituriyentlarga pullari qaytariladi. Lekin qanday sabablar DTM uchun "uzrli" toifaga kirish haqida aniq ma’lumotlar ochiqlanmagan.

P.S: UzA nima sababdan yozgan maqolasini oʻchirib tashladi hayronman.😉 Balki koʻp narsaga aqlim yetmas🙃


Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​​​⚡️ Qabul davom etmoqda!

Ikki tomonlama xalqaro huquqshunos diplomli bo‘lish istagida bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga!

Toshkent davlat yuridik universiteti va Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (GrDU, Belarus Respublikasi) xalqaro xususiy huquq boʻyicha bakalavriat darajasida qoʻshma ta’lim dasturini joriy etib, abiturientlar qabulini onlayn davom ettirmoqda

Batafsil: https://oliygoh.uz/abituriyent/ikki-tomonlama-xalqaro-huquqshunos-diplom

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​❗️Kontrakt narxini oʻzgarmaydi - vazirlik

2020/2021 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz qoldirilishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot kotibi ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi joriy o‘quv yilida kontrakt miqdorini oshirishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Kun.uz muxbiri bilan suhbatda vazirlik matbuot xizmati rahbari Farhod Babashev aytib o‘tdi.
Muxbir vazirlik vakiliga:


«Kuzgi semestrda o‘qish masofadan tashkil etilsa yoki ayrim kurslarda o‘qish sentyabrdan emas, oktyabr oyidan boshlansa, kontrakt narxi ham shunga mos tarzda kamaytiriladimi?» deya savol bilan murojaat qildi.

Farhod Babashev dastlab pandemiya munosabati bilan e'lon qilingan karantin cheklovlari davrida OTMlarning barcha professor-o‘qituvchi va xodimlariga belgilangan tartibda ish haqlari va mehnat ta'til pullari o‘z vaqtida to‘liq, jumladan talabalarga stipendiya to‘lovlari ham amaldagi normativ hujjatlar asosida to‘lab kelinayotganini ta'kidladi.

«Bu borada talabalarga professor-o‘qituvchilar 2020-yilning 1-aprelidan boshlab, masofaviy ish rejimiga o‘tgan holda tasdiqlangan fan dasturlari asosida belgilangan darslarni onlayn ko‘rinishida o‘tib kelmoqda. OTMlar talabalarga masofaviy (onlayn) ta'lim berish joriy etilgani munosabati bilan uni tashkil etish va moddiy bazasini yaratishga qo‘shimcha mablag‘lar sarflamoqda.

Bundan ko‘rinib turibdiki, amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori, o‘qitishning haqiqiy xarajatlariga nisbatan kam (bugungi kunda xarajatlarning 69 foizini qoplamoqda xolos) belgilangani sababli to‘lov-kontrakt miqdorlarini kamaytirishning imkoni mavjud emas», – dedi u.

Babashevning qo‘shimcha qilishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli fuqarolarning iqtisodiy jihatdan qiyin ahvolga tushib qolganini inobatga olgan holda vazirlik 2020/21 yilgi o‘quv mavsumida talabalarning to‘lov-kontrakt miqdorida o‘zgarish qilishni rejalashtirmayapti.

📋 «Bu borada tegishli hujjat yaqin kunlarda OAVga e'lon qilinadi. Shu hujjatda batafsil barchasini ko‘rishingiz mumkin», – deya vazirlik mutasaddisi so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT
Barcha abituriyentlar bilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar:

1. Testga kirish uchun pasport va ruxsatnoma boʻlishi kerak👉 00:13

3. Tana harorati 37° dan past boʻlishi lozim👉00:20

4. Test sinovlariga olib kelish taqiqlangan vositalar👉 00:44

5. Abituriyent barmoq izlari skayner orqali tekshiriladi va videofiksatsiya qurilmasi orqali shaxsi tasdiqlanadi👉01:02

6. Abituriyentga test materiallari tarqatilgandan soʻng bajarish va tekshirish kerak boʻlgan ishlar👉01:48

7. Javoblar varaqasiga ism-familiya kiritish tartibi👉02:50

8. Test boshlangandan soʻng👉03:41

9. ❗️MUHIM ESLATMA👉04:06

10. Abituriyent quyidagi hollarda test sinovlardan chetlatiladi👉04:35

🎥Sifatli formatda YouTubeda ko'rish👇
https://youtu.be/ziNXWqVnAf8

❗️♻️Barcha abituriyentlarga tarqating!

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
Bugun 1-avgust.
O‘zbekistonning bir necha yillik tarixida ilk marta avgustning birinchi sanasi (2-avgustda ham bo‘lgan. Ma’lum sabablarga ko‘ra, ammo bugunga kelib 2-avgustda ham testlar bo‘lmasligi aniq) oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarisiz o‘tmoqda.

Bugungi vaziyat, pandemiya ko‘plab an’anaviy tadbirlar vaqtini ham o‘zgartirish yubordi. Umid qilamizki, Hudo hohlasa tez orada bu kunlar ortda qoladi va biz odatiy hayot tarziga qaytamiz. Shu kunlarga o‘zi yetkazsin. Dam olish kunlaringiz mazmunli va xayrli o‘tsin. Karantin qoidalariga rioya qiling, sovuq suv ichmang!, Oʻzini asragani Alloh ham asraydi. O‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling.


© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​​​😅Bugungi kunni yorqin xotiralar bilan o‘tkazamiz!

DTMni juda "yaxshi ko‘radigan" bittasi yozmoqda:

“​​Bugun 1-avgust! Ha, bugun 1-avgust bo‘lishiga qaramasdan poytaxt ko‘chalari bum-bo‘sh, xuddi kinolardagi tashlab ketilgan shaharga o‘xshaydi.

Lekin 4-5 yil oldin 1-avgust bunaqa emas edi. Bu kunga alohida tayyorgarlik ko‘rilar edi. Taksistlar yo‘lkira narxini besh-olti barobarga oshirib olishar edi.

Yil bo‘yi birov ishi ham bo‘lmagan etikdo‘zning ishi yurishib ketar edi🤣, uning vazifasi shippakning ichiga imkon boricha ustalik va butun san’atini ishga solib o‘ta mohirona telefonni joylashtirish edi. Odamlar sal qolsa etikdo‘zning qabuliga yozilish uchun navbatga turishar edi.

Zangiotada chala mullalar va lo‘lilarning ishi-ku, imtihondan bir hafta oldin boshlanib ketar edi🤦🏻‍♂.

- Ha, qayoqqa ketyapsan?
- Zangiotaga borib bir duo olib kelaylik.
- O‘qish-chi?
- O‘qish to‘xtab turadi, Zangiota ruhlarini shod qilmasak, o‘qishga kirolmas ekanmiz.
😂😂

Tilamchi lo‘lilarning ham duolarida o‘zgarishlar bo‘lar edi, “Eng katta o‘qishlarga kirib keting, imtihonda savollar oson tushsin, ko‘zingizni yumib ishlab chiqing” shunga o‘xshash 😂

Milisiya amakilar ham aynan shu kuni ishni qilib qolishar edi, hatto milisiyalargacha x-variant sotishar edi, ular ham ertalabdan o‘lja izlab ko‘chaga chiqqan yirtqichdek harakat qilishar edi.

Kimdir bunkerga kirib ketgan, kimdir x-variant izlagan, ota-onalar, bobo-momolar abituriyentlardan ko‘ra ko‘proq harakat qilishar edi.

Kimdir esa o‘sha chekka bir qishlog‘idan faqat bilimigagina ishonib kelgan va o‘sha x-variantchilarni ko‘ziga ko‘rsatib qo‘yar edi💪😎.

Ishqilib 1-avgust universitet farroshigacha pul qiladigan kun edi. Korrupsiya miqyosini tasavvur qilyapsizmi? Lo‘ligacha “leviy” qiladigan tizim yo‘q bo‘ldi.

To‘liq yo‘q bo‘ldi deb ayta olmayman, chunki hali DTM va Davlat qabul komissiyasining boshida o‘zgarishni xohlamaydigan, har qanday yangilikni o‘zlariga dushman deb biladigan “dinozavr”lar bor ekan, bu tizim hali ham kimlargadir katta daromad manbai bo‘lib qolaveradi.

Bugun 1-avgust - hech qanday kun. Uyda o‘tir. Pandemiya. Karantin.”

Sizda ham bugungi kun bilan bog‘liq xotiralar bo‘lsa izohlarda qoldiring👉https://comments.app/view/Txgxehqo

Yozilgan izohlarni o‘qib kayfiyatingiz ko‘tarilishi shubhasiz!😉

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​Senatning navbatdagi yalpi majlisi 7-avgust kuni videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilishi xabar qilinmoqda.

🗓Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisini joriy yil 7-avgust kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

🎥Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

❗️Yalpi majlisda, jumladan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqiladi.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangandan so‘ng batafsil xabar beramiz.

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​​​Talabalarning puli evaziga ta’limni yuksaltirishni o‘ylash ahmoqlik yoki ojizlik!

Bu yil oliy ta’lim muassasalarida talabalarga onlayn ta’lim berilishi rejalashtirilyapti. Talabalar kontrakt narxlarini arzonlashtirishni so‘ramoqda. Bunga ular haqlimi? Haqli bo‘lganda qandoq. Sabablarini tushuntiraman. Birinchidan, aksar OTMlarda ta’lim sifati narxiga tushmaydi. Buni dars o‘tadigan kadrlar, darsliklar va boshqalarda ko‘rish mumkin. Bu huddi "snikeers" narxiga o‘zimizda chiqadigan pechak qandni sotib olishdek gap. Bu bilan pechak qand yomon demoqchimasman. Nostalgiya, to‘ylarda tugunga qo‘shib berilgan vaqtida, kulcha non bilan yaxshi ketadi va boshqalar. Yaxshi ko‘ramiz. Lekin narx masalasida insof bilanda buyog‘i.

Ikkinchidan, pandemiya sabab eng ko‘p zararni soliq to‘lovchi - xalq ko‘rdi deb hisoblayman. O‘tgan 5 oy davomida cho‘ntaklar deyarli daromad ko‘rmadi. Faqatgina xarajat qilindi. O‘z-o‘zidan bu to‘lovlarga ta’sir qilishi aniq. Shu bilan birga, onlayn ta’lim bo‘lgani bois OTMlar ancha xarajatlarni tejaydi. Byurokratiya va boshqalardan yaxshigina tiyiladi. OTMlar keraksiz ishchi o‘rni – shtatlar, ortiqcha xarajatlardan voz kechishi uchun ham qulay imkon. Ammo talabaning yelkasiga yuk evaziga ularni saqlab qolish bozor iqtisodiyoti talablariga ham tushmaydi. O‘z o‘rnida talabada onlayn ta’lim olish uchun notebook sotib ol, internet tushir, trafik va boshqa xarajatlar boshlanadi. Narxlardan esa o‘zingiz xabardorsiz. Narxlarni tushirishga shu va shu kabi bir nechta faktorlar bor. Bizda qurib ketgur "part time job" degan narsalar deyrli yo‘q. Xullas sabab ko‘p. Postimda batafsil to‘xtalib o‘tirmadim.

Yana davlat o‘tgan vaqt davomida keraksiz va maqsadsiz loyihalarga bank tizimi orqali milliardlab (agar trillion bo‘lmasa) summalarni sarfladi. Hozir gapirsam, sen nega tovuqlarni gapiryapsan deb, mening boshlarimni og‘ritishlari mumkin. Xullas tushundingiz. Ayni vaqtda eski va teshigi ko‘p kemani yamash bilan bandmiz. Parallel tarzda yangisini qurishni boshlash kerak. Neomarksistlar bilan islohot qilish qiyinligini tushunaylik. Bizga toza qon liberallar kerak. Buning uchun ta’limga, sifatiga e’tibor har qachongidan dolzarb bo‘lishi shart. Ularga juda kam foizli kreditlar (faqatgina bank marjasi va boshqalarni hisobga olgan holda) ajratishni boshlash kerak (talabaga ham, OTMga ham (byudjet ajratgan summadan tashqari)). Shu orqali ham ularga ancha yordam berish mumkin. Bugunini emas ertasini o‘ylagan davlat shu gaplarning mukammal rejalari bilan band bo‘ladi.

“Behuda sarflarga ketadigan xarajatlarni ilmga sarflamoq kerakdir. Ilm bizning omilimiz, idealimiz, murodimiz, tilagimiz va muddaomizdir. Hozir barcha kuchni ilm olishga qaratmasak, zabun bo‘lurmiz”. Bundan 107 yil oldin jadidchi Behbudiy “Oyina” jurnalida aytgan gaplarni yana bir marta eslatgim keldi. Talabalarni o‘ylaylik, ta’limni yuksaltiraylik. Biroq ularning puliga yuksaltirishni o‘ylash ojizlik yoki ahmoqlik bo‘ladi, fikrimcha.

© Zafarjon Solijonov

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​SAVOL: tibbiyot kollejlarini bitirganlarga tibbiyot oliygohiga 2-kursdan imtixonsiz kirish imtiyozi berilishi rostmi?

JАVOB: Bu kutilayotgan imtiyoz amaldagi (eski) tibbiyot kollejlariga talluqli emas, aksincha, yangi tashkil etiladigan tibbiyot texnikumlariga tegishli.

Аvvalroq 2020/2021 oʼquv yilidan boshlab 47 ta tibbiyot kolleji Аbu Аli ibn Sino nomidagi jamoat salomatli texnikumlari etib qayta tashkil etiladi deb xabar bergan edik. Bu Prezidentning 7-apreldagi qarorida nazarda tutilgan.

❗️Hujjatga muvofiq
Samarqandda – 7 ta,
Fargʼonada – 5 ta,
Аndijonda – 4 ta,
Namanganda – 4 ta,
Surxondaryoda – 4 ta,
Toshkent viloyatida – 4 ta, Qoraqalpogʼiston Respublikasida – 3 ta,
Buxoroda – 3 ta,

Jizzaxda – 3 ta,
Qashqadaryoda – 3 ta
Toshkent shahrida – 3 ta,
Navoiyda – 2 ta,
Sirdaryoda – 1 ta,
Xorazmda – 1
ta tibbiyot kolleji qayta tashkil etiladi.

Texnikumlarda moddiy-texnika bazasi yanada kuchaytiriladi, amaliyot xonalari belgilangan normativlarga asosan jihozlanadi, oʼquv-simulyatsion auditoriyalar tashkil etiladi.

Bu yerda valeologiya, tibbiy psixologiya, nutritsiologiya dietologiya farmakologiya kineziologiya, reabilitologiyava profpatologiya fanlari chuqurlashtirilgan holda oʼqitiladi.
Oʼquv rejalari va fan dasturlari ilgʼor xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqiladi. Texnikumlarda dars mashgʼulotlari tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining yuqori malakali professor-oʼqituvchilarini jalb qilgan holda masofaviy taʼlim orqali oʼtkaziladi.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oʼz sohasiga mos tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha oʼqishini davom ettiradilar. Ular kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oʼqishga qabul qilinadi.

Joriy saqlash, faoliyat yuritish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va kadrlar tayyorlash xarajatlari Sogʼliqni saqlash vazirligining byudjetdan tashqari mablagʼlari, oʼquvchilarni davlat buyurtmasi va toʼlov-kontrakt asosida oʼqitishdan tushadigan mablagʼlar, shuningdek taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​​​#statistika
Maktab bitiruvchilarining 81 foizi OTMga hujjat topshirdi. Qolganlar topshirmadi!

O‘tgan yil ushbu ko‘rsatkich 61 foizni tashkil qilgan edi.

Joriy yilda Oliy ta’lim muassasalariga 366556 nafar maktab bitiruvchilari hujjat topshirgan. Bu esa umumiy maktab bitiruvchilarning 81,3 foizini tashkil qiladi, o‘tgan yil ushbu ko‘rsatkich 61 foizni tashkil qilgan edi.
Bunda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan bitiruvchilar soni bo‘yicha Sirdaryo viloyati yetakchilik qilmoqda, viloyatning 94% bitiruvchisi OTMga kirish istagini bildirgan va abituriyent bo‘lgan. Keyingi o‘rinda 92% bilan Navoiy viloyati qayd etilgan, Jizzax viloyati 89,5% ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinda.

Bu yilgi bitiruvchilarning 83% kunduzgi o‘quv shaklini, 15% sirtqi va 2% kechki o‘quv shaklini tanlagan.

Bu yil O‘zbekiston bo‘yicha 91ta oliy ta’lim muassasasida o‘qish uchun 1 million 484 ming 85 abituriyent hujjat topshirgan (2019 yilda 1 million 66 ming 926). Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan +417 ming 159 nafarga yoki 39,1 foizga ko‘p.

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

Abituriyent ruxsatnomasi qachon beriladi?

Batafsil:
https://oliygoh.uz/abituriyent/abituriyent-ruxsatnomasi-qachon-beriladi

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​#RASMAN
📌Agrar sohadagi OTMda kredit-modul tizimi va 5 kunlik oʻqish joriy etiladi

“Agrar taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4795, 30.07.2020-y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagilar joriy etiladi:

- agrar taʼlimda bakalavriat yo‘nalishlarida kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tiladi. Bunda, taʼlimning kredit tizimida haftada 5 kunlik o‘qish hamda shanba kunini mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilash;

- xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma taʼlim dasturlarining o‘quv rejalari va fan dasturlarini agrar soha OTMlari tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlash;

- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasi uchun magistraturada o‘qish muddatini 1 yil, ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi iqtidorli talabalar uchun 2 yil etib belgilash;

- Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi OTMlarga sohada 5 yillik stajga ega bo‘lgan xodimlarni tavsiyanoma asosida o‘qishga tavsiya etilganda o‘qish muddatini sirtqi taʼlim shaklida 4 yil etib belgilash hamda to‘lov-kontrakt miqdorini kunduzgi taʼlim yo‘nalishidagi to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) miqdoriga tenglashtirish;

- tajriba-sinov tariqasida, Toshkent davlat agrar universitetida bakalavriat yo‘nalishlarining sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha masofaviy taʼlim olish tizimini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish;

- xorijiy fuqarolar uchun to‘lov-kontrakt miqdorini, istisno tariqasida, ikki barobarga kamaytirish;

- bakalavriat yo‘nalishida kasbiy taʼlim bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish.

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​#Perevod_2020

O'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar diqqatiga!

Siz transfer.edu.uz saytiga o'qishni ko'chirish uchun to'ldirgan arizangiz haliyam "QABUL QILINDI" statusiga o'tmadimi, havotirlanmang

Saytga ariza yuborish 5-avgust 24:00 ga qadar amal qiladi, arizangiz dastlab yuborildi statusida turadi, undan keyin tekshirilmoqda va qabul qilindi statusiga o'tadi. 5-avgustdan keyin arizangiz rad etilgan taqdirda ham sizga uni tahrirlab, kamchilikni bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi.

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
Rasmiy bayonot - DTM

Mamlakatimizda pandemiya sharoiti murakkab kechayotganligi, karantin cheklovlari bekor qilinmayotganligi yoki yumshatilmaganligi bois, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish muddatlari test topshiruvchilar salomatligiga zarar yetmaydigan vaziyat kelgunga qadar keyinga surilmoqda va bu haqda jamoatchilik muntazam xabardor qilib borilmoqda.

Keyingi kunlarda turli internet nashrlarida kirish imtihonlari usti ochiq katta maydonlarda, ertalab va kechki smenada o‘tkazilishi, shuningdek, aniq sanalar belgilanganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

Bu borada rasman shuni ma’lumi qilamizki, ayni kunlarda Davlat test markazi tomonidan jarayonlarni eng avvalo test topshiruvchilar salomatligi xavfsizligini ta’minlagan holda tashkil etish borasida turli variantlar o‘rganib chiqilmoqda.

Qayd etish kerakki, ushbu harakatlar hali o‘rganish bosqichida bo‘lganligi sababli, hozirdan “shunday bo‘ladi” qabilida xabarlar tarqatish abituriyentlarni chalg‘itishi, testga tayyorgarlik jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shularni hisobga olib, Davlat komissiyasi ko‘rsatmasi asosida sog‘liqni saqlash tashkilotlari bilan birgalikda, joriy yil qabul test sinovlarini o‘tkazish uchun maqbul va xavfsiz joylar tanlanib, aniq sanalar belgilangach, Davlat test markazi tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali ishonchli xabar beriladi.

Bunga qadar abituriyentlardan turli xabarlarga e’tibor qilmasdan vaqtdan unumli foydalanishlarini, test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishni davom ettirishlarini so‘rab qolamiz.

Manba: Davlat test markazi

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
⚠️Surxondaryodagi DTM imtihonlari oʼtkaziladigan 2 ta inshootlar ham COVID-19 bemorlarini davolash uchun moslashtirildi

Termiz shahridagi «Surxon» sport hamda «Аlpomish» kurash majmualari binolarida yaqin kunlarda 592 oʼrinli tashxislash, saralash, taqsimot punktlari oʼz faoliyatini boshlaydi.

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligining axborot xizmati xabar qildi.

Shuningdek, Qarshi shahrida ham bu kabi holatga tahmin qilingandi.

Xabaringiz bor, avvalroq Toshkent shahridagi 7 ta binosida DTM test sinovlari oʼtkaziladigan Oʼzekspomarkaz ham COVID-19 bemorlarini saralash markaziga aylantirilgan edi.

DTM esa statsionarga aylantirilgan pavilonlarda imtihon oʼtkazilmaydi, deya taʼkidlagandi.

Bir qiziq savol tug'ilmoqda? Imtihonlar ochiq osmon ostida bo'ladimi?

Qachon?

Qayerda?


Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
Bugun o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar uchun ariza topshirishning oxirgi kuni

O‘qishni ko‘chirish, tiklash yoki ko‘chirib tiklash bo‘yicha arizalar https://transfer.edu.uz sayti orqali qabul qilinmoqda. Bugun soat 23:59 da ushbu onlayn platforma yopiladi.

Aytishlaricha, bugunga qadar 39 ming 425 ta ariza qabul qilingan va ularning 4 ming 201 tasi ko‘rib chiqilgan.

🗓Ushbu jadvalda qaysi ta’lim shaklidan qaysi ta’lim shakliga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligi haqida ma’lumot keltirilgan.

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
Respublikamizdagi OTMlarda bir yillik kontrakt miqdorlari ta'lim sohalari kesimida.

Batafsil maʼlumot
👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube