Abituriyent | Axborot portali
93.6K subscribers
993 photos
385 videos
308 files
3.53K links
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.

📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

📬 Reklama: https://t.me/+SwAo-YikrkZzu9el
Download Telegram
Yog‘ingarchilik tufayli Namangan viloyatida test sinovlari kech boshlandi

📆 10-avgust kuni 1-smenada Namangan viloyatidan tashqari barcha hududlarda test sinovi 07:00 da boshlandi.

🌧 Namangan viloyatida tinimsiz yomg‘ir yog‘ganligi sababli abituriyentlar barcha tekshiruvlardan o‘tkazilgan holda usti yopiq, yomg‘irdan himoyanlangan joylarga joylashtirib turildi.

Yog‘ingarchilik tinishi bilan abituriyentlar o‘z joylariga joylashtirilib, quyidagi vaqtlarda test sinovi boshlandi:

👉 Barkamol avlod sport majmuasi (1-sektor)da — 08:13 da;

👉 Dinamo stadioni (2-sektor)da — 08:20 da;

👉 Navbahor-Umid stadioni (3-sektor)da — 08:00 da.

🕰 Barcha hududlardagi test sinovlari boshlangan vaqtdan boshlab to‘liq 3 soat davom etadi.

Boʻlajak talabalar safiga qo'shiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
⚡️ Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

2022-yil 9-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 9-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 2 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2⃣ Quyidagi telegram botlariga abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @mandatlar_2022bot
👉 @mandatlar_2022bot
👉 @mandatlar_2022bot
👉 @mandatlar_2022bot

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
7 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing!

Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

5️⃣ “Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

6️⃣ “Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

7️⃣ Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz va yaqinlarizga ham ulashing.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abit
uriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
⚡️ Abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat

👨🏻‍💻 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar professional ta’lim muassasalariga kirish uchun ham ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

❇️ Bunda abituriyentlarda OTMlarga kirish test sinovlarida to‘plagan ballari bilan professional ta’lim muassasalariga kirish uchun tanlovda ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Buning uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:

👉 abituriyent professional ta’lim muassasasiga kirish uchun tanlayotgan ta’lim yo‘nalishining fanlar majmuasi va ketma-ketligi OTMarga kirish uchun tanlagan ta’lim yo‘nalishining fanlar majmuasi bilan bir xil bo‘lsa;

👉 abituriyent oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan bo‘lsa;

👉 professional ta’lim muassasalariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishda mazkur imkoniyatdan foydalanishni tanlasa.

Agar mazkur shartlar bajarilmasa yoki abituriyent mazkur imkoniyatdan foydalanishni istamasa barcha abituriyentlar kabi professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abit
uriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#eksklyuziv_intervyu

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov bugungi kunda talabalar va ularning ota-onalarini qiynayotgan mavzu — oʻqishni koʻchirish va magistraturaga qabul jarayonlari boʻyicha eksklyuziv intervyu berdi.

Nega bunday tartib oʻrnatilgani, yechimlari qayerda ekani kabi savollarga javoblarni suhbatning toʻliq varianti orqali bilib olishingiz mumkin.

Maxsus intervyuni bugun, 12-avgust kuni soat 17:00 da Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining YouTube dagi kanalida koʻrishni tavsiya etamiz.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing
!

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
#Qabul2022 #Natija
⚡️ Beshinchi kun natijalari e’lon qilindi

📣 2022-yil 12-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

12-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abit
uriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
#Qabul2022 #Natija
⚡️ Sakkizinchi kun natijalari e’lon qilindi

📣 2022-yil 15-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

15-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
#Qabul2022
⚡️ Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari hamda “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga kirish test sinovlari

📆 Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari
hamda “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni 2-smenada bo‘lib o‘tadi va 18:00 da boshlanadi.

📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 17:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

🔖 Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan ta’lim muassasasi tomonidan tarqatiladi.

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A
#Ichki_o‘qishini_ko‘chirish

⚡️ Ichki o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun so‘nggi imkoniyat

🔰 2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliygohga o‘qishini ko‘chirish (tiklash) maqsadida transfer.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabalarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

⛔️Ammo ayrim arizalar ma’lum bir sabablarga ko‘ra rad etildi.

⌛️Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 22-avgust kuni soat 12:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat berildi.

☝️Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

❗️Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabalardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib, arizalarining ko‘rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi.

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A
⚡️ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-25-avgust kunlari o‘tkaziladi

📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-24-25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ochiq maydonlarda tashkil etiladi va 23-avgust kuni boshlanib, 25-avgust kuni 1-smenada yakunlanadi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 20 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun mutaxassislik fanlarida 3,15 balldan, majburiy fanlarda 2,1 balldan beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abit
uriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
#Qabul2022 #Natija
⚡️ O‘n ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

📣 2022-yil 19-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

19-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abit
uriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
#Qabul2022
⚡️ Barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi

📆 Ma’lumki, 2022-yil 8-avgust kuni 2022-2023-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlangan edi.

Bugun barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi. Bunda jarayonlar:

👉 12-avgust kuni — Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida;
👉 17-avgust kuni — Samarqand viloyatida;
👉 19-avgust kuni — Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida;
👉 20-avgust kuni — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida o‘z yakuniga yetdi.

Davlat test markazi test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan barcha tashkilotlarga va xodimlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abit
uriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
#Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng qabul qilinadi

🔰 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar yakuniy tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi.

☑️ Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali abituriyentning shaxsiy kabinetida onlayn tarzda qabul qilinadi.

🖥 Bunda abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

📋 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

📆 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abit
uriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
#Qabul2022
Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari

📆 2022-2023-o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari 2022-yil 25-avgust kuni bo‘lib o‘tadi va 2 smenada o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 17:00 dan 20:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani (tarix, chet tili) va 3 ta majburiy fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, tarix fanida har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball), chet tili fanida 2,1 balldan (jami 63 ball), majburiy fanlarda 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin kelishlari so‘raladi.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abit
uriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
#Qabul2022
⚡️ Barcha talabgorlar diqqatiga!

Hozirda Davlat test markazi tomonidan barcha hududlarda o‘qishni ko‘chirish va boshqa turdagi ko‘plab test sinovlari o‘tkazilmoqda.

📆 Test sinovlari har kuni 2 smenada tashkil etilayotgan bo‘lib, test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomada talabgor qaysi kuni, qayerda test sinovida ishtirok etishi va test sinoviga kelish vaqti ko‘rsatilgan.

📌 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmagan holda pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan talabgorlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Test sinovlariga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.

Shu sababli barcha talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport va ruxsatnoma bilan kelishlarini so‘raymiz.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abit
uriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
#Qabul2022
⚡️ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

📣 2022-yil 24-avgust kuni talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

24-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2022” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2022” bo‘limidan):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

4️⃣ Talabgor ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan (topshiradigan) talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markaziga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abit
uriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mandatni kutayotgan abituriyent va uning yaqinlarining hozirgi ahvoli 😅

⭕️ Abituriyentlar kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barcha abituriyentlarga "MEN TALABA BOʻLDIM" deb bor ovozida baqirish nasib qilsin😅

Videoni boʻlajak talabalarga yuboring😉
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

P.S) MANDAT BUGUN HAM CHIQMASA ВООБЩЕ YO‘QOTMA O‘ZINGNI!!😅

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​#Qabul2022 #Natija
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

5️⃣ QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

© @Abit
uriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Imtixondan yiqilganlar eshiting!

Bu dunyoning imtixonidan yiqilsangiz yiqiling lekin oxiratda Allohning imtixonidan yiqilmang!

⭕️ Abituriyentlar kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A
O‘qishga kirganlar boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

Masalan, birinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin ikkinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent ikkinchida o‘qishni istamay, birinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

Yo‘q, o‘qiy olmaydi. Agar abituriyent beshta yo‘nalishdan qaysidir biriga xoh grant, xoh kontraktga kirgan bo‘lsa, unda boshqa yo‘nalishlarda super-kontrakt qilolmaydi. Faqat beshala yo‘nalishdan birortasiga kira olmaganlargina super-kontraktda o‘qiy oladi.

Sirtqi va kechkida ham super-kontrakt bormi?

Bor. O‘tgan yili ham bo‘lgan, bu yil ham bo‘ladi.

⭕️ Abituriyentlar kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A