Qadr
Tagingda arg'umoq, qo'lingda jilov,
Kechgan har daqiqang zarga barobar.
Yo'lingni dafatan to'solmas birov,
Bugunning qadriga yetgin birodar.
Yillar o'tib ketar, qolarsan kuchdan,
Qarri arislondayin bemodar, beun.
Shoqollar to'dasi kabi to'sh-to'shdan
Seni guruhbozlar talaydi u kun.
Tasalli topmassan na do'st na maydan,
Sekin ostanangdan o'tlar cho'zar bo'y.
Nomingni o'chirar edi har qaydan
To'rtta ichi qora yoki hasadgo'y.
Tarix deb atalmish parishon ustoz
Daftarin tuzguncha o'tgay asrlar.
Boqiylik yaxshi-ku, bugun undan soz
Fayzsizdir egasiz qolgan qasrlar.
Oftob charaqlaydi, yulduzlar porlar,
Boshingda shamsiya kabi to'lin oy.
Imkoning qo'lingda umiding chorlar,
Bugunning qadri ham shudir hoynahoy.
Abdulla Oripov
2005-9-avgust.
Tagingda arg'umoq, qo'lingda jilov,
Kechgan har daqiqang zarga barobar.
Yo'lingni dafatan to'solmas birov,
Bugunning qadriga yetgin birodar.
Yillar o'tib ketar, qolarsan kuchdan,
Qarri arislondayin bemodar, beun.
Shoqollar to'dasi kabi to'sh-to'shdan
Seni guruhbozlar talaydi u kun.
Tasalli topmassan na do'st na maydan,
Sekin ostanangdan o'tlar cho'zar bo'y.
Nomingni o'chirar edi har qaydan
To'rtta ichi qora yoki hasadgo'y.
Tarix deb atalmish parishon ustoz
Daftarin tuzguncha o'tgay asrlar.
Boqiylik yaxshi-ku, bugun undan soz
Fayzsizdir egasiz qolgan qasrlar.
Oftob charaqlaydi, yulduzlar porlar,
Boshingda shamsiya kabi to'lin oy.
Imkoning qo'lingda umiding chorlar,
Bugunning qadri ham shudir hoynahoy.
Abdulla Oripov
2005-9-avgust.
KETMOQDAMAN
Yaxshi qol, ey, dilbarim, dilda kadar, ketmoqdaman,
Ishq aro endi holim zeru zabar ketmoqdaman.
Na ishonchu na quvonchu na ko'ngildan gapni och,
Barchasidan ushbu kun yo'qdir samar, ketmoqdaman.
Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.
Necha kunlar o'tdi, lekin so'rmading holimni bir,
Oxirida hol so'rab kelsang magar, ketmoqdaman.
Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar,
Ketmagimdan, oxir ayt, bormi zarar, ketmoqdaman.
Bilmadim, hech bormikin asli dardimga shifo,
Xasta bu Abdulladan olgin xabar, ketmoqdaman.
@Abdulla_Oripov_sherlari
Yaxshi qol, ey, dilbarim, dilda kadar, ketmoqdaman,
Ishq aro endi holim zeru zabar ketmoqdaman.
Na ishonchu na quvonchu na ko'ngildan gapni och,
Barchasidan ushbu kun yo'qdir samar, ketmoqdaman.
Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.
Necha kunlar o'tdi, lekin so'rmading holimni bir,
Oxirida hol so'rab kelsang magar, ketmoqdaman.
Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar,
Ketmagimdan, oxir ayt, bormi zarar, ketmoqdaman.
Bilmadim, hech bormikin asli dardimga shifo,
Xasta bu Abdulladan olgin xabar, ketmoqdaman.
@Abdulla_Oripov_sherlari
Ketmoqdaman (UzHits.Net)
Xojiakbar Xamidov
Abdulla Oripov ijodi Xojiakbar Xamidov ijrosida. Haqiqiy sanʼat asarlari qalbimizda hech qachon oʻlmaydi.
@Abdulla_Oripov_sherlari
@Abdulla_Oripov_sherlari
Iltijo
Insonlikka ishondim men ham,
Garchi qoldim yolg'iz va g'arib.
Shavqat qilgin yaratgan Egam,
Ishonchimni olma qaytarib.
Jondan ortiq sevgandim uni,
Oh, xotira bo'lib qolmagin.
Parvardigor o'sha tuyg'uni
Yuragimdan yulib olmagin.
Abdulla Oripov
2015. 12-may
Insonlikka ishondim men ham,
Garchi qoldim yolg'iz va g'arib.
Shavqat qilgin yaratgan Egam,
Ishonchimni olma qaytarib.
Jondan ortiq sevgandim uni,
Oh, xotira bo'lib qolmagin.
Parvardigor o'sha tuyg'uni
Yuragimdan yulib olmagin.
Abdulla Oripov
2015. 12-may
SARATON
Saraton chog‘i bu — zarra shamol yo‘q,
Tutlar kavagida mudrar g‘urraklar.
Nogahon falakka urgan kabi do‘q,
So‘zsiz qotib turar bo‘ychan teraklar.
Osmon lol-lov yonar oftob qo‘ridan,
Ufqda sarobdan otashin baldoq.
Chinqirib yuborar kunning zo‘ridan
Qaygadir berkinib olgan chirildoq.
Birdan tinib qolar shu betinch dunyo,
Hatto sharsharakning o‘chganday sasi.
Borliq suv tagiga cho‘kkanday go‘yo
Qanchalik termulma — chiqmas nafasi.
Go‘dak uhicha ham shamol topilmas,
Butaning tagida bo‘zto‘rg‘ay hayron.
Dehqon tol tagiga cho‘zildi birpas,
Tindi shoxchadagi qushcha ham biyron.
Mening dehqon bobom, andak orom ol,
Quyosh buroviga olgan palla bu.
Saraton o‘zi ham mudraydi behol,
Ohangsiz yalla bu, so‘zsiz alla bu!
Hali tong g‘unchasi ochmasidan lab,
Nahor farog‘atin o‘ylamay taqir,
Kimsasiz dalaga ko‘zni uqalab,
Chiqib kelganingni ko‘rdim-ku axir.
Ko‘rdim-ku manglaying ter bilan qotib,
Berahm otashga berganingni tob.
Ko‘rdim-ku tepangda o‘zin yo‘qotib,
Hayratdan lol qotib qolganin oftob.
Azmu shijoating men axir ko‘rdim,
Ko‘rdim ko‘zlaringda charchoq bir kulgu.
Mayli, orom olgin, ey bobo yurtim,
Saraton junbushga kelgan payt-ku bu.
Butun olam go‘yo ulkan doshqozon,
Qaydadir — ko‘rinmas uning naryog‘i.
Bu qaynoq qozonni kuzatmoq oson,
Ichiga tushmoqlik osonmas chog‘i.
Cho‘ntakdan to‘kilgan tangalar misol
Shu’lalar o‘ynaydi supa uchida.
Birovdan xijolat bo‘lgan kabi tol
Yer chizib turadi — dami ichida.
Oftob qayta boshlar, ko‘lanka maydon,
Yana bosh ko‘tarar nomozshomgullar.
Sekin moviylashar qizargan osmon,
Oqarib ko‘rinar kumushrang yo‘llar.
Yana yelkanini ko‘tarar shamol,
Yana chug‘urchuqlar uyg‘onar bog‘da.
Bobo yonvdagi boladay xushhol,
To‘rg‘aylar charx urar so‘ngsiz samoda.
Yana yela boshlar oqshom nafasi,
She’r oni, ishq oni, mehnat oni bu.
Bu quyosh o‘lkasin otashin sasi,
O‘zbek diyorining saratoni bu.
1969
@Abdulla_Oripov_sherlari
Saraton chog‘i bu — zarra shamol yo‘q,
Tutlar kavagida mudrar g‘urraklar.
Nogahon falakka urgan kabi do‘q,
So‘zsiz qotib turar bo‘ychan teraklar.
Osmon lol-lov yonar oftob qo‘ridan,
Ufqda sarobdan otashin baldoq.
Chinqirib yuborar kunning zo‘ridan
Qaygadir berkinib olgan chirildoq.
Birdan tinib qolar shu betinch dunyo,
Hatto sharsharakning o‘chganday sasi.
Borliq suv tagiga cho‘kkanday go‘yo
Qanchalik termulma — chiqmas nafasi.
Go‘dak uhicha ham shamol topilmas,
Butaning tagida bo‘zto‘rg‘ay hayron.
Dehqon tol tagiga cho‘zildi birpas,
Tindi shoxchadagi qushcha ham biyron.
Mening dehqon bobom, andak orom ol,
Quyosh buroviga olgan palla bu.
Saraton o‘zi ham mudraydi behol,
Ohangsiz yalla bu, so‘zsiz alla bu!
Hali tong g‘unchasi ochmasidan lab,
Nahor farog‘atin o‘ylamay taqir,
Kimsasiz dalaga ko‘zni uqalab,
Chiqib kelganingni ko‘rdim-ku axir.
Ko‘rdim-ku manglaying ter bilan qotib,
Berahm otashga berganingni tob.
Ko‘rdim-ku tepangda o‘zin yo‘qotib,
Hayratdan lol qotib qolganin oftob.
Azmu shijoating men axir ko‘rdim,
Ko‘rdim ko‘zlaringda charchoq bir kulgu.
Mayli, orom olgin, ey bobo yurtim,
Saraton junbushga kelgan payt-ku bu.
Butun olam go‘yo ulkan doshqozon,
Qaydadir — ko‘rinmas uning naryog‘i.
Bu qaynoq qozonni kuzatmoq oson,
Ichiga tushmoqlik osonmas chog‘i.
Cho‘ntakdan to‘kilgan tangalar misol
Shu’lalar o‘ynaydi supa uchida.
Birovdan xijolat bo‘lgan kabi tol
Yer chizib turadi — dami ichida.
Oftob qayta boshlar, ko‘lanka maydon,
Yana bosh ko‘tarar nomozshomgullar.
Sekin moviylashar qizargan osmon,
Oqarib ko‘rinar kumushrang yo‘llar.
Yana yelkanini ko‘tarar shamol,
Yana chug‘urchuqlar uyg‘onar bog‘da.
Bobo yonvdagi boladay xushhol,
To‘rg‘aylar charx urar so‘ngsiz samoda.
Yana yela boshlar oqshom nafasi,
She’r oni, ishq oni, mehnat oni bu.
Bu quyosh o‘lkasin otashin sasi,
O‘zbek diyorining saratoni bu.
1969
@Abdulla_Oripov_sherlari
EPIGRAMMA
Sen o‘lsang nimangni ko‘mamiz ekan,
Shuni o‘ylab qoldik bilonihoya...
Sen axir jismi yo‘q ko‘lankadirsan,
Sen axir birovdan tushgan bir soya.
1982
✍Abdulla Oripov
@Abdulla_Oripov_sherlari
Sen o‘lsang nimangni ko‘mamiz ekan,
Shuni o‘ylab qoldik bilonihoya...
Sen axir jismi yo‘q ko‘lankadirsan,
Sen axir birovdan tushgan bir soya.
1982
✍Abdulla Oripov
@Abdulla_Oripov_sherlari
SOG'INCH
Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'iz oyoq yo'l.
Barcha tashvishlarni unutib, shodon,
Qaytgim kelayotir qoshingga butkul.
Qismat mayin ichdim - achchiq va taxir,
Tuydim ehtirosning samoviy kuchin.
Dunyoda odamzod yashamas, axir,
Faqat irodasin sinamoq uchun.
Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'iz oyoq yo'l.
Barcha tashvishlarni unutib, shodon,
Qayta olsam edi qoshingga butkul...
✍Abdulla Oripov
@Abdulla_Oripov_sherlari
Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'iz oyoq yo'l.
Barcha tashvishlarni unutib, shodon,
Qaytgim kelayotir qoshingga butkul.
Qismat mayin ichdim - achchiq va taxir,
Tuydim ehtirosning samoviy kuchin.
Dunyoda odamzod yashamas, axir,
Faqat irodasin sinamoq uchun.
Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'iz oyoq yo'l.
Barcha tashvishlarni unutib, shodon,
Qayta olsam edi qoshingga butkul...
✍Abdulla Oripov
@Abdulla_Oripov_sherlari
МОНОЛОГ
Мен узоқ даврлар қароқчи бўлдим,
Шу йўлда тобланди ақл ва юрак.
Ўзимдан ўтганин мен ўзим билдим,
Сен нега қароқчи бўлмоғинг керак?
Мен ёпиқ қўрғонда яшадим қўрқиб,
Нажот деворига тирмашдим узоқ.
Сен нега дунёга қарайсан ҳуркиб,
Нега сен бўлишинг керакдир қўрқоқ?
Қасамхўр дунёда кун кўрмоқ учун
Айтмаган ёлғоним қолмади бирор.
Сен-чи, ҳийлакорлик қиласан нечун,
Сенга ўтрик айтиш нимага даркор?
Дуч келган кимсага қилдим хушомад,
Оёғин яладим мушукдай ҳатто.
Эгилди бир замон тик бўлган қомат,
Бу ҳолни сенга ҳеч кўрмасман раво.
Энди сен боболар шавкатига боқ,
Актёрдек сохтакор шавқларга тўлма.
Мен ҳаёт қўлида бўлдим ўйинчоқ,
Бахтсиз яшаб ўтдим, сен бахтсиз бўлма.
Абдулла Орипов
Мен узоқ даврлар қароқчи бўлдим,
Шу йўлда тобланди ақл ва юрак.
Ўзимдан ўтганин мен ўзим билдим,
Сен нега қароқчи бўлмоғинг керак?
Мен ёпиқ қўрғонда яшадим қўрқиб,
Нажот деворига тирмашдим узоқ.
Сен нега дунёга қарайсан ҳуркиб,
Нега сен бўлишинг керакдир қўрқоқ?
Қасамхўр дунёда кун кўрмоқ учун
Айтмаган ёлғоним қолмади бирор.
Сен-чи, ҳийлакорлик қиласан нечун,
Сенга ўтрик айтиш нимага даркор?
Дуч келган кимсага қилдим хушомад,
Оёғин яладим мушукдай ҳатто.
Эгилди бир замон тик бўлган қомат,
Бу ҳолни сенга ҳеч кўрмасман раво.
Энди сен боболар шавкатига боқ,
Актёрдек сохтакор шавқларга тўлма.
Мен ҳаёт қўлида бўлдим ўйинчоқ,
Бахтсиз яшаб ўтдим, сен бахтсиз бўлма.
Абдулла Орипов
PAHLAVON MAHMUD QABRI QOSHIDA
Madorsiz qo’limga qalam olganda
YO uzoq yo’llarda horib-tolganda,
Bir nomard qoshida ojiz qolganda
Pahlavon Mahmuddan so’radim madad.
Yulduzlar misoli kulganda ruhim,
Bo’ronli hislarga to’lganda ruhim,
Ba’zan she’r ustida so’lganda ruhim,
Pahlavon Mahmuddan so’radim madad.
Kuyladim, fazoga naqlim yetmadi,
O’yladim, dunyoga aqlim yetmadi.
Qay ishga qo’l urdim, shahdim yetmadi,
Pahlavon Mahmuddan so’radim madad.
Men uchun xilxona bo’lganda olam,
Gumbazlar ostidan chiqdi bir alam:
— Hayotsan, bunchalar faryod aylama,
Men o’zim madadga zorman-ku, bolam.
✍Abdulla Oripov
@Abdulla_Oripov_sherlari
Madorsiz qo’limga qalam olganda
YO uzoq yo’llarda horib-tolganda,
Bir nomard qoshida ojiz qolganda
Pahlavon Mahmuddan so’radim madad.
Yulduzlar misoli kulganda ruhim,
Bo’ronli hislarga to’lganda ruhim,
Ba’zan she’r ustida so’lganda ruhim,
Pahlavon Mahmuddan so’radim madad.
Kuyladim, fazoga naqlim yetmadi,
O’yladim, dunyoga aqlim yetmadi.
Qay ishga qo’l urdim, shahdim yetmadi,
Pahlavon Mahmuddan so’radim madad.
Men uchun xilxona bo’lganda olam,
Gumbazlar ostidan chiqdi bir alam:
— Hayotsan, bunchalar faryod aylama,
Men o’zim madadga zorman-ku, bolam.
✍Abdulla Oripov
@Abdulla_Oripov_sherlari
U qo‘shiq kuyladi...
U qo‘shiq kuyladi yor sha’niga mast,
Sho‘xchan she’rlar aytdi sevgi nomidan.
Hammani kuldirdi, qiz esa faqat
Beparvo jilmayib o‘tdi yonidan.
U qo‘shiq kuyladi yor sha’niga mast,
Yig‘lab, faryod chekdi sevgi nomidan.
Hammani yig‘latdi, qiz esa faqat
Beparvo jilmayib o‘tdi yonidan.
U qo‘shiq kuyladi yor sha’niga mast,
Na kuldi, na qatra to‘kdi yoshini.
U kuyladi mag‘rur, qiz bo‘lsa shu vaqt
Huzuriga keldi egib boshini.
1964
@Abdulla_Oripov_sherlari
U qo‘shiq kuyladi yor sha’niga mast,
Sho‘xchan she’rlar aytdi sevgi nomidan.
Hammani kuldirdi, qiz esa faqat
Beparvo jilmayib o‘tdi yonidan.
U qo‘shiq kuyladi yor sha’niga mast,
Yig‘lab, faryod chekdi sevgi nomidan.
Hammani yig‘latdi, qiz esa faqat
Beparvo jilmayib o‘tdi yonidan.
U qo‘shiq kuyladi yor sha’niga mast,
Na kuldi, na qatra to‘kdi yoshini.
U kuyladi mag‘rur, qiz bo‘lsa shu vaqt
Huzuriga keldi egib boshini.
1964
@Abdulla_Oripov_sherlari
Hali oldindadir go‘zal
Hali oldindadir go‘zal kunlarim,
Hali lab tegmagan kulgular oldda.
Vaznga tushmagan qo‘shiqlar oldda,
Hech nima emasdir bu ko‘rganlarim.
Hammasi oldinda, g‘am ham, alam ham,
Ayriliq ham, qanotlari zil...
Sakson yoshli bobo, sen ham dunyoning
Hammasini ko‘rdim, demagil.
Aslo unday dema,
O‘n gulimdan biri ham
Ochilmagan deb turgil har vaqg.
Hammasini ko‘rdim,
To‘ydim degan kuning, bilsang,
Yashamoqqa qolmaydi hojat.
1965
@Abdulla_Oripov_sherlari
Hali oldindadir go‘zal kunlarim,
Hali lab tegmagan kulgular oldda.
Vaznga tushmagan qo‘shiqlar oldda,
Hech nima emasdir bu ko‘rganlarim.
Hammasi oldinda, g‘am ham, alam ham,
Ayriliq ham, qanotlari zil...
Sakson yoshli bobo, sen ham dunyoning
Hammasini ko‘rdim, demagil.
Aslo unday dema,
O‘n gulimdan biri ham
Ochilmagan deb turgil har vaqg.
Hammasini ko‘rdim,
To‘ydim degan kuning, bilsang,
Yashamoqqa qolmaydi hojat.
1965
@Abdulla_Oripov_sherlari
Yulduzlar o‘tiga bardosh...
Yulduzlar o‘tiga bardosh berurman,
Fazolar taftiga qilurman toqat.
Yoningga sog‘-omon qaytib kelurman,
Otash nigohingda yongali faqat.
To‘lqinlar qutursin mayli, beomon,
Mening qismatimni ko‘molmagay u.
Baribir yoningga qaytaman omon,
Moviy ko‘zlaringga cho‘mgali mangu.
1964
@Abdulla_Oripov_sherlari
Yulduzlar o‘tiga bardosh berurman,
Fazolar taftiga qilurman toqat.
Yoningga sog‘-omon qaytib kelurman,
Otash nigohingda yongali faqat.
To‘lqinlar qutursin mayli, beomon,
Mening qismatimni ko‘molmagay u.
Baribir yoningga qaytaman omon,
Moviy ko‘zlaringga cho‘mgali mangu.
1964
@Abdulla_Oripov_sherlari
МАНГУЛИК
Ўзбекистон Республикасининг Биринчи Президенти Ислом Каримов хотирасига
Бир хабар тарқалди,
Ярим тун эди,
Гўё ғам селига ботдим, йўқолдим.
Кимдир йўлбошчидан айрилдик деди,
Мен-чи, азиз дўстдан айрилиб қолдим.
Кимнинг хаёлига келмишдир ахир,
Бирдан қулаб тушса буюк бир чинор.
Алам бўғзимизда аччиқ ва тахир,
Бу ғамнинг на чеки — чегараси бор.
Кетди ногаҳонда айтмай бирор сўз,
Ҳижрон оловига барчани ташлаб.
Ўзбек осмонида сўнди чўнг юлдуз,
Катта-ю кичикнинг кўзини ёшлаб.
Биз — ноқис бандалар, ўйламай гоҳо,
Бошимиз силаган қўлни тишладик.
Юз йиллаб тескари айланди дунё,
Ўз эмас, ўзгалар учун ишладик.
Биз — ожиз бандалар, англамай туриб,
Бировнинг забонин санадик афзал.
Шу юрт даҳоларин билиб ва кўриб,
Бегона зотларга ясадик ҳайкал.
Босқин тепамизда турар эди зил,
Уни таг-тубидан бузмоқ шарт эди.
Асрий вайронанинг ўрнида дадил,
Янгича мамлакат тузмоқ шарт эди.
Фоний бу дунёнинг баланд-пастига,
Теран назар ташлаб ўтди бу Инсон.
Миллат қадри дея яшаб аслида,
Халқининг дардига бўлолди дармон.
Бугун жудолик бор гар қалбимизда,
Лекин ғурур яшар ҳавас қилгулик.
Абадият ўсди кўз олдимизда,
Шундоқ ёнимиздан ўтди Мангулик.
Islom Karimov xotirasiga Abdulla Oripov!
@Abdulla_Oripov_sherlari
Ўзбекистон Республикасининг Биринчи Президенти Ислом Каримов хотирасига
Бир хабар тарқалди,
Ярим тун эди,
Гўё ғам селига ботдим, йўқолдим.
Кимдир йўлбошчидан айрилдик деди,
Мен-чи, азиз дўстдан айрилиб қолдим.
Кимнинг хаёлига келмишдир ахир,
Бирдан қулаб тушса буюк бир чинор.
Алам бўғзимизда аччиқ ва тахир,
Бу ғамнинг на чеки — чегараси бор.
Кетди ногаҳонда айтмай бирор сўз,
Ҳижрон оловига барчани ташлаб.
Ўзбек осмонида сўнди чўнг юлдуз,
Катта-ю кичикнинг кўзини ёшлаб.
Биз — ноқис бандалар, ўйламай гоҳо,
Бошимиз силаган қўлни тишладик.
Юз йиллаб тескари айланди дунё,
Ўз эмас, ўзгалар учун ишладик.
Биз — ожиз бандалар, англамай туриб,
Бировнинг забонин санадик афзал.
Шу юрт даҳоларин билиб ва кўриб,
Бегона зотларга ясадик ҳайкал.
Босқин тепамизда турар эди зил,
Уни таг-тубидан бузмоқ шарт эди.
Асрий вайронанинг ўрнида дадил,
Янгича мамлакат тузмоқ шарт эди.
Фоний бу дунёнинг баланд-пастига,
Теран назар ташлаб ўтди бу Инсон.
Миллат қадри дея яшаб аслида,
Халқининг дардига бўлолди дармон.
Бугун жудолик бор гар қалбимизда,
Лекин ғурур яшар ҳавас қилгулик.
Абадият ўсди кўз олдимизда,
Шундоқ ёнимиздан ўтди Мангулик.
Islom Karimov xotirasiga Abdulla Oripov!
@Abdulla_Oripov_sherlari