Abbos Khazratov | Dizayn Blog
245 subscribers
249 photos
38 videos
48 links
Head of Design @uniconsoft

Dizayn va shu atrofidagi mavzularda yozaman. Ba'zida memlar ham ulashaman)
Download Telegram
🟢 O‘chirish
🔴 Yoqish

#manasangaoshakayf

@AbbosDesign
🤣752👍1
🤣432🔥1😍1
#kepqoldi

"Ishni keyinga qoldirishni bas qilish to‘g‘risida" maqola topib, saqlab qo‘ydim. Haliroq o‘qib olarman))

@AbbosDesign
🤣14111
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#foydali

Blush plagini - turli mavzulardagi illyustratsiyalar yaratishda qo‘l keladi.

Tez ishlaydi, kerakli modelni tanlashingiz mumkin.

Svg'dan foydalanish har qanday soft kabi, bunda ham pullik. O‘rtacha sifatdagi Pnglar muammosiz saqlanadi.

O‘rnatish

@AbbosDesign
🔥5
Bu eski mem. Hozir Figmada "Rename layers" funksiyasi bor.

Ochig‘i update’dagi eng mazza qilgan narsam shu bo‘ldi. Endi, shundayam layer’lari "Frame 1, Frame 2, Frame 3, Frame 4" bo‘lib yotgan dizaynerlarni otib tashlash kerak 🔫

@AbbosDesign
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8💯2🤝22🔥1
Forwarded from Suxrob Xurramov | Blog
📱 Figma ikonkasini chizishni o'rganamiz

"Figma: 7 daqiqada" rublikasini davom ettiramiz. Ushbu rublikada turli xil ikonkalar chizishni va boshqa foydali tavsiyalarni amaliy o'zlashtirib borasiz.

📱 Postlarni dizaynerlarga ham ulashib turing)

suxrob-blog | #amaliyot #7daqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥3🥰2
Suxrob Xurramov | Blog
Photo
Suxrobjon blogida qiziqarli va foydali postlar chiqaryapti. Blogiga obuna bo‘lishni tavsiya qilaman
👍5
Shu desangiz murg‘ak qalbimda O‘zbekiston dizaynerlarini jamlash kabi ezgu loyihalar qilish niyati bor.

Masalan, medium.com ga maqolalar yuklab turishimni bilasiz. Tildan xabari borlar shu kabi platformalarga kirib maqolalar o‘qishadi. Til bilmaganlar uchun sanoqli dizaynerlar O‘zbek tilida maqola chiqarishadi. Lekin afsuski ularni o‘qiydigan odam kam. Balki kam bo‘lsa-da maqola borligini bilishmas O‘zbek tilida, balki dizaynerlar maqola o‘qib turishi kerakligini ko‘pchilik tushunmas. Xullasi kalom, O‘zbek dizaynerlarini bir joyga yig‘ib, ularga foydali maqola va boshqa resurslar ulashadigan, savol-javob va intervyular o‘tkazsa bo‘ladigan, ko‘ngilli tajribali mutaxassislarga ilm tarqatish uchun maydon vazifasini o‘taydigan loyiha qilmoqchimiz. Ba’zi harakatlar boshlandi ham allaqachon. Lekin shayton o‘lgur tinmay "bu loyiha yurarmidi, bekorga vaqting va kuching ketadi" deb vasvas qilyapti.

Nima deysiz uning gaplari to‘g‘rimi yoki aksincha loyiha zo‘r yurib ketarmikan? Ochig‘i auditoriyaning fikri qiziq menga.

@AbbosDesign
👍13🔥7👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yandex plusni bekor qilmoqchi bo‘lsangiz, nima bo‘lishini bilasizmi? 🤣

@AbbosDesign
🤣53🤩1
Abbos Khazratov | Dizayn Blog
Yandex plusni bekor qilmoqchi bo‘lsangiz, nima bo‘lishini bilasizmi? 🤣 @AbbosDesign
Ps: shundan keyin ham bekor qilmoqchi bo‘lsangiz, pul to‘lashmasmikan ishqilib? 😆😆
431
Forwarded from Boburiy | UI/UX blog
🚦 Veb-dizaynda Maksimalizm

Hamma minimalizm haqida gapiryotkanda biz maksimalizm haqida gaplashsak nima deysiz)

Minimalizm haqida ko‘p eshitganingizga ishonchim komil: bu uslub haqida ko'p gapiriladi, ko'klarga chiqariladi va yagona zamonaviy dizayn uslubi deb baxo beriladi. Ba’zilar esa uni kuchli UX bilan tenglashtiradi. Biroq, minimalistik dizaynning jiddiy kamchiligi ham bor - qat’iy cheklovlar. Dizayn jarayoni esa uzluksiz bo‘lib, u doimo o‘zgarib, yangilanib turadi. Bugungi kunning asosiy tendensiyalaridan biri maksimalizm bo‘lib, hatto bu uslub ikkinchi marotaba tug'ilish arafasida deb aytish mumkin. Soddagina chiziq va shakllarga mutlaqo zid bo‘lgan bu uslub - ranglar feeriyasi (fantastik, ertak syujetli, yorqin, rang-barang kostyumlar va to'plamlar bilan teatr, sirk yoki estrada tomoshasi) va... Davomi
🔥9
Dizayn drag and drop emas!

Ayti olamida ko‘pincha dizaynerning ishi elementlarni interfeysda "u yoqdan buyoqqa surish"dan iborat degan bema’ni fikr tarqalib qolgan. Ha nima? Osongina ishda dizayn qilish deb o‘ylashadi. Ammo bu haqiqatga qanchalik yaqin? Keling shuni biroz muhokama qilamiz.

Aslida, dizayn - bu chuqur tahlil, ijodkorlik, foydalanuvchi psixologiyasini bilish hamda funksionallik va estetika o‘rtasidagi muvozanatni nozik his qilishni talab qiladigan murakkab jarayon.


1. Dizayn - bu muammolarni hal qilish

Dizaynerning asosiy vazifasi shunchaki chiroyli narsa yaratish emas, balki muayyan muammoning yechimini taklif qilish. Yaxshi dizayn har doim tahlildan boshlanadi. Biror narsaning joyini o‘zgartirishdan oldin dizayner qanday vazifani hal qilayotganini, foydalanuvchi kimligini va uning maqsadlariga erishishda interfeys qanday yordam berishi mumkinligini tushunishi kerak. Bu esa tadqiqotlarni, foydalanuvchilar bilan suhbatlarni va ularning xulq-atvorlarini o‘rganishni taqozo etadi.

Oddiy “drag and drop” bu muammolarni hal qilmaydi. U interfeysni faqat vizual ravishda tashkil etish jarayoni xolos.

2. Dizayn - bu kontekstni tushunish

Har bir loyiha o‘ziga xos bo‘lib, har bir mijoz yoki mahsulotning o‘z talablari va cheklovlari mavjud. Tajribali dizayner har doim quyidagilarni hisobga oladi:

· Maqsadli auditoriya: Bir auditoriyaga mos keladigan narsa boshqasi uchun butunlay noqulay bo‘lishi mumkin.

· Foydalanish konteksti: mahsulot qayerda, qay tarzda va qanday sharoitlarda ishlatiladi? Mobil dizayn web ilovalar dizaynidan farq qiladi. Bundan tashqari, internet tezligi yoki qurilmaning imkoniyati kabi jihatlar ham muhim.

3. Vizual elementlar - faqat aysbergning uchi xolos

Dizayn haqida gapirilganda, ko‘pchilik tugmalar, ikonkalar va chiroyli rang sxemalarinigina tasavvur qiladi. Biroq, vizual qism ortida boshqa ko‘plab jihatlar mavjud:

· Axborot arxitekturasi.

· Usability - foydalanuvchi interfeys bilan qanchalik intuitiv aloqa qilishi.

· Tipografiya.

· Interfaollik - elementlar foydalanuvchi harakatlariga qanday reaksiya berishi.

Bu jihatlarning barchasi bir-biri bilan uyg‘unlikda bo‘lishi kerak. Dizayner ko‘plab variantlar qilib ko‘radi, gipotezalarni sinovdan o‘tkazadi va dizaynni doimiy ravishda aniq vazifalarga moslashtiradi. Drag and drop qilish faqat g‘oyani maket ko‘rinishiga keltirish xolos.

4. Empatiya

Yaxshi dizayner har doim o‘zini foydalanuvchining o‘rniga qo‘yadi. Buning uchun u nafaqat foydalanuvchi nima qilayotganini, balki nima uchun buni qilayotganini ham o‘rganishi kerak. Empatiyaga asoslangan dizayn samaraliroq bo‘ladi, chunki u auditoriyaning haqiqiy ehtiyojlari va og‘rig‘ini hisobga oladi.

Elementlarni u yoqdan buyoqqa surish ushbu hissiy jihatlarni tushunishga imkon bermaydi. Aynan dizaynerlik empatiyasi nafaqat chiroyli, balki foydali mahsulotlarni yaratishga yordam beradi.

5. Ijodkorlik

Dizayn – ijodkorlik degani. Dizaynerlar faqat shablon bilan ishlayvermaydi, balki yangi, nostandart yechimlarni qidirishadi. Shablon bilan ishlashda ham shunchaki “oldi-qo‘ydi” tamom emas, ustida ishlanadi. Bu, ayniqsa, ajralib turish va foydalanuvchilarga o‘ziga xos narsalarni taklif qilish kerak bo‘lgan yuqori raqobat sharoitida juda muhim.

6. Dizayn - bu muntazam jarayon

Dizayn hech qachon bir deganda tugallanib qolmaydi. Bu test, fikr-mulohaza va doimiy yaxshilanishni o‘z ichiga olgan uzun jarayon. Hatto interfeys mukammal ko‘rinayotgan bo‘lsa ham, foydalanuvchilarning haqiqiy tajribasi takomillashtirish kerak bo‘lgan zaif joylarni aniqlashi mumkin.

Xulosatul kalom

Dizayn - elementlarni figmada joyini o‘zgartirish-u, katta kichik qilish emas. Bu murakkab, ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, u vazifalarni, foydalanuvchini va foydalanish kontekstini chuqur tushunishni talab qiladi.

Haqiqiy dizayn - bu ham san’at, ham fan. Faqat detallarga ongli yondashuv va e’tibor haqiqatan ham sifatli va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni yaratishga yordam beradi.


Shuncha gapdan keyin ham birorta g‘aybi oldimga kelib “dizayn drag and drop-ku” desa shapaloq tortib yuboraman, behazil.

@AbbosDesign
👍66👏311
Abbos Khazratov | Dizayn Blog
https://medium.com/@abboskhazratov11/jadval-dizayni-bo-yicha-qo-llanma-fab85451eb32
Taxminan 1 yarim oycha oldin tayyorlagan edim shu maqolani. Muallifga ruxsat so‘rab yozganimga javob bermadi. Oxiri joylashga qaror qildim. Xafa bo‘lmas))
👍531💯1👀1🗿1