O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
2.98K subscribers
11.6K photos
998 videos
514 files
6.14K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

info@academy.uz

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#FOTO #ФОТО

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti Buxoro filiali ochilishdan lavhalar

Фотографии с открытия Бухарского филиала Института иммунологии и геномики человека Академии наук Республики Узбекистан
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Санъатга бахшида умр: устозлар ҳаёти - ибрат мактаби
#6oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining
RASMIY MUNOSABATI

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tayyorlangan “Istirohat bog‘lari faoliyati va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi, jumladan undagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘ining istirohat bog‘lari qatorida Toshkent shahar hokimligi huzurida tashkil etilishi rejalashtirilgan Istirohat bog‘lari Direksiyasiga o‘tkazish bo‘yicha qaror loyihasiga quyidagi munosabatini bildiradi
Qaror loyihasi kelishuv uchun portalga joylashtirilganda Fanlar akademiyasi uni nihoyatda salbiy ruhda qabul qildi. O‘rnatilgan tartibga binoan qaror loyihasi idoralararo kelishuv tarzida amalga oshiriladi. Qaror loyihasi kelib tushgan kunning o‘zidayoq Fanlar akademiyasi qaror loyihasi yuzasidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining mas’ul ijrochisi bilan bog‘landi va Botanika bog‘ini ro‘yhatdan chiqarib tashlash lozimligini ta’kidladi. Shundan so‘ng, yuqori turuvchi organlar og‘zaki tarzda xabardor qilindi. Fanlar akademiyasining mutahassislari tomonidan asosnoma tayyorlanib, o‘rnatilgan tartibga binoan belgilangan muddatdan chiqib ketmagan holda, project.gov.uz tizimi orqali Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasining 1-ilovasi 193-tartib raqam bilan kelgan “Botanika bog‘i”ni ro‘yxatdan chiqarib tashlash qat’iy talab qilindi. Fanlar akademiyasining e’tirozlarini inobatga olib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qaror loyihasidan Botanika bog‘ini chiqarib tashlashiga akademiya umid bog‘ladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-171-qaroriga muvofiq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga Fanlar akademiyasi bilan birgalikda “Akademik F. Rusanov nomidagi Botanika bog‘i faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan, ilmiy salohiyatini kuchaytirish, moddiy-texnik bazasini yaxshilash, hududlarda ularning tajribasini qo‘llash va filiallarini tashkil etish” bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi va idoralararo kelishuvga joylashtirildi. Mazkur qarorni qabul qilinishi Botanika bog‘ining imkoniyatlaridan keng foydalangan holda respublikada bioxilma-xillik sohasini ilmiy jihatdan o‘rganish tizimi takomillashtiriladi va Botanika bog‘ini boshqa vazirlik va idoralarga o‘tkazish imkoniyatini cheklaydi.
Mazkur vaziyatga o’z munosabatini bildirgan barcha OAV vakillari, bloger va fuqarolarga tashakkur bildiramiz.

Fanlar akademiyasi Axborot xizmati
Forwarded from Ўзбекистон Математиклари (G'olibjon Botirov)
FORUM PROGRAM_CHINA-CENTRAL ASIA_TASHKENT.pdf
360.5 KB
#Xalqaro_Forum

Joriy yilning 9-10 oktyabr kunlari V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutida "Xitoy-Markaziy Osiyo matematiklari forumi" bo'lib o'tadi. Forumda Xitoy, Qozog'iston, Tojikiston va Qirg'izistondan tashrif buyurgan akademiklar va professorlar ishtirok etishadi. Ushbu forumda Matematika sohasidagi so'nggi ilmiy yangiliklar va hozirgi kundagi dolzarb masalalar bilan bir qatorda hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

Forum Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari matematiklari orasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari u yosh olimlarni Xitoyning yetakchi ilmiy markazlariga borib malaka oshirish va ilmiy izlanishlar olib borishlari uchun imkoniyatlar yaratadi.

Matematika instituti ilmiy jamoasini forumga taklif qilgan holda unda faol ishtirok etishlarini so'rab qolamiz.
“Бу ер бизнес қиладиган жой эмас” — фаоллар Ботаника боғи тақдиридан хавотирда

Тошкентдаги яшилликдан иқтисодий манфаатларда фойдаланиш нотўғри, дейди Ботаника институти директори Комилжон Тожибоев. Фақатгина тор доира вакилларининг манфаати кўзланяпти, бошқа нарса эмас дейди институтнинг яна бир олими. Боғнинг мақомини ўзгартириш унинг алоҳида илмий аҳамиятга эга бўлган узоқ йиллик коллекцияларининг йўқотилишига олиб келади, деб ҳисоблайди Олий Мажлис Сенати.

👉 https://kun.uz/16807303

Kun.uz расмий канали
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Ботаника боғи - бу кўнгилочар жой эмас. Бу - бутун шаҳримиз ҳар куни нафас олаётган Тошкентнинг "ўпкаси". Бу - биз ғурурланадиган тарих. 70 йилдан ортиқ вақт давомида истеъдодли олимларимиз ушбу боғда бебаҳо дарахтлар ва ўсимликларни етиштирдилар, уларга ўз меҳр-муҳаббатини бағишладилар. Юртимизда бундай маскан бошқа ҳеч қаерда йўқ.

Табиатнинг ана шу бир парчасини асраб-авайлаш, уни ҳимоя қилиш ва болаларимизга етказиш бизнинг бурчимиздир. Мен Ботаника боғини тижорий тузилмалар бошқарувига топширишга қатъиян қаршиман. Унинг бир сантиметри ҳам ижарачи ёки қурувчиларга берилмаслиги шарт.

Боғни олимлар яратган ва у олимлар ихтиёрида бўлиши, бутун ўзбекистонликлар учун хизмат қилиши лозим. У Фанлар академияси ихтиёрида қолади.
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Ботанический Сад - это не парк для развлечений. Это "лёгкие" Ташкента, которыми дышит каждый житель города. Это наша история, которой мы гордимся. Более 70 лет талантливые ученые выращивали в Саду ценные деревья и растения, посвятили им свою любовь и заботу. Второго такого места в нашей стране нет.

Мы обязаны защитить этот природный уголок, сохранить его и передать нашим детям. Я выступаю категорически против передачи Ботанического Сада в управление коммерческим структурам. Ни сантиметра его площади не должно быть отдано арендаторам или застройщикам.

Сад создан учеными, и должен принадлежать ученым на благо всех узбекистанцев. Он останется в ведении Академии Наук.
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Бухорода «Ядро тиббиёти» мавзусида халқаро конференция
#7oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Bugunning hikmati

Inson mash'alaga o'xshaydi puflab o'chirmaguningcha yonaverishadi. Ammo o'zga bir insonning yuzida o'z aksingni, yashirin va hayajonli tuyg'ularingni har doim ham ko'ravermaysan.
Rey Bredberi

⚖️👨‍💻👩‍💻💬4️⃣4️⃣4️⃣

O‘zbеkiston Rеspublikasi Fanlar akadеmiyasining 80 yilligi, Akademik T.U.Aripova tavalludining 70 yilligiga bag’ishlangan “Chegara bilmas hamdo’stlik” orfan kasalliklarni tashxislash va davolash bo’yicha Ikkinchi Yevroosiyo forumiga 1️⃣4️⃣ kun qoldi. Ro'yxatdan o'tishni unutmang
➡️https://geneticforum.significo.ru/main2023


4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣
⚖️👨‍💻👩‍💻💬
До Второго Евразийского форума по диагностике и лечению орфанных заболеваний «Содружество без границ», посвященного 80-летию Академии наук Республики Узбекистан, 70-летию со дня рождения академика Т.У.Ариповой осталось 1️⃣4️⃣ дней. Не забудьте зарегистрироваться
➡️https://geneticforum.significo.ru/main2023
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣🐅🦛🐎🐫🐃🐳

Bugun 9/10/2023 yil soat 17:40 da "O'zbeksiton" telekanalida "O'zbekiston uchinchi renessans ostonasida" ko'rsatuvida Immunologiya va inson genomikasi instituti haqida ko'rsatuvni tomosha qilishni unutmang!

4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣🐅🦛🐎🐫🐃🐳
Не забудьте посмотреть передачу об Институте иммунологии и геномики человека в программе «Узбекистан на пороге третьего ренессанса» на телеканале «Узбекитон» сегодня, 9 октября 2023 года, в 17:40!

🎁🎁🎁🎁🎁
https://t.me/immunologiyavainsongenomikasihttps://instagram.com/immunologiya.uz?utm_source=qr&igshid=YzU1NGVlODEzOA%3D%3D 🌐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bugunning hikmati

Faqat oxirgi kecha-kunduz mobaynida eshitmasa ham bo'laveradigan gap-so'zlardan qanchasini tingladingiz?
...

Agar odam baqirib gapirishga majbur bo'lsa, hech qachon yolg'on gapirmaydi!


Tomas Edison

P.S: Hayotining so'nggi yillarida deyarli karga aylangan Edisonga berilgan "nega eshitish qurilmasini yaratmadingiz?" savoliga quyidagicha javob bergandi.
Forwarded from WOSCU
Amir Temurga qarshi Samarqand qo‘zgʻolonida kimlar qatnashgan?

1371-yilda Amir Muso, Amir Yassavuriy, Shayx Abullays Samarqandiy boshchiligidagi isyon ko'tariladi. Unda Termiz sayyidlari xonadoniga mansub Xudovandzoda (Xonzoda) Abulmaoli at- Termiziy ham ishtirok etadi.

Amir Temur isyonni qattiqqo‘llik bilan bostiradi, uning barcha ishtirokchilarini qatl ettiradi. Ruhoniylar va Payg‘ambar (s. a. v.) xonadoni – ahli baytga hurmat yuzasidan faqatgina Abullays Samarqandiy (Makkaga jo‘natib yuborilgan) va o‘spirin Abulmaoliyga javob berilgan, biroq u Termizdan Shahrisabzga ko‘chib o‘tadi.

Bu yerda u uzoq umr ko‘radi, shahar jome masjidi yaqinida dafn etiladi (hijriy 859 yil, 26 jumod ul-avvalda /15.05.1455 yil). Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davrida (1409–1449) uning qabri va avlodlari qabri ustida barpo etilgan xilxona «Gumbazi sayyidon» («Sayyidlar xilxonasi») yoki «Dor us-sodot» («Sayyidlar boshpanasi») deb atala boshladi.

🔗 Batafsil o'qish

Society.uz | Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#Xalqaro_Forum_2_kun

Ayni daqiqalarda V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutida "Xitoy-Markaziy Osiyo matematiklari forumi" ning 2-kuni jarayonlari davom etmoqda. Forumda Xitoy, Qozog'iston, Tojikiston va Qirg'izistondan tashrif buyurgan  akademiklar va professorlar ishtirok etishmoqda. Ushbu forumda Matematika sohasidagi so'nggi ilmiy yangiliklar va hozirgi kundagi dolzarb masalalar bilan bir qatorda hamkorlik istiqbollari muhokama qilinmoqda.


P/S: Eng qiziqarli va kerakli ma'ruzalardan biri akademik Shavkat Ayupov tomonidan olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube