AI / Sun'iy intellektlar olami
4.17K subscribers
1.37K photos
1.25K videos
8 files
816 links
Kelajak yaqin.

AI - Sun'iy intellektlar olami va
ular haqidagi eng so'nggi yangiliklar.


Admin: @abakan1212
Download Telegram
FLUX.2 max

BFL jamoasi o‘zining eng qudratli modelini reliz qildi! U FLUX.2-flex va FLUX.2-pro dan yaxshiroq, ammo text2image bo‘yicha Nano Banana Pro hamda image editda yana bir nechta modellardan biroz ortda qoladi.

Grounded generation — real vaqt rejimida internetdan dolzarb kontekstni qidiradi: kechagi o‘yinlar natijalari, joriy ob-havo, aniq tafsilotlari bilan tarixiy voqealar. So‘rovga shunchaki “Search the internet” iborasini qo‘shing — va sehr boshlanadi.

10 tagacha referens rasm. Mahsulotlar, personajlar va uslublar izchil (konsistent) saqlanadi.

lmarena.ai liderbordida model quyidagi o‘rinlarni egallagan:
🔹 #3 — Text-to-Image
🔹 #7 — Image Edit

Artificialanalysis.ai liderbordida esa:
🔹 #2 — Text-to-Image va Image Edit

@AISIOUZ - Sun'iy intellektlar olami 😎
👍41
GPT-5.2 eng “qattiq cheklangan” model bo‘lib chiqdi

GPT-5.2 Sansa Bench senzura reytingida oxirgi o‘rinni egalladi. OpenAI modeli 0,324 ball oldi — bu so‘rovlarni bajarishdan tez-tez bosh tortishini anglatadi. Taqqoslash uchun, Llama 3 8B Instruct 0,853 ball bilan yetakchilik qilmoqda, Google’ning Gemini 3 Pro Preview esa eng erkin tijoriy modellar topiga kirgan.

OpenAI bu cheklovlarni xavfsizlikka bo‘lgan e’tibor bilan izohlaydi. Tizim xaritasida jailbreaklardan va prompt injeksiyalaridan himoya, gallyutsinatsiyalarni kamaytirish hamda ruhiy salomatlikka alohida urg‘u berilgani aytiladi. Biroq foydalanuvchilar norozi. Reddit’da modelni haddan tashqari korporativ va zerikarli, 5.1 versiyasiga nisbatan orqaga qadam deb atashmoqda. Shunga qaramay, ish vazifalari uchun uni baribir maqtashmoqda. Shu bilan birga, OpenAI yangi Garlic modelini tayyorlamoqda va 2026 yilda yoshni tasdiqlash orqali ChatGPT’ning “kattalar rejimi”ni joriy etishni va’da qilmoqda.

@AISIOUZ - Sun'iy intellektlar olami 😎
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SpAItial AI’dan Echo ilovasi reliz qilindi. U matn yoki tasvirlarni 3D muhitlarga aylantirish imkonini beradi. Bu muhitlarni nafaqat o‘rganish, balki faol ravishda qurish va o‘zgartirish ham mumkin.

Juda qiziqarli ko‘rinadi, sinab ko‘rish uchun bu yerga kirish mumkin.

@AISIOUZ - Sun'iy intellektlar olami 😎
🔥4
📖 OpenAI o‘zining yangi tasvir generatori bilan ishlash bo‘yicha batafsil qo‘llanma tayyorladi.

Ichida — ChatGPT Images’ning asosiy funksiyalari va so‘rov (prompt) namunalari mavjud. Ular quyidagilar uchun mo‘ljallangan:
logotiplar yaratish, infografika, fotorealistik tasvirlar, komikslar, foydalanuvchi interfeyslari va boshqalar.

➡️ Bu yerdan olishingiz mumkin.
https://cookbook.openai.com/examples/multimodal/image-gen-1.5-prompting_guide

@AISIOUZ - Sun'iy intellektlar olami 😎
👍6
Google Gemini 3 Flash’ni chiqardi

Qisqacha:
— Arzon, tez va aqlli model.
— 2.5 Pro’dan 3 baravar tez.
— Benchmark natijalarida Gemini 2.5 Pro’dan ustun.
— GPQA Diamond — 90,4%, SWE-bench Verified — 78%.

Model doktorlik darajasidagi mantiqiy fikrlashni baholovchi GPQA Diamond va keng qamrovli ekspert bilimlarini tekshiruvchi Humanity’s Last Exam kabi testlarda ilg‘or natijalarni ko‘rsatmoqda.

U nafaqat matnni, balki real vaqt rejimidagi video va tasvirlarni ham oson tahlil qila oladi. 2.5 Pro versiyasiga qaraganda murakkab vazifalarni ancha tez va kamroq xarajat bilan bajaradi, ya’ni vaqtni tejash uchun kamroq token (axborot birligi) ishlatadi.

Model bir necha soniya ichida sizning golf o‘yiningiz videosini tahlil qilib, texnika bo‘yicha maslahat berishi yoki ekrandagi rasm hali to‘liq chizilmasidan oldin uni taxmin qilishi mumkin.

SWE-bench Verified testida model 78% natijaga erishib, 2.5 seriyasini va hatto Gemini 3 Pro’ni ham ortda qoldirdi.

Batafsil

@AISIOUZ - Sun'iy intellektlar olami 😎
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chatterbox Turbo — opensorse model chiqdi, ovoz klonlash va audio bilan ishlash uchun haqiqiy “imba”, obunasiz va cheklovlarsiz.

— Model 350 mln parametrga ega, hatto eski temirda ham bemalol ishga tushadi va mashhur raqobatchilarga qaraganda tovushni 6 baravar tez generatsiya qiladi.

— Ovoz deyarli bir soniyada paydo bo‘ladi. Istalgan ovozni atigi 5 soniyalik yozuv asosida klonlash mumkin, shundan so‘ng esa emotsiyalarni, tempni, intonatsiyani sozlash, monoton qilish, kulgi, xo‘rsinish, chaynash kabi boshqa “jonli” detallarni qo‘shish mumkin.

— 23 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi

Sinab ko‘rish — bu yerda
👍4
Soch turmaklari va soch kesimlarini xuddi o‘yin muharriridagidek tezda ko‘rib chiqamiz.

Buning uchun o‘zingizning fotosuratingizni joylashtirishingiz va mana shu kichik promtni qo‘shishingiz kerak:

“make a 3x3 grid with different hairstyles.”

@AISIOUZ - Sun'iy intellektlar olami 😎
😁41👍1👏1
OpenAI yangi ilovalar katalogini ishga tushirmoqda

Katalog ChatGPT’ning veb versiyasida va mobil qurilmalarda mavjud bo‘ladi. Hozirda u sozlamalardagi ilovalar menyusi orqali ochiq. Shuningdek, endi o‘z ChatGPT ilovangizni tekshiruv uchun yuborish ham mumkin.

Tasdiqlangan ilovalar ilovalar katalogida — foydalanuvchilar ChatGPT ichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovalarni qidirishi mumkin bo‘lgan yangi platformada — ko‘rinadi.

@AISIOUZ - Sun'iy intellektlar olami 😎
👍7
Germaniyada birinchi robo-hayvonlar bilan jihozlangan zoopark ochildi.

Hozircha unda faqat sun’iy intellektga ega 10 ta dengiz cho‘chqachasi bor.
Ularning o‘ziga xos xarakteri va odatlari mavjud.

Shuningdek, ularni silash, qo‘lga olish va ular bilan muloqot qilish ham mumkin.

@AISIOUZ - Sun'iy intellektlar olami 😎
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
LovartAI’ga taqdimotlar yig‘ishni o‘rgatishdi

Endi istalgan taqdimotni atigi ikki marta bosish orqali yaratishingiz mumkin.

Mavzuni yozasiz — agent internetdan ma’lumot topadi, PDF hujjatlarni o‘qiydi va chiroyli dizayn bilan taqdimot tayyorlab beradi.

O'zbek tilida ham tayyorlab bera oladi.

Bu yerda sinab ko‘rish mumkin: https://www.lovart.ai/

Kommentda generatsiya qilgan namuna tashlayman

@AISIOUZ - Sun'iy intellektlar olami 😎
🔥3👍2
Sergey Brin OpenAI’ni tor-mor qilish uchun nafaqadan Google’ga qaytdi.

U Google uzoq vaqt davomida sun’iy intellektni yetarlicha baholamaganini, shu orqali OpenAI’ga ustunlik berib qo‘yganini ta’kidladi. Natijada OpenAI ChatGPT’ni kuchli darajada rivojlantirdi. Shunga qaramay, Brinning fikricha, Google hali ham ulkan sarmoyalari tufayli munosib raqobat qila oladi.

Brin nafaqada qolish xato bo‘lardi, deb hisoblaydi, chunki SI inqilobi uchun poyga endi boshlanyapti, u esa g‘alabani maqsad qilgan.

Bu odamda hali ham kuch bor. Sem Altman, sen tomonga yo‘lga chiqishdi

@AISIOUZ - Sun'iy intellektlar olami 😎
👍62