This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Framer "Design Pages" nomli yangi funksiyani taqdim etdi, bu orqali dizaynlarni bevosita Framer ichida yaratish mumkin bo'ladi.
Bu yangilanish Framer'ni oddiy veb-konstruktor emas, balki haqiqiy dizayn vositasiga aylantiradi.
Design Pages sizga to‘liq funksiyali ish maydonini taqdim etadi: vektorli tahrirlash, ranglar bilan ishlash, rasm eksporti, maskalar bilan ishlash va boshqa ko‘plab vositalar mavjud.
Wireframer endi dizayn sahifalari bilan ham ishlaydi, shuning uchun siz bir vaqtning o‘zida noyob maketlar yaratishingiz mumkin. Eng yoqimli tomoni — dizayn sahifalaridan foydalanish mutlaqo bepul.
Bu yerda sinab ko‘rishingiz mumkin: https://www.framer.com/updates/design-pages
@AISIOUZ - Sun'iy intellektlar olami 😎

👍6
🎬 Luma kompaniyasi Ray 3 nomli yangi avlod video generatorini taqdim etdi.
Ushbu model shunchaki kadrlar chizish bilan cheklanmaydi — u sahnani "o‘ylab" yaratadi: promptlarni tushunadi, o‘zini tahrir qiladi va harakat mantig‘ini quradi. Yangiliklar quyidagilar:
🟡 Draft Mode — kreativ g‘oyalarni tezda yaratish uchun qoraqoralama rejimi, so‘ngra esa 4K HDR formatida eksport qilish imkoniyati.
🟡 Control Motion — kadrda strelkalar chizamiz, va obyekt shu yo‘nalishda harakat qiladi.
🟡 Realizm va fizika: anatomiya, yorug‘lik, aks ettirishlar, harakatdagi xiralashuvlar.
🟡 EXR formatida eksport qilish imkoniyati.
➡️ Bepul sinab ko‘rish mumkin: https://lumalabs.ai/dream-machine

👍3❤2
Chrome brauzeriga Gemini sun’iy intellekti bevosita integratsiya qilindi
Google Chrome uchun eng yirik yangilanishlardan birini
taqdim etdi. Endilikda manzil satri va yon panelda Gemini sun’iy intellekti ishlaydi. U sahifalardan asosiy ma’lumotlarni ajratib beradi, matnlarni soddalashtiradi, qidiruvda yordam beradi hamda Google servislariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi.
Yaqin oylarda brauzerga “agentli harakatlar” funksiyasi qo‘shiladi — masalan, xizmatlarga buyurtma berish, ma’lumot yig‘ish va rezervatsiya qilish imkoniyati.
Bundan tashqari, Gemini xavfsizlikni ham oshiradi: Nano-versiya firibgarlikni aniqlaydi, Chrome ortiqcha kamera va geolokatsiya so‘rovlarini bloklaydi, parollarni esa bir marta bosish orqali yangilash mumkin bo‘ladi.
Hozircha bu yangilanish faqat AQShda, Windows va Mac uchun, ingliz tilida bepul mavjud.

🔥4👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Personajlar animatsiyasi yangi bosqichga chiqdi.
Qwen rasmiy tarzda Wan2.2-Animate ni ishga tushirdi — bu personajlarni jonlantirish va almashtirish uchun ochiq kodli model.
Asosiy funksiyalar:
Personaj animatsiyasi
Personaj suratini va manba video yuklang — model sizning personajingizni manba ifoda va harakatlarini aniq takrorlab jonlantiradi.
Personajni almashtirish
Original videodagi sahnaga jonlantirilgan personajni silliq tarzda almashtiring. Model avtomatik ravishda yorug‘lik va rang ohangini moslashtirib, uni atrof-muhitga mukammal uyg‘unlashtiradi.
👉 GitHub
👉 Sinab ko‘rish: create.wan.video

❤4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suno o‘zining beshinchi model versiyasini e’lon qildi.
Hozircha tafsilotlar yo‘q. Keyingi haftada ko‘proq ma’lumot kutyapmiz.
@AISIOUZ - Sun'iy intellektlar olami 😎
Hozircha tafsilotlar yo‘q. Keyingi haftada ko‘proq ma’lumot kutyapmiz.
@AISIOUZ - Sun'iy intellektlar olami 😎
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Notion 3.0 dagi vazifalarni rejalashtirishning yangi bosqichi
Notion sun’iy intellekt agentlarini ishga tushirdi – ular sizning vazifalaringizni o‘z zimmalariga oladi. Siz ishni agentlarga topshirasiz, ular esa qolganini bajaradi: loyihalarni kuzatadi, ma’lumotlarni qayta ishlaydi yoki sevimli vositalaringizga ulanadi.
Notion ma’lumotlar bazalari bilan ishlaydi. U ko‘p bosqichli harakatlarni bajarishi va 20+ daqiqagacha mustaqil ishlashi mumkin. Yangi xotira tizimi sahifalar va Notion bazalaridan foydalanadi.
Ikki xil agent turi mavjud:
Shaxsiy agent: Notion’da siz qila oladigan barcha ishlarni bajaradi. Ish jarayonida sizning afzalliklaringizni eslab qoladi va o‘rganadi. Biroz shaxsiylikka ega.
Maxsus agentlar: kichik jamoa tuzing. Ularga takrorlanuvchi vazifalarni bering. Ular siz uxlayotgan paytda ishlashda davom etadi.
Notion agentlari Notion
platformasi bilan birga NotionCalendar, NotionMail, shuningdek MCP va boshqa sozlamalar bilan ham ishlaydi.

Hozirda “vibe coding” qilayotgan 13 yoshli bola kelajakdagi Bill Gates bo‘ladi, deb aytmoqda metaning 28 yoshli milliarderi Aleksandr Wang
“Vibe coding” degani qisqacha qilib aytganda, bu — kod yozishga yondashuvdagi o‘zgarish bo‘lib, bunda tabiiy til yordamida yozilgan so‘rovlar orqali kod yaratiladi va takomillashtiriladi. Murakkab sintaksis yozish o‘rniga, foydalanuvchi nima qilmoqchi ekanini so‘z bilan ifodalaydi, sun’iy intellekt esa ishlaydigan dasturiy prototipni yaratadi.

👍11🔥3
🔊 Audioni matn shakliga o‘tkazadigan servis.
Leksiyalar, intervyular, podkastlar va hokazolarni matnga aylantirish uchun Notely Voice degan foydali vosita bor ekan.
Leksiyalar va spikerlarning nutqlarini yozib olib, keyin uni matnga aylantirib, qayta yozish yoki chop etish mumkin.
Unda OpenAI’ning Whisper tizimi ishlatilgan bo‘lib, u 50+ tilni tushunadi.
Dastur lokal tarzda ishlaydi – ya’ni, ma’lumotlar internetga yuborilmaydi.
https://tosinonikute.com/notelyvoice/

Yaqinda ochilgan Otonomus mehmonxonasi (Las-Vegasda) sun’iy intellektga ega bo‘lgan gumoanoid xodim – Otoni taqdim etdi. Oto 50 dan ortiq tilda gaplasha oladi, suhbatlashadi, hazillar ayta oladi. Bundan tashqari, u mehmonlarni kutib oladi, ro‘yxatdan o‘tishda, sochiq yetkazishda va kundalik ishlar bo‘yicha yordam beradi.
Videoda ko‘rsatilishicha, bu gumoanoid robot — AGIBOT A2 (bo‘yi 1,69 m, vazni 69 kg, 40 ta harakat darajasi va 11 ta interaktiv yuz ifodasi), u Shanxayda ishlab chiqilgan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Otonomus sun’iy intellekt asosidagi futuristik mehmonxona yaratmoqda. Uning maqsadi — har bir mijozga shaxsiylashtirilgan xizmat va yashash tajribasini taqdim etishdir.

👍4
Grok 4 Fast — bu tez va samarali sun’iy intellekt modeli.
Xususiyatlari:
2 million tokenli kontekst hajmi
Tezligi soniyasiga 300 tokengacha
Rizoning rejimida juda yaxshi natijalar ko‘rsatadi
Ko‘plab benchmark (test)larda u asosiy Grok 4 modelidan biroz ortda qoladi. Yaxshi tomoni shandaki, taxminan 50 barobar arzonroq.
Kamchiliklari:
Instruct (ko‘rsatma) rejimida sifat sezilarli darajada pastroq
Model so‘nggi ikki hafta davomida OpenRouter platformasida “stealth mode”da “Sonoma Sky” (reasoning) va “Sonoma Dusk” (instruct) nomlari bilan mavjud bo‘lgan.
Narxlari:
Promptlar < 128k token: $0.2 (input) / $0.5 (output) per million token
Promptlar > 128k token: $0.4 / $1
🔍 Artificial Analysis testlariga ko‘ra:
Grok 4 Fast — GPT-OSS 120B va Grok 3 Mini (high) dan 2 barobar arzon
DeepSeek V3.1dan 4 barobar arzon
Gemini 2.5 Flashdan 6 barobar arzon
Xulosa: Tezligi, narxi va samaradorligi bilan Grok 4 Fast yangi “samaradorlik qiroli” bo‘lishi mumkin.

👍3❤1🔥1
Ilovalarni bepul yarating
Orchids sun’iy intellekt agenti barcha foydalanuvchilarga cheklangan vaqt davomida bepul va cheksiz kreditlar taqdim etmoqda.
Bepul rejim faqat Grok 4 Fast modeli bilan ishlaydi, u endi modellardan tanlash imkoniyati sifatida mavjud. Bu model GPT-5 va Claude Sonnet 4’dan deyarli 3 baravar tezroq.
Sinab ko‘rish havolasi: https://www.orchids.app/

⚡5👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rassom Dinda Prasetyo “Avatar” ruhidagi sun’iy intellekt asosida yaratilgan video tayyorladi.
Skyland — bu sizni hayajonli sayohatga chorlaydigan fantastik qisqa metrajli film: futuristik Kibrin shahrining ustidan uchib o‘tishdan tortib, Erindor nomli vatanga qaytishgacha bo‘lgan manzaralarni o‘z ichiga oladi.
Bu video Chroma Awards tanlovi uchun yaratilgan, uning natijalari 7-dekabrda e’lon qilinadi.
Yaratishda ishlatilgan vositalar:
🟡 Tasvirlar generatsiyasi — Midjourney va Nano Banana;
🟡 Video — Luma Ray 3;
🟡 Ovoz effektlari — ElevenLabs.

👍4❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kim yaxshiroq muzqaymoq reklamasini yaratishini aniqlash uchun rejissyor sun’iy intellekt bilan bellashdi.
Bir tomonda soatlab mashaqqatli mehnat, boshqa tomonda esa oddiygina buyruq (promt).
@AISIOUZ - Sun'iy intellektlar olami 😎
Bir tomonda soatlab mashaqqatli mehnat, boshqa tomonda esa oddiygina buyruq (promt).
@AISIOUZ - Sun'iy intellektlar olami 😎
👍12👏1
AI AQSH kutubxonachilarini dovdiratmoqda
Amerikalik kutubxonachilar mavjud bo‘lmagan, ChatGPT va boshqa sun’iy intellektlar tomonidan “to‘qib chiqarilgan” kitoblarga bo‘lgan so‘rovlar ko‘payganini aytishmoqda.
Vaziyat ayniqsa yozda keskinlashdi. Ommaviy axborot vositalari tomonidan chop etilgan “yozgi o‘qish ro‘yxatlari” aslida tekshirilmagan va neyrotarmoqlar tomonidan yaratilgan. Natijada odamlar mavjud bo‘lmagan mualliflarning “kitob”larini izlab kelishmoqda.
Kutubxonachilar kataloglarni filtrlashga, hatto AI tomonidan uydirilgan kitoblarni raqamli kutubxonalardan olib tashlashni so‘rashga majbur bo‘lishmoqda. Biroq semantik qidiruv va AI-annotatsiyalar kabi yangi texnologiyalar foydalanuvchilarni yanada chalg‘itmoqda.

😁7👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Figure kompaniyasi “Go-Big” loyihasining ishga tushirilganini e’lon qildi: bu — gumanoidlarni Internet miqyosida dastlabki tayyorlash va insondan robotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot uzatish tizimi.
Kompaniya sun’iy intellekt modeli — Helix — rivojida yangi bosqichga chiqdi: model faqat insonning egosentrik (shaxsiy ko‘z nuqtasidan olingan) ma’lumotlari asosida o‘qitilganidan so‘ng, Figure robotlari real dunyoda tabiiy til orqali berilgan buyruqlarni tushunib harakatlana oladigan bo‘ldi. Masalan: “Bor, o‘simliklarga suv quy.”
Shuningdek, bu Helix’ning yagona (unifikatsiyalashgan) modelini yaratishga imkon berdi — u manipulyatsiya (harakatlar) va navigatsiya (yo‘nalish) buyruqlarini doimiy boshqaruv tizimida bajarishga qodir.

👍2
Grok o‘quv jamoasining timlidi etib 20 yoshli talabani tayinlashdi.
U ish boshlagach, birinchi qilgan ishi — memlarni yaxshi bilmaganligi uchun 600 kishini ishdan bo‘shatish bo‘ldi.
Diego Pasini Grok jamoasi internet madaniyatini qay darajada tushunishi va viral kontent yarata olishini tekshirgan. Sinovdan o‘tolmaganlar ishidan ayrildi.
Endi u yerda ishlash uchun ehtimol dasturchilik diplomi emas, balki memologiya bo‘yicha daraja kerak bo‘lar.

😁7🤯2
Matematikadan dasturlashgacha: LongCat’dan universal yordamchi
LongCat-Flash-Thinking taqdim etildi — bu 560 milliard parametrli, Mixture-of-Experts arxitekturasiga ega kuchli reasoning-model. U vazifaga qarab faqat parametrlarning bir qismini (o‘rtacha ≈27 mlrd) faollashtiradi, shu sababli bir vaqtning o‘zida ham samarali, ham unumdor.
Texnik xususiyatlari:
Modelning umumiy “miyasi” — 560 mlrd parametr.
Har bir vazifa uchun faqat kerakli qismi (o‘rtacha 27 mlrd) yoqiladi. Bu modelni ham kuchli, ham tejamkor qiladi.
O‘n minglab tezlatkichlarda DORA tizimi orqali o‘qitilgan, u IIni asinxron va raqiblardan tezroq o‘rgatishga imkon beradi.
Nimalarga qodir:
Matematika, mantiq va dasturlash bo‘yicha masalalarni yechadi.
Teoremalarni isbotlash va formal fikrlashni amalga oshiradi (avvallari IIchun juda qiyin edi).
Agent sifatida ishlay oladi: tashqi vositalar va xizmatlardan foydalanib yechim topadi.

👍1