AGAdev
4 subscribers
4 photos
6 links
be patient and minimalist | @AGAdev

Member of @baKilluz team
Download Telegram
Yaxshi dasturchi bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Yaxshi uy quruvchi bo‘lish uchun nima qilish kerak? Ko‘pgina har xil uy qurish kerak.

Yaxshi shifokor bo‘lish uchun nima qilish kerak? Ko‘pgina har xil bemorlarning qanday davolanganini boshidan o‘tkazishi kerak.

Yaxshi dizayner bo‘lish uchun nima qilish kerak? Ko‘pgina har xil narsalarni dizayn qilish kerak.

Yaxshi dasturchi bo‘lish uchun nima qilish kerak? Ko‘pgina har xil kod yozish kerak.

Meni “Captain Obvious” deb atashingiz mumkin. Lekin shu oddiy narsani ko‘pchilik bilmaydiganga o‘xshaydi, kelayotgan savollarga qaraydigan bo‘lsak.

Siz-chi? Kod yozyapsizmi? Yoki hali ham faqat kitoblar, tutoriallar, postlar o‘qib o‘tiribsizmi?

©️ Sardor Og`a

@AGAcoder
🔥7
Tug'ilgan kuning muborak bo'lsin PHP!

Bugun 29 ga to'ldi.

Sen sababli juda ko'pchilikning qozoni qaynayapti, oilasini boqishyapti. Seni o'ldiga chiqarishgan paytlar ham bo'ldi. Lekin sen ularga parvo qilmay o'z yo'lingda shaxdam qadam bilan davom etding. Ular bo'lsa birin ketin o'lib ketaverdi. Bundan keyin ham o'lib ketaverishadi undaylar.

php forever ❤️
❤6👍2😁1
Hard times create strong men. Strong men create good times. Good times create weak men. And, weak men create hard times.

@AGAcoder
🔥6
O‘zbekiston xalqaro bozorga kirgach, yurtimizga ko‘plab xorijlik tadbirkorlar, jumladan, xitoylik ishbilarmonlar ham kirib kela boshladi. Ularning ba’zilari mahalliy bozorga ta’sir o‘tkazmoqda, narxlarni tushiryapti yoki raqobatni kuchaytiryapti. Bu esa ayrim odamlarga yoqmayapti va ular xitoylik tadbirkorlarni boykot qilishga chaqirishmoqda. Ammo savdoni siyosiy yoki milliy masalaga aylantirish iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?

O‘zbekistonliklar ham chet elda ishlaydi. Hozirda 5 millionga yaqin o‘zbekistonlik chet elda yashaydi va ishlab, tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Masalan, Rossiyada Alisher Usmonov VKontakte, Megafon, MuzTV kabi yirik kompaniyalarga egalik qiladi. Agar uning bizneslari yopilsa, Rossiya iqtisodiyoti katta zarar ko‘rishi mumkin.

Shuningdek, Turkiyaning mashhur futbol klubi “Beshiktosh” egasi Serdal Adalı ajdodlari o‘zbek ekanini tan olgan. “Fenerbaxche” egasi Ali Koçning ajdodlari ham Toshkentdan kelgani aytiladi. Demak, o‘zbeklar ham dunyo bozorida o‘z o‘rniga ega va boshqa davlatlar iqtisodiyotiga ta’sir qilyapti.

Savdo-sotiq va investitsiyalar millat yoki siyosatga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Xitoy tadbirkorlarining O‘zbekistonga kirib kelishi tabiiy iqtisodiy jarayon bo‘lib, bu raqobat muhitini yaratadi. O‘zbekiston ham xalqaro maydonda o‘z o‘rnini topmoqda va o‘zbek ishbilarmonlari boshqa davlatlarda muvaffaqiyat qozonmoqda.

Shunday ekan, biznesda hissiyotga berilmasdan, manfaatni o‘ylash muhim.

Bahodir

@AGAcoder
🔥2
Dunyoda bir kasb borki yoshi kattalardan ko'ra yoshroq mutaxasislarni qadrlaydi.

Misol uchun shifokorlik, o'qituvchilik yoki mayli haydovchilik bo'lsin deyarli hamma yoshi katta mutaxasislarga ishonadi. Lekin faqatgina IT soxasida siz qancha yosh bo'lsangiz shuncha yaxshi, bu statistikada ham isbotlangan.

@AGAcoder
why no?

life is short!

@AGAcoder
🔥2💯1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Лучше, быстрее, надолго. [php 8.5]

https://www.php.net/releases/8.5/ru.php
Yangi yil hayotingizga yangi commitlar, katta release’lar va muvaffaqiyatli deploy’lar olib kelsin. O‘tgan yildagi har bir bug — tajriba, har bir refactor — o‘sish, har bir kechiktirilgan deadline esa saboq bo‘lib qolsin.

2025-yilda kodlaringiz toza, mantiqingiz aniq, algoritmlaringiz esa samarali bo‘lsin. Har bir yozgan funksiyangiz foyda keltirsin, har bir yozgan qatoringiz kelajakdagi yutuqlaringiz poydevoriga aylansin.

Build’lar doim muvaffaqiyatli o‘tsin, serverlar barqaror ishlasin, loglarda faqat yaxshi xabarlar chiqsin. “Unexpected error”lar hayotingizdan o‘chib, faqat “Success” statuslari ko‘payaversin.

Yangi yilda yangi texnologiyalarni tez o‘zlashtiring, bilimlaringizni doim yangilab boring. Git’da conflictlar faqat kodda bo‘lsin, hayotda esa tinchlik hukm sursin. Debug jarayonlari qisqa, natijalari esa katta bo‘lsin.

Eng muhimi, motivatsiya hech qachon timeout bo‘lmasin, orzularingiz esa background process emas, doimiy ishlaydigan asosiy dasturga aylansin.

🚀 Yangi yil muborak! 2026 — eng kuchli versiyangiz bo‘lsin.

@AGAcoder
❤1
🌙 Ummah.uz API — Namoz vaqtlari endi dasturchilar uchun ochiq!
O‘zbekiston bo‘ylab barcha shahar va tumanlarning aniq namoz vaqtlarini o‘z loyihalaringizga integratsiya qiling.

Imkoniyatlar:

🇺🇿 161 ta hudud: Respublika bo‘ylab barcha shahar va tumanlar qamrab olingan.
🔤 Ikki alifboda: Ma’lumotlar ham lotin, ham kirill alifbosida taqdim etiladi.
⚡️ Tezkor va barqaror: Backend dasturchilar va bot yaratuvchilar uchun qulay JSON format.

Manzil: api.ummah.uz

🚀 Loyiha rivojlanishda davom etadi. Yaqin orada xalqaro hududlar ham qo‘shiladi.
Forwarded from Goukaku
Yapon tili testlarini yech, natijangni tahlil qil, bilimingni oshir.

🌐 goukaku.uz
Forwarded from Goukaku
🇯🇵 Goukaku start oldi!

Endi yapon tilini o‘rganish oddiy emas — qiziqarli va raqobatli bo‘ladi.

Goukaku’da:
• JLPT uslubidagi testlar
• tezkor natijalar
• xatolar tahlili
• reyting va challenge’lar
• AI orqali chuqur tahlil (Plus)

🌐 goukaku.uz

@goukaku_uz
PHP 31 yoshda!

Ha, sendan ancha katta)

Laravel bo'lsa 15 yoshda.


Happi bo'zdey tu yu a a a a
Happi bo'zdey tu yu a a a a

🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉