azamov.uz
14 subscribers
150 photos
28 videos
1 file
741 links
Ushbu kanal www.azamov.uz web-saytining rasmiy sahifasi hisoblanadi.

⚖️ HUQUQ

We scare, because we care...!
Download Telegram
#huquq

O‘zbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun (O‘RQ–658-son, 25.12.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Unga asosan Yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilandi.


☑️ Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet tarmog‘ida tarqatish BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

⚠️ Agar tarqatilgan yolg‘on axborot jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid solsa uni tarqatgan shaxs BHMning 100 baravarigacha (22 mln 300 ming so‘m) jarimaga tortilishi mumkin.

📋 Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yolg‘on axborot tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikka takroran yo‘l qo‘ysa, BHMning 400 baravarigacha (89 mln 200 ming so‘m) miqdorda jarimaga tortilishi yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash jazosi bilan jazolanishi mumkin.

Manba: @huquqiyaxborot
#huquq

Zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni Internetda tarqatganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi

🌐 Қонун bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgatirishga ko‘ra, endilikda pornografik mahsulotni hamda zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet tarmog‘ida tarqatganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi (ilgari ushbu mahsulotlarni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilangan edi).

☑️ Shuningdek, og‘irlashtiruvchi holatlarda tuhmat va haqorat qilganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi bekor qilindi.

🔰 Endilikda:

tuhmat jinoyatini sodir etganlik uchun (139-modda, 3-qism) BHMning 500 baravarigacha (111 mln 500 ming so‘m) miqdorida jarimadan 3 yilgacha ozodlikni cheklash (ilgari 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan);

haqorat qilish jinoyatini sodir etganlik uchun (140-modda, 3-qism) BHMning 600 baravarigacha (133 mln 800 ming so‘m) miqdorda jarimadan 1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilishi belgilandi (ilgari 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilgan).

❗️Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Manba: @huquqiyaxborot
#huquq

Hukumat qarori bilan O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi.

📂 O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga Nomoddiy madaniy meros ob’yektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan foydalanish (madaniyat markazi tarkibida faoliyat yuritayotgan shaxslar bundan mustasno) faoliyat turi kiritildi.

➡️ Nizomga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maxsus mobil ilova yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Hujjatning rasmiy to‘liq matni:
👉https://lex.uz/pdfs/5182451
#biznes

O'z biznesingiz haqida o‘ylang! Kasbingiz bo'yicha ishlashni davom ettirib, aktiv sotib ola boshlang!

© Robert Kiosaki

www.azamov.uz
https://instagram.com/stories/azamov.uz/2473356162712641060?utm_source=ig_story_item_share&igshid=1vuc9cstoatdv
#boshqaruv

Ertaga, 29 dekabr kuni soat 11:00 da Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi boshlanadi.

‼️Tadbirda 2021 yilga nom berilib, mamlakatimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yo‘nalishlar belgilanadi.

www.azamov.uz
Telegram.me/AAzamov_uz
Instagram.com/azamov.uz
#huquq #biznes #boshqaruv

Hokimlarning yerni olib qo‘yish bo‘yicha vakolatlari qisqardi

🔰 “Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-656-son, 23.12.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan 2 ta qonun va 1 ta kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

☑️ “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, endilikda viloyat, tuman, shahar hokimi qonunda nazarda tutilgan hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo‘jaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, ushbu sub’yektlarning yerga egalik qilish va undan foydalanishga bo‘lgan huquqini bekor qilishga haqli ekanligi belgilandi (ilgari hokimlar bu sub’yektlarning yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini to‘xtatib qo‘yishga ham haqli bo‘lgan).

☑️ Qonun bilan Yer kodeksiga ham mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, kodeksdan Vazirlar Mahkamasining, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda bekor qilish hamda yerlarni olib qo‘yish bilan bog‘liq vakolatlari chiqarildi.

☑️ Shuningdek, ushbu kodeksga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini tugatishning sud tartibida amalga oshirilishi holatlari belgilab qo‘yildi (ilgari yer uchastkasiga egalik qilish yoki yer uchastkasidan foydalanish huquqini tugatish barcha holatlarda hokimlarning qarorlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshirilgan).

🔰 Qonun bilan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga:

👉 davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qo‘yishga qaratilmagan qarori, shu jumladan, yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishi mulkdorning roziligi bilan qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi;

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimlarining olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’yektlarini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarori faqat adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda qabul qilinishi;

👉 mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarining qayta ko‘rib chiqilishiga hamda bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligiga oid qoidalar kiritildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Manba: @huquqiyaxborot
"Barcha orzularimiz amalga oshishi mumkin - agar ularni amalga oshirish uchun kuchimiz va jasoratimiz bo'lsa."

©Uolt Disney

www.azamov.uz
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномасини қуйидаги ҳавола орқали томоша қилинг:

Ўзбек тилида:

www.facebook.com/Mirziyoyev/videos/227109332205283

https://youtu.be/-6fKxuFbx0k


На русском языке:

https://youtu.be/fqXMvGGyRSQ


English:

www.fb.com/ShavkatMirziyoyevsStateoftheNationSpeechLive/videos/444376883229416
#boshqaruv #uzbekistan

Ayni dam O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tmoqda...

www.azamov.uz
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2021-yilni "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili", - deb nom berishni taklif qildi...


www.azamov.uz
Forwarded from Huquqiy axborot
#Мурожаатнома

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Forwarded from Huquqiy axborot
#Мурожаатнома

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
"Jamiyatda o‘qituvchi kasbi eng nufuzli va obro‘li kasb bo‘lishi lozim"

© Shavkat Mirziyoyev (Oliy Majlisga Murojaatnomasidan)

www.azamov.uz
Telegram.me/AAzamov_uz
Instagram.com/azamov.uz
#boshqaruv #murojatnoma

Yangi yilda 30 ta yetakchi oliygohga o‘quv dasturi va qabul kvotasini mustaqil belgilash huquqi beriladi.

www.azamov.uz
Telegram.me/AAzamov_uz
Instagram.com/azamov.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida 2021 yilga “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berishni taklif qildi.

Shuningdek, Prezident tomonidan 2021 yil nomida belgilangan sohalarni tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aytib o‘tildi.

Shu jumladan, kelgusi yilda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga joriy etiladigan yangiliklar haqida ham ma’lumot berildi:

👉 keyingi yildan boshlab oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshiriladi;

👉 oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko‘paytirib, 2 mingtaga yetkaziladi;

👉 a’lo baholarga o‘qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etiladi;

👉 65 ta akademik lisey oliy o‘quv yurtlari tasarrufiga o‘tkaziladi;

👉 187 ta texnikum ham o‘z yo‘nalishi bo‘yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktiriladi;

👉 “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshiriladi;

👉 30 ta yetakchi OTMga o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi beriladi;

👉 "Fizika" va "Xorijiy tillarni o‘qitish" keyingi yil uchun ustuvor fan yo‘nalishlari sifatida belgilandi;

👉 raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida alohida universitet tashkil etiladi;

👉 xususiy oliygohlarga ham kerakli mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

"Jamiyatda o‘qituvchi kasbi eng nufuzli va obro‘li kasb bo‘lishi lozim"

© Shavkat Mirziyoyev (Oliy Majlisga Murojaatnomasidan)

www.azamov.uz
#boshqaruv

Prezident Murojaatnomasi haqida xorijiy ekspertlar fikri

🇮🇱 Xolon universiteti (Isroil) prezidenti, professor Eduard Yakubov: O‘zbekiston Prezidenti Murojaatnomasida bildirilgan fikrlar ma’rifat, oliy ta’lim va fan rolini oshirishga qaratilgan.

🇦🇿 "Janubiy Kavkaz "siyosatchilar klubi rahbari Ilgar Velizade (Ozarbayjon): Prezidentning parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasi mamlakat rahbariyatining jamiyatning barcha sohalarini yangilashga qaratilgan qadamlarini to‘g‘riligiga ishonchi komil ekanligini ko‘rsatadi.

🇹🇷 "Turkiya - O‘zbekiston" parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Osman Mesten (Turkiya): O‘zbekiston Prezidenti Murojaatnomasining mazmuni davlat rahbarining jamiyat huquqlari va manfaatlarini hisobga olgan holda respublikani isloh qilish va modernizasiyalashni maqsad qilganini aks ettiradi.

🇮🇹 Italiyaning O‘zbekistondagi Elchisi Agostino Pinna: Prezidentning parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasi - yangi O‘zbekistonni yaratish bo‘yicha demkoratik islohotlar dasturi.

Manba: "Dunyo" axborot agentligi

@Rasmiy_xabarlar_Official

T.me/AAzamov_uz
#boshqaruv #biznes #huquq

Hayotimiz — sayohat, g‘oya esa — yo‘lchi yulduz. Yo‘lchi yulduz bo‘lmasa hammasi to‘xtaydi-qoladi. Maqsad boy berilsa, kuch go‘yo mutlaqo bo‘lmagandek.

© V. Gyugo

www.azamov.uz
Telegram.me/AAzamov_uz
Instagram.com/azamov.uz
Qiyali Group jamoasi sizni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan qutlaydi...

© Qiyali Group jamoasi

www.azamov.uz | www.qiyali.uz
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakotuhu va mag'firatuh...

Qadrdonlar yangi 2021-yil xayrli bo'lsin...
Maqsadlar sari birgalikda intilamiz...

© Qiyali Group jamoasi

www.azamov.uz | www.qiyali.uz