Kadastr - Live
4.59K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
Download Telegram
#Kadastr #Butun_jahon_yer_kuni

▫️22-APREL BUTUN JAHON YER KUNI▫️

⚡️Bugun poytaxtimizning Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetida 22-aprel – Butun jahon yer kuniga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning innovatsion yondashuvlari: istiqbol va vazifalar” mavzusida ilmiy-amaliy tadbir bo'lib o'tdi.

⚡️Erta tongdan boshlangan tadbirdan ko‘rgazma, ilmiy seminar va ko'ngilochar konsert dasturi o‘rin oldi. Kadastr agentligi tomonidan kun davomida talaba yoshlarga qiziqarli va kerakli ma'lumotlar, bellashuvlar shuningdek katta imkoniyatlar taqdim qilindi.

🔰Tadbirning birinchi qismida Kadastr sohasiga oid katta ko'rgazma, aqliy va sport bellashuvi, o'quv-seminari, kitob yarmarkasi hamda tizimdagi bo'sh ish o'rinlar haqida suhbatlar o'tkazilgan bo'lsa, tadbirning ikkinchi qismida o'zbek shou-biznesining eng yorqin yulduzlari ishtirokida konsert dasturi va talaba yoshlar ishtirokida interaktiv savol-javoblar o'tkazildi.

🔰G'olib bo'lgan ishtirokchilarga esa Kadastr agentligining maxsus sovg'asi ya'ni Kadastr tizimiga imtiyozli ishga qabul qilish imkoniyatini beruvchi VAUCHERLARNI Kadastr agentligi direktor o'rinbosari, "Geoinnovatsiya" DUK direktori Abdullayev Abdushukur Hamidovich hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti rektori Mirzayev Bahodir Suyunovich tantanali topshirdilar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#22aprel

⁉️ Bilasizmi 22-aprelda butun dunyo qanday kunni nishonlaydi?

🎬 Batafsil videoda bilib oling!

🌏 Bayramingiz bilan!