Tashqi ishlar vazirligi
8.07K subscribers
8.72K photos
221 videos
3.92K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
2020-yilning 24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash ishtirokchi mamlakatlari tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining videokonferensiya shaklidagi maxsus uchrashuvida ishtirok etdi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/09/24714/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
2020-yilning 14 — 23-sentabr kunlari Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi xodimlari uchun hukumatlararo investitsiya shartnomalarini iqtisodiy tahlil qilish boʻyicha 16 soatlik onlayn kurs tashkil etildi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/09/24715/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
Ҳудудларда тадбиркорликни ривожлантириш бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Вазирлик ва муассасалар “тадбиркорга хизмат қилувчи” ташкилотга айланиши зарурлиги таъкидланди. Тадбиркорликни бошлашга халақит бераётган муаммоларни ҳал этиш, айниқса, ёшлар ва хотин-қизларнинг ташаббусларини рўёбга чиқариш бўйича топшириқлар берилди. Янги корхоналар ташкил этиш, мавжудларини йириклашишга рағбатлантириш чоралари муҳокама қилинди.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития предпринимательства в регионах.
Подчеркнуто, что министерства и ведомства должны превратиться в организации, "служащие предпринимателям". Даны поручения по устранению проблем, препятствующих организации предпринимательства, особенно бизнес-инициативам молодежи и женщин. Обсуждены меры касательно создания новых предприятий и стимулирования укрупнения бизнеса.

#Mirziyoyev #videoselektor #tadbirkorlik #hududlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Internet tarmog‘ida Rossiyaning Rostov viloyati Kamensk-Shaxtinskiy shahridagi palatkali lagerda vatandoshimizning vafot etgani to‘g‘risida xabar tarqalgani munosabati bilan ma’lum qilamizki, 2020-yil 19-sentabr kuni hamyurtlarimizni maxsus poyezdga chiqarish chog‘ida yo‘lovchilardan biri – 1987-yil 13-sentabrda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi R.J. “Lixaya” stansiyasi old tomonidagi maydonda o‘zini yomon his qila boshlagan va u tez tibbiy yordam yetib kelgunicha vafot etgan.

Mamlakatimizning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, bu vatandoshimiz palatkali lagerda yashamagan. Sankt-Peterburg shahridan yetib kelgach, R.J. sog‘ligi yomonlashgani sababli 14-sentabr kuni Shaxti shahri Markaziy shahar shifoxonasiga yotqizilgan va shu yerdan “Lixaya” stansiyasiga olib borilgan.

Fuqaroning koronavirus bilan kasallanganligi tasdiqlanmagan.

Tashkiliy va konsullik-huquqiy masalalar hal qilinganidan keyin marhumning jasadi charter reys orqali Vatanga yuborildi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor qiladi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/09/24720/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida soliq sohasidagi Konvensiya kuchga kirmoqda

2020-yil 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bilan Yaponiya o‘rtasida ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiya kuchga kiradi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyovning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida 2019-yil 19-dekabr kuni Tokio shahrida imzolangan.

Konvensiya soliq sohasida qulay shart-sharoit yaratish va soliq ma’muriyatchiligi shaffofligining xalqaro standartlariga javob beradigan ikki tomonlama munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslarini shakllantirish orqali savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatni kengaytirishga qaratilgan.

Hozirda ikki davlat o‘rtasidagi mazkur sohadigi munosabatlar SSSR Hukumati va Yaponiya Hukumati o‘rtasida 1986-yil 18-yanvardagi daromad solig‘iga nisbatan ikki tomonlama soliqqa solishni oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiya bilan tartibga solinib kelayotgan edi (Ushbu Konvensiyaga nisbatan O‘zbekistonning huquqiy vorisligi 1994-yil 17-mayda notalar almashinuvi bilan belgilangan). Yangi Konvensiya mazkur hujjatni almashtiradi.

Konvensiyaning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/09/24722/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Қозоғистоннинг Биринчи Президенти – Элбоши Нурсултон Назарбоев Туркистон вилоятининг Сариағаш шаҳрида амалий учрашув ўтказдилар.
Икки мамлакат етакчилари Ўзбекистон-Қозоғистон стратегик шериклик муносабатларининг бугунги ҳолати ва истиқболларини муҳокама қилиб, минтақавий ва халқаро аҳамиятга молик долзарб масалалар юзасидан фикр алмашдилар.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Первый Президент Казахстана - Елбасы Нурсултан Назарбаев провели рабочую встречу в приграничном городе Сарыагаш Туркестанской области.
Лидеры двух стран обсудили современное состояние и перспективы узбекско-казахстанских отношений стратегического партнерства, обменялись мнениями по актуальным региональным и международным вопросам.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Qozogiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston manfaatlarini shartnomaviy-huquqiy vositalar bilan himoya qilishda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish – e’tibor markazida

Bu haqda joriy yilning 25-sentabr kuni videokonferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqishga bag‘ishlangan seminarda ta’kidlab o‘tildi.

Respublikamizning 46 vazirlik va idoralarining 100 dan ortiq vakillari ishtirok etgan mazkur tadbir Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/09/24727/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
2020-yilning 25-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi doirasida BMTning Aksilterror boshqarmasi tomonidan Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markaz bilan birgalikda “Markaziy Osiyo davlatlarining Suriya va Iroqdan qaytib kelgan shaxslarga nisbatan sa’y-harakatlari: yutuqlar, muammolar va to‘plangan tajriba” mavzusida onlayn tadbir o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy ma’ruzachilaridan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov nutq so‘zladi va mamlakatimizning ushbu sohadagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, xususan, “Mehr” va “Mehr-2” maxsus operatsiyalari doirasida Suriya va Iroqdagi qurolli mojarolar hududidan 200 dan ziyod yurtdoshlarimizni vatanga qaytarish bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida ishtirokchilarga ma’lumot berdi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/09/24729/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркманистон Президенти Гурбангули Бердимуҳамедовни Мустақиллик куни билан табриклади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев поздравил Президента Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедова с Днем независимости.

#Mirziyoyev #qutlov #Turkmaniston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi munosabatlaridagi keskinlikning oshishi O‘zbekiston Respublikasida jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.

O‘zaro qarama-qarshilik chog‘ida harbiy kuchning ishlatilishi ikki tomondan ham ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida raislik qilayotgan davlat sifatida MDH hududida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari va o‘zaro ishonchni mustahkamlash, bahsli masalalarni xalqaro huquq normalariga qat’iy mos ravishda tinch yo‘l bilan hal qilinishining muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasini harbiy harakatlarni tezda to‘xtatishga hamda mojaroni suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyillariga rioya qilgan holda tinch yo‘l bilan bartaraf etish maqsadida diplomatik muzokaralarni boshlashga chaqiramiz.

https://mfa.uz/uz/press/statements/2020/09/24732/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
Техник тартибга солиш, стандартлаштириш, сертификатлаш ва метрология тизимидаги ислоҳотлар муҳокамасига бағишланган йиғилиш бўлиб ўтди.
Келгуси йил якунига қадар Ўзбекистонда халқаро стандартлар сонини 14 мингтага, халқаро талаблар билан уйғунлик даражасини 50 фоизга етказиш вазифаси белгиланди.
5 мингдан зиёд эски стандартларни бекор қилиш, маҳсулотлар хавфсизлиги бўйича техник регламентларни Европа ва ЕОИИ меъёрларига мослаштириш бўйича кўрсатмалар берилди.

Состоялось совещание, посвященное реформам в системе технического регулирования, стандартизации, сертификации и метрологии.
Поставлена задача довести к концу следующего года количество внедренных в стране международных стандартов до 14 тысяч и уровень соответствия национальных стандартов до 50%.
Даны указания по отмене более 5 тысяч устаревших стандартов, приведению техрегламентов безопасности продукции в соответствие с требованиями Европы и ЕАЭС.

#Mirziyoyev #yigilish #standartlashtirish #eksport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter