Shaxsiylik
4.92K subscribers
66 photos
107 videos
2 files
19 links
Shaxsiy qarashlarim

Murojaat: @Abror_Ziyatboyev
Download Telegram
«Субҳаналлоҳи ва биҳамдиҳи субҳоналлоҳил ъазийм» ( 100 marta )
Маълумки, оғизни поклашда мисвок ишлатиш суннат амаллардан ҳисобланади.

“Набий (с.а.в.) “Агар умматимга машаққат бўлишини ўйламаганимда, албатта, уларни ҳар намоздан олдин мисвок қилишга амр этар эдим”-деганлар. Аллоҳ расули (с.а.в) умматларига буюрган ҳар бир амал албатта фойда ва ҳикматлардан холи эмас. Ҳозирги илм-фан тараққий этган замонда Қуръон ва Суннатдаги кўплаб мўъжизалар ўз исботини топиб келмоқда. Ислом уммати эса Қуръон ва Суннатдаги буюрилган амалларга ҳеч бир исбот талаб қилмай амал қилиб келмоқдалар.

Набий (с.а.в) умматларига тавсия қилган мисвокнинг айрим фойда ва ҳикматлари борки буни билиш фойдадан холи бўлмайди албатта.
Ибн Қайюм ҳам мисвокнинг қуйидаги фойдаларини санаб ўтган:

1. Оғизни хушбўй қилади.

2. Милкни мустаҳкамлайди.

3. Балғамни кўчиради.

4. Кўзни равшан қилади.

5. Тишнинг дарз кетишига йўл қўймайди.

6. Ошқозон фаолиятини яхшилайди.

7. Овозни тиниқлаштиради.

8. Таом ҳазм бўлишига ёрдам беради.

9. Нутқ талаффузини енгиллаштиради.

10. Ибодатга рағбатни кучайтириб, зиқлик каби нохушликлардан асрайди.

11. Уйқуни қочирсада, аммо толиқиш нелигини билдирмай кишини ғайратлантиради.
Bugungi rejalagan ishlarizni qila oldizmi? Yozib qoldiring👇
Salovatning foydasi

Olmoniyalik bir musulmon kishi haj ibodatini niyat qilibdi. Fabrika direktoriga: “Menga bir oyga ruhsat bersangiz, sayohatga chiqaman”, debdi. “Fabrikaning ahvolini ko’rib turibsan, tang ahvoldamiz. Mahsulot etishtirishimiz kerak. Sen mening eng ishonchli va yaqin odamimsan. Sendan boshqasi ishni eplay olmaydi… Ruhsat berolmayman”, debdi ho’jayin.
- Yo’q, menga ruhsat bermasangiz bo’lmaydi.
- Nimaga?
- Diniy vazifam bo’lgan hajga bormoqchiman.
- Iltimos, hozir emas, keyinroq bor!
- Ishdan haydasangiz va ishlagan barcha haqlarim kuyib ketsa ham borishim shart.
- Muhammadga: “Xo’jayinim meni jo’natmadi, ey Muhammad!” desang bo’lmaydimi?
- Bo’lmaydi. Chunki haj – Allohning buyrug’i.
Allohning buyrug’i ekanini eshitgan xo’jayin boshini xam qilib shunday dedi:
- Xo’p, senga ruhsat beraman. Faqat brogan eringda Muhammadga mening nomimdan salom ayt.
Keyinchalik u kishi shunday hikoya qiladi: “Madinaga borib, Payg’ambarimiz alayhissalomning qabrlariga kelib: “Assolatu vas-solatu alayka yo Rasulalloh!” deya salovat va salom aytib, duo qildim. Shu payt birdan Hansning salomi esimga tushdi. O’zimcha qanday bo’larkin, u odam nasroniy bo’lsa, deb o’yladim. Ko’zimni yumib o’tindim: “Yo Rasulalloh! Mening Hans ismli boshlig’im bor, millati olmon, o’zi nasroniy. U sizga salom yubordi, bo’ynimda qarz bo’lib qolmasin”. Hajni ado qilib bo’lgach, Turkiyaga kirib o’tdim. U erda Olmoniya bilan habarlashganimda boshlig’im Hansning musulmon bo’lganini eshitib, quloqlarimga ishonmadim. Payg’ambar alayhissalomga berilgan salomning qanchalik buyukligini o’shanda his qildim”.
Bir nasroniyning yo’llagan salomi tufayli Alloh taolo unga abadiy saodatni loyiq ko’rdi. Endi biz musulmonlar o’sha nasroniychalik bo’lolmasak, salovatni ko’paytirmasak, o’z da’voimizda qanchalik haqli bo’lamiz?
Saloti munjiya

Allohumma solli ‘ala sayyidina Muhammadin va ‘ala ali sayyidina Muhammad, salatan tunjina biha min-jami’il ahvali val afat. Va taqzi lana biha jami’al hajat va tutohhiruna biha min-jami’is-sayyiat. Va tarfa-’una biha ‘alad-darojat va tuballig‘una biha aqsol-g‘oyoti, min-jami’il xoyroti fil-hayati va ba’dal mamat.

Allohim! Janobi Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga beadad salot va salom bo‘lsin. Bu salotlar, salomlar va duolar bizni har turli balo va musibatlardan xalos etsin, barcha ehtiyojlarimizni ketkizib, bizni gunohlardan poklasin. Bizni yuksak daraja va martabalarga ko‘tarsin. Allohim! Bu salot va salomlar tufayli o‘lgandan ke-yin xayr (yaxshilik)larga noil bo‘laylik
.
Saloti fathiyya

Allohumma solli va sallim va barik ‘ala sayyidina Muhammadinil-fatihi lima ug‘liqo val-xotimi lima sabaqo, Nasiril-haqqi bilhaqqi, val hadi ila sirotikal-mustaqim va ‘ala alihi haqqo qadrihi va miqdarihil-’aziym.

Allohim! Suyukli Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga salot va salomlar bo‘lsin. Bizga Sening yashirin xazinalaringni ochib bergan Udir. Payg‘ambarlar halqasining oxiri Udir, Haqning eng katta yordamchisi Udir, insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan Udir! Unga va yaqinlariga so‘ngsiz salot va salomlar bo‘lsin.
Boshqa bir salovot

Allohumma solli ‘ala sayyidina Muhammadinin-nabiyyil-ummiyyi va ‘ala alihi va sahbihi va sallim.
Sayyidul istig‘for

(Rivoyat qilinishicha, istig‘forlarning eng afzali ushbudir):

Allohumma anta Robbi va ana ‘abduka, xolaqtani va ana ‘ala ‘ahdika va va’dika mastato’tu, a’uzu min sharri ma sona’tu abu’u laka bini’matika ‘allayya va abu’u ‘ala nafsi bi zanbi, faqod zolamtu nafsi va’taroftu bi zanbi, fag‘firli zunubi, ma qoddamtu minha va ma axxortu, fa innahu la yag‘firuz-zunuba illa ant.

Allohim! Sen mening Rabbimsan! Men esa Sening qulingman. Meni Sen yaratding. Men kuchim yetguncha Senga bergan ahd va va’damda sobitman. Bilaman, bergan ne’matlaringga muqobil (shukr qilishda) nuqsonga yo‘l qo‘ydim, nafsimga zulm qildim. Gunohlarimni tan olaman, o‘tmish va kelgusi gunohlarimni kechirishingni O‘zingdan so‘rayman. Meni kechirgin, Allohim! Sendan o‘zga kechirguvchi yo‘qdir (Termiziy. «Da’vat», 3393-hadis).
Yana bir istig‘for duosi

Astag‘firulloh, astag‘firulloh, astag‘firulloh al-’aziym, al-Kariym, allaziy la ilaha illa hu, al-Hayyul-Qoyyum va natubu ilayh va nas’aluhut-tavbata val-mag‘firota val-hidayata lana innahu huvat-tavvabur-rohiym. Tavbata ‘abdin zolimin linafsihi la yamliku linafsihi mavtan vala hayatan vala nushuro.

Ulug‘ Allohdan mag‘firat so‘rayman!

Azim va Karim bo‘lgan, O‘zidan boshqa hech bir iloh bo‘lmagan, Hayy va Qayyum bo‘lgan Allohdan mag‘firat so‘rayman. Unga qaytamiz. Tavbamizni qabul etib, mag‘firat va hidoyat nasib qilishini tilaymiz, chunki U tavbalarni qabul qilguvchi, rahmli, mehribondir. Nafsiga zulm (haqsizlik) qilgan, o‘ldirish yoki qayta tiriltirishga va (Qiyomat kuni) to‘plashga ojiz bo‘lgan bandaning tavbasi kabi tavba qilamiz.
Savdogarlar ustozi yohud haqiqiy omad kaliti
t.me/kitob_eshitamiz
#1haftada1kitob

● 1 - kitob, 1 - kun
Ahadquli HolMuhammad Ogʻlining " Savdogarlar ustozi yohud Haqiqiy omad kaliti"kitobi

 
"Hech qachon birovning ilojsizligidan yo xalqning noilojligidan foydalanib dunyo orttirmang..."
Forwarded from Maqsad 🎯
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Dangasalikni qanday yengish mumkin?

- Doniyor Nasriddinov

@MAQSAD 🎯
Omad siz uchun nima?
Shaxsiylik
Omad siz uchun nima?
Omad bu - o'zingizni majburlashingiz mevasidir...
Alloh taolo «Baqara» surasida: «Sabr va namoz ila yordam so‘rang. Va, albatta, u nafsi siniqlardan boshqalarga juda katta ishdir», degan (45-oyat).

Biz, yordam so‘rang, deb tarjima qilgan ibora arab tilida «ista'iynu» deb kelgan. Bu so‘zning ma'nosi bir ishga urinib turib, yana qo‘shimcha yordam so‘rashni anglatadi. Demak, musulmon kishi har bir ishga astoydil urinadi va shu urinish bilan birga, Allohdan yordam so‘raydi. Sabr ham, ko‘pchilik xayol qilganiday salbiy ma'noda, ya'ni, nima bo‘lsa ham sabr qilyapman, deb jim-harakatsiz turish emas, balki Allohning aytganini bajarish jarayonida duch keladigan mashaqqatlarni yengishdagi sabrdir. Eng bosh sabr havoyu nafsni, rohat-farog‘atni, mansabni tark qilib, Allohning aytganiga yurishga chidamdir.


Aslida mo‘min banda sinov va imtihonni orzu qilmaydi, balki Allohdan doimo ofiyat va rahmatni so‘raydi. Shundan so‘ng ham sinov-imtihonga uchrasa, sabr qiladi. Buning hikmati borligini idrok qiladi, hamma narsa Allohning xohishi bilan bo‘lishiga iymon keltiradi. O‘ziga Allohning rahmati va ofiyati yetishini kutadi.

Alloh taolo «Luqmon» surasida: «Ey o‘g‘ilcham, namozni to‘kis ado qil, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytar va o‘zingga yetgan musibatga sabr qil. Albatta, bular azm etilajak ishlardandir», degan (17 - oyat).

Mo‘min-musulmon odam gohida qarshilikka uchraydi. Odamlardan unga turli ozorlar yetadi. Shunday hol ro‘y bersa: «...o‘zingga yetgan musibatga sabr qil». Sabr qilmasang, ish bitmaydi. Mo‘min bandga amr qilingan ishlar azmu qaror bilan ado etilishi lozim bo‘lgan ahamiyatli ishlardir. Shuning uchun ham ularni ado etishda sabr kerak bo‘ladi.

Sabrning foydalaridan

1. Sabr og‘ir vaziyatlarda nafsni tutishga yordam beradi.
2. Sabr moddiy va ma'naviy talablarni amalga oshirishda shoshilish va qo‘pollikni oldini olishga yoram beradi.
3. Sabr g‘azabni qo‘zg‘aydigan narsalar sodir bo‘lgandan o‘zni tutib olishga yoram beradi.
4. Sabr xavf tug‘ilganda o‘zini o‘nglab olishga yordam beradi.
5. Sabr tamagirlik qo‘ziydigan vaziyatlarda o‘zini o‘nglab olishga yordam beradi.
6. Sabr moddiy va ma'naviy yaxshiliklarga erishish yo‘lida yo‘liqadigan jismoniy va ruhiy mashaqqat va alamlarga chidashda yordam beradi.
7. Sabr iymon barkamolligi va Islom go‘zalligi dalilidir.
8. Sabr qalbda hidoyat hosil qilishga yoram beradi.
9. Sabrning samarasi Alloh taoloning va odamlarning muhabbatidir.
10. Sabr yer yuzida tamkin topish sababchisidir.
11. Sabr jannatga erishish va do‘zaxdan qutilishdir.
12. Sabr Alloh taolo bilan birga bo‘lishdir.
13. Sabr qiyomat kunidagi katta qo‘rqinchdan omonlikdir.
14. Sabr mardlik va yaxshi oqibatning alomatidir.
15. Sabr Alloh taoloning rahmati va barakotidir.
Alloh taolo bizlarni va qiyomatgacha keladigan zurriyotlarimizni sabrli bandalaridan qilsin.

Alloh taologa hamdu sanolar, payg‘ambarimiz Muhammad mustofo sollallohu alayhi va sallamga salovat va salomlar bo‘lsin.

- Saidusmonxon Zikiryayev
24.04.2021 1-QISM: MUQADDIMA / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA
Ilmnuri Official
"Nafsni poklash"

● Muqaddima
● 1 - qism

© Abdulloh domla
01.05.2021 2-QISM: MUQADDIMA (2/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA
Ilmnuri Official
"Nafsni poklash"

● Muqaddima
● 2 - qism

© Abdulloh domla
03.05.2021 3-QISM - MUQADDIMA / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA
Ilmnuri Official
"Nafsni poklash"

● Muqaddima
● 3 - qism

© Abdulloh domla
07.05.2021 4-QISM - MUQADDIMA / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA
Ilmnuri Official
"Nafsni poklash"

● Muqaddima
● 4 - qism

© Abdulloh domla
09.05.2021 5-QISM - MUQADDIMA / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA
Ilmnuri Official
"Nafsni poklash"

● Muqaddima
● 5 - qism

© Abdulloh domla