Mehnat huquqi
24.9K subscribers
819 photos
141 videos
363 files
3.5K links
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savolingizga javob olasiz bepul asosda;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaatlar va reklama uchun:
@MehnathuquqimurojaatBot
@MuhammadaminKarimjonov
Download Telegram
#test 📮Xodim mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani pochta jo‘natmasini topshirish haqidagi xabarnoma bilan yuborishga haqli. Bunda mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi ogohlantirish muddatini hisoblab chiqarish...
Anonymous Quiz
38%
ish beruvchi tomonidan ariza olingan sanadan so‘ng keyingi ish kunida boshlanadi.
30%
ish beruvchi tomonidan ariza olingan sanadan so‘ng keyingi kunda boshlanadi.
18%
xodim pochta jo'natmasini yuborgan kunda boshlanadi.
14%
xodim pochta jo'natmasini yuborgan keyingi kunda boshlanadi.
#loyiha 🎼   Ishlab chiqarish korxonalari xodimlarining ish vaqti va dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazish hamda madaniy saviyasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e'lon qilindi (https://regulation.gov.uz/oz/d/79388)
Unga ko'ra, Respublikada mavjud barcha ishlab chiqarish korxonalariga ish kuni boshlanishi va tugashi paytida milliy kuy va qoʻshiqlar, shu jumladan, maqomning eshitilib turishi amaliyotini yoʻlga qoʻyish tavsiya etiladi. Loyihada tavsiyaviy kuy va qo'shiqlar ro'yxati ham keltirilgan...

Qaror loyihasi muhokamasi 26-mayga qadar davom etadi. Balki, playlistga takliflaring bordir))

P.S. Exxx, yomon alam qiladida...Mehnat qonunchiligida, ayniqsa, ish vaqti bilan bog'liq shuncha muammolar borligida, shu kerakmidi. Undan ko'ra, normal ish vaqtiga rioya qilinishini nazorat qilish haqida bosh qotirish muhimroq emasmidi...

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Mehnat huquqi
#loyiha 🎼   Ishlab chiqarish korxonalari xodimlarining ish vaqti va dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazish hamda madaniy saviyasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e'lon qilindi (https://regulation.gov.uz/oz/d/79388) Unga ko'ra, Respublikada…
Ha yana bir gap)) Ishlab chiqarish korxonasi deganda faqat zavod, fabrikalarni tushunmanglar. "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonun 4-moddasiga ko'ra,  ishlab chiqarish faoliyati deganda nafaqat mahsulot ishlab chiqarish, xomashyoni qayta ishlash, balki ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida amalga oshiriladigan harakatlar yig‘indisi ham tushuniladi...

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Ассалому алайкум. Устоз таьтиллар 56 кундан ошмаслиги керакми?
P.S. Savolga aloqador moddalar: 222

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤🎧Javob audio shaklda taqdim qilinadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Ассалому алайкум. Устоз ходим таьтилдан чакириб олинса,  таьтил пули кайтариб бериладими?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:
 
"Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi 2985 Yo'riqnoma
21-bandiga ko'ra, xodim ta’tildan chaqirib olinsa va ta’tilning qolgan qismi boshqa muddatga ko‘chirilsa, ta’tilning ko‘chirilgan kunlariga to‘g‘ri keladigan to‘langan o‘rtacha ish haqi summasi bajarilgan ish yoki ishlangan vaqt uchun oylik ish haqi hisobiga yoziladi. Ta’tilning foydalanilmagan qismi kunlariga haq to‘lash uchun o‘rtacha ish haqi belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi.

Asos: https://lex.uz/docs/-3590278 2985 Yo'riqnoma 21-bandi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#test MK 330-moddasiga ko'ra, boquvchi vafot etganligi munosabati bilan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori marhumning o‘rtacha yillik ish haqining ....... baravaridan kam bo‘lmasligi kerak.
Anonymous Quiz
45%
2
24%
4
25%
6
7%
8
#bilasizmi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks 192-1-moddasiga ko'ra (to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik)

to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazuvchi shaxs tomonidan mazkur tadbirlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida (3 million 300 ming so'm) jarima solishga sabab bo‘ladi.

To‘yxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxsi tomonidan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

"To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risida"gi Nizom https://lex.uz/ru/docs/-5153833 to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi hamda xalqimizning milliy urf-odatlari, ma’naviyati, madaniyati, an’analari va qadriyatlarini hurmat qilishga, jamoat tartibini saqlashga, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga, oilaviy tadbirlarni o‘tkazishda shuhratparastlik, dabdaba va isrofgarchilikning oldini olishga qaratilgan.

Qaniydi endi mana shu normalar amalda hech bo'lmasa 10% ishlasa bormidi...

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Dekret puli qanchada to'lanishi kerak?
#savolimbor Assalomu alaykum ustoz xodim dekret ta'til pulini dekretga chiqandan song qancha vaqta olishi kerak shu savolga javob bersangiz. Oldindan katta raxmat.

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤

"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida" Nizom https://lex.uz/docs/-357102 ( ro'yxat raqami 1136)
103-bandiga ko'ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha tayinlangan nafaqalar, shu jumladan sil kasalligi sanatoriylarida davolanish uchun beriladigan nafaqalar ish haqi to‘lash uchun belgilangan muddatlarda to‘lanadi .
Nizomning 104-bandiga ko'ra esa, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi tug‘ishdan oldin amalda foydalanilgan kunlarning sonidan qat’i nazar, ta’tilning to‘liq davri uchun bir yo‘la to‘lanadi .

❗️Demak, xulosa qiladigan bo'lsak, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi ish haqi to‘lash uchun belgilangan muddatda ta’tilning to‘liq davri uchun bir yo‘la to‘lab beriladi.

❗️MK 253-moddasiga ko'ra esa, xodimlarga ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas . Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, 16 kundan ko‘p bo‘lmagan tanaffus bilan ikki qismga bo‘lingan holda (bo‘nakda va qolgan qismi miqdorida) to‘lanadi

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu aleykum vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini hisoblashda xodimning oʻrindoshlik asosidagi ish haqi hisobga olinadimi iltimos asosni aytinglar

https://t.me/mehnathuquqi audio javobi 📤
Aloqador hujjatlar va moddalar. VMQ-297 18-19-bandlari, 2667-yo'riqnoma 19-bandi, MK 432-442

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Forwarded from Segment.uz
Бугун - якшанба. Дам олиш кунида ишга чиқдингизми?

❗️Сўровнома давлат хизматчилари учун
Anonymous Poll
29%
Ҳа, ишга чақиришди
46%
Йўқ, дам олдим
13%
Якшанба куни ишга чақиришмайди
12%
Шанба ва якшанба анчадан буён оила даврасида ўтяпти
# Oila kodeksi 4-1-moddasiga ko'ra, .... nafar va undan ortiq 18 (ayrim hollarda 22) yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali oiladir.

P.S. Bugun "Xalqaro oila" kuni. Barcha oilalarga ofiyat, baxt-saodat tilaymiz🤲
Anonymous Quiz
39%
3
42%
4
15%
5
3%
6
1️⃣5️⃣ - may jahon miqyosida Xalqaro oila kuni (International Day of Families) hisoblanadi.

➡️ Ushbu bayram BMT Bosh Аssambleyasi tomonidan 1993-yil 20-sentyabrdagi Xalqaro oila yili toʼgʼrisidagi rezolyutsiyaga muvofiq 1994-yil 15-maydan buyon muntazam nishonlanib kelinadi.

❗️Prezidentning 2018-yil 27 -iyundagi “Oʼzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi qaroriga (https://www.lex.uz/docs/3797625) muvofiq, 15-may har yili Xalqaro oila kuni sifatida respublika boʼylab keng nishonlanishi belgilangan.

Konstitutsiyaning 7️⃣6️⃣-moddasiga ko’ra, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida jami 9 424 787 ta oilalar mavjud.
Respublikamiz hududlari orasida eng koʻp oilalar Fargʻona viloyatiga toʻgʻri kelgan. Viloyatdagi oilalar soni 1 101 705 tani tashkil etgan https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/25648-skol-ko-semej-v-nashej-respublike

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Муҳаммадамин_таътилдан_чақириб_олиш_232_мақола.docx
26.6 KB
#maqola Xodimni taʼtildan chaqirib olishga faqat maʼlum shartlar va tartib-qoidalarga qatʼiy rioya qilgan holatlardagina yoʼl qoʼyiladi (MK 230, 231, 232-moddalar).

Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonovning mazkur maqolasida xodimni har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olish tartibi, hamda rasmiylashtirish masalalari misollar bilan tahlil qilingan. Аriza, buyruqdan namunalar keltirilgan.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
#savolimbor Иш ҳақи сақланмайдиган таътил муносабати билан иш йили суриладими?

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

МК 226-моддасига кўра, 2 ҳафтадан ошган иш ҳақи сақланмайдиган таътил кунлари меҳнат таътили олишга ҳуқуқ берувчи иш стажига киритилмайди. Айнан шу кунлар сонига иш йилининг тугаш санаси сурилади. МК 225-моддасига кўра, агар ушбу Кодекснинг 226-моддасига мувофиқ иш йилига киритиладиган даврларнинг суммаси тўлиқ 12 календарь ойдан кам бўлса, ходимнинг иш йили етишмаётган вақтга сурилади.

Мисол.
Ходимнинг иш йили 2022 йил 9 июлда бошланган. Тегишинча, у 2023 йил 8 июлда тугаши керак эди. Бироқ иш йили давомида ходимга давомийлиги 60 кун бўлган иш ҳақи сақланмайдиган таътил берилди.

Унинг иш йили тугаши 46 календарь кунга (60 – 14) сурилади ва 2023 йил 23 августда тугайди. Тегишинча, кейинги иш йили 9 июлдан эмас, балки 2023 йил 24 августдан бошланади.

⚠️ Диққат! МК 13-моддасига кўра, меҳнат ҳақидаги бошқа ҳуқуқий ҳужжатларда ходимлар учун меҳнат тўғрисидаги қонунчиликда белгиланганига нисбатан қўшимча ҳуқуқлар ва кафолатлар назарда тутилиши мумкин. Демак, жамоа шартномасида, бошқа ички локал ҳужжат ёки меҳнат шартномасида иш ҳақи сақланмайдиган таътилни навбатдаги меҳнат таътилини олишга ҳуқуқ берувчи иш стажига киритилиши мумкинлиги назарда тутилиши мумкин.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
Pharmbills Academy да 2 ҳафталик онлайн-стажировка

Американинг Pharmbills компаниясида стажировка ўташ учун рўйхатдан ўт ва муваффақиятли тамомлагандан сўнг сен истаган job-offer га эга бўл.

Нима таклиф этилади:

◾️ иш ҳақи, $600 gross дан бошлаб (sinovdan keyin);
◾️ 3/12 ой босқичларида иш ҳақини қайта кўриб чиқиш имконияти;
◾️ иш кунининг 18:00-3:30 (full time);
◾️ онлайн ишлаш имконияти;
◾️ зарур техника билан таъминланиш;
◾️ тиббий суғурта;
◾️ халқаро тренинглар ва шахсий менторлик;
◾️ расмий ва узоқ муддатли контракт.

Номзоддан талаб этилади:

◾️ инглиз тилини билиш даражаси Upper-Intermediate ва ундан юқори (ҳар куни америкалик мижозлар билан мулоқот қилиш учун юқори сўзлашув даражаси);
◾️ иш тажрибасининг бўлиши шарт эмас;
◾️ инглиз тили ва мантиқ бўйича тестни топшириш.

🏡 Қаерда: масофадан туриб ишлаш

Рўйхатдан ўтиш: https://go.academy.pharmbills.me/oww
#savolimbor Иш ҳақи сақланмаган таътил даврида ходим касал бўлиб қолса, вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик нафақаси тўланадими?

Savolga aloqador hujjatlar: MK 241, 242-moddalar va 1136 nizom 22-bandi

https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:

“Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақалар тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисида”ги Низом 22-бандига кўра https://lex.uz/docs/357102, вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик иш ҳақи сақланмаган таътил даврига тўғри келганда нафақа тўланмайди.

Ушбу даврларда бошланиб, давом этаётган меҳнатга қобилиятсизлик нафақаси ходим ишга чиқиши (лавозимга тикланиши) лозим бўлган кундан бошлаб берилади.

Мисол: Ходим 2023 йилнинг 1 майидан 10 кунга иш ҳақи сақланмаган таътилга чиқди. 5-10 май санаси ходим касал эди. Ишга чиқиш санаси 11 май эди, лекин касаллик давом этиб ходим 19 май санасидан ишга чиқди. Демак, бу ҳолатда 5-10 май кунлари учун вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик нафақаси тўланмайди, чунки касаллик даври иш ҳақи сақланмаган таътилга тўғри келмоқда. Бироқ 11-18 май даври учун вақтинча меҳнатга қобилиятсизлик нафақаси тўланади, чунки ходимнинг иш ҳақи сақланмаган таътил даври 10-май санасида тугаган.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqi
📌Ўзбекистон Республикаси суд (фуқаролик, иқтисодий, маъмурий,жиноят ишлари бўйича) ҳужжатлари электрон тўпламини  ҳавола орқали  юклаб олишингиз мумкин👇

https://public.sud.uz/

📌 Меҳнат низолари бўйича даъво аризалари (ишга тиклаш ва маънавий зарарни ундириш тўғрисида, иш ҳақини ундириш тўғрисида ва бошқалар) намуналарини эса қуйидани ҳавола орқали  юклаб олишингиз мумкин👇

http://sud.uz/%D1%81%D1%83%D0%B4-%D2%B3%D1%83%D0%B6%D0%B6%D0%B0%D1%82%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B8-%D0%BD%D0%B0%D0%BC%D1%83%D0%BD%D0%B0%D0%BB%D0%B0%D1%80%D0%B8/

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇
https://t.me/mehnathuquqi